Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
✅Мана янги ўқув йили бошланганига ҳам бир ой бўлди.

📌 Биз сиз билан олий таълим мавзусида қабул имтиҳонлари бошланишидан бир кун олдин суҳбатлашган эдик.

✅Бугун Олий ва ўрта махсус таълим вазири, Абдуқодир Тошқулов билан тет-а-тет форматида яна бир бор суҳбатлашамиз.
Бу гал сарҳисоб, қабул жараёнлари, ўқишни кўчириш мавзуларига урғу қаратамиз.

📍Шунингдек, энг юқори балл билан ўқишга қабул қилинган талабаларнинг тааъсуротларини эшитамиз.

🎥 Жонли эфирни бугун, 2 октябрь соат 13:15 да “Ўзбекистон 24” ва "УзРепорт" телеканалларида томоша қилинг!

Ўтказиб юборманг!

@IPCUzbekistan
#Live

Xalqaro press-klubning oliy taʼlimga bagʻishlangan navbatdagi soni boshlanish arafasida

Ushbu sonda quyidagi masalalar muhokama etiladi:

✔️Qabul yakunlari;
✔️Talabalar oʻqishini koʻchirish masalalari;
✔️Oliy taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar;
✔️Toʻlov-kontrakt va tabaqalashtirilgan kontrakt toʻlovi tizimi;
✔️Talabalarni turar-joy bilan qamrab olish darajasini oshirish
.

Eslatib o'tamiz, mazkur sonni “OʻZBEKISTON 24” hamda “UZREPORT TV” telekanallari hamda vazirlikning Facebookdagi rasmiy sahifasi orqali ham jonli kuzatishingiz mumkin.
———
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
Xalqaro Press-klubning oliy ta'limga bag'ishlangan navbatdagi soni oldi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan intervyu

🎥 https://www.facebook.com/uzreport.tv/videos/883360215646983/
#LIVE

Xalqaro press-klubning oliy taʼlimga bagʻishlangan navbatdagi soni boshlandi

Mazkur sonni vazirlikning Facebookdagi rasmiy sahifasi orqali ham jonli kuzatishingiz mumkin.

👉 https://fb.watch/8nQx9pyuIt/

———
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#LIVE

Vazir Abduqodir Toshqulov:

— Soʻnggi besh yilda magistratura boʻyicha eng katta yangilik bu — qabul kvotasining 8 baravarga oshirilganligi.

Joriy oʻquv yilida 12900 ta magistratura kvotasi uchun 75 ming nafar talabgor hujjat topshirgan.

— 2021/2022- o'quv yili magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha qabulga oid qaror yaqin 1 hafta ichida chiqishi kutilmoqda.

OTMga qo‘shimcha qabul qilish ta'lim muassasasi tomonidan mustaqil hal qilinadi. Ular to‘lov-shartnoma asosida, 1 magistrning yillik o‘qish xarajatlari hisoblangan holda qabul qilinadi. Bu – bazaviy kontraktdan yuqori bo‘lishi mumkin.
———
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_va_talabalar

"Bolani o‘qishga hujjat qabul qilishda uch oy qolganda rektor oldiga olib kirib, yo‘nalish so‘rash, bu noto‘g‘ri. Bolada ilk qiziquvchanlik avvalo, uyda, so‘ng bog‘chada, maktabda, kollej va litseyda paydo bo‘ladi. Ammo OTMga hujjat qabul qilishda uch oy qolganda emas".

Sherzodxon Qudratxo‘ja — Xalqaro press-klub raisi

HD formatda to‘liq ko‘rish 👈
———
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
MFaktorda navbatdagi koʻrsatuv ona tilimizning rivoji haqida boʻlib oʻtmoqda

Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov Samariddinovich bilan samimiy suhbat boʻlmoqda.

📖 Koʻrsatuv davomida til va adabiyot universitetining oʻqitish tizimi, oʻzbek tili rivoji uchun qanday ishlar olib borilayotganligi va kelajakdagi loyihalar haqida bilib olishingiz mumkin.

Suhbatni quyidagi havola orqali jonli tomosha qiling:
➡️ https://youtube.com/c/MFaktoruz

@MFaktorUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” filialining yangi ijtimoiy bloki ishga tushirildi

🏛 Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi filiali ijtimoiy blokining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌 Tantanali marosimda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, filial ijrochi direktori v.b J.Mirzamahmudov, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rektorlari va direktorlari, MMFI filiali o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

🔸Ijtimoiy blok 212 o‘rinli talabalar turar-joyini, 21 xonadan iborat xorijiy o‘qituvchilar uchun mehmonxonani, 42 ta xonadondan iborat filial professor-o‘qituvchilari uchun turar-joyni, 100 kishilik katta oshxona, sport zal, futbol va voleybol sport maydonchalarini o‘z ichiga qamrab oladi.

Batafsil 👈
———
👀 Eduuzdan yiroqlashmang
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗳 #Saylov_2021

“BU MENING OVOZIM!”

🏛 FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI YOSHLARI

24 |✔️| OʻZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
———
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Xalqaro_daraja

“Il Messaggero” O‘zbekistonning oliy ta’lim sohasi haqida

So‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining jahon hamjamiyatiga samarali integratsiyalashuvi jadallashmoqda.

Jumladan, Italiyada O‘zbekiston oliy ta’lim sohasiga bo‘lgan qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Xususan, kuni kecha Rim shahrining nufuzli nashrlaridan biri bo‘lgan 1878 yilda asos solingan “Il Messaggero” gazetasida “Italiya – O‘zbekiston: oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik” nomli maqola chop etildi.

Maqolada so‘nggi yillarda mamlakatimiz oliy ta’lim sohasidagi islohotlar, modernizatsiya jarayonlari, nufuzli xorijiy universitetlar bilan xalqaro hamkorlik, xorijiy oliygohlarning yurtimizdagi filiallari haqida so‘z yuritiladi. Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
—
👀👉 Eduuz