Edu.uz
✔
144K subscribers
39.8K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Samarqandda bolalar onkologiyasi böyiça II xalqaro kongress ötkazilmoqda

Samarqand şahrida «Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl» jahon sammiti doirasida «Soğayişdan farovonlik sari» mavzusida Bolalar onkologiyasi böyiça II xalqaro kongress bölib ötmoqda.

Kongress Özbekiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Rossiya soğliqni saqlaş sohasi rahbarlari, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi vakillari, yetakçi tibbiyot markazlari mutaxassislari, olimlar hamda fuqarolik jamiyati vakillarini birlaştirdi.

Kongressda sözga çiqqan Ziroat Mirziyoyeva jahon hamjamiyati, hukumatlar, olimlar va insonparvar taşkilotlarni bolalar salomatligini asraş va ularning farovon kelajagini taʼminlaş yölida aniq, keçiktirib bölmaydigan çoralar körişga çaqirdi.

«Dardu kasallik siyosiy çegara, millat yoki daromad tanlamaydi. Heç bir bola, heç bir oila öz dardi bilan yolğiz qolmasligi uçun, farovon kelajagi uçun birlaşaylik!» — dedi u.


#MehrliMaskan #MehrliMaktab #OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте #InvestInChildren2026

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍8👏2
Forwarded from Zamin Foundation
"Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot yo‘lida" xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish va har bir bolaning sog‘lom hayot kechirish huquqini ilgari surishdagi global miqyosda yetakchiligi uchun nufuzli mukofotni topshirdi.

"Muhtaram Birinchi xonim! Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar manfaatlari yo‘lida chinakam chempioni, har bir bolaning ta’lim olish va sog‘lom hayot kechirish huquqining himoyachisisiz", dedi JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.

Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakchilik va yuksak yutuqlar uchun beriladi.

Avvalgi yillarda ushbu mukofotga davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, taniqli olimlar va jamoat arboblari sazovor bo‘lgan. Ular global emlashni rivojlantirish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlangan.

—

В рамках международного саммита «Инвестиции в благополучие детей: на пути к устойчивому и справедливому развитию для будущих поколений» и II международного конгресса по детской онкологии и гематологии, Генеральный директор ВОЗ вручил Первой леди Узбекистана Зироат Мирзиёевой престижную награду за лидерство на глобальном уровне в развитии системы медицинской помощи детям с онкологическими заболеваниями и продвижении права каждого ребёнка на здоровую жизнь.

«Уважаемая Первая леди! Вы являетесь истинным чемпионом в мире для детей, особенно тех, кто борется с онкологическими заболеваниями, защитником права каждого ребёнка на образование и здоровую жизнь» — сказал Генеральный директор ВОЗ Тедрос Адханом Гебрейесус.

Награда учреждена в 2019 году. Ею отмечают исключительное лидерство и выдающиеся достижения, обеспечившие конкретные результаты в сфере охраны здоровья населения.

Среди обладателей награды прошлых лет — руководители государств и международных организаций, нобелевские лауреаты, выдающиеся учёные и общественные деятели. Их отмечали за вклад в развитие глобальной иммунизации, борьбу с инфекционными заболеваниями, расширение доступа к медицинской помощи и укрепление международного сотрудничества в сфере здравоохранения.

#MehrliMaskan #MehrliMaktab #OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте #InvestInChildren2026

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
❤14👍3