Nashriyotimizning asosiy maqsadlaridan biri murakkab bilimlarni sodda, tushunarli va qiziqarli shaklda taqdim etishdan iborat. Anorbankning moliyaviy ko‘magida o‘zbek tilida chop etilgan ‘Pul. Boshlang‘ich saboqlar’ kitobi orqali biz moliyaviy savodxonlik borasidagi bilimlarni keng ommaga yetkazishni maqsad qilganmiz. Mahalla kutubxonalari bir oy davomida o‘tkazgan “Moliyaviy sarguzasht” tanlovi esa kitob atrofida haqiqiy ijodiy va mutolaa muhiti shakllanayotganini namoyish etdi.
Nashriyotimiz kitob o‘qishni ijtimoiy va ijodiy hodisaga aylantiruvchi har qanday tashabbusga hissa qo‘shishga doim tayyor.

👍8🔥7❤3👏1
Farengeyt Press’dan yangi xushxabar
Donella Meadows'ning dunyo bo‘ylab millionlab kitobxonlar, menejerlar, tadbirkorlar, siyosatchilar va tadqiqotchilar mutolaa qilayotgan mashhur "Thinking in Systems" asarini o‘zbek tilida nashr etish huquqini olganimizni ma’lum qilamiz.
Nega bu kitob muhim?
Hayotimizdagi eng katta muammolarning aksariyati alohida hodisalar yoki shaxslar emas, balki tizimlar natijasidir.
Nega tirbandliklar kamaymaydi? Nega yaxshi niyat bilan boshlangan islohotlar kutilgan natijani bermaydi? Nega ayrim tashkilotlar yildan-yilga rivojlanadi, boshqalari esa bir joyda depsinib turaveradi? Nega ba’zan muammoni hal qilish uchun qilingan harakatning o‘zi yangi muammolarni keltirib chiqaradi?
Ko‘pincha biz muayyan hodisalarga qaraymiz, ammo ularning ortidagi tizimlarni ko‘rmaymiz.
"Thinking in Systems" aynan tizimni ko‘rish qobiliyatini rivojlantiradi.
Donella Meadows murakkab dunyoni tushunish uchun tizimli fikrlash usulini sodda va hayotiy misollar orqali tushuntirgan. Kitob o‘quvchiga sabab va oqibatlar zanjirini, qayta aloqa halqalarini, yashirin bog‘liqliklarni va kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib boradigan nuqtalarni ko‘ra olishni o‘rgatadi.
Bugungi dunyoda axborot ko‘p, ammo murakkab jarayonlarni tushuntirib bera oladigan tafakkur vositalari oz. Shu sababli "Thinking in Systems" ko‘plab universitetlarda tavsiya etiladi va zamonaviy tafakkurning eng muhim kitoblaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Agar siz jamiyat, iqtisodiyot, ta’lim, biznes yoki kundalik hayotdagi murakkab muammolarni chuqurroq tushunishni istasangiz, bu kitob siz uchun.
#TarjimaHuquqi #DonellaMeadows #Tizimlar

🔥27👍9❤5
“Farengeyt Press”dan kutilayotgan yangi nashr:
Sergey Povarnin, “Kitobni qanday o‘qish kerak?”
Kitob o‘qishning o‘zi yetarlimi? Yoki har qanday kitobni samarali va ongli o‘qishning ham o‘z san’ati bormi?
Rus faylasufi Sergey Povarninning mutolaa madaniyatiga bag‘ishlangan mashhur asari — “Kitobni qanday o‘qish kerak” sentabr oyida ilk bor o‘zbek tilida nashr etiladi.
Bu kitob shunchaki ko‘proq kitob o‘qishga emas, balki kitobni tushunish, tahlil qilish, muhim fikrlarni ajratish va o‘qilgan bilimni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Unda faol mutolaa usullari, konspekt tuzish, murakkab matnlar bilan ishlash, kitobga tanqidiy va tahliliy yondashish bo‘yicha bugun ham dolzarbligini yo‘qotmagan tavsiyalar jamlangan.
Mazkur nashrning yana bir muhim jihati shuki, kitob pedagog-tadqiqotchi Komil Jalilov tayyorlagan izohlar, sharhlar va ko‘rgazmali jadvallar bilan boyitilgan. Bu qo‘shimchalar asarni zamonaviy o‘quvchi uchun yanada tushunarli va amaliy qo‘llanmaga aylantiradi.
Kitob talabalar, pedagoglar va o‘z ustida muntazam ishlaydigan har bir inson uchun mo‘ljallangan.
Kitob sentabrda sotuvga chiqadi.

🔥12❤5👍4
“Tizimning funksiyasi yoki maqsadi odatda aytilmaydi, yozib qo‘yilmaydi yoki biror shaklda ochiq ifodalanmaydi, balki u qanday ishlayotganidan ma’lum boʻladi.
Tizimning maqsadini aniqlashning eng yaxshi yoʻli uning fe’l-atvorini ma’lum vaqt davomida kuzatishdir.
Agar qurbaqa o‘ngga burilib pashsha tutsa, keyin so‘lga burilib yana pashsha tutsa, so‘ng orqasiga o‘girilib yana pashsha tutsa, uning maqsadi o‘ngga, so‘lga yoki orqaga burilish emas, balki pashsha tutish bilan bog‘liq ekani ayon bo‘ladi. Agar hukumat atrof-muhitni himoya qilish qarorini e’lon qilsa-yu, ammo bu maqsad uchun juda oz mablag‘ va kuch sarflasa, unda atrof-muhitni himoya qilish aslida hukumatning maqsadi emas. Maqsadlar bayonotlar yoki e’lon qilingan rejalarda emas, balki fe’l-atvorda namoyon boʻladi.”
— Donalla Meadows’ning “Tizimlar mantig‘i: murakkab jarayon va muammolarni anglash” kitobidan

👍11🔥5👏2🤔1
O‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda xuddi to‘liq stavkada ishlaydigan xodimnikiga teng miqdorda vaqt o‘tkazmoqda.
Qizlar ijtimoiy tarmoqlarga haftasiga 35 soatdan ortiq vaqt sarflashmoqda, o‘g‘il bolalar ham ulardan qolishmaydi.
Agar bu hol shunday davom etsa, o‘rtacha o‘smir o‘z hayotining 10 yildan ortiq vaqtini dumskrollingga (maqsadsiz kontentni to‘xtovsiz ko‘rishga) sarflaydi.
Bu qanday oqibatlarga olib kelishi esa "Behalovat Avlod" kitobida batafsil yoritilgan.

🔥14
“Asl intellekt” kitoblar turkumi – aqlingiz, fikringiz va mustaqilligingiz uchun
Bugun sun’iy intellekt hayotimizning barcha jabhalariga shiddat bilan kirib bormoqda. U matn yozadi, tahlil qiladi, rasm chizadi, hatto murakkab qarorlar qabul qilishda koʻmaklashadi. Ammo bu qulaylikning badali ham bor ko‘rinadi: agar barcha aqliy mehnatni texnologiyaga topshirib qoʻysak, insonning oʻz tabiiy, asl intellekti zaiflashib, dangasalashib borishi mumkin.
Asl aql, tafakkur quvvati insonning bosh qo‘rg‘onidir. Shu bois sizga “Asl intellekt” turkum kitoblarni taqdim qilmoqchimiz.
Nega aynan “Asl intellekt”?
Ushbu turkumda chop etilajak kitoblardan ko‘zlangan bosh maqsad – tanqidiy fikrlash, mantiqiy asoslash va xulosalash, mustaqil mulohaza yuritish koʻnikmalarini parvarishlash, charxlash hamda rivojlantirishdir.
Turkum doirasida talabalar va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan, tushunarli va sara asarlar quyidagi yoʻnalishlarda nashr etiladi:
Amaliy mantiq
Tanqidiy fikrlash
Ijodiy va tizimli fikrlash
Turkum doirasida chop etilishi rejalangan ilk kitoblar qaysilar?
“Asl intellekt” turkumini o‘qish, o‘rganish, fikrlash madaniyatini shakllantirishda poydevor boʻla oladigan uchta muhim asar bilan boshlashga qaror qildik:
Sergey Povarnin. “Kitobni qanday oʻqish kerak?” Mutolaa faqat sahifalarni koʻzdan kechirish, nechta kitob o‘qish masalasi emas, balki chuqur mulohaza, tasavvur va tahlil jarayonidir. Ushbu kitob matnni toʻgʻri tahlil qilish, undagi bosh gʻoyalarni uqish va axborotni samarli oʻzlashtirishni o‘rgatadi.
Anthony Weston. “Argument: asoslash va bahs mahorati” (A Rulebook for Arguments). Ushbu kitob fikrni mantiqan asoslash, dalillarni saralash, chalgʻituvchi mantiqiy xatolardan saqlanish, konstruktiv bahs yuritish madaniyatini oʻrgatuvchi amaliy qoʻllanmadir.
Donella Meadows. “Tizimlar mantig’i: murakkab jarayon va muammolarni anglash” (Thinking in Systems) Muallif tizimlar va tizimli fikrlash mohiyatini sodda va hayotiy misollar bilan tushuntiradi, sabab va oqibatlar zanjirini, qayta aloqa halqalarini, yashirin bog‘liqliklarni va kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib boradigan vaziyatlarni ko‘ra olishni o‘rgatadi.
“Asl intellekt” shunchaki kitoblar turkumi emas. Bu o‘z fikriga ega, dalil bilan mulohaza yurita oladigan, teran o‘qiydigan va mustaqil qaror qabul qiladigan insonni tarbiyalashga xizmat qiladigan loyiha.
Bugungi sun’iy intellekt davrida asl ustunlik texnologiyadan foydalanishda emas, balki uni ongli boshqara oladigan kuchli tafakkurni shakllantirishdadir. Mazkur turkum ana shu yo‘lda sizning ishonchli hamrohingiz bo‘lishiga umid qilamiz.

👍24🔥17❤4
“Behalovat avlod”ni hali o‘qishga ulgurmadingizmi?
Agar shunday bo‘lsa, qizib borayotgan global muhokamadan chetda qolyapsiz.
Yevropa Komissiyasi bolalarni internetdagi xavflardan himoya qilishga qaratilgan yangi “EU Kids Act” loyihasini taqdim etdi. Taklifga ko‘ra, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmaydi, 13–15 yoshdagilar esa ota-ona nazorati ostida foydalanishi kerak bo‘ladi.
Yangi qoidalar Facebook, Instagram yoki TikTok bilan cheklanmaydi. Video platformalar, onlayn o‘yinlar va bolalar foydalanadigan SI chatbotlar ham tartibga solinadi.
Platformalarga qo‘yilayotgan talablarga qarang:
- bolalar uchun qaramlikni kuchaytiruvchi funksiyalarni cheklash;
- cheksiz scrolling va foydalanuvchini doimiy platformada ushlab turishga qaratilgan mexanizmlarni taqiqlash;
- bolaning profiliga qarab ishlaydigan tavsiya algoritmlarini cheklash;
- begona odamlarning bolalar bilan aloqasi oldini olish;
- ota-onalar uchun qulay nazorat vositalarini yaratish;
- foydalanuvchi yoshini tekshirishning samarali usullarini yo‘lga qo‘yish.
Bu talablar “Behalovat avlod”da ilgari surilgan takliflardan ayrimlari, xolos.
Talablarni buzgan kompaniyalarga global yillik daromadining 6 foizigacha jarima solinishi mumkin.
Bu faqat Yevropa Ittifoqiga xos tashabbus emas.
Shunga o‘xshash choralar yoki tashabbuslar Avstraliya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlarida ham paydo bo‘lmoqda.
👉🏻 Kitobni bu do‘konlardan topishingiz mumkin.
#jonathan_haidt #anxious_generation #behalovat_avlod #raqamliavlod
Facebook | Instagram | X

🔥8❤4👍3👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
– Kitobni qanday o‘qish haqida ham kitob bo‘larkanmi?
– Ha, bo‘ladi. Qanday sog‘lom ovqatlanish haqida kitob bo‘lgani kabi. Chaynab yuta olish hali sog‘lom ovqatlanish degani emas.

👍10🔥9❤3🙏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Og‘ziga kelganni demoq – nodonning ishi, oldiga qo‘yganini yemoq – hayvonning ishi.
Og‘zimizga kelganni demasligimiz uchun bizga elak lozimdir. Bu elakning nomi - mantiq yoki tanqidiy fikrlash. Biz elak bilan tug‘ilmaymiz, uni o‘rganib, tajriba bilan qozonamiz. Gapimizning maza-matrasi, tagi-tugi bo‘lmog‘i uchun bir qo‘llanma lozim edi – shuni hozirladik.
Tuzuk o‘ylab, tuzuk gapirmoq, tuzuk tinglab, tuzuk saralamoq uchun yo‘l-yo‘riqlar jamlangan bu kitob, asli AQSHda talabalar orasida mashhur. Shu qadarki, 40 yildan buyon qayta-qayta yangilanib, nashr qilib kelinadi. Biz uning eng yangisini siz uchun tayyorladik.

👍16🔥5❤3👏1
“…Eng muhimi shuki, ehtiros, namoyish yoki undovlar argument emas. Sizning (yoki boshqa birovning) biror da’voga qattiq ishonishingiz boshqalar ham ishonishi uchun sabab bo‘la olmaydi. Ba’zan shovqin va g‘azab qanchalik baland bo‘lsa, dalillar shunchalik zaiflashadi. Ishtiyoq va qat’iyat yaxshi argumentlarga baribir muhtoj.
…Ushbu kitobda berilgan qoidalarni o‘zlashtirar ekansiz, nafaqat o‘z hayotingizda chinakam o‘zgarish qilish uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, ya’ni eshitganingizni quruq takrorlash yoki ommaga ergashish o‘rniga mustaqil va puxta o‘ylangan yo‘lingizni topasiz, balki ehtimol ommaviy bahslarni ham qayta jonlantirishga hissa qo‘sha olasiz. Agar boshqalar ko‘rmagan narsani payqay olsangiz, ishonchliroq manbalar keltirsangiz yoki kengroq tafakkur yo‘lini ochib bersangiz, boshqalar buni sezadi. G‘avg‘o va betartiblik ichida yangragan bosiq va oqil fikr qadrlanadi. Bunday fikrni ilgari surgan kishi yetakchiga aylanadi. Boshqalar tanqidiy fikrlamayotgan paytda shunday fikrlash orqali siz kuchliroq, erkinroq va atrofdagi muhitga ta’sir o‘tkazishga qodirroq bo‘lasiz.
Demak, boshqalar nima qilishidan qat’i nazar, siz yanada konstruktiv bahs yurita olasiz, garchi bu ba’zan tavakkal qilishni talab etsa ham. Siz ijobiy taklif bera olasiz... eng yaxshi dalillarni izlay olasiz... ehtiyotkorlik bilan umumlashtira olasiz... statistikaga hushyor qaraysiz... yorqin va o‘rinli o‘xshatishlardan foydalana olasiz. Faqat eng ishonchli manbalardan foydalaning. Qarshi e’tirozlarni mufassal bayon eting va ularga javob berishga harakat qiling... Bu oson emas, albatta. Haqligingizga ham kafolat yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, deyarli kafolatlangan xatodan ancha yaxshiroq bu, shunday emasmi?
Mening undovim shu: fikringizni tiniq, argumentlaringizni to‘kis qiling. Puxta o‘ylashga, manbalarni tanqidiy baholashga, konstruktiv muloqotga, fikr va ifodada aniqlikka intiling. Biz tanqidiy fikrlash va konstruktiv bahslar sinovdan o‘tayotgan bir zamonda yashayotgan ekanmiz, hozir chekinish fursati emas. Aksincha, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari aynan shunday zamonlar uchundir asli. Qaddingizni tik tuting, munosib bahs qiling.”

👍9❤3🔥3
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu kitob mutolaasidan so'ng bahslarda mahorat bilan ishtirok etasiz 💯
⚡️ Aql va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish har bir sohada, xususan, ilmiy faoliyat va kundalik muloqotda eng muhim koʻnikmalardan biridir.
“Farengeyt Press” nashriyotining “Asl Intellekt” turkumida chop etilgan Entoni Uestonning “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobi aynan shunday mahoratni shakllantirishga bagʻishlangan.
🎯 AQShning Elon universiteti filosofiya professori muallifligidagi ushbu asar mantiqiy fikrlash, toʻgʻri argument tuzish va manbalarni tekshirish boʻyicha ixcham hamda oʻta amaliy qoʻllanma hisoblanadi.
🔥 Tez kunda. “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobi!
🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.
• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
🌐 qamar.uz
+998781136913
+998998454400
📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.
@qamarbooks

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥5❤1
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitob o‘qish shunchaki vaqt o‘tkazishga emas, rivojlanishga xizmat qilsin ♥️
📖 “Farengeyt Press” nashriyotining ”Asl Intellekt” turkumida chop etilgan Sergey Povarninning ”Kitobni qanday o‘qish kerak” asari mutolaa san’atiga bag‘ishlangan amaliy qo‘llanma hisoblanadi.
Muallif ushbu kitobda haqiqiy mutolaa madaniyatini shakllantirish, kitobni qanday o‘qish lozimligini, eng muhimi, o‘qilgan bilimni qanday o‘zlashtirish va amalda qo‘llashni sodda va lo‘nda tilda tushuntirib beradi.
📚 Ilk nashridan buyon bir asrdan ziyod vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, o‘z qimmatini yo‘qotmagan ushbu asar talabalar, tadqiqotchilar va o‘z ustida ishlaydigan har bir kitobxon uchun eng foydali yon kitobga aylanadi.
🔥 Tez kunda. ”Kitobni qanday o‘qish kerak” kitobi!
🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.
• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
🌐 qamar.uz
+998781136913
+998998454400
📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.
@qamarbooks
Muallif ushbu kitobda haqiqiy mutolaa madaniyatini shakllantirish, kitobni qanday o‘qish lozimligini, eng muhimi, o‘qilgan bilimni qanday o‘zlashtirish va amalda qo‘llashni sodda va lo‘nda tilda tushuntirib beradi.
🔥 Tez kunda. ”Kitobni qanday o‘qish kerak” kitobi!
• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998781136913
+998998454400
📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.
@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤3
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bahsda haqiqat muhimmi yoki g‘alabami? 💯
🎙 Bahs paytida ko‘pchiligimiz o‘z fikrimizni himoya qilishga shoshilamiz. Qarshi taraf nima demoqchi ekanini to‘liq eshitmasdan turib, javob tayyorlashni boshlaymiz.
Anthony Westonning “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobi argumentni qanday tuzish, manbalarga qanday yondashish, sabab va tasodifni qanday farqlash kabi ko‘nikmalarni sodda qoidalar orqali tushuntiradi.
📚 “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobini ertadan boshlab xarid qilishingiz mumkin!
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 164 bet;
• Narxi – 55.000 soʻm.
Sizningcha, bahs paytida eng qiyin narsa nima: qarshi fikrni eshitishmi yoki o‘z xatongizni tan olishmi?
🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.
• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
🌐 qamar.uz
+998781136913
+998998454400
📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.
@qamarbooks
Anthony Westonning “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobi argumentni qanday tuzish, manbalarga qanday yondashish, sabab va tasodifni qanday farqlash kabi ko‘nikmalarni sodda qoidalar orqali tushuntiradi.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 164 bet;
• Narxi – 55.000 soʻm.
Sizningcha, bahs paytida eng qiyin narsa nima: qarshi fikrni eshitishmi yoki o‘z xatongizni tan olishmi?
• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998781136913
+998998454400
📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.
@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3
👉 “Asl intellekt” — qaysi do‘konlarda bor?
Uzoq kutilgan, bizga bog‘liq bo‘lmagan ayrim sabablarga ko‘ra biroz kechikkan kitoblarimiz nihoyat bugundan sotuvga chiqdi.
“Asl intellekt” turkumidagi ilk ikki kitob – Anthony Weston’ning “Argument: asoslash va bahs mahorati” va Sergey Povarninning “Kitobni qanday o‘qish kerak” kitoblarini quyidagi do‘konlardan xarid qilishingiz mumkin:
🔹Asaxiy kitob do‘konlari va internet do‘koni (Argument)
🔹Qamar do‘konlari va online buyurtma
🔹 Uzum market (Kitobni qanday o‘qish kerak; Argument; to‘plam tarzida olish uchun)
🔹 Book.uz do‘konlari
Do‘konlar ro‘yxati yangilab boriladi. Kitoblarning chakana savdodagi narxlarini har bir do‘kon o‘zi belgilagani uchun narxlar bir-biridan biroz farq qilishi mumkin.

🔥10❤7👏3
Farengeyt Press nashriyotining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlardan biri - ilmiy ommabop adabiyotlar, qo‘llanmalar, qo‘shimcha adabiyotlar nashr qilish va ularni ommalashtirish orqali bolalar va o‘smirlarning sifatli ta’lim olishlariga hissa qo‘shish. Shu maqsadda nashriyot xususiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda. Hamkorlik doirasida nashriyot bosh muharriri Xurshid Yo‘ldoshev va pedagog Komil Jalilov 16-oktyabr kuni Toshkentdagi "Leader" nodavlat taʼlim muassasasida nashriyot tomonidan yaqinda nashr etilgan “Argument: asoslash va bahs mahorati” hamda “Kitobni qanday o‘qish kerak” kitoblari asosida mazkur maktabning yuqori sinf o'quvchilari uchun master-klass tashkil etmoqdalar.
Bu kitoblar o‘quvchilarga matnni tushunish, tahlil qilish va tanqidiy fikrlash, o‘z fikrini asosli yetkazish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilish bilan birga, ularning matnni tushunish va argumentli esse yozish ko‘nikmalari tekshiriladigan milliy sertifikat, IELTS, SAT singari imtihonlarga tayyorlanishlariga ham yordam beradi.

👍12