Farengeyt Press
1.07K subscribers
82 photos
25 videos
67 links
Ilmiy-ommabop, ma’rifiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash bo‘yicha ijtimoiy-tadbirkorlik loyihasi.

Email: info@farengeyt.press
Download Telegram
“Asl intellekt” kitoblar turkumi – aqlingiz, fikringiz va mustaqilligingiz uchun
Bugun sun’iy intellekt hayotimizning barcha jabhalariga shiddat bilan kirib bormoqda. U matn yozadi, tahlil qiladi, rasm chizadi, hatto murakkab qarorlar qabul qilishda koʻmaklashadi. Ammo bu qulaylikning badali ham bor ko‘rinadi: agar barcha aqliy mehnatni texnologiyaga topshirib qoʻysak, insonning oʻz tabiiy, asl intellekti zaiflashib, dangasalashib borishi mumkin.
Asl aql, tafakkur quvvati insonning bosh qo‘rg‘onidir. Shu bois sizga “Asl intellekt” turkum kitoblarni taqdim qilmoqchimiz.

Nega aynan “Asl intellekt”?
Ushbu turkumda chop etilajak kitoblardan ko‘zlangan bosh maqsad – tanqidiy fikrlash, mantiqiy asoslash va xulosalash, mustaqil mulohaza yuritish koʻnikmalarini parvarishlash, charxlash hamda rivojlantirishdir.
Turkum doirasida talabalar va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan, tushunarli va sara asarlar quyidagi yoʻnalishlarda nashr etiladi:

Amaliy mantiq
Tanqidiy fikrlash
Ijodiy va tizimli fikrlash

Turkum doirasida chop etilishi rejalangan ilk kitoblar qaysilar?
“Asl intellekt” turkumini o‘qish, o‘rganish, fikrlash madaniyatini shakllantirishda poydevor boʻla oladigan uchta muhim asar bilan boshlashga qaror qildik:

Sergey Povarnin. “Kitobni qanday oʻqish kerak?” Mutolaa faqat sahifalarni koʻzdan kechirish, nechta kitob o‘qish masalasi emas, balki chuqur mulohaza, tasavvur va tahlil jarayonidir. Ushbu kitob matnni toʻgʻri tahlil qilish, undagi bosh gʻoyalarni uqish va axborotni samarli oʻzlashtirishni o‘rgatadi.

Anthony Weston. “Argument: asoslash va bahs mahorati” (A Rulebook for Arguments). Ushbu kitob fikrni mantiqan asoslash, dalillarni saralash, chalgʻituvchi mantiqiy xatolardan saqlanish, konstruktiv bahs yuritish madaniyatini oʻrgatuvchi amaliy qoʻllanmadir.

Donella Meadows. “Tizimlar mantig’i: murakkab jarayon va muammolarni anglash” (Thinking in Systems) Muallif tizimlar va tizimli fikrlash mohiyatini sodda va hayotiy misollar bilan tushuntiradi, sabab va oqibatlar zanjirini, qayta aloqa halqalarini, yashirin bog‘liqliklarni va kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib boradigan vaziyatlarni ko‘ra olishni o‘rgatadi.

“Asl intellekt” shunchaki kitoblar turkumi emas. Bu o‘z fikriga ega, dalil bilan mulohaza yurita oladigan, teran o‘qiydigan va mustaqil qaror qabul qiladigan insonni tarbiyalashga xizmat qiladigan loyiha.

Bugungi sun’iy intellekt davrida asl ustunlik texnologiyadan foydalanishda emas, balki uni ongli boshqara oladigan kuchli tafakkurni shakllantirishdadir. Mazkur turkum ana shu yo‘lda sizning ishonchli hamrohingiz bo‘lishiga umid qilamiz.
👍24🔥17❤4
“Behalovat avlod”ni hali o‘qishga ulgurmadingizmi?

Agar shunday bo‘lsa, qizib borayotgan global muhokamadan chetda qolyapsiz.

Yevropa Komissiyasi bolalarni internetdagi xavflardan himoya qilishga qaratilgan yangi “EU Kids Act” loyihasini taqdim etdi. Taklifga ko‘ra, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmaydi, 13–15 yoshdagilar esa ota-ona nazorati ostida foydalanishi kerak bo‘ladi.

Yangi qoidalar Facebook, Instagram yoki TikTok bilan cheklanmaydi. Video platformalar, onlayn o‘yinlar va bolalar foydalanadigan SI chatbotlar ham tartibga solinadi.

Platformalarga qo‘yilayotgan talablarga qarang:

- bolalar uchun qaramlikni kuchaytiruvchi funksiyalarni cheklash;
- cheksiz scrolling va foydalanuvchini doimiy platformada ushlab turishga qaratilgan mexanizmlarni taqiqlash;
- bolaning profiliga qarab ishlaydigan tavsiya algoritmlarini cheklash;
- begona odamlarning bolalar bilan aloqasi oldini olish;
- ota-onalar uchun qulay nazorat vositalarini yaratish;
- foydalanuvchi yoshini tekshirishning samarali usullarini yo‘lga qo‘yish.

Bu talablar “Behalovat avlod”da ilgari surilgan takliflardan ayrimlari, xolos.

Talablarni buzgan kompaniyalarga global yillik daromadining 6 foizigacha jarima solinishi mumkin.

Bu faqat Yevropa Ittifoqiga xos tashabbus emas.

Shunga o‘xshash choralar yoki tashabbuslar Avstraliya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlarida ham paydo bo‘lmoqda.

👉🏻 Kitobni bu do‘konlardan topishingiz mumkin.

#jonathan_haidt #anxious_generation #behalovat_avlod #raqamliavlod

Facebook | Instagram | X
🔥8❤4👍3👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
– Kitobni qanday o‘qish haqida ham kitob bo‘larkanmi?

– Ha, bo‘ladi. Qanday sog‘lom ovqatlanish haqida kitob bo‘lgani kabi. Chaynab yuta olish hali sog‘lom ovqatlanish degani emas.
👍10🔥9❤3🙏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Og‘ziga kelganni demoq – nodonning ishi, oldiga qo‘yganini yemoq – hayvonning ishi.

Og‘zimizga kelganni demasligimiz uchun bizga elak lozimdir. Bu elakning nomi - mantiq yoki tanqidiy fikrlash. Biz elak bilan tug‘ilmaymiz, uni o‘rganib, tajriba bilan qozonamiz. Gapimizning maza-matrasi, tagi-tugi bo‘lmog‘i uchun bir qo‘llanma lozim edi – shuni hozirladik.

Tuzuk o‘ylab, tuzuk gapirmoq, tuzuk tinglab, tuzuk saralamoq uchun yo‘l-yo‘riqlar jamlangan bu kitob, asli AQSHda talabalar orasida mashhur. Shu qadarki, 40 yildan buyon qayta-qayta yangilanib, nashr qilib kelinadi. Biz uning eng yangisini siz uchun tayyorladik.
👍16🔥5❤3👏1
“…Eng muhimi shuki, ehtiros, namoyish yoki undovlar argument emas. Sizning (yoki boshqa birovning) biror da’voga qattiq ishonishingiz boshqalar ham ishonishi uchun sabab bo‘la olmaydi. Ba’zan shovqin va g‘azab qanchalik baland bo‘lsa, dalillar shunchalik zaiflashadi. Ishtiyoq va qat’iyat yaxshi argumentlarga baribir muhtoj.

…Ushbu kitobda berilgan qoidalarni o‘zlashtirar ekansiz, nafaqat o‘z hayotingizda chinakam o‘zgarish qilish uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, ya’ni eshitganingizni quruq takrorlash yoki ommaga ergashish o‘rniga mustaqil va puxta o‘ylangan yo‘lingizni topasiz, balki ehtimol ommaviy bahslarni ham qayta jonlantirishga hissa qo‘sha olasiz. Agar boshqalar ko‘rmagan narsani payqay olsangiz, ishonchliroq manbalar keltirsangiz yoki kengroq tafakkur yo‘lini ochib bersangiz, boshqalar buni sezadi. G‘avg‘o va betartiblik ichida yangragan bosiq va oqil fikr qadrlanadi. Bunday fikrni ilgari surgan kishi yetakchiga aylanadi. Boshqalar tanqidiy fikrlamayotgan paytda shunday fikrlash orqali siz kuchliroq, erkinroq va atrofdagi muhitga ta’sir o‘tkazishga qodirroq bo‘lasiz.

Demak, boshqalar nima qilishidan qat’i nazar, siz yanada konstruktiv bahs yurita olasiz, garchi bu ba’zan tavakkal qilishni talab etsa ham. Siz ijobiy taklif bera olasiz... eng yaxshi dalillarni izlay olasiz... ehtiyotkorlik bilan umumlashtira olasiz... statistikaga hushyor qaraysiz... yorqin va o‘rinli o‘xshatishlardan foydalana olasiz. Faqat eng ishonchli manbalardan foydalaning. Qarshi e’tirozlarni mufassal bayon eting va ularga javob berishga harakat qiling... Bu oson emas, albatta. Haqligingizga ham kafolat yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, deyarli kafolatlangan xatodan ancha yaxshiroq bu, shunday emasmi?

Mening undovim shu: fikringizni tiniq, argumentlaringizni to‘kis qiling. Puxta o‘ylashga, manbalarni tanqidiy baholashga, konstruktiv muloqotga, fikr va ifodada aniqlikka intiling. Biz tanqidiy fikrlash va konstruktiv bahslar sinovdan o‘tayotgan bir zamonda yashayotgan ekanmiz, hozir chekinish fursati emas. Aksincha, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari aynan shunday zamonlar uchundir asli. Qaddingizni tik tuting, munosib bahs qiling.”
👍9❤3🔥3
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu kitob mutolaasidan so'ng bahslarda mahorat bilan ishtirok etasiz 💯

⚡️ Aql va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish har bir sohada, xususan, ilmiy faoliyat va kundalik muloqotda eng muhim koʻnikmalardan biridir.

“Farengeyt Press” nashriyotining “Asl Intellekt” turkumida chop etilgan Entoni Uestonning “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobi aynan shunday mahoratni shakllantirishga bagʻishlangan.

🎯 AQShning Elon universiteti filosofiya professori muallifligidagi ushbu asar mantiqiy fikrlash, toʻgʻri argument tuzish va manbalarni tekshirish boʻyicha ixcham hamda oʻta amaliy qoʻllanma hisoblanadi.

🔥 Tez kunda. “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobi!

🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
🌐 qamar.uz
+998781136913
+998998454400

📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.

@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥5❤1
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitob o‘qish shunchaki vaqt o‘tkazishga emas, rivojlanishga xizmat qilsin ♥️

📖 “Farengeyt Press” nashriyotining ”Asl Intellekt” turkumida chop etilgan Sergey Povarninning ”Kitobni qanday o‘qish kerak” asari mutolaa san’atiga bag‘ishlangan amaliy qo‘llanma hisoblanadi.

Muallif ushbu kitobda haqiqiy mutolaa madaniyatini shakllantirish, kitobni qanday o‘qish lozimligini, eng muhimi, o‘qilgan bilimni qanday o‘zlashtirish va amalda qo‘llashni sodda va lo‘nda tilda tushuntirib beradi.

📚 Ilk nashridan buyon bir asrdan ziyod vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, o‘z qimmatini yo‘qotmagan ushbu asar talabalar, tadqiqotchilar va o‘z ustida ishlaydigan har bir kitobxon uchun eng foydali yon kitobga aylanadi.

🔥 Tez kunda. ”Kitobni qanday o‘qish kerak” kitobi!

🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
🌐 qamar.uz
+998781136913
+998998454400

📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.

@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤3
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bahsda haqiqat muhimmi yoki g‘alabami? 💯

🎙 Bahs paytida ko‘pchiligimiz o‘z fikrimizni himoya qilishga shoshilamiz. Qarshi taraf nima demoqchi ekanini to‘liq eshitmasdan turib, javob tayyorlashni boshlaymiz.

Anthony Westonning “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobi argumentni qanday tuzish, manbalarga qanday yondashish, sabab va tasodifni qanday farqlash kabi ko‘nikmalarni sodda qoidalar orqali tushuntiradi.

📚 “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobini ertadan boshlab xarid qilishingiz mumkin!

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 164 bet;
• Narxi – 55.000 soʻm.

Sizningcha, bahs paytida eng qiyin narsa nima: qarshi fikrni eshitishmi yoki o‘z xatongizni tan olishmi?

🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
🌐 qamar.uz
+998781136913
+998998454400

📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.

@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3
👉 “Asl intellekt” — qaysi do‘konlarda bor?
Uzoq kutilgan, bizga bog‘liq bo‘lmagan ayrim sabablarga ko‘ra biroz kechikkan kitoblarimiz nihoyat bugundan sotuvga chiqdi.

“Asl intellekt” turkumidagi ilk ikki kitob – Anthony Weston’ning “Argument: asoslash va bahs mahorati” va Sergey Povarninning “Kitobni qanday o‘qish kerak” kitoblarini quyidagi do‘konlardan xarid qilishingiz mumkin:

🔹Asaxiy kitob do‘konlari va internet do‘koni (Argument)

🔹Qamar do‘konlari va online buyurtma

🔹 Uzum market (Kitobni qanday o‘qish kerak; Argument; to‘plam tarzida olish uchun)

🔹 Book.uz do‘konlari

Do‘konlar ro‘yxati yangilab boriladi. Kitoblarning chakana savdodagi narxlarini har bir do‘kon o‘zi belgilagani uchun narxlar bir-biridan biroz farq qilishi mumkin.
🔥10❤7👏3
Farengeyt Press nashriyotining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlardan biri - ilmiy ommabop adabiyotlar, qo‘llanmalar, qo‘shimcha adabiyotlar nashr qilish va ularni ommalashtirish orqali bolalar va o‘smirlarning sifatli ta’lim olishlariga hissa qo‘shish. Shu maqsadda nashriyot xususiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda. Hamkorlik doirasida nashriyot bosh muharriri Xurshid Yo‘ldoshev va pedagog Komil Jalilov 16-oktyabr kuni Toshkentdagi "Leader" nodavlat taʼlim muassasasida nashriyot tomonidan yaqinda nashr etilgan “Argument: asoslash va bahs mahorati” hamda “Kitobni qanday o‘qish kerak” kitoblari asosida mazkur maktabning yuqori sinf o'quvchilari uchun master-klass tashkil etmoqdalar.

Bu kitoblar o‘quvchilarga matnni tushunish, tahlil qilish va tanqidiy fikrlash, o‘z fikrini asosli yetkazish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilish bilan birga, ularning matnni tushunish va argumentli esse yozish ko‘nikmalari tekshiriladigan milliy sertifikat, IELTS, SAT singari imtihonlarga tayyorlanishlariga ham yordam beradi.
👍12