Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Hozirda AQShning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan arizalar qabul qilinayotgan eng nufuzli almashinuv dasturlari

Ushbu dasturlarda qatnashish bilan bog'liq barcha xarajatlar qoplanadi.

1. Global UGRAD. Dastur 1, 2, va 3-kurs talabalariga AQSHda 1 semester davomida o'qish imkonini beradi.

Dedlayn: 2022-yil 6-yanvar.

👉 BATAFSIL

2. Fulbright Visiting Scholar Program. Dastur AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant ajratadi.

Kimlar qatnasha oladi?
– OTM oʻqituvchilari;
– Tadqiqotchilar;
– 10 yillik tajribaga ega tahlil markazlari, tegishli hukumat va nohukumat tashkilotlari xodimlari.

Dedlayn: 2021-yil 20-noyabr

👉 BATAFSIL

3. SUSI for Scholars. Dastur AQSHda 6 haftalik oʻquv kursida qatnashish imkonini beradi.

Oliy taʼlim va tadqiqot muassasalarida kamida 7 yillik ish tajribasiga ega boʻlganlar ariza berishi mumkin.

Dedlayn: 2022-yil 3-yanvar

👉 BATAFSIL

4. SUSI for Secondary School Educators. Dastur oʻrta maktab, litsey va kollej oʻqituvchilari, shuningdek, oʻrta taʼlim sohasida ishlaydigan boshqa xodimlarga AQSHda 5 haftalik taʼlim dasturida qatnashish imkonini beradi.

Dedlayn: 2021-yil 21-dekabr, soat 18:00.

👉 BATAFSIL

5. TechWomen. Dastur kamida bakalavrlik darajasi va STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics) 2 yillik toʻliq stavkali ish tajribasiga ega yetakchi ayol-qizlarga 5 hafta davomida AQSHda malaka oshirish imkonini beradi.

Dedlayn: 2022-yil 5-yanvar.

👉 BATAFSIL

6. TechGirls. Dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi.

Dedlayn: 2022-yil 15-yanvar.

👉 BATAFSIL

7. SUSIs for Young Women Leaders. Dastur 18-25 yoshli yol-qiz talabalar uchun moʻljallangan bo'lib, ishtirokchilar AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik yetakchilik mashg'ulotlarida qatnashadi.

Dedli: 2021-yil 20-dekabr, 18:00.

👉 BATAFSIL

@grantlar
👍1
Hozirda Erasmus Mundus dasturining bir qancha grantlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Erasmus Mundus grantlaridan birini yutib olgan hamyurtimizdan biri bizga dastur uchun topshirgan hujjatlari toʻplamini taqdim etdi.

Hujjatlar quyidagilardn iborat:

👉 Motivatsiya inshosi va tavsiyanomalar.

👉 Diplom va olingan baholar.

👉 Talabaning CVʼsi.

👉 Yashash joyi haqida maʼlumotnoma (Proof of Place of Residence).

@grantlar
“China affairs in Central Asia” mavzusida tadqiqot olib borish uchun 9300 dollar!

Qirgʻizistondagi OSCE Akademiyasi “China affairs in Central Asia” mavzusidagi tadqiqot ishi uchun 2 nafar tadqiqotchi.

Tegishli sohada magistrlik darajasiga ega hamda ingliz va xitoy tilini biluvchilar ariza topshirishi mumkin.

Tadqiqot onlayn tarzda olib boriladi.

Grant miqdori: Tadqiqot ishi uchun jami 9300 dollardan grant ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 16-yanvar, soat 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-akademiyasidan-china-affairs-in-central-asia-mavzusida-tadqiqot-uchun-grant/

@grantlar
Erasmus Mundus: Iqtisodiyot va unga aloqador sohalarda magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

EPOG+ dasturi iqtisodiyot va unga aloqador bir nechta sohada magistraturani Yevropaning 3 ta davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevrogacha mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/iqtisod-boyicha-epog-magistratura-kursi-yevropa-boylab-bir-nechta-davlatda-oqish-imkoniyati-va-erasmus-mundus-grantlari/

@grantlar
SUSIs for Young Women Leaders dasturi gʻolibasi bilan suhbat

SUSIs for Young Women Leaders – ayol-qiz talabalar uchun moʻljallangan, AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik yetakchilik dasturidir. Dasturda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur gʻolibasi Kamola Bekniyozava bilan suhbat qilgan.

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/aqsh-susi-womens-leadership-toliq-grant-dasturini-yutgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

Maʼlumot uchun: Hozirda mazkur dasturga qabul davom etmoqda va qabul 2021-yil 20-dekabrda yakunlanadi (Dastur haqida batafsil).

@grantlar
#Eslatma

Germaniyada bepul yozgi til kurslariga qabul 1-dekabrda tugaydi.

DAAD tashkiloti bakalavriat va magistratura talabalariga 18-35 kunlik yozgi nemis tili kurslari uchun grant taklif etadi.

Kurslar Germaniya universitetlari yoki til maktablaridan birida boʻlib oʻtadi.

DAAD grantini qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Kursda bepul oʻqish.
– Turar joy.
– 1061 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun 875 yevro.
– Sugʻurta toʻlovlari.

Dasturga arizalar 2021-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Kurslar 2022-yil iyun-noyabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/daad-university-summer-courses/

@grantlar
👍1
Obama fondining stipendiya dasturi: AQSHda 1 yillik taʼlim dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur oʻz sohasiga sezilarli hissa qoʻshgan yetakchilar uchun moʻljallangan. Ishtirokchilar Kolumbiya universitetidagi 1 yillik malaka oshirish mashgʻulotlariga qatnashadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– 4 tagacha kurs uchun kontrakt summasi va boshqa badallar toʻliq qoplanadi.
– AQSHga borish kelish va boshqa tegishli safarlar uchun aviachiptalar olib beriladi.
– Tibbiy, tish parvarishi va hayot sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 23-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/obama-foundation-scholars-program-fully-funded/

@granlar
Reckitt tashkiloti Tokiodagi One Young World sammitida qatnashish uchun toʻliq grantlar eʼlon qildi!

Bu grantga sohalarida faoliyat yurituvchi 18-30 yoshli yosh yetakchilar ariza berishi mumkin:
– Toza suv, gigiyena va sanitariya.
– Jinsiy huquqlar va tenglik.
– Ona va bola salomatligi.

Grant imkoniyatlari:
– Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi qatnovlar uchun transport taʼminlanadi.

Har ikkala yoʻnalishdagi grantlar uchun arizalar 2021-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/reckitt-fight-for-access-scholarship-tokiodagi-4-kunlik-sammitda-qatnashish-uchun-toliq-grant/

Ushbu sammitga ajratilgan boshqa grantlar bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IELTS 4 ta yakshanbada: 2-mavsum!

👉 ЧИТАТЬ НА РУССКОМ

❗️IELTS 4 ta yakshanbada dasturimizning 1-mavsumi muvaffaqqiyatli tarzda o’z nihoyasiga yetdi.

Seminar quyidagi qulayliklarni o’z ichiga oladi:

☝️4 ta yakshanba dasturi 10-12 soatlik mualliflik huquqiga ega darslardan iborat
➕Bonus: 5-hafta Takrorlash+Mock imtihoni
👩‍🏫Result o’quv markazining malakali o’qituvchilari tomonidan haftaning toq kunlari doimiy super-intensiv onlayn/offlayn darslar
📚Hech qayerda topilmas mualiflik o'quv qo'llanmalari
📩Har kungi takroriy aloqalar
😋Seminar davomida 2 ta bepul coffee break va 1 ta business lunch
🤩Eng muhimi: ilgari hech qachon bo'lmagan ingliz tilining ajoyib motivatsion muhiti
💪Ajoyib natijaga erishish uchun bor-yo'g'i 1 oy va maksimal kuch sarflash kerak

Bu seminar IELTS haqidagi barcha g'oyalaringizni tubdan o'zgartiradi.🔥

Boshlanishi: 5-DEKABR🔥

Roʻyxatdan oʻtish va batafsil maʼlumot:

+998998080660
+998998090660

Roʻyxatdan oʻtish:
https://rb.gy/vlopc8
Shvetsiya: Uppsala universitetining magistratura dasturlarida o'qish uchun 100% lik grantlar!

Nufuzi boʻyicha dunyoda 124-oʻrinda turuvchi Uppsala universiteti magistraturada oʻqish uchun bir necha turdagi grantlar taklif qiladi.

Grantlarni Uppsala universitetidagi istalgan magistrlik dasturi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Oʻzbekistonliklar ariza topshirishi mumkin grantlar:
1. Uppsala University Global Scholarship.
2. Uppsala University Presidentʼs Club Scholarship
.

Yuqoridagi har ikkala grant talabani kontrakt summasini toʻlashdan 100% ozod qiladi.

Arizalar 2022-yil 17-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 GRANTLAR HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
👍2
Bir qancha obunachilar grantlarga ariza to'ldirishda Zip code (postal code) so'ralyapti, u nima va uni qanday topaman, deb so'rashmoqda.

Biz Zip code va uni qanday topish haqida mantli hamda video shaklda ma'lumot tayyorlaganmiz.

Ma'lumotni o'qish/ko'rish:

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
Dunyoning 8-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 26 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2021-yil 1-noyabrdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍2
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moliyaviy imkoniyatlari:
– 7300 dollar stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun qoʻshimcha 500 dollargacha mablagʻ.
– Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2021-yil 13-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/

@grantlar
👍1
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 21 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2022-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍4
AQSH va boshqa davlatlarda BAKALAVRIATNI bepul oʻqish imkoniyatlari

Postda yoritilgan masalar:

– AQSHdagi oʻqish bepul universitetlar

– Eng nufuzli AQSH universitetlari bakalavrlar toʻlaydigan kontrakt summasiga muhtoj emas: kirsangiz, bepul oʻqiysiz (oʻzbeklar uchun)

– AQSHning nufuzli universitetlarida bepul oʻqish sharti qanday

– Boshqa davlatlardagi top 1000 likka kirgan bepul universitetlar

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍2
Grantlar.uz jamoasi Germaniyada oʻqish uchun Hanns Seidel Stiftung stipendiyasini yutib olgan talaba – Umidjon Karimberdiyev bilan suhbatlashgan.

Suhbatda bilib olasiz:

👉 Bu stipendiya qanday imkoniyatlar beradi (bakalavriat, magistratura, PhD uchun)?
👉 Dastur talablari qanday?
👉 Qanday hujjatlar topshiriladi?
👉 Hujjat topshirish va suhbat jarayonida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar
👉 Bu stipendiya orqali Germaniyaga ketishda oila aʼzolarini olib ketish mumkinmi?
👉 Stipendiya olgan holda Germaniyada haftasiga necha soat ishlash mumkin va boshqa muhim masalalar.

Ushbu dasturga arizalar yilda 2 marta qabul qilinadi:
– Kuzgi semestr uchun: 15-iyulgacha
– Bahorgi semestr uchun: 15-yanvargacha

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/hanns-seidel-stiftung-stipendiyasini-yutgan-talaba-umidjon-karimberdiyev-bilan-suhbat/

@grantlar
❤1
Dedlayn yaqin, lekin ariza topshirish oson boʻlgan grantlar

Bugun qabul yakunlanishiga kam muddat qolgan, biroq ariza topshirish uzoq vaqt olmaydigan dasturlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

👉 GIFT Internship Program: Bakalavriat talabalari uchun Koreyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot! (dedlayn: 26-noyabr)

👉 Network Cup 2021: Qirgʻizistonda debat turniri; borish-kelish uchun aviachipta va bepul turar joy taʼminlanadi! (dedlayn: 27-noyabr)

👉 Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot! (dedlayn: 28-noyabr)

👉 Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 ServiceScape Short Story Award 2021: yozuvchilar uchun tanlov; mukofot – 1000 AQSh dollari (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Insholar tanlovi: karantindagi hayot haqida insho yozib, pul mukofoti yutib oling! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Talabalar uchun insholar tanlovi: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Leading Asia Scholarship: Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-dekabr)

👉 Deloitte tashkilotidan Tokiodagi 4 kunlik One Young World sammtida qatnashish uchun 10 ta toʻliq grant! (dedlayn: 8-dekabr)

👉 bp kompaniyasidan Tokiodagi 4 kunlik One Young World sammitida qatnashish uchun 5 ta toʻliq grant! (dedlayn: 9-dekabr)

👉 Rossiya: Open Doors onlayn olimpiadasi; 400 nafar sovrindorlar Rossiyaning istalgan universitetida magistratura yoki PhD bosqichida grant asosida oʻqiydi! (dedlayn: 12-dekabr)

👉 ETH Student Summer Research Fellowship: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 15-dekabr)

👉 International Excellence Scholarship Program (IES): barcha yo’nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 15-dekabr)

👉 Z Zurich jamgʻarmasidan Tokiodagi 4 kunlik One Young World sammitida qatnashish uchun 16 ta toʻliq grant (dedlayn: 15-dekabr)

👉 Warren Wilson College: AQSh bakalavr kurslarida bepul o’qish imkoniyati! Joy – 25 tagacha! (dedlayn: 15-dekabr)

@grantlar
NIGINTERN 2022: Yaponiyada talabalar uchun xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!

Ushbu dasturga hozirda bakalavriatning 3-kursi yoki magistraturaning 1-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot 2022-yil 16-iyundan 27-iyulgacha Yaponiyada oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi.

Dastur imtiyozlari:
– Yaponiyaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Yaponiyadagi aeroportdan institutgacha yetib olish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul turar joy taʼminalandi.
– Sayohat sugʻurtasi taʼminlanadi.
– Dastur yakunida sertifikat taqdim etiladi.

Arizalar 2021-yil 26-noyabrdan 2022-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nigintern-yaponiyada-talabalar-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan insholar tanlovida qatnashib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda 16 yoshdan 36 yoshgacha boʻlganlar qatnasha oladi.

Insholar ingliz tilida, "Nizami - poet for all humanity" mavzusida yozilishi kerak.

Tanlov sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin – 300 dollar.
– 2-oʻrin – 200 dollar.
– 3-oʻrin – 150 dollar.
– 2 nafar alohida eʼtirofga sazovor insho muallifi – 100 dollardan.

Insholar Oʻzbekiston vaqti bilan 2021-yil 19-dekabr, soat 00:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nizami-poet-for-all-humanity-international-essay-competition/

@grantlar
👍2
Kimyo Nano-muhandisligi bo’yicha Erasmus Mundus qo'shma magistratura kursi uchun to’liq grant!

Ushbu 2 yillik magistrlik dasturi Fransiya, Polsha va Italiyada toʻliq grant asosida tahsil olish imkonini beradi. Magistrlik dasturi ingliz tilida oʻtiladi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevrogacha mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kimyo-nano-muhandisligi-boyicha-erasmus-mundus-qoshma-magistratura-kursi/

@grantlar