Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej/listey o'quvchilari va universitet talabalari uchun:

Network Cup 2021: Qirgʻizistonda debat turniri; borish-kelish uchun aviachipta va bepul turar joy taʼminlanadi!

Dastur ingliz tilida boʻlib, onlayn va oflayn qismdan iborat:
– Onlayn qism 27-noyabrdan 2-dekabrgacha Zoom orqali boʻladi va unda debatga oid koʻnikmalar oʻrgatiladi.
– Oflayn debat qismi 4-5-dekabrda Bishkekda boʻladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Borish-kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
– Bepul turar joy taʼminlanadi.

Arizalar 2021-yil 27-noyabr, Oʻzbekiston vaqti bilan 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/network-cup-2021-qirgizistonda-debat-turniri-borish-kelish-uchun-aviachipta-va-bepul-turar-joy-taminlanadi/

@grantlar
Erasmus Mundus EMLex: Leksikografiya boʻyicha magistratura kursida oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 15 ta!

Erasmus Mundus EMLex dasturi leksikografiya sohasida magistraturani Yevropaning 3 ta davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Jami 15 nafar talabaga grant ajratiladi.

Nomzodlardan ham ingliz, ham nemis tilini B1-B2 darajada bilish talab etiladi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL OʻQISH 👈

@grantlar
15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi!

2021-yil 15-noyabr Oʻzbekiston vaqti bilan 22:00 da TechGirls dasturiga arizalar qabuli boshlanadi.

Dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– Viza toʻlovi qoplanadi.
– AQSHga borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy transport taʼminalandi.
– Favqulodda tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/15-17-yoshli-qizlar-uchun-aqshda-techgirls-yozgi-oromgohi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍8
TechGirls dasturi gʻolibasi bilan suhbat

Bu safar Grantlar.uz jamoasi AQSHda 4 hafta oʻqish va malaka oshirish imkonini beruvchi TechGirls dasturi gʻolibasi Gulasal Butaeva bilan suhbat qildi.

Suhbatda:
– Dastur talablari va imkoniyatlari
– Ariza topshirish jarayoni
– Suhbat jarayoni va unda beriladigan savollar
– Gʻolib boʻlish uchun muhim omillar va boshqalar haqida bilib olasiz.

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/techgirls-dasturi-golibasi-bilan-suhbat/

Maʼlumot uchun: TechGirls dasturi ishtirokchilarining dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlari toʻliq qoplanadi.

@grantlar
👍3❤1
Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme dasturi rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga Oksford universitetining magistrlik kurslarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Yiliga kamida 15 609 funt-sterling miqdoridagi stipendiya beriladi.

Arizalar 2021-yil yanvar oyi oʻrtalariga qadar qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weidenfeld-hoffmann-scholarships-and-leadership-programme/

@grantlar
❤1
Tokiodagi 4 kunlik sammitida qatnashish uchun 40 ga yaqin toʻliq grantlarga arizalar qabul qilinmoqda

2022-yilgi One Young World sammiti Tokioda, 16-19-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 ga yaqin 18-30 yoshdagi yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan.

Hozirda ushbu sammitda qatnashish uchun 40 ga yaqin toʻliq grantlarga arizalar qabul qilinmoqda.

👉 GRANTLAR ROʻYXATI VA IMKONIYATLARI

@grantlar
👍1🔥1
Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar!

Amaliyot Berlinda boʻlib oʻtadi, nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin.

Ishtirokchilarga toʻliq va qisman grantlar taqdim etiladi.

Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh bo'lgan barcha qatnashishi mumkin.

Amaliyot 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi.

Arizalar 2021-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leaders-for-future-germaniyada-2-oylik-amaliyot-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
❤2
Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 1230 dollargacha oylik stipendiya!

Rotary Yoneyama
stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.

Stipendiya istalgan soha boʻyicha ingliz yoki yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi.

Har yili taxminan 15 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yil davomida 1230 dollargacha oylik stipendiya.
– Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 2200 dollargacha yordam puli.

Arizalar 2021-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rotary-yoneyama-scholarship-yaponiyada-bakalavriat-magistratura-va-doktoranturada-oqish-uchun-1230-dollargacha-oylik-stipendiya/

@grantlar
TechGirls gʻolibasi bilan ovozli chat!

Soʻrovnomaga koʻra, TechGirls gʻolibasi bilan suhbat 19-noyabr, 20:30 da boʻladi.

Suhbat mehmoni: TechGirls 2020 dasturi gʻolibasi Rayhona Nasimova
Suhbat manzili: @grantlar_namuna kanali

Rayhonaning natijalari:
– TechGirls 2020 dasturi gʻolibasi
– Tianjin universiteti (Xitoy, top 250) Foundation dasturida toʻliq grant asosida oʻqimoqda
– Turli davlatlardagi 16 ta universitetga turli grantlar yutgan (jami yutilgan grant: $600 000)
– Ted-Ed speaker
– Youth Leadership Conference American Councils 2021 ishtirokchisi

Suhbatda gaplashiladi:
– TechGirls dasturi talablari, imkoniyatlari
– Kerakli hujjatlar, muvaffaqiyatli hujjat topshirish
– Suhbatdan qanday muvaffaqiyatli oʻtish
– Dasturni yutish uchun nimalarga eʼtibor qilish lozim
– Tinglovchilar bilan savol-javob

P.S. TechGirls dasturi 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan. Ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Dastur bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq qoplanadi.

@grantlar_namuna
👍1
Rossiya: Open Doors 2021/22 onlayn olimpiadasi – 400 nafar sovrindorlar Rossiya universitetlarida grant asosida oʻqiydi!

Open Doors 2021/22 olimpiadasida magistratura yoki PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Olimpiada 14 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn tarzda boʻladi, unda ingliz yoki rus tilida ishtirok etish mumkin.

Sovrindorlarga beriladigan imkoniyatlar:
– Yoʻnalishiga mos istalgan magistrlik yoki PhD kursiga imtihonsiz va toʻlovlarsiz kirish.
– Oʻqishdagi toʻlov-kontrakt summasi Rossiya hukumati tomonidan toʻliq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.

Har yili 400 nafargacha ishtirokchi sovrindor boʻladi.

Olimpiadada ishtirok etish uchun 2021-yil 10-dekabrgacha roʻyxatdan oʻtish va portfolio toʻldirish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-open-doors-onlayn-olimpiadasi/

@grantlar
👍1
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar – 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 2000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 500 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 100 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 50 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2021-yil 22-avgustdan 2022-yil 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍5
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktab, kollej va litseyning oxirgi sinf / kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 5000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 1250 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 250 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 100 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2021-yil 22-avgustdan 2022-yil 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍5
NewsPrice grant dasturi: jurnalistlar uchun 20 000 AQSh dollarigacha grantlar!
👉 https://grantlar.uz/newsprice-grant-dasturi-jurnalistlar-uchun-20-000-aqsh-dollarigacha-grantlar/

@grantlar
Maktab, litsey va kollej o'quvchilari uchun AQSHda 2 haftalik yozgi maktabga 100% gacha grant!

Yale Young Global Scholars Program - maktabning 10-11-sinf o'quvchilari va kollej/litsey o'quvchilari uchun mo'ljallaangan Yell universitetining 2 haftalik yozgi maktab dasturidir.

Qabul qilingan nomzodlarga, iqtisodiy ehtiyojidan kelib chiqib, yozgi maktab uchun 100% gacha grantlar ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-dunyodagi-eng-yaxshi-oliygohlarning-10-taligiga-kirgan-yale-universiteti-yozgi-maktabi-uchun-100-grant/

@grantlar
Barselona: Magistraturada o'qish uchun kontrakti qisman va to'liq qoplanadigan grantlar!

Barcelona Graduate School of Economics oliygohi magistraturada o'qishni xohlovchi nomzodlarga to'liq va qisman grantlar taklif qiladi.

Oliygohdagi magistratura dasturlari ingliz tilida o'tiladi.

Grant imkoniyati: Talabalarga ko'rsatkichlari asosida kontrakt summasi uchun 25% dan 100% gacha chegirma taqdim etiladi.

Eng yaqin dedlayn: 2022-yil 15-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/barcelona-gse/

@grantlar
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
❤1
APU Tuition Reduction Scholarship: Yaponiyada bakalavr kurslari uchun to’liq va qisman grantlar!
👉 https://grantlar.uz/apu-tuition-reduction-scholarship-yaponiyada-bakalavr-kurslari-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
TechGirls yozgi oromgohiga qabul boshlandi!

16-noyabr 22:00 da TechGirls dasturiga arizalar qabuli platformasi faollashtirildi.

Bugundan boshlab platformada ro'yxatdan o'tib, profil ochishingiz va ariza topshirishni boshlashingiz mumkin.

Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida). Qatnashish bilan bog'liq barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Ariza topshirishdan oldin quyidagilarni albatta ko'rib chiqing:

👉 TechGirls dasturi talablari, imkoniytarlari, qanday ariza topshirish haqida maqola

👉 TechGirls dasturi g'olibasi bilan matnli suhbat

👉 TechGirls dastur g'olibasi bilan 19-noyabr soat 20:30 da bo'ladigan ovozli suhbat haqida

@grantlar
👍3
Bishkekdagi OSCE akademiyasi: Magistratura kurslari uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE akademiyasi quyidagi 2 magistrlik kursi uchun qabul eʼlon qildi:
– MA in Politics and Security Programme
– MA in Economic Governance and Development Programme

Bu magistrlik kurslariga jami 60 nafargacha talaba qabul qilinadi va barchasiga toʻliq grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 360 yevro stipendiya.
– Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Arizalar 2022-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-academy-in-bishkek-magistratura-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍2
Ayol-qizlar uchun navbatdagi maxsus grantga qabul boshlandi!

SUSIs for Young Women Leaders – ayol-qiz talabalar uchun moʻljallangan, AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik yetakchilik dasturidir.

Dastur ma’ruzalar, seminarlar, taqdimot, munozara va boshqa masgʻulotlardan iborat boʻladi.

Dasturga bakalavriatning 1, 2 yoki 3-kursida tahsil olayotgan 18-25 yoshli ayol-qizlar qatnashishi mumkin.

Moddiy imkoniyatlar:
– AQSHga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Mahalliy va boshqa safarlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– AQSHda turli mashgʻulor, tadbirlarga borish uchun transport taʼminlanadi.
– Kitoblar, madaniy tadbirlar, pochta xizmatlari va boshqa kundalik xarajatlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.

Arizalar 2021-yil 20-dekabr, 18:00 gacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT

@grantlar
👍3