Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Boston University Presidential Scholarship (AQSH): Bakalavr bosqichi uchun 100 000 AQSh dollar grant

Bu grant universitetda mavjud barcha bakalavriat yoʻnalishlari uchun taqdim etiladi.

Boston universiteti QS reytingi boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 108-oʻrinni egallab turibdi.

Grant miqdori: Bu grantni yutganlar uchun kontrakt summasiga yiliga 25 ming dollar (4 yilga 100 ming dollar) chegirma qilinadi.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2023-yilda boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-presidential-scholarship-bakalavr-bosqichi-uchun-100-000-aqsh-dollar/

@grantlar
👍34🔥27❤8
Insho tanlovlari toʻplami

Insho tanlovlari koʻpchilik uchun nafaqat qiziqarli, balki moddiy jihatdan manfaatli ham boʻlgan imkoniyatdir.

Baʼzi insho tanlovlari gʻoliblarga faqatgina sertifikat taqdim etsa, ayrimlari bir necha 10 ming dollardan xorijiy davlatga bepul sayohat qilish imkonini ham beradi.

Bugun hozirda ishlar qabul qilinayotgan insho tanlovlari toʻplamini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Demak:

1. Atlas Shrugged Essay Contest:
Tanlovda 12-sinf (tashkilotchilar ruxsati bilan 11-sinf) oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha ingliz tilida yozilishi kerak.

G'oliblar 25 dollardan 10 ming dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
2022-yil 26-sentabr.

👉 BATAFSIL

2. ServiceScape Scholarship 2022. Tanlovda universitet talabalari qatnashishi mumkin. Insholar ingliz tilida, yozma muloqotning muhimligi va yozuvchilikning ahamiyati haqida boʻlishi va 300 soʻzdan oshmasligi kerak.

G’olibga o’qish xarajatlariga sarflashi uchun 1000 AQSH dollari pul mukofoti beriladi.

Dedlayn: 2022-yil 30-noyabr.

👉 BATAFSIL

3. The Fountainhead Essay Contest. Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Insholar ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan tashkil topishi kerak.

Gʻoliblar 25 dollardan 5000 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
2023-yil 27-aprel.

👉 BATAFSIL

4. Anthem Essay Contest. Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Insholar ingliz tilida yozilishi va 600-1200 soʻzdan tashkil topishi kerak.

Gʻoliblar 25 dollardan 2000 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
2023-yil 27-aprel.

👉 BATAFSIL

5. Storytelling Writing Contest. Tanlovda barcha qatnashishi mumkin. Insho ingliz tilida yozilishi va 1000 soʻzdan oshmasligi kerak.

Sovrindorlar 100 dollardan 300 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi.

Dedlayn: 2023-yil 31-iyul.

👉 BATAFSIL

Olgʻa!✊

@grantlar
👍63🔥16❤5
FLEX dasturiga arizalar qabuli boshlandi!

Bu dastur AQSHdagi oʻrta maktablarda 1 yil davomida oʻqish imkonini beradi. Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, yashash, sugʻurta va h.k.) toʻliq qoplanadi.

Nomzodlarga asosiy talablar:
– Maktabning 9-10-sinfi yoki kollej/litseyning 1-kursida oʻqiyotgan boʻlish;
– 2006-yil 15-iyul va 2008-yilning 15-iyul sanalari oralig‘ida tug‘ilgan bo‘lish.

Arizalar 2022-yil 13-oktabrgacha qabul qilinadi.

Manbalar:
👉 FLEX dasturi haqida matnli maʼlumot

👉 FLEX dasturi haqida video maʼlumot

👉 FLEX dasturi haqida koʻp beriladigan savollarga javoblar

👉 FLEX dasturi gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 FLEX gʻolibi bilan matn shaklidagi suhbat

👉 FLEX dasturi arizasini toʻldirish yoʻriqnomasi

👉 FLEX g'olibi ishtirokidagi savol-javob guruhi

@grantlar
👍40🔥10❤2
FLEX gʻolibi bilan ovozli chat!

@Grantlar_namuna kanali jamoasi 2022-yilgi qabulda FLEX dasturini yutib olgan hamyurtimiz – Nursilom Gulamov bilan ovozli chat oʻtkazadi.

Chat davomida Nurislom bilan dastur, ariza topshirish jarayoni va uni qoʻlga kiritishdagi muhim jihatlar haqida suhbatlashamiz. Shuningdek, Nurislomdan dastur haqidagi savollaringizni soʻrashingiz ham mumkin boʻladi.

Ovozli chat manzili: @grantlar_namuna
Oʻtkaziladigan sana: 2022-yil, 5-sentabr, soat 22:00.

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga 1 yil AQSHda oʻqish imkonini beradi. Oʻqish xarajatlari toʻliq qoplanadi. Qabul 2022-yil, 13-oktabrgacha davom etadi.

P.S. Suhbatdan oldin FLEX haqida MAQOLA bilan albatta tanishib chiqing.

@grantlar_namuna
👍34🔥11❤2
Dunyoning 4-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 170 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yiliga kamida 15 609 funt-sterling stipendiya ajratiladi.

Arizalar 2022-yil dekabr yoki 2023-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha qabul qlinadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
👍46🔥38❤13
Arizalar qabul qilinayotgan AQSHdagi o'qish bepul universitetlar

AQSHda o'qish butunlay bepul bo'lgan bir nechta oliygohlar mavjud. Ularga hozirda 2023-2024 o'quv yili uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Ular quyidagilar:

1. Berea kolleji. Bu oliygohda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. 40 dan ortiq yo'nalishlar taklif etiladi.

Oliygohda o'qish bepul. Shuningdek talabaning yashash xarajatlari uchun ham moliyaviy yordam ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-oktabr yoki 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL

2. Curtis Institute of Music. Bu oliygoh musiqaga oid ko'plab yo'nalishlar bo'yicha bakalavriat, magistratura, diplom kurslari va boshqa dasturlarni taklif etadi.

Oliygohda o'qish bepul. Shuningdek yashash xarajatlarini qoplash uchun 2 xil moliyaviy yordam turi mavjud.

Arizalar 2022-yil dekabr oyi o'rtalarigacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL

3. Deep Springs kolleji. Oliygoh faqat bakalavriat kurslarini taklif etadi. Qabul qilinganlarga to'liq grant beriladi (grant ta'lim olish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini qopaydi).

Arizalar 2022-yil 6-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL

@grantlar
👍35🔥8❤4
Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme: Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dastur rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga Oksford universitetining 35 ta magistrlik kursida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Yiliga kamida 16 602 funt-sterling miqdoridagi stipendiya beriladi.

Arizalar 2023-yil yanvar oyi oʻrtalariga qadar qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weidenfeld-hoffmann-scholarships-and-leadership-programme/

@grantlar
🔥19👍14❤6
AQSHning 15 ta universitetiga grant asosida qabul qilingan Murodbek Usmonov bilan suhbat

Suhbat davomida:

👉
Bunday natijani qayd etish uchun qanday tayyorgarlik koʻrish va nimalar qilish kerak?

👉 8 ta universitet talabaning arizasini rad etgan. Buning sabablari nimada?

👉 Tayyorgarlik va hujjat topshirish uchun qancha xarajat qilindi?

👉 Va boshqa foydali maʼlumotlarga ega bo'lasiz

Suhbatni toʻliq oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-15-ta-universitetiga-grant-asosida-qabul-qilingan-ozbek-talaba-bilan-suhbat/

P.S. Talabaning universitetlarga topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar
👍44🔥9❤7
Swiss Government Excellence Scholarships: tadqiqot olib borish uchun Shveytsariya hukumati grantlari

Dasturga san’at yo’nalishidan boshqa barcha sohadagi oliy ma’lumotli (kamida magistr diplomiga ega) va 1987-yil 31-dekabrdan keyin tugʻilgan O’zbekiston fuqarolari ariza topshira oladi.

Ingliz, italyan, fransuz yoki nemis tilini yaxshi bilish talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 3670 dollargacha stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi
– Turar joy uchun 314 dollar yordam puli
– Jamoat transporti kartasi

Arizalar 2022-yil 9-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/swiss-government-excellence-scholarships-shveytsariya-hukumati-grantlari/

@grantlar
👍21❤19🔥11
Adliya vazirlgidan “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov: gʻolibga velosiped!

Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.

Tanlov yoʻnalishlari:
– badiiy publitsistika (ocherk, esse va boshqa);
– tasviriy sanʼat (portret, peyzaj va boshqa);
– media mahsulot (foto, audio va video materiallar).

Mukofot: Tanlov gʻolibi velosiped va diplom bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2022-yil 10-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mustaqil-ozbekistonda-mening-huquqlarim-shiori-ostida-huquqiy-ijodiy-tanlov/

@grantlar
👍37🔥6❤2
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va bepul turar joy!

Akademiyada faqat magistratura mavjud, boshqa bosqichlar mavjud emas. Darslar toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Har yili 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Qabul qilingan barcha talaba quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Borish-kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 27-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍31🔥16❤4
Toshkentdagi bir qancha universitet talabalari uchun Markaziy bankning maxsus stipendiyasiga taʼnlov eʼlon qilindi!

Stipendiya quyidagi OTMlar talabalari uchun beriladi:
– Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti;
– Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
– Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
– Toshkent Moliya instituti;
– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
– Toshkent shahridagi INHA universiteti;
– Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti.

Stipendiya BHMSning 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Arizalar 2022-yil 9-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ozbekiston-respublikasi-markaziy-bankining-maxsus-stipendiyasi/

@grantlar
👍47🔥12❤7
Gates Cambridge Scholarships: Dunyoning 2-raqamli universitetida oʻqish uchun 80 ta toʻliq grant!

Bu grantga Kembrij universitetida PhD, magistratura (MLitt) bosqichi yoki 1 yillik aspirantura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlar topshira oladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– Yillik stipendiya beriladi (12 oy uchun 18 744 funt-sterling).
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Kiruvchi viza xarajatlari va immigratsion tibbiy yigʻim toʻlovi qoplanadi.
– Farzandi borlar yiliga 10 944 funt-sterling (1 nafar farzand uchun) yoki 15 612 funt-sterling (2 yoki undan koʻp farzand uchun) qoʻshimcha yordam mablagʻi ham olishi mumkin.

Qabul 2022-yil 15-sentabrdan 2023-yilning yanvar oyi boshlarigacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gates-cambridge-scholarships-university-of-cambridge/

@grantlar
👍60🔥16❤15
Maktab, litsey va kollej o'quvchilari uchun AQSHda 2 haftalik yozgi maktabga 100% gacha grant!

Yale Young Global Scholars Program - maktabning 10-11-sinf o'quvchilari va kollej/litsey o'quvchilari uchun mo'ljallangan Yell universitetining 2 haftalik yozgi maktab dasturidir.

Qabul qilingan nomzodlarga, iqtisodiy ehtiyojidan kelib chiqib, yozgi maktabga qatnashish uchun 100% gacha grantlar ajratiladi.

Yozgi maktabga onlayn yoki oflayn qatnashish mumkin.

Arizalar 2022-yil 2-noyabr yoki 2023-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-dunyodagi-eng-yaxshi-oliygohlarning-10-taligiga-kirgan-yale-universiteti-yozgi-maktabi-uchun-100-grant/

@grantlar
👍69🔥16❤14
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 3 xil muddat bor:
– Har yili 31-dekabrgacha.
– Har yili 31-yanvargacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍34🔥10❤8
Dunyoning 4-raqamli oliygohi – Stenford univrsitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant!

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant quyidagilar bilan taʼminlaydi:

– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 12-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍45🔥10❤5
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin:
5000 funt-streling.
2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 200 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2022-yil 31-oktyabrgacha davom davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍28❤3
RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 1 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Amaliyot ingliz tilida, 2023-yil 20-iyundan 18-avgustgacha boʻlib oʻtadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma'lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o'zi ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 3800 dollar stipendiya.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– AQSHga borish-kelish uchun mablagʻ.
– Viza olishga yordam.

Arizalar 2022-yil noyabr oyidan 2023-yil 13-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rips-bakalavrlar-uchun-kaliforniya-universitetida-1-oylik-amaliyot-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻra olishingiz uchun dastur haqidagi maʼlumot ertaroq berilmoqda.

@grantlar
👍56🔥16❤1
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍47
Reagan-Fascell Democracy Fellows Program: AQSHda demokratiyani rivojlantirish boʻyicha 5 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga demokratiya faollari, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati yetakchilari va olimlar (tadqiqotchilar) ariza topshirish mumkin.

Nomzodlardan:
– ish tajribasi yoki
– doktorlik, fan nomzodi yoki shunga teng daraja hamda
– ingliz tilini bilish talab etiladi.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Seminar, joylarga safarlar, mashgʻulotlar xarajati qoplanadi
– Yashash, oziq-ovqat, AQSHga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Demokratik manbalar markazidan foydalanish imkoni beriladi

Arizalar 2022-yil 17-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/reagan-fascell-democracy-fellows-program/

@grantlar
👍34❤5🔥1