Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Hozirda Koreyadagi eng nufuzli universitetlardan biri - KAISTning bakalavriat kurslari uchun arizalar qabul qilinmoqda.

KAISTga qabul qilingan barcha talabaga to'liq grant ajratiladi.

Grantlar.uz jamoasi KAISTda tahsil olayotgan o'zbek talabasi Sanjar Atamuradov bilan matnli va ovozli suhbat qilgan.

Suhbatlarni quyidagi havolalar orqali o'qishingiz/eshitishingiz mumkin:

👉 MATNLI SUHBATNI O'QISH 👈

👉 OVOZLI SUHBATNI ESHITISH 👈

P.S. Suhbatlarda ariza topshirish jarayoni, qabul qilinish va grant yutishda muhim omillar, o'qish jarayoni va boshqalar haqida ma'lumot olasiz.

@grantlar
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Boshqa qoʻshimcha imtiyozlar ham beriladi.

2022-yil avgustda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍1
Turkiya Burslari toʻliq grantini yutib olgan hamyurtimiz bilan suhbat

Yaqin orada barcha bosqichlar uchun Turkiya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Turkiya burslari grantiga arizalar qabuli ochiladi.

Grantlar.uz jamoasi shu grant gʻolibi – Abdulaziz Murtozayev bilan suhbat qildi.

Suhbatda bilib olasiz:
– Grant talablari va imkoniyatlari;
– Til bilish va diplom baholari ahamiyati;
– Suhbat jarayonidagi muhim jihatlar;
– Yutish uchun muhim omillar;
– Turkiyada oʻqish jarayoni va boshqalar.

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/turkiya-hukumatining-turkiye-burslari-toliq-grantini-yutib-olgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
Dunyoning 2-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 150 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining magistratura yoki doktorantura kursida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yiliga kamida 15 609 funt-sterling stipendiya ajratiladi.

Arizalar 2022-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha qabul qlinadi (kursga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
Global UGRAD dasturiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus!

Jamoamiz Global UGRAD 2021-2022 dasturining 2 nafar gʻolibi bilan ovozli suhbat oʻtkazadi.

Suhbatda UGRAD imkoniyatlari, ariza topshirish jarayoni, grantni yutish uchun muhim omillar va boshqalar haqida gaplashamiz. Va savollaringizni bevosita gʻoliblardan soʻrishingiz mumkin boʻladi.

Suhbatda qatnashadi:

– Oydinoy Khusanova
– Global UGRAD 2021-2022 dasturi gʻolibasi. 2022-yil bahorgi semestrni AQSHdagi Tennessee Tech University oliygohida oʻqiydi.

– Gʻulomjon Yuldoshev – Global UGRAD 2021-2022 dasturi gʻolibi. 2022-yil bahorgi semestrni AQSHdagi University of Maine oliygohida oʻqiydi.

Suhbat vaqti: 2021-yil 11-noyabr, 20:00
Suhbat manzili: @grantlar_namuna kanali

Maʼlumot uchun: Global UGRAD dasturi bakalavriat talabalariga AQSHda 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi. Oʻqish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

👉 Global UGRAD haqida maʼlumot va manbalar

Suhbatni oʻtkazib yubormang. ;)

@grantlar_namuna
🔥2
Hozirda barcha bosqichlar uchun Vengriya universitetlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Grantlar.uz jamoasi shu grantni magistraturada o'qish uchun yutib olgan hamyurtimiz bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur imkoniyatlari, ariza topshirish jarayoni, granti yutishda muhim jihatlar va boshqalar haqida so'z boradi.

Suhbatni o'qish👇
https://grantlar.uz/blog/vengriya-magistratura-grant/

@grantlar
👍1
Erasmus Mundus IMSISS qoʻshma dasturi: Xavfsizlik, razvedka va strategik tadqiqotlar boʻyicha xalqaro magistrlik dasturida oʻqish uchun toʻliq grant!

Ushbu dastur magistraturani Yevropaning 3 davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Nomzodlar toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va italyan tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 14-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/magistratura-uchun-erasmus-mundus-dasturining-toliq-granti/

@grantlar
👍1
#Eslatma

O'qish bepul bo'lgan Berea kollejiga (AQSH) hujjatlar qabuli 2021-yil 30-noyabrda tugaydi

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud.

Grantlar.uz jamoasi kollej bo'yicha quyidagi materiallarni tayyorlagan:

👉 Berea kolleji haqida batafsil matnli ma'lumot

👉 Berea kolleji haqida batafsil video ma'lumot

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan matnli suhbat

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

Ma'lumot uchun: Ushbu oliygohda o'qish bepul. Qabul qilingan barcha xorijiy talabalar ish bilan ta'minlanadi. 1-yilda bepul turar joy va oziq-ovqat ham ta'minlanadi.

@grantlar
👍3
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Yozgi maktabda 2022-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Yozgi maktab 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy.
– Tibbiy sugʻurta.
– 1400 yevro stipendiya.
– Jamoat transportidan bepul foydalanish.
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar.
– Yakuniy nutq gʻoliblariga pul mukofotlari.

Dasturga 30 nafar talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
Ingliz tilida oʻqisa boʻladigan, lekin IELTS/TOEFL talab qilmaydigan grantlar bormi?

👉 https://t.me/grantlar_namuna/181

@grantlar
Justus & Louise van Effen Scholarships: Gollandiyada magistratura uchun to'liq grant va stipendiya!

Gollandiyadagi Tu Delft universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlaganlarga The Justus & Louise van Effen Scholarships grant dasturini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.
– Shaxsiy rivojlanish mashgʻulotlari, seminarlar, treninglar va h.k.larda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Dastur doirasida har bir fakultet uchun 2 nafar talabaga grant ajratiladi.

Arizalar 2021-yil 15-oktabrdan 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tu_delft_grant_msc/

@grantlar
TechWomen: Ayol-qizlar uchun AQSHda 5 haftalik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur kamida bakalavrlik darajasi va STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics) 2 yillik toʻliq stavkali ish tajribasiga ega yetakchi ayol-qizlarga AQSHda malaka oshirish imkonini beradi.

5 haftalik malaka oshirish kursi 2022-yil sentabr-oktabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish hamda AQSHdagi mahalliy parvozlar aviachiptalari olib beriladi.
– San-Fransisko va Vashingtondagi dasturlar davomda bepul turar joy taʼminlanadi.
– Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar taʼminlandi.
– Mezbon kompaniyalar, jamoat tadbirlariga borishda transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/techwomen-xotin-qizlar-uchun-aqshda-5-haftalik-dastur-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej/listey o'quvchilari va universitet talabalari uchun:

Network Cup 2021: Qirgʻizistonda debat turniri; borish-kelish uchun aviachipta va bepul turar joy taʼminlanadi!

Dastur ingliz tilida boʻlib, onlayn va oflayn qismdan iborat:
– Onlayn qism 27-noyabrdan 2-dekabrgacha Zoom orqali boʻladi va unda debatga oid koʻnikmalar oʻrgatiladi.
– Oflayn debat qismi 4-5-dekabrda Bishkekda boʻladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Borish-kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
– Bepul turar joy taʼminlanadi.

Arizalar 2021-yil 27-noyabr, Oʻzbekiston vaqti bilan 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/network-cup-2021-qirgizistonda-debat-turniri-borish-kelish-uchun-aviachipta-va-bepul-turar-joy-taminlanadi/

@grantlar
Erasmus Mundus EMLex: Leksikografiya boʻyicha magistratura kursida oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 15 ta!

Erasmus Mundus EMLex dasturi leksikografiya sohasida magistraturani Yevropaning 3 ta davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Jami 15 nafar talabaga grant ajratiladi.

Nomzodlardan ham ingliz, ham nemis tilini B1-B2 darajada bilish talab etiladi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL OʻQISH 👈

@grantlar
15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi!

2021-yil 15-noyabr Oʻzbekiston vaqti bilan 22:00 da TechGirls dasturiga arizalar qabuli boshlanadi.

Dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– Viza toʻlovi qoplanadi.
– AQSHga borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy transport taʼminalandi.
– Favqulodda tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/15-17-yoshli-qizlar-uchun-aqshda-techgirls-yozgi-oromgohi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍8
TechGirls dasturi gʻolibasi bilan suhbat

Bu safar Grantlar.uz jamoasi AQSHda 4 hafta oʻqish va malaka oshirish imkonini beruvchi TechGirls dasturi gʻolibasi Gulasal Butaeva bilan suhbat qildi.

Suhbatda:
– Dastur talablari va imkoniyatlari
– Ariza topshirish jarayoni
– Suhbat jarayoni va unda beriladigan savollar
– Gʻolib boʻlish uchun muhim omillar va boshqalar haqida bilib olasiz.

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/techgirls-dasturi-golibasi-bilan-suhbat/

Maʼlumot uchun: TechGirls dasturi ishtirokchilarining dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlari toʻliq qoplanadi.

@grantlar
👍3❤1
Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme dasturi rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga Oksford universitetining magistrlik kurslarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Yiliga kamida 15 609 funt-sterling miqdoridagi stipendiya beriladi.

Arizalar 2021-yil yanvar oyi oʻrtalariga qadar qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weidenfeld-hoffmann-scholarships-and-leadership-programme/

@grantlar
❤1
Tokiodagi 4 kunlik sammitida qatnashish uchun 40 ga yaqin toʻliq grantlarga arizalar qabul qilinmoqda

2022-yilgi One Young World sammiti Tokioda, 16-19-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 ga yaqin 18-30 yoshdagi yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan.

Hozirda ushbu sammitda qatnashish uchun 40 ga yaqin toʻliq grantlarga arizalar qabul qilinmoqda.

👉 GRANTLAR ROʻYXATI VA IMKONIYATLARI

@grantlar
👍1🔥1
Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar!

Amaliyot Berlinda boʻlib oʻtadi, nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin.

Ishtirokchilarga toʻliq va qisman grantlar taqdim etiladi.

Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh bo'lgan barcha qatnashishi mumkin.

Amaliyot 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi.

Arizalar 2021-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leaders-for-future-germaniyada-2-oylik-amaliyot-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
❤2