Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
🤔 Biror grant yoki dasturga hujjat topshirish uchun barcha hujjatlaringiz tayyor, ammo motivatsion insho yoki shaxsiy bayon (personal statement) yozishga boshingiz qotdimi?

📝 Tavsiyanomalar matnini ingliz tilida tayyorlash kerakmi?

Bizga murojaat qiling va biz sizga:

✅ Barcha bosqichlar uchun ingliz tilida, plagiatsiz motivatsion insholar;
✅ Ingliz tilida yuqori sifatli tavsiyanomalar yozishga;
✅ Tayyor yozilgan insholarni ingliz tili grammatikasi va insho stiliga moslab, tahrirlashga yordam beramiz.

💯 Insho va tavsiyanomalarni AQShga to'liq grant yutgan, TOEFL IBT 107 va IELTS 8.0 sertifikatlariga ega bo'lgan mutaxassis 1-3 kunda tayyorlab beradi.

📌 Deadline o'tib ketmasidan avval harakatni boshlang!

Murojaat uchun: @Essay_services
Bruney hukumatining stipendiya dasturi: diplom kurslari, bakalavriat va magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bruney hukumatining stipendiya dasturi xorijlik talabalarga Bruneydagi 5 ta nufuzli oliygohning diplom kurslari, bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish imkonini beradi.

Aksariyat dasturlar ingliz tilida, ayrim dasturlar malay yoki arab tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 360 dollar oylik stipendiya.
– Oziq-ovqat xarajatlari uchun 110 dollar oylik mablagʻ.
– Oʻquv qurollar uchun 440 dollar yillik mablagʻ.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Yotoqxonadan turar joy.
– Toʻliq sugʻurta.
– Qaytishda yuklarni yuborish uchn 360 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bruney-oliygohlarda-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍1
Viadrina Fast Track: Germaniyadagi Viadrina Yevropa universiteti bakalavrlik dasturlariga tayyorlov kursida bepul oʻqish imkoniyati!

Dastur Germaniyada 3 oylik bakalavriatda tayyorlov kursida oʻqish va bakalavriatga oʻqishga kirish imkonini beradi.

Ishtirok etish uchun kamida nemis tili boʻyciha B2 daraja sertifikatiga va 2021 yoki 2022-yilda olingan / olinadigan maktab attestati yoki litsey/kollej diplomiga ega boʻlish lozim.

Dasturda quyidagilar uchun xarajatlar toʻliq qoplanadi:
– Til va fanlar boʻyicha kurslar toʻlovi
– Oʻquv qurollari
– Seminar va boshqa mashgʻulotlar
– DSH tayyorlov kursi
– Barcha imtihon toʻlovlari
– Madaniy dasturlar xarajatlari
– Oʻqishni qoʻllab-quvvatlash

Arizalar 2022-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/viadrina-fast-track-viadrine-yevropa-universiteti-bakalavrlik-dasturlariga-tayyorlov-kursida-bepul-oqish-imkoniyati/

@grantlar
Bugun Viadrina Fast Track dasturi haqida post joylagandik.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dasturda qatnashish imkonini qo'lga kiritgan va Germaniyada tahsil olayotgan hamyurtimiz Mohigul Hazratova bilan dastur bo'yicha suhbat qilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali o'qishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-grant-asosida-oqiyotgan-ozbek-talabasi-bilan-suhbat/

@grantlar
👍2
Hozirda Ruminiya hukumatining stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Shu sababli, bugun Ruminiyada o'qishning afzalliklari haqida ma'lumot beramiz.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
Oksford va Kembrij universitetida 2 haftalik yozgi maktabga 100% gacha grant yutib olish imkonini beruvchi Immerse Education Essay Competition tanlovi

Tanlovda 13-18 yoshli o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
- 10 nafar g'olib mashhur Oksford yoki Kembridj universitetlarining 2 haftalik yozgi maktabiga qatnashish to'lovi uchun 100% chegirmani qo'lga kiritadi.
- 2-o'rinni olganlar yozgi maktab to'lovi uchun 70% chegirmani qo'lga kiritadi.

Yozgi maktabda quyidagilar ta'minlanadi:
- 13 kunlik turar joy
- nonushta va tushlik
- 40 soatlik akademik mashg'ulotlar
- o'quv materiallari
- mentorlik dasturi
- ekskursiyalar
- bitiruv marosimi va sertifikat

Arizalar 2022-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/immerse-education-essay-competition-oksford-va-kembrij-universitetida-yozgi-maktab-uchun-100-gacha-grant/

@grantlar
👍3
AQSHning 15 ta universitetiga grant asosida qabul qilingan Murodbek Usmonov bilan suhbat

Suhbat davomida:

👉
Bunday natijani qayd etish uchun qanday tayyorgarlik koʻrish va nimalar qilish kerak?

👉 8 ta universitet talabaning arizasini rad etgan. Buning sabablari nimada?

👉 Tayyorgarlik va hujjat topshirish uchun qancha xarajat qilindi?

👉 Va boshqa foydali maʼlumotlarga ega bo'lasiz

Suhbatni toʻliq oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-15-ta-universitetiga-grant-asosida-qabul-qilingan-ozbek-talaba-bilan-suhbat/

P.S. Talabaning universitetlarga topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar
👍4
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Boshqa qoʻshimcha imtiyozlar ham beriladi.

2022-yil avgustda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍2❤1
Aksariyat talabalar xorijda o'qish paytida ishlashni ham rejalashtiradi.

Xo'sh, xorijda ham o'qib, ham ishlamoqchi bo'lganlar nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

Bugun shu haqida qisqacha to'xtalamiz.

👉 VIDEONI SHAKLIDA KO'RISH👈

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

@grantlar
Italiya: bakalavr va magistratura uchun to'liq grant va stipendiya; joy – 50 tagacha!

Italiyadagi Padua universiteti bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga Padua International Excellence Scholarship grantini taklif etadi.

Grant faqat ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar uchun beriladi. 2022-2023-oʻquv yili uchun 44-50 nafar talabaga grant ajratilishi rejalashtriilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Yiliga 8000 yevro stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yilning fevral, mart va iyun oyi boshlarigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/italiya_bakalavriat-va-magistratura-uchun-toliq_grant-va/

@grantlar
👍2
Avstraliya: bakalavr va magistratura kurslarida o’qish uchun 25% gacha grantlar

Batafsil👇
https://grantlar.uz/avstraliya-bakalavr-va-magistratura-kurslarida-oqish-uchun-25-gacha-grantlar/

@grantlar
Birtaniyada bakalavrlar uchun 8 haftalik yozgi maktab; haftalik stipendiya va bepul turar joy taʼminalanadi!

Britaniyadagi John Innes markazi bakalavriat talabalaridan xalqaro yozgi maktab uchun arizalar qabul qilmoqda.

Birinchi va oxirgi kurs boʻlmagan hamda ingliz tilini yetarli darajada biladigan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Afzalliklar:
- Haftasiga 250 funt-sterling stipendiya
- Bepul turar joy
- Dunyodagi yetakchi olimlar bilan tadqiqotlar ustida ishlash imkoniyati
- Seminar, konferensiya, ijtimoiy tadbirlarda qatnashish imkoniyati

Maktab 2022-yil 3-iyuldan 26-avgustgacha boʻlib oʻtadi.

Arizalar 2022-yil 17-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/john-innes-centre-birtaniyada-bakalavrlar-uchun-8-haftalik-yozgi-maktab/

@grantlar
👍1
Warwick Undergraduate Global Excellence Scholarship: Buyuk Britaniyada bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 250 ta!

Ushbu grantlar Buyuk Britaniyadagi Warwick universiteti tomonidan bakalavriat yoki foundation dasturida oʻqishga ariza topshirgan eng munosib nomzodlarga beriladi.

25 ta grant quyidagicha taqsimlanadi:
– 20 nafar talaba kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– 160 nafar talabaga yiliga 13 ming funt-sterling grant ajratiladi.
– 70 nafar talabaga yiliga 2000 funt-sterling grant ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 26-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/warwick-undergraduate-global-excellence-scholarship-buyuk-britaniyada-bakalavriat-uchun-grantlar/

@grantlar
👍1
31-dekabrda qabul tugaydi

Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati!

UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir.

Dastur 500 dan ortiq 18-35 yoshli yoshlarga barqaror rivojlanishdagi yetakchilik boʻyicha 2 oylik bepul onlayn kurslarni taklif etadi.

Datsur imkoniyatlari:
– 500 dan ortiq ishtirokchi bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
– Ulardan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi 1 haftalik kursda qatnashadi: kursda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajat qoplanadi.
– Kursni tamomlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchiga sertifikat beriladi.

Arizalar 2021-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/upg-sustainability-leadership-barqaror-rivojlanish-sohasida-yetakchilik-boyicha-bepul-kurslar/

@grantlar
👍2
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1119 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
Germaniya: talabalar va tadqiqotchilar uchun Berlinda tadqiqot qilish imkoniyati; oylik stipendiya – 1630 yevrogacha!

Dasturda magistrantlar, doktorantlar, postdoktorlar va kamida bakalavrlik darajasiga ega boshqa tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.

Dasturga har yili taxminan 15 nafar tadqiqotchi qabul qilinadi.

Moddiy ta'minot:
- Oylik stipendiya: Postdoktor tadqiqotchilarga 1630, qolgan tadqiqotchilarga 1100 yevro.
- Safar xarajatlari uchun mablag'.

Arizalar har yili 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-talabalar-va-tadqiqotchilar-uchun-berlinda-tadqiqot-qilish-imkoniyati-oylik-stipendiya-1-630-yevrogacha/

@grantlar
👍3
Germaniyaga talaba vizasini olish uchun bloklangan hisob raqam ochish va unga kerakli summani oʻtkazish kerak.

Xoʻsh, bloklangan hisob raqamni qanday ochsa boʻladi?

👉BATAFSIL BU YERDA O'QING👈

@grantlar
👍1
RIPS: Bakalavrlar uchun Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 1 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Amaliyot ingliz tilida, 2022-yil 21-iyundan 19-avgustgacha boʻlib oʻtadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma'lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o'zi ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 3800 dollar stipendiya.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– AQSHga borish-kelish uchun mablagʻ.
– Viza olishga yordam.

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 15-fevral 09:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rips-bakalavrlar-uchun-kaliforniya-universitetida-1-oylik-amaliyot-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2022-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 8 hafta davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik va matematika sohasi boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 97 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍3