Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Niderlandiya: Xalqaro huquq bo'yicha 3 haftalik yozgi kurslar uchun grantlar!

Gaaga xalqaro huquq akademiyasi huquqshunoslik sohasi talabalari yoki mutaxasislariga yozgi kurslarda qatnashish uchun grantlar taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kursga qatnashish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Safar xarajatlari uchun 350 yevro kompensatsiya beriladi.
– Turar joy uchun 550 yevro mablagʻ beriladi.

Yozgi kurslar sanalari:
– Public International Law kursi – 2022-yil 11-29-iyul kunlari;
– Private International Law kursi – 2022-yil 1-19-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Arizalar 2021-yil 1-noyabrdan 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Kurslarga o'z hisobingizdan qatnashishingiz ham mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/niderlandiya-xalqaro-huquqshunoslik-sohasidagi-yozgi-kurslar-uchun-grantlar-turar-joy-va-safar-xarajatlari-uchun-900/

@grantlar
👍21🔥10❤6
Shveytsariya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Shveytsariyadagi Jeneva Akademiyasi huquq boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga toʻliq grantlar taklif etadi.

Grantlar quyidagi masgitrlik dasturlari uchun beriladi:
– LLM in International Humanitarian Law and Human Rights
– Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law

Grant imkoniyatlari:
– Kontrkat summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Arizalar 2021-yil 29-noyabrdan 2022-yil 28-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shveytsariya-huquqshunoslik-magistratura-toliq/

@grantlar
👍28🔥13❤6
Swiss Education Group'dan Shveytsariyada ta'lim olish uchun 100% lik grant dasturi

27 yoshdan oshmagan, ingliz tilini B2 darajada biladigan nomzodlar hujjat topshirishi mumkin,

Dastur imkoniyatlari:
— 100% lik grant;
— ikkita xalqaro diplom;
— xalqaro kompaniyalarda amaliyot o'tash imkoniyati.

Arizalar 2022-yil 5-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/swiss-education-groupdan-shveytsariyada-talim-olish-uchun-100-lik-grant-dasturi/

Murojaat uchun:
+998903989990
+998900922778

Reklama

@grantlar
👍31🔥21❤12
Fulbright TEA: Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga ingliz tili, xorijiy til sifatida ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlardan dars beruvchi oʻqituvchilar qatnashishi mumkin. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak, lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza olishda yordam.
– AQSHga borish va kelish, AQSH ichida harakatlanish uchun aviachiptalar.
– Akademik dasturga qatnashish haqlari toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Qoʻshimcha xarajatlar uchun kunlik mablagʻ.
– Kitob/kasbiy rivojlanish uchun mablagʻ.
– Yuk uchun mablagʻ.
– Dastur yakunlangach kichik grantlarga ariza berish imkoniyati.

Arizalar 2022-yil 22-mart, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-tea/

@grantlar
👍47🔥17❤11
AQSH: Janubiy Kaliforniya universitetida haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturlari!

Janubiy Kaliforniya universiteti 6 ta soha boʻyicha 10-12 haftalik yozgi amaliyot dasturlarini taklif etadi.

Bu dasturlarga bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moddiy imtiyozi: Qabul qilingan amaliyotchilarga dastur davomida turar joy, oziq-ovqat va boshqa kuhdalik xarajatlarni toʻliq qoplashga yetarli maosh toʻlanadi.

Arizalar 2022-yil mart oyi boshlarigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-janubiy-karolina-universitetida-haq-tolanadigan-amaliyot-dasturlari/

@grantlar
👍45🔥14❤9
Maktab, litsey va kollej oʻqituvchilari uchun AQSH elchixonasidan navbatdagi dastur: AQSHda 6 haftalik amaliyot – barcha xarajatlar qoplanadi!

Fulbright TEA Media Literacy dasturi oʻrta maktab, kollej va litsey oʻqituvchilariga AQSHda tajriba oshirish imkonini beradi.

Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak, lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza olishda yordam.
– AQSHga borish va kelish, AQSH ichida harakatlanish uchun aviachiptalar.
– Akademik dasturga qatnashish haqlari toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Qoʻshimcha xarajatlar uchun kunlik mablagʻ.
– Kitob/kasbiy rivojlanish uchun mablagʻ.
– Yuk uchun mablagʻ.
– Dastur yakunlangach kichik grantlarga ariza berish imkoniyati.

Arizalar 2022-yil 22-mart, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-tea-media-literacy/

@grantlar
👍61🔥19❤5
10-18-yoshlilar uchun Xudoyberdi Toʻxtaboyev xotirasiga bagʻishlangan insholar tanlovi!

Tanlov 2 ta yosh toifasi boʻyicha oʻtkaziladi:
– 10-14 yosh;
– 15-18 yosh.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin – Sardorlar Anjumani (oromgoh)ga yo‘llanma va fleshka (128 GB);
– 2-oʻrin – Power bank (20 000 mah) va 10 ta kitob;
– 3-oʻrin – Termos va 5 ta kitob.

Insholar 2022-yil 22-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/xudayberdi-toxtaboyev-xotirasiga-bagishlangan-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍71🔥10❤6
Ro'yxatdan o'tish 20-yanvarda tugaydi

Turkiya burslari grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus (bakalavriat, magistratura va PhD)!

@Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari granti boʻyichatoʻliq tartibli professional konsultatsiya kursini e'lon qildi.

Turkiya burslari dasturi Turkiya universitetlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

Kursda Turkiya OTMlarida ingliz yoki turk tilida bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olmoqchi boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Kursga ro'yxatdan o'tish 2022-yil 20-yanvar, 23:59 da yakunlanadi.

👉 KURS HAQIDA BATAFSIL👈

@grantlar
👍46❤12🔥12
Bank Internship Program (BIP): Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Dastur Jahon bankining Vashington ofisi yoki boshqa ofislarida kamida 4 hafta amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab etiladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Soatbay ish haqi toʻlanadi.
– Zarur hollarda safar xarajatlari uchun 3000 dollargacha ajratiladi.

Arizalar har yili 2 marta qabul qilinadi:
– 1-dekabrdan 31-yanvargacha (yozgi amaliyot uchun)
– 1-oktabrdan 31-oktabrgacha (qishki amaliyot uchun)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bank-internship-program-bip-magistratura-va-phd-bosqichi-talabalari-uchun-jahon-bankida-haq-tolanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍50🔥14❤6
Hujjatlar qabuli ochiq bo'lgan hukumat grantlari

Hozirda bir qancha davlatlarning hukumati grantlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Bugun shularni e'tiboringizga havola qilamiz.

👉 HUKUMATLAR GRANTLARI RO'YXATI 👈

@grantlar
👍27🔥8❤2
APU Tuition Reduction Scholarship: Yaponiyada bakalavr kurslari uchun to’liq va qisman grantlar!
👉 https://grantlar.uz/apu-tuition-reduction-scholarship-yaponiyada-bakalavr-kurslari-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍33🔥6❤1
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 21 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2022-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍40🔥10❤7
Kanadada bakalavriat dasturiga oʻqishga kirish yoki oʻqishni koʻchirish uchun 32 ming AQSH dollarigacha grantlar

Kanadadagi Lakehead universiteti bakalavriatga oʻqishga kirmoqchi va oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan xalqaro talabalarga qisman grantlar taklif etadi.

Grantlar talabalarning oʻrta taʼlimdagi oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi asosida beriladi.

Grantlar miqdori: O'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichiga qarab, butun dastur uchun 4850 AQSH dollaridan 32 300 AQSH dollarigacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lakehead-university-kanadada-bakalavriat-dasturiga-oqishga-kirish-yoki-oqishni-kochirish-uchun-grantlar/

@grantlar
👍52❤22🔥19
Bristol Short Story Prize: havaskor va professional yozuvchilar uchun hikoyalar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 20 ta!

2022 Bristol Short Story Prize hikoyalar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Tanlovda 2022-yil 4-may holatiga koʻra kamida 16 yosh boʻladigan barcha qatnashishi mumkin.

Hikoyalar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 1000 funt-sterling
– 2-oʻrin: 500 funt-sterling
– 3-oʻrin: 250 funt-sterling
– yana 17 nafar sovrindorga 100 funt-sterlingdan

Hikoyalar 2022-yil 4-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bristol-short-story-prize-havaskor-va-professional-yozuvchilar-tanlovi/

@grantlar
👍43❤18🔥9
AQSH elchixonasi vitse-konsuli bilan “Work and Travel” dasturi haqida suhbat!

Toshektndagi Amerika markazi Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasining vitse-konsuli Ivan Zhivkov bilan “Summer Work & Travel” dasturi haqida jonli suhbat tashkillashtirmoqda.

Suhbat davomida “Work and Travel” dasturi haqida maʼlumot beriladi va savollaringizni bevosita vitse-konsuldan soʻrashingiz mumkin boʻladi.

Suhbatda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish shart emas.

Suhbat sanasi va vaqti: 2022-yil, 21-yanvar, soat 16:00 dan 17:00 gacha

Suhbatda American Spacesʼning Facebook sahifasi yoki YouTube kanali orqali qatnashish mumkin.

Facebookʼda qatnashish👇
https://www.facebook.com/AmericanSpacesUzbekistan

YouTubeʼda qatnashish👇
http://www.youtube.com/c/AmericanSpacesinUzbekistan

@grantlar_namuma
👍56🔥13❤11
LSHTM Fund Scholarship: Britaniyada tibbiyot sohasida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 24 ming dollar stipendiya!

London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi magistratura tibbiyotning 19 ta sohasi boʻyicha (veterinariya ham bor) oʻqish uchun LSHMT Fund Scholarship grantini taklif etadi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
– Joylarga borib oʻrganish mashgʻulotlari toʻlovlari qoplanadi.
– Yillik 17 633 funt-sterling (taxminan 24 000 AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 28-fevral, 03:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lshtm-fund-scholarship-medicine/

@grantlar
👍39🔥8❤4
Yenching Global Symposium: Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro simpozium!

2022-yilgi simpozium mavzusi: Globalisation or Guóbalisation? Internationalism in Flux.

Istalgan sohada kamida bakalavrlik darajasiga ega hamda 1991-yil 1-yanvardan keyin tugʻilganlar qatnashishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar: Odatda ishtirokchlarning Xitoyga borish-kelishi, oziq-ovqat va turar joy xarajatlari qoplanadi. Biroq bu yil simpozium onlayn tarzda boʻladi (pandemiya sababli) va ishtirkchilar simpoziumda bepul (onlayn) qatnashish imkoniga ega boʻladi.

Arizalar 2022-yil 31-yanvar, soat 20:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching_simpozium/

@grantlar
👍28🔥14❤13
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 4 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 50 dollardan 1500 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2022-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
👍32❤10🔥8
Toshkent shahar hokimligi Parijdagi Le Cordon Blue pazandachilik maktabida oʻqish uchun toʻliq grantlar taklif etmoqda!

Ingliz tilini IELTS 5.5 yoki fransuz tilini B2 darajada biluvchilar ariza topshirishi mumkin (til sertifikati talab etilmaydi).

Qabul qilinganlar (jami 56 nafar) Parijdagi Le Cordon Blue maktabidagi pazandachilik dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Ta’lim dasturi to'lovlari.
– Xalqaro aviaparvoz chiptalari.
– O‘qish davrida turar joy va ovqatlanish xarajatlari.

Arizalar 2022-yil 31-yanvar, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/le-cordon-blue-pazandachilik-maktabida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍40❤20🔥20