Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Emile Boutmy Scholarships: Bakalavr kursini Fransiyada o’qish uchun toʻliq va qisman grantlar!

Fransiyada joylashgan Sciences Po universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchilarga Emile Boutmy Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi barcha bakalavriat dasturlari uchun beriladi.

Grant imkoniytarlari: Grant kontrakt to'lovidan 3600 yevrodan 13 000 yevrogacha chegirma taqdim etadi.

Arizalar 2022-yil 23-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/emile-boutmy-scholarships-bakalavr-kursini-fransiyada-oqish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍16🔥8❤5
Ingliz tilida oʻqisa boʻladigan, lekin IELTS/TOEFL talab qilmaydigan grantlar bormi?

👉 https://t.me/grantlar_namuna/181

@grantlar
👍27🔥16
Nothing is impossible!

CEFR va IELTS instruktor, AQSHdagi nufuzli universitetga to'liq grant yutgan o'zbek qizi bosib o'tgan yo'li haqida hikoya qilib, foydali maslahatlar, grant yutish sirlari bilan bo'lishadi.

Kanal barcha bakalavr, magistrlar, o'qishini AQSHga ko'chirmoqchi bo'lganlar va ingliz tili o'qituvchilari uchun.

Kanalga oʻtish👇
https://t.me/studystrivefordream
👍32🔥2
Irlandiya: Irlandiya universitetlarida 1 yil davomida oʻqish uchun toʻliq grantlar; joy – 60 ta!

Irlandiya hukumatining xalqaro taʼlim grantlari Irlandiya universitetlariing bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun 1 yillik toʻliq grantlarni taklif etadi.

Grant imtiyozlari:
– 1 yil uchun 10 000 yevro stipendiya
– 1 yil davomida kontrakt puli va boshqa badallardan toʻliq ozod qiladi

Arizalar 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/government-of-ireland-international-education-scholarships-programme/

@grantlar
👍32🔥10❤5
Qirgʻizistonda jurnalistlar va jurnalistika talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik trening!

Trening 2022-yil 13-iyundan 1-iyulgacha Markaziy Osiyodagi Amerika universitetida (Bishkek) boʻlib oʻtadi.

Dasturda rus tilida boʻladi. 18-30 yoshli jurnalistlar va jurnalistika talabalari qatnashishi mumkin,

Imkoniyatlari:
– Safar xarajatlari qoplanadi
– Turar joy, mahalliy transport va oziq-ovqat uchun mablagʻ
– Sugʻurta
– Oʻquv materiallari

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jurnalistlar-va-jurnalistika-talabalari-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-3-haftalik-trening/

@grantlar
👍33🔥10❤4
Grantlar.uz jamoasi Germaniyada oʻqish uchun Hanns Seidel Stiftung stipendiyasini yutib olgan talaba – Umidjon Karimberdiyev bilan suhbatlashgan.

Suhbatda bilib olasiz:

👉 Bu stipendiya qanday imkoniyatlar beradi (bakalavriat, magistratura, PhD uchun)?
👉 Dastur talablari qanday?
👉 Qanday hujjatlar topshiriladi?
👉 Hujjat topshirish va suhbat jarayonida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar
👉 Bu stipendiya orqali Germaniyaga ketishda oila aʼzolarini olib ketish mumkinmi?
👉 Stipendiya olgan holda Germaniyada haftasiga necha soat ishlash mumkin va boshqa muhim masalalar.

Ushbu dasturga arizalar yilda 2 marta qabul qilinadi:
– Kuzgi semestr uchun: 15-iyulgacha
– Bahorgi semestr uchun: 15-yanvargacha

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/hanns-seidel-stiftung-stipendiyasini-yutgan-talaba-umidjon-karimberdiyev-bilan-suhbat/

@grantlar
👍24🔥8❤7
Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar!

54th World Gallery of Cartoons – Skopje 2022 tanloviga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 1500 dollar va maxsus haykalcha;
– 1-o’rin: 1000 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 2-o’rin: 500 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 5 nafar 3-oʻrin sohiblari va 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.
– Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi.

Ishlar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-gallery-of-cartoons-skopje-tanlovi/

@grantlar
👍60❤11🔥9
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichini tamomlagan yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍49
Special Scholarship Program: Yaponiyada doktorantura uchun toʻliq grant, oylik 1400 AQSh dollar maosh!

Kochi texnologiya univrsiteti muhandislik boʻyicha doktoranturada o‘qishni xohlovchilarga Special Scholarship Program (SSP) grantini taklif etadi.

Dastur doirasida har bir yo‘nalish uchun 3 nafardan tadqiqotchi tanlab olinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kirish imtihoni, roʻyxatdan oʻtish va oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga taxminan 1400 dollar maosh beriladi.
– Safar xarajatlari uchun taxminan 1400 dollar mablagʻ beriladi.

Arizalar 2022-yil 18-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/special-scholarship-program-yaponiyada-doktorantura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍12🔥6❤4
Insholar tanlovi: pandemiya davridagi hayot haqida insho yozib, pul mukofoti yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va unda COVID-19 bilan bogʻliq hayotiy tajribangiz haqida hikoya qilinishi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosiy gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2022-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
🔥35👍23❤8
AQSH va boshqa davlatlarda BAKALAVRIATNI bepul oʻqish imkoniyatlari

Qisqacha mazmuni:

– AQSHdagi oʻqish bepul universitetlar

– Eng nufuzli AQSH universitetlarining bakalavrlik dasturlariga kirsangiz, oʻqish bepul (oʻzbeklar uchun)

– AQSHning nufuzli universitetlarida bepul oʻqish sharti qanday

– Boshqa davlatlardagi top 1000 likka kirgan bepul universitetlar

👉 MATN SHAKLIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

👉 VIDEO SHAKLIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
👍27🔥9
Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Ushbu grant Radboud universiteti tomonidan ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda jami 12 ta grant oʻrni ajratilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 11 100 yevro stipendiya beriladi.
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-encouragement-scholarship-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍11🔥8
Erasmus Mundus InterMath: matematika bo’yicha magistratura kursini Yevropaning bir nechta davlatlarida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

InterMath – matematika boʻyicha 2 yillik magisratura dasturi boʻlib, ushbu dastur uchun Erasmus Mundus granti ajratiladi. Bu yilga qabul uchun jami 25 ta grant ajratilgan.

Dastur ingliz tilida va Yevropadaning 3 tagacha davlatida oʻqitiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 1000 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshida joylashib olish uchun 1000 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 2-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erasmus-mundus-intermath/

@grantlar
👍29🔥4❤1
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi. 2022-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2022-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
🔥16👍13
Khazar University: Ozarbayjonda barcha bosqichlarda oʻqish uchun qisman grantlar

Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan Hazar universiteti bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish qisman grantlar taklif etmoqda.

Grantlar universitetda mavjud istalgan soha uchun beriladi.

Darslar ingliz tilida boʻladi. Oʻqishga kirish yoki granti qoʻlga kiritish uchun IELTS/TOEFL talab etilmaydi.

Grantlar talabani kontrakt summasining 25, 50 yoki 75 foizini toʻlashdan ozod qiladi.

Qabul 2022-yil 15-may yoki 15-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/khazar-university-ozarbayjonda-barcha-bosqichlarda-tahsil-olish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍19❤6
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya; joy 400 ta!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti har yili jami 400 nafar atrofida magistr va PhD talabalarini oʻqishga qabul qiladi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (530-1000 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2022-yil 10-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2022-yil 31-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍34❤6🔥6
Buyuk Britaniya: Huquqshunoslik boʻyicha PhD bosqichi uchun toʻliq grant va yillik 23 ming dollar stipendiya!

Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri Queen Mary University of London intellektual mulk huquqi boʻyicha PhD dasturida oʻqish uchun toʻliq grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Yiliga 17 ming funt-sterling (taxminan 23 ming AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/buyuk-britaniya-huquq-sohasida-phd-uchun-toliq-grant-yillik-17-000-funt-sterling/

@grantlar
👍19🔥19❤7
Rossiyada Magistraturani oʻqimoqchi boʻlganlar uchun 2 haftalik bepul oʻquv-amaliyot dasturi!

Dastur Rossiyadagi “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universitetidagi magistrlik kurslari, dars jarayoni bilan tanishish imkonini beradi.

Dasturga ingliz yoki rus tilida qatnashish mumkin.

Manfaatli jihatlar:
– Qatnashish bepul
– Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi
– Magistraturada oʻqish jarayoni bilan tanishish, tajribaviy darslarda qatnashish

Maʼlumot uchun: Bu universitet magistraturada oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar ham taklif etadi.

Arizalar 2022-yil 13-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/rossiyada-magistraturani-oqimoqchi-bolganlar-uchun-2-haftalik-bepul-oquv-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍29🔥8
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan Germaniyada amaliyot oʻtash va ishlash uchun ish oʻrni

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyada uzoq masofaga yuk tashuvchi avtomobil haydovchiligi uchun kasbiy ta’lim va ish taklif qilmoqda.

Kasbiy taʼlim 3 yil davom etadi va bunda 810 yevro maosh beriladi. Keyinchalik 2000-2500 yevro maosh beriladigan domiy ishga oʻtkaziladi.

18-35 yoshli, nemis tilidan B1 darajaga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/tashqi-mehnat-migratsiyasi-agentligidan-germaniyada-amaliyot-otash-va-ishlash-uchun-ish-orni/

@grantlar
👍32🔥6