Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Yuristlar maslahatlari va muhim huquqiy yangiliklar bilan @yuridikuz kanalida tanishib boring.

👉@yuridikuz
👍15🔥9
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2022-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2022-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
🔥35👍32❤11
Adliya vazirligidan “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi!

Tanlovga 3 ta nominatsiya boʻyicha ishlar (matn, audio, video, fotofayl) qabul qilinadi.

Tanlovda barcha Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Eng yaxshi jurnalistik material: televizor va diplom
– Eng yaxshi blogpost: blender toʻplami va diplom;
– Adliya eʼtirofi: multivarka va diplom.

Ishlar 2022-yil 25-mart, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/adliya-vazirligidan-jamiyatda-ayol-muammo-va-yechimlar-tanlovi/

@grantlar
👍35🔥2
Oʻqish bepul universitetlar: MLU (Germaniya)

MLU universiteti dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 461-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 56,1 yevro (62 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 60 yevro (68 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
– Bakalavriatga eng yaqin qabul: 2022-yil 15-iyul
– Magistraturaga eng yaqin qabul: 2022-yil 30-aprel

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-mlu-germaniya/

@grantlar
👍35❤34🔥13
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

👉 Au Pair qanday dastur?

👉 Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

👉 Qanday hujjat topshirish mumkin?

👉 Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
🔥26👍24❤9
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3000 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Mukofot: 3000 dollar va boshqalar.

Dedlayn: 2022-yil 30-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
👍33❤5
Mart oyida boshlash mumkin boʻlgan bepul onlayn kurslar va ularning ahamiyati

Bu postda quyidagilar bilan tanishasiz:
– Bepul onlayn kurslar ahamiyati
– Oʻrganish bepul, sertifikati pullik kurslar (umumiy roʻyxat)
– Oʻrganish bepul, sertifikati pullik kurslar (muassasa boʻyicha roʻyxat)
– Oʻrganish ham, sertifikati ham bepul kurslar

☝️ Bu kurslar Garvard, Stenford, Oksford, Kembrij kabi nufuzli universitetlar va tashkilotlar tomonidan taklif etiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/bepul-onlayn-kurslar/

@grantlar
🔥29👍24❤13
👍128🔥21❤16
Oʻqish bepul universitetlar: Norvegiya Texnologiya universiteti (NTNU) – magistratura

NTNU dunyodagi eng kuchli 500 universitetning biri hisoblanadi.

Universitetdagi ta'lim xususiyatlari:
–
O'qish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– Har semesrt 600 NOK (67 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Ingliz va norveg tilidagi 60 dan ortiq magistratura dasturi bor

Arizalar har yili 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/norvegiya_trondheim/

@grantlar
👍41🔥10❤5
GKS granti g'olibi bilan ovozli suhbat!

@Grantlar_namuna kanali Koreyada to'liq grant asosida o'qish imkonini beruvchi GKS granti g'olibi - Usmanjon Abduraimov bilan suhbat qiladi.

Usmanjon haqida qisqacha:
– Hozirda KAISTda (Koreya) magistratura bosqichida GKS granti asosida o'qimoqda
– Koreyada World Reporters jamoasi a'zosi
– Xalqaro talabalar uchun TOPIK instruktor
– GMAT 710, TOPIK 6 sertifikatlariga ega

Suhbat tafsilotlari:
– O'tkazilish joyi:
@Grantlar_namuna kanali
– Suhbat vaqti: 2022-yil, 13-mart, 20:00 (Uzb vaqti bilan)

Suhbatda gaplashiladi:
– GKS granti, talablari va imkoniyatlari
– GKS grantini yutishga yordam beruvchi omillar
– Koreyada oʻqish, yashash va ishlash
– Suhbat ishtirokchilari bilan savol-javob

@grantlar_namuna
👍37🔥23❤6
“Oliy ta'lim taraqqiyoti istiqbollari” ilmiy-metodik jurnaliga maqolalar qabul qilinmoqda; chop etish bepul!

Maqolalar oʻzbek, ingliz yoki rus tilida topshirilishi mumkin.

Afzalliklari:
– Maqolani chop etish bepul
– Google Scholar va CYBERLENINKAʼda indekslangan
– Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etiladigan jurnallar roʻyxatiga kiritilgan

Maqolalar 2022-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oliy-talim-taraqqiyoti-istiqbollari-ilmiy-metodik-jurnaliga-maqolalar-qabul-qilinmoqda/

@grantlar
👍37❤4🔥3
Germaniya: Talent Meets Bertelsmann 2022 konferensiyasi; turar joy va borish-kelish xarajatlari qoplanadi!

Konferensiya 2022-yil 27-29-iyun kunlari Berlinda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Pandemiya tufayli bu yil faqat Yevropada tahsil olayotgan bakalavr, magistr va doktorantlar (oʻzbekistonliklar ham) ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul
– Bepul turar joy tashkillashtiriladi
– Safar xarajatlari uchun 300 yevrogacha mablagʻ
– Tanishlar orttirish va karyera imkoniyatlari
– Turli mukofotlar yutib olish imkoniyati

Arizalar 2022-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-talent-meets-bertelsmann-konferensiyasi/

@grantlar
👍66🔥14❤8
Turkiya: Koch universitetining magistratura va PhD dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlar!

Turkiyaning Koch universiteti magistratura va PhD dasturlarida oʻqish uchun turli grantlar taklif etadi. Grantlar taqdim etiluvchi yoʻnalishlar soni ancha (orasida tibbiyot sohalari ham bor).

Grantlarning maksimal darajasi quyidagicha:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Bepul turar joy yoki turar joy uchun mablagʻ ajratiladi.
– Tibbiy sugʻurta taʼminlanadi.
– Ilmiy konferensiya va tadqiqotlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– Bundan boshqa imtiyozlar ham mavjud.

Arizalar dasturga qarab 2022-yil may oyi oxiri yoki iyun oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/turkiya-koch-universitetining-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍48🔥12❤10
GKS
Hujjat topshirish jarayonlari
GKS granti g'olibi Usmanjon Abduraimov bilan bo'lgan suhbat audiosi

Suhbatda gaplashildi:

– GKS granti imkoniyatlari va talablari
– Grantni yutishda rol o'ynovchi eng muhim hujjatlar va ularni tayyorlash/ularga tayyorgarlik ko'rish
– Motivatsiya xatini qanday yozish kerak va aynan qanday motivatsiya xati sizning tanlanishingizga hissa qo'shadi
– Grant yutganlar Koreyaga oila a'zosini olib ketsa bo'ladimi
– GKS g'oliblari o'qish paytida ishlashi mumkinmi
– GKS g'oliblarining oila a'zolari ishlashi mumkinmi va boshqalar

Ma'lumot uchun: GKS dasturi Koreyada bakalavriat, magistratura va doktoranturani to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

@grantlar_namuna
👍39❤11🔥3
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2022- yoki 2023-yil bitiradiganlar yoki 2021-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2022-yil 27-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
👍26🔥8❤5
Oʻqish bepul universitetlar: Bamberg universiteti (Germaniya)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 60 yevro (66 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 43,8 yevro (48 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
– Yozgi semestr uchun arizalar har yili 15-iyulgacha;
– Qishki semestr uchun arizalar har yili 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-bamberg-universiteti-germaniya/

@grantlar
👍54❤12🔥4
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
👍24🔥10❤2
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2500 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2022-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar
👍39🔥8❤2
Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Erlangen-Nyurenberg universiteti (FAU)

FAU dunyoning eng nufuzli universitetlari roʻyxatida 322-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– Har semestr 52 yevro (57 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr 75 yevroga transport chiptasi oliinadi (1 semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beradi)
– Ingliz, nemis, fransuz, ispan va yana bir nechta xorijiy tillarda oʻqitiladigan dasturlar mavjud

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-germaniyadagi-erlangen-nyurenberg-universiteti-fau/

@grantlar
👍60❤10🔥8
“Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” tanlovida qatnashib, 30 million soʻmgacha mukofot yutib oling!

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

Tanlovga ishlar quyidagi 3 nominatsiya boʻyicha qabul qilinadi:
– Eng yaxshi ijtimoiy rolik;
– Eng yaxshi sheʼr ijrosi (video material shaklida);
– Eng yaxshi fotosuratlar.

Mukofotlar:

Nominatsiya boʻyicha sovrindorlar 5 million soʻmdan 30 million soʻmgacha mukofot bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/assalom-navroz-yangilanish-mehr-oqibat-va-qadr-qimmat-ayyomi/

@grantlar
👍54❤8🔥6