Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2500 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2022-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar
👍30🔥7
#Eslatma

Excellence Scholarship (IES) dasturiga arizalar qabul muddati 2022-yil 15-iyungacha qabul qiliandi.

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Ishtirokchilar uchun 2 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq barcha xarajat qoplanadi.
2. Qisman grant: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.

Quyida dasturga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

@grantlar
👍41🔥3
#Beapirate Challenge: 14-21 yoshlilar uchun 3 haftalik bepul onlayn kurs va bellashuv; mukofot – Silikon vodiysiga (AQSH) xarajatlari qoplanadigan sayohat!

Dastur ishitrokchilari 2022-yil 1-21-iyun kunlari onlayn mentorlik seanslari, seminarlarda qatnashadi va 2-6 kishilik jamoa sifatida Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga oid muammo yuzasidan yechim ishlab chiqadi (ingliz tilida).

Eng yaxshi gʻoya (yechim) taklif qilgan jamoa aʼzolari Silikon vodiysiga (AQSH) taʼlim sayohati uchun borish imkonini qoʻlga kiritadi.

Bunda:
– AQSHga borish va kelish chiptalari olib beriladi
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– Sayohat davomida seminarlar, Google, Apple, Instagram kabi kompaniyalarga tashriflar uyushtiriladi

Qatnashish uchun 2022-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/beapirate-challenge-14-21-yoshlilar-uchun-3-haftalik-bepul-kurs-va-bellashuv/

@grantlar
👍55🔥11❤8
Toshkentdagi Amerika markazidan media savodxonlikka oid loyihalar uchun 8000 dollargacha grant!

Toshkentdagi Amerika markazi ACT Grant dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda.

Dasturga quyidagi mezonlardan biri yoki bir nechtasiga mos nomzodlar oʻz loyihasi bilan ariza berishi mumkin:
– Fidoyi va malakali oʻqituvchi boʻlsangiz.
– Media savodxonlik boʻyicha seminarlar ishlab chiqish va olib borish tajribasiga ega boʻlsangiz.
– Jamiyatda ijobiy oʻzgarish qiladigan media savodxonlikka oid onlayn loyiha haqida gʻoyangiz boʻlsa.

Amerika markazida bunday loyihalar uchun 1000 dollardan 8000 dollargacha grant ajratadi.

Grantga ariza topshirish uchun:
1. Maxsus ariza shaklini yuklab oling va uni toʻldiring.
2. Toʻldirilgan ariza va oʻzingizga tegishli CVni 2022-yil 8-iyungacha tashkentact@gmail.com emailiga yuboring.

Dasturga faqat jismoniy shaxslar ariza berishi mumkin, tashkilotlar ariza bera olmaydi.

@grantlar
👍35🔥3
IvyPanda: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va talabalar uchun insholar tanlovi; mukofot jamgʻarmasi 1500 dollar

Tanlovda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/litsey oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Insholar berilgan mavzulardan biri boʻyicha ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 1000 dollar
– 2-oʻrin: 500 dollar
– Eng yaxshi insholar IvyPanda blogida chop etiladi

Insholar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/annual-essay-writing-contest-scholarship-oquvchilar-va-talabalar-insholar-tanlovida-ishtirok-eting-va-1000-aqsh-dollari-yutib-oling/

@grantlar
👍33🔥5
AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Kotzen Scholarship grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi
– O'qish, tadqiqot xarajatlari uchun 3000 dollar mablag'ajratiladi

2023-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar qabul 2022-yil iyul-avgust oylarida boshlanib, 2022-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
👍36🔥8❤6
Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi; 30 000 dollar stipendiya beriladi!

Dasturga jurnalist, siyosatchi, olim va professor-oʻqituvchilar ariza topshirishi mumkin.

Ishtirokchilar media va siyosatga oid masalalar yuzasidan tadqiqot olib boradi (ingliz tilida).

Dastur imtiyozlari:
– 30 ming dollar stipendiya
– Ish joyi, telefon, kompyuter, Garvard email manzili va Garvard ID hujjati beriladi
– Assistent boʻlib ishlash ham mumkin (alohida haq toʻlanadi)

Arizalar 2022-yil 7-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-kennedy-school-jurnalist-siyosatchi-va-professor-oqituvchilar-uchun-4-oylik-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍44🔥11❤6
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud!

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Fintech: Challenges For Financial Services. Yozgi maktab 2022-yil 14-28-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2022-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
👍33❤4🔥4
“Nima uchun men bu stipendiyaga munosibman?”: to'g'ri esse yozishni o'rganamiz

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/nima-uchun-men-bu-stipendiyaga-munosibman/

@grantlar
👍17🔥16❤2
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish imkoniyati; yillik stipendiya – 86 000 dollar!

Dasturga istalgan sohadagi ijodkor va sanʼatkorlar taklif etiladi. Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 86 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2022-yilning 1-iyulidan 13-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
👍40🔥6❤1
Lester B. Pearson International Scholarship Program: Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan bu grant ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli 2022-yil oktabrda boshlanadi va 2022-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ancha erta maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍34❤8🔥6
Oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi?

Oʻzbekistonda bakalavriatda oʻqiyotgan koʻplab talabalarni oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi degan savol qiynaydi.

Biz bu haqida matnli va video maʼlumot tayyorlaganmiz. Quyida oʻqishingiz / koʻrishingiz mumkin👇

👉 MATN SHAKLIDA MAʼLUMOT 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍19🔥2❤1
Qabul 15-iyunda tugaydi

Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq!

Ushbu xalqaro insholar tanloviga 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– 14 yoshgacha boʻlganlar;
– 15-25 yoshlilar.

Bu yilgi tanlov mavzusi: My Values (Mening qadriyatlarim).

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (840 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2022-yil mart oyidan 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/goi-peace-foundation-25-yoshgacha-bolganlar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍51❤6🔥6
Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1 yil davomida oylik stipendiya
– Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 15-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nailekhanim-foundation-ayol-qizlarning-magistratura-yoki-phd-bosqichini-ozarbayjonda-oqishi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍23🔥4❤2
ClimateScience Olympiad 2022: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun mukofot jamgʻarmasi 15 000 AQSh dollar boʻlgan onlayn olimpiada!

Olimpiada onlayn shaklda, ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-19 yoshlilar.
– 20-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 dollar
– 2-oʻrin: 3000 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-7-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– 8-10-oʻrinlarning har biri: 500 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– 1-3-oʻrinlar Misrda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi.
– Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.

Qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 2022-yil 10-avgust.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

@grantlar
👍68❤11🔥8
Yale Drama Series: Pyesa yozib, uni jahonga taniqli nashriyotda chop ettirish va 10 000 dollar yutib olish imkoniyati

Bu tanlov hali professional faoliyatga kirishmagan dramaturglar uchun moʻljallangan. Unda istalgan davlat fuqarolari ingliz tilida yozgan pyesasi bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Gʻolib pyesa Yale University Press tomonidan nashr etiladi
– Gʻolib 10 ming dollar bilan taqdirlanadi

Arizalar 2022-yilning 1-iyunidan 15-avgustigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yale-drama-series-pyesalar-tanlovi/

@grantlar
👍35🔥6❤4
Germaniya parlamentida (Bundestag) barcha xarajatlar qoplanadigan 5 oylik amaliyot dasturi!

Dasturga nemis tilini kamida B2 darajada biladigan, 1993-yil 1-martdan keyin tugʻilgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– 500 yevro oylik stipendiya
– Berlinga borish-qaytish va sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-bundestag-parlament-tizimi-boyicha-barcha-xarajatlar/

@grantlar
👍25❤6🔥6
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan tashkilotlar uchun kichik grantlar dasturi

Grantlar sanʼat, madaniyat, sport dasturlari, ayollar uchun huquq va imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan loyihalar uchun beriladi.

Ariza berishi mumkin boʻlgan tashkilotlar:
– Davlat va xususiy taʼlim muassasalari.
– Oʻzbekiston va AQSHning notijorat tashkilotlari
– Fuqarolik jamiyati tashkilotlari / nohukumat tashkilotlar.
– Tahlil markazlari.

Miqdori: Har bir loyihaga (jami 10 ta) 5-15 ming dollar ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ozbekistondagi-aqsh-elchixonasidan-tashkilotlar-uchun-kichik-grantlar-dasturi/

@grantlar
👍48🔥4
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari Kanadada oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2022-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍38🔥6❤3
Bakalavriat va magistratura uchun Koreya milliy san’at universitetining AMA+ toʻliq granti!

Arizalarni koreys yoki ingliz tilida topshirish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Koreyaga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.
– Oyiga 632 dollar stipendiya beriladi.
– Oʻqish boshlanishidan oldin 4 oylik koreys tili kursi.
– Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi.
– Joylashib olish uchun 158 dollar mablagʻ.

Qabul 2022-yilning 30-mayidan 10-iyunigacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koreya-bakalavriat-va-magistratura-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-borish-kelish-xarjatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍43❤4🔥1