Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Bu yilgi grin karta (Green Card) arizalarini qabul qilish sanalari eʼlon qilindi!

Bu yil grin karta (DV-2024) uchun arizalar qabuli Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 5-oktabr 21:00 dan boshlanadi va 2022-yil 8-noyabr 21:00 da yakunlanadi.

Arizalar faqatgina https://dvprogram.state.gov/ rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi. Bundan boshqa veb-sayt orqali ariza qabuli taklif etilsa, bilingki, bu firibgarlikdir!

Bu yilgi qabul qoʻllanmasi bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar
🔥49👍28❤8
Oʻqish bepul universitetlar: Lyuksemburg universiteti

– Aksariyat yoʻnalishlarda oʻqish uchun kontrakt toʻlovi yoʻq
– Dunyoda nufuzi boʻyicha TOP 300 likka kiradi
– Bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari mavjud

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-lyuksemburg-universiteti/

@grantlar
🔥32👍23
Oʻqish bepul universitetlar: Aalto universiteti (Finlandiya)

Bu universitet dunyodagi eng nufuzli oliygohlar roʻyxatida 116-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– 3 tilda: ingliz, fin yoki shved tilida oʻqish mumkin.
– Shved va fin tilida oʻqitiladigan bakalavriat hamda magistratura dasturlarida oʻqish bepul (kontakt toʻlanmaydi); ingliz tilida oʻqish uchun yillik kontrakt bor.
– Doktoranturada istalgan tilda oʻqish bepul.
– Barcha bosqichlar uchun bir qancha grantlar taklif etiladi.

Qabul

Arizalar odatda qish yoki bahorning dastlabki oylarida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-aalto-universiteti-finlandiya/

@grantlar
👍56❤6🔥2
Forwarded from STARS
Xalqaro universitetlarda oʻqish sizni qoniqtirmayaptimi?
Unda oʻqishingizni STARS ga, toʻgʻridan-toʻgri 2-kursga koʻchiring!

STARS International University
ga oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlar uchun, universitet “Accounting & Audit” yo'nalishi, 2-kursiga talabalar QABULI boshlanganini eʼlon qiladi!

🌏 Faqatgina Markaziy Osiyoda STARSda, oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlagandan soʻng, STARS International University ning bakalavr diplomi bilan bir qatorda, dunyoning barcha mamlakatlarida tan olingan professional global tashkilot ACCA hamda Buyuk Britaniyaning Top-50 universiteti va dunyodagi Top-300 universitetlar qatoriga kiruvchi OXFORD BROOKS UNIVERSITYdan 2 ta Britaniya diplomini qo’lga kiritadilar.

🔥 Oʻzbekistonda birinchi marta faqatgina STARSning oʻquv dasturida SAP, 1C, Microsoft kabi xalqaro dasturlar oʻrin olgan.

Agar siz, STARS taqdim etayotgan xalqaro Britaniya diplomlarini, 🇬🇧 Buyuk Britaniyada oʻqib olmoqchi boʻlsangiz, oʻqish narxi 30-35 000$ ni tashkil qiladi. Oʻzbekistondagi STARS universiteti talabalari uchun esa yiliga 24 000 000 (2180$) soʻmni tashkil etadi.

⏰ Arizalarni qabul qilish muddati tugab bormoqda.
Oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan talabalarni arizalari bevosita STARSning oʻzida, dushanbadan jumaga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun qoʻngʻiroq qiling
+99878 129 19 19
yoki telegram orqali murojaat qiling
@j_akhrorov

📍Bizning manzil: Toshkent, Mirzo-Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak Yo’li, Qutb koʻchasi 2-uy. Moʻljal: Pushkin metro bekati.

🇷🇺 RU

YouTube | stars.university.uz | Instagram | Facebook
👍27🔥2❤1
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍30🔥7
Ayol-qizlar uchun navbatdagi maxsus grantga qabul boshlandi!

SUSIs for Young Women Leaders – ayol-qiz talabalar uchun moʻljallangan, AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik yetakchilik dasturidir.

Dastur ma’ruzalar, seminarlar, taqdimot, munozara va boshqa mashgʻulotlardan iborat boʻladi.

Dasturga bakalavriatning 1, 2 yoki 3-kursida tahsil olayotgan 18-25 yoshli ayol-qizlar qatnashishi mumkin.

Moddiy imkoniyatlar:
– AQSHga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Mahalliy va boshqa safarlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– AQSHda turli mashgʻulor, tadbirlarga borish uchun transport taʼminlanadi.
– Kitoblar, madaniy tadbirlar, pochta xizmatlari va boshqa kundalik xarajatlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 31-oktabr, 18:00 gacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT

@grantlar
👍49❤5🔥2
Eslatma: 1-noyabrda qabul tugaydi

Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dasturga bakalavrlik diplomi va kamida 2 yillik mehnat tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun mablagʻ
– Joʻnab ketish uchun mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida manbalar:

👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari

@grantlar
👍26❤2🔥1
Chevening grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Chevening boʻyicha toʻliq tartibli professional konsultatsiya dasturini eʼlon qiladi.

Dasturning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz va toʻgʻri topshirishingizda yordam beradi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Chevening magistraturani deyarli barcha sohalarda Buyuk Britaniya universitetlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

Dasturni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Mentorlik kursiga qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi – 2022-yil 3-oktabr.

Kamida 2 yillik (2800 soat) ish tajribasiga ega va ingliz tilini yetarli darajada biluvchilar qatnashishi mumkin.

Dastur haqida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

P.S. Dasturda qatnashish pullik (450 ming soʻm).

@grantlar_namuna
👍37🔥3❤1
Bank Internship Program (BIP): Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Dastur Jahon bankining Vashington ofisi yoki boshqa ofislarida kamida 4 hafta amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab etiladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Soatbay ish haqi toʻlanadi.
– Zarur hollarda safar xarajatlari uchun 3000 dollargacha ajratiladi.

Arizalar har yili 2 marta qabul qilinadi:
– 1-dekabrdan 31-yanvargacha (yozgi amaliyot uchun)
– 1-oktabrdan 31-oktabrgacha (qishki amaliyot uchun)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bank-internship-program-bip-magistratura-va-phd-bosqichi-talabalari-uchun-jahon-bankida-haq-tolanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍31🔥1
Eslatma: Dastlabki qabul 21-oktabrda qabul yakunlanadi!

Janubiy Koreya: Dunyoning 42-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 260 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

KAISTga yiliga 3 marta qabul boʻladi. 2023-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddatlari:
– Erta qabul – 2022-yil 21-oktyabrgacha (oʻqish 2023-yil bahordan);
– Odatiy qabul – 2023-yil 13-yanvargacha (oʻqish 2023-yil kuzdan);
– Kechki qabul – 2023-yil 26-maygacha (oʻqish 2023-yil kuzdan).

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan ovozli suhbat

@grantlar
👍22🔥6❤3
SUSIs for Young Women Leaders dasturi gʻolibasi bilan suhbat

SUSIs for Young Women Leaders
dasturiga qabul boshlangani haqida xabar bergan edik.

Bu dastur ayol-qiz talabalarga AQShda 4 haftalik oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish imkonini beradi. Qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur gʻolibasi bilan ovozli va matnli suhbat uyushtirgan.

Suhbatda tanishasiz:
– Hujjatlarni topshirish jarayoni
– Motivatsiya inshosini muvaffaqiyatli yozish
– Nimalar nomzodning hujjat topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlaydi
– Suhbat jarayoni, unda so'raladigan savollar va suhbatdan muvaffaqiyatli o'tish
– AQSHga yetib olish va u yerdagi mashg'ulotlar
– Ishtirokchilardan xarajat ketadimi va boshqalar

👉 OVOZLI SUHBATNI TINGLASH 👈

👉 MATNLI SUHBATNI O'QISH 👈

@grantlar
👍26🔥4
“EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovida qatnashib, 1000 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda butun dunyodan suratkashlikka qiziquvchi barcha qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Bosh sovrin – 1000 dollar
– Yana 3 ta kategoriya boʻyicha gʻoliblarning har biriga 250 dollardan mukofot

Suratlar 2023-yil 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eo-global-wildlife-natural-world-photography-competition/

@grantlar
👍31❤6🔥1
Markaziy Osiyodagi trening, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarga qatnashish uchun 500 dollargacha safar grantlari!

Bu dasturga 18-30 yoshli yosh yetakchilar, jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik faollari, jamoat tashkilotlari vakillari ariza bera oladi.

Grantlar Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan tadbirlar uchun ajratiladi.

Dastur imkoniyati: Munosib nomzodlarga 500 dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/500-dollargacha-safar-grantlari/

@grantlar
👍16🔥11
Ozarbayjon: Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik mavzusidagi xalqaro talabalar forumi!

Forum 2022-yil 23-28-noyabr kunlari Boku va Shusha shaharlarida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Magistratura, PhD bosqichi va bakalavriatning oxirgi bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq qoplanadi
– Safar xarajatlarining 70% qismi qoplanadi
– Mashgʻulotlar davomida yozilgan eng yaxshi maqolalar mukofotlanadi

Arizalar 2022-yil 12-oktabr 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-student-forum-on-youth-peace-and-security/

@grantlar
👍26🔥7❤1
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ayol-qizlar uchun “PhD sari qadam” oʻquv-kursi; ishtirok etish bepul!

Nomzodlardan eng kuchli 30 nafari suhbat asosida saralab olinadi. 2 oy davomida haftasida 2 martadan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.

Kursda qatnashish mutlaqo bepul.

Arizalar 2022-yil 2-oktabr 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ayol-qizlar-uchun-phd-sari-qadam-oquv-kursi/

@grantlar
👍31❤2🔥2
Wake Forest University: Bakalavriatni AQSHda oʻqish uchun toʻliq grant, bepul yotoqxona va oziq-ovqat!

AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Stamps Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi va boshqa badallardan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 15 000 dollarlik yordam puli olish mumkin.

Bu grant yiliga 15 nafargacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-bepul-oqish-yotoqxona-3-400-dollar-stipendiya-va-15-000-dollar-moliyaviy-yordam/

@grantlar
👍35🔥22❤5
International Wildbird Photo Competition: Qushlarni suratga olib, 1500 yevrogacha mukofot yutib oling!

Tanlovda 15 yosh va undan katta barcha qatnashishi mumkin.

Tanlov quyidagi 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 15-17 yoshlilar
– 18 yosh va undan kattalar

Mukofotlar:
– Oliy oʻrin: 1500 yevro
– Har bir turkum gʻolibiga 800 yevrodan
– Yosh iqtidor turkumi gʻolibiga 500 yevro
– Jamoatchilik mukofoti: 500 yevro
– Gʻoliblarning barchasi Fransiyadagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi xarajatlar qisman qoplanadi

Suratlar 2022-yil 1-sentabrdan 10-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-wildbird-photo-competition/

@grantlar
👍33🔥6❤1
Felix Schoeller Photo Award fotosuratlar tanlovida ishtirok eting va 10 000 yevrogacha pul yutib oling!

Tanlovda professional yoki suratkashlik sohasiga endi kirib kelayotgan fotograflar, kino ijodkorlari, foto-dizaynerlar, shu sohalarda tahsil oladigan talabalar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
Tanlovda umumiy 5 ta mavzu mavjud boʻlib, har bir mavzu gʻolibi 5000 yevrodan 10 000 yevrogacha mukofot bilan taqdirlanadi va taqdirlash marosimiga taklif etiladi.

Arizalar 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/felix-schoeller-photo-award-fotosuratlar-tanlovida-ishtirok-eting-va-10-000-yevro-yutib-oling/

@grantlar
👍23🔥7❤5
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Erasmus Mundus magistraturani deyarli barcha sohalarda Yevropa davlatlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 3-oktabrgacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

@grantlar_namuna
👍56🔥3❤1
Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 1020 dollargacha oylik stipendiya!

Rotary Yoneyama
stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.

Stipendiya istalgan soha boʻyicha ingliz yoki yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi.

Har yili taxminan 15 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yil davomida 1020 dollargacha oylik stipendiya.
– Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 1822 dollargacha yordam puli.

Arizalar 2022-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rotary-yoneyama-scholarship-yaponiyada-bakalavriat-magistratura-va-doktoranturada-oqish-uchun-1230-dollargacha-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍54🔥7❤2