Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2022-yil 31-dekargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍63🔥6❤5
Qabul boshlandi!

Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8500 dollar stipendiya!

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik boʻyicha bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga 2 turdagi grantlarni taklif etadi.

1. Super KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Qabul to'lovidan to'liq ozod qiladi.
– Yiliga 8500 dollar stipendiya beriladi.

2. KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt yoki qabul to'lovini to'lashdan 50% yoki 100% ozod qiladi.

Navbadagi qabul:
– 2022-yil 3-oktabrdan 28-oktabrgacha
– 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 13-yanvargacha
– 2023-yil 13-fevraldan 10-martgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kyoto-university-of-advanced-science-yaponiyada-muhandislik-boyicha-bakalavr-kurslari-uchun-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍47🔥6❤2
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2022-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍46🔥1
AU Emerging Global Leader: AQSHda bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

Bu grant universitetdagi istalgan bakalavriat dasturida oʻqish uchun taqdim etiladi. Kamida IELTS 7.0 talab etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi

Arizalar 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi (oʻqish 2023-yil kuzgi semestrda boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/au-emerging-global-leader-aqsh/

@grantlar
👍32🔥20
Bugun (05.10.2022) grin karta (Green Card) uchun arizalar qabuli boshlanadi!

Bu yil grin karta (DV-2024) uchun arizalar qabuli Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 5-oktabr 21:00 dan boshlanadi va 2022-yil 8-noyabr 21:00 da yakunlanadi.

Arizalar faqatgina https://dvprogram.state.gov/ rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi. Bundan boshqa veb-sayt orqali ariza qabuli taklif etilsa, bilingki, bu firibgarlikdir!

Bu yilgi arizalar qabul qoʻllanmasi bilan BU YERDA tanishing (ingliz tilida).

Arizani qanday toʻldirish haqida oʻzbek tilidagi qoʻllanmani BU YERDAN topasiz.

@grantlar
👍41🔥12❤7
Grantlar.uz jamoasi Germaniyada oʻqish uchun Hanns Seidel Stiftung stipendiyasini yutib olgan talaba – Umidjon Karimberdiyev bilan suhbatlashgan.

Suhbatda bilib olasiz:

👉 Bu stipendiya qanday imkoniyatlar beradi (bakalavriat, magistratura, PhD uchun)?
👉 Dastur talablari qanday?
👉 Qanday hujjatlar topshiriladi?
👉 Hujjat topshirish va suhbat jarayonida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar
👉 Bu stipendiya orqali Germaniyaga ketishda oila aʼzolarini olib ketish mumkinmi?
👉 Stipendiya olgan holda Germaniyada haftasiga necha soat ishlash mumkin va boshqa muhim masalalar.

Ushbu dasturga arizalar yilda 2 marta qabul qilinadi:
– Kuzgi semestr uchun: 15-iyulgacha
– Bahorgi semestr uchun: 15-yanvargacha

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/hanns-seidel-stiftung-stipendiyasini-yutgan-talaba-umidjon-karimberdiyev-bilan-suhbat/

@grantlar
👍27❤6
Xanns Zaydel jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasida amaliyot (volontyorlik)!

Germaniyaning Xanns Zaydel jamgʻarmasi Oʻzbekistondagi vakolatxonasida amaliyot oʻtash uchun nomzod qidirmoqda.

Talablar:
– bakalavriatning oxirgi yoki oxirgidan oldingi kurs talabasi boʻlish;
– nemis tilini kamida B1 darajada bilish;
– yozishmalar uchun rus va oʻzbek tilini bilish;
– Microsoft Office dasturlarida ishlay olish.

Amaliyotchi (volontyor) bajaradigan vazifalar:
– ofis ishlarida koʻmaklashish;
– hujjatlar bilan ishlashda yordam;
– tadbirlarni tashkillashtirish va oʻtkazishda koʻmaklashish;
– sayt va ijtimoiy tarmoqlarda tadbirlar haqida hisobot tayyorlashda yordam;
– mehmonlarga hamrohlik qilish va tarjimada yordam (ogʻzaki va yozma);

Arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Talablarga mos boʻlgan qiziquvchilar oʻz CV/rezyumesini (nemis tilida) Dustov-J@hss.de email manziliga yuborishi mumkin. Email mavzusiga “Volontyor” yoki “Amaliyotchi” deb yozish lozim.

👉 JAMGʻARMA HAQIDA

P.S. Bu amaliyot/volontyorlik dasturi uchun haq toʻlash nazarda tutilmagan.

Shu jamgʻarma grantini yutgan oʻzbek talaba bilan suhbatni BU YERDA oʻqing.

@grantlar
👍26❤4🔥2
Eslatma: qabul 9-oktabrda tugaydi

Faculty Enrichment Program: OTM oʻqituvchilari uchun AQSHda 4 oylik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda universitetda maʼruzachi yoki maʼmur sifatida kamida 2 yillik kasbiy tajribaga (toʻliq stavka) ega OTM oʻqituvchilari qatnashishi mumkin.

Jami 40 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Dastur 2023-yil yanvar oyidan boshlanadi.

Iqtisodiy imtiyoz: Dasturga qatnashish xarajatlari, jumladan, safar, turar joy, yashash va boshqalar bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 9-oktabr, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/faculty-enrichment-program/

@grantlar
👍28🔥4❤3
Dunyoning 4-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yiliga kamida 15 609 funt-sterling stipendiya ajratiladi.

Arizalar 2022-yil dekabr yoki 2023-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha qabul qlinadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
👍42❤8🔥8
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi!

Dastur 2023-yil yoz fasli holatiga ko'ra, kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 hafta uchun 3250 dollar stipendiya;
– Yoʻl xarajatlari uchun 1016 dollargacha yordam puli.

Dasturga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi.

Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.

Arizalar qabul 2022-yil noyabr oyi oʻrtalaridan 2023-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
👍33🔥5
Boston University Presidential Scholarship (AQSH): Bakalavr bosqichi uchun 100 000 AQSh dollar grant

Bu grant universitetda mavjud barcha bakalavriat yoʻnalishlari uchun taqdim etiladi.

Boston universiteti QS reytingi boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 108-oʻrinni egallab turibdi.

Grant miqdori: Bu grantni yutganlar uchun kontrakt summasiga yiliga 25 ming dollar (4 yilga 100 ming dollar) chegirma qilinadi.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2023-yilda boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-presidential-scholarship-bakalavr-bosqichi-uchun-100-000-aqsh-dollar/

@grantlar
👍33❤11🔥4
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 18-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
👍26🔥3
Eslatma: FLEX dasturiga arizalar qabuli 13-oktabrda!

Bu dastur AQSHdagi oʻrta maktablarda 1 yil davomida oʻqish imkonini beradi. Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, yashash, sugʻurta va h.k.) toʻliq qoplanadi.

Nomzodlarga asosiy talablar:
– Maktabning 9-10-sinfi yoki kollej/litseyning 1-kursida oʻqiyotgan boʻlish;
– 2006-yil 15-iyul va 2008-yilning 15-iyul sanalari oralig‘ida tug‘ilgan bo‘lish.

Arizalar 2022-yil 13-oktabrgacha qabul qilinadi.

Manbalar:
👉 FLEX dasturi haqida matnli maʼlumot

👉 FLEX dasturi haqida video maʼlumot

👉 FLEX dasturi haqida koʻp beriladigan savollarga javoblar

👉 FLEX dasturi gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 FLEX gʻolibi bilan matn shaklidagi suhbat

👉 FLEX dasturi arizasini toʻldirish yoʻriqnomasi

@grantlar
👍43❤6🔥4
Stamps Scholarship: AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ!

Mayami universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun Stamps Scholarship dasturini taklif etadi.

Maktab, kollej yoki litseyda oxirgi sinf/kurs vaqti ariza topshiradiganlar bu grantga talabgorlik qilishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi va boshqa badallar qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Noutbuk va darsliklar olish uchun mablagʻ
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Tadqiqotlar uchun 12 ming dollar mablagʻ

Arizalar 2022-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi (2023-yilning bahorgi yoki kuzgi semestri uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stamps-scholarship-aqshda-bakalavr-kursi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍61🔥10❤2
iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!

Tanlovga BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biriga aloqador loyihalar qabul qilinadi.

Tanlova kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ariza topshirishi mumkin.

Mukofot: Eng munosib loyiha(lar) 100 ming yevro mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 9-noyabrgacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/if-social-impact-prize-ijtimoiy-loyihalar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-100-000-yevro/

@grantlar
👍28❤1🔥1
Erasmus Mundus IMSISS qoʻshma dasturi: Xavfsizlik, razvedka va strategik tadqiqotlar boʻyicha xalqaro magistrlik dasturida oʻqish uchun toʻliq grant!

Ushbu dastur magistraturani Yevropaning 3 davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Nomzodlar toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va italyan tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2023-yil 13-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/magistratura-uchun-erasmus-mundus-dasturining-toliq-granti/

@grantlar
👍30🔥11❤3
Barcha xarajatlari qoplanadigan 1 yillik malaka oshirish dasturi; 4 oy AQSHda amaliyot oʻtaladi!

Community Solutions Program – 25-38 yoshli yetakchilar uchun 1 yillik malaka oshirish dasturi; ishtirokchilar yuzma-yuz va onlayn kurslarda qatnashadi, 4 oy AQSHda amaliyot oʻtaydi.

Imkoniyatlar:
– J-1 viza olishda yordam beriladi.
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta bilan taʼminlanadi.
– Yashash xarajatlarini qoplash uchun stipendiya beriladi.
– Baxtsiz hodisalar va kasallikka qarshi sugʻurta qilinadi.

Arizalar 2022-yil 2-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/community-solutions-program-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-1-yillik-oquv-va-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍59❤2🔥1
Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme: Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dastur rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga Oksford universitetining 35 ta magistrlik kursida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Yiliga kamida 16 602 funt-sterling miqdoridagi stipendiya beriladi.

Arizalar 2023-yil yanvar oyi oʻrtalariga qadar qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weidenfeld-hoffmann-scholarships-and-leadership-programme/

@grantlar
👍32🔥7❤3
EuroPubHealth: sog'liqni saqlash yo'nalishida Erasmus Mundus magistratura dasturi va to’liq grant; Yevropa bo'ylab 3 tagacha davlatda o’qish imkoniyati!

Dastur sogʻliqni saqlash boʻyicha magistratura bosqichini 2 yoki 3 ta Yevropa davlatida oʻqish imkonini beradi.

Ariza topshirish uchun bakalavriatni sogʻliqni saqlash sohasida oʻqigan/oʻqiyotgan boʻlish majburiy emas.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 13-oktabrdan 2023-yil 11-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
👍29❤3🔥2
Green Card: uni faqat samarqandliklar yutadimi yoki Samarqand siri va firibgarliklar

Batafsil 👇
https://grantlar.uz/blog/green-card-uni-faqat-samarqandliklar-yutadimi-yoki-samarqand-siri-va-firibgarliklar/

@grantlar
👍52🔥12