Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2023-yil kuzgi semestr uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar
👍87🔥30❤6
Turkiya burslari grantining stipendiya miqdorlari oshirildi!

Ushbu grantning stipendiya miqdorlari quyidagicha ochiriladi:
– Bakalavriat uchun oyiga 1700 lira (avval 1000 lira edi)
– Magistratura uchun oyiga 2400 lira (avval 1800 lira edi)
– PhD uchun oyiga 3000 ming lira (avval 1800 lira edi)

Eslatma: Turkiya burslari granti Turkiya universitetlarida bakalavriat, magistratura va PhD bosqichini toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Bu grant uchun bu yilgi qabul 2023-yil 20-fevralgacha davom etadi.

👉 Turkiya burslari granti haqida batafsil

👉 Turkiya burslari grantni boʻyicha mentorlik kursi

@grantlar
👍39🔥15❤6
UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot Yaponiyadagi 1-raqamli oliygoh – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Jami 20 nafar atrofida bakalavr qabul qilinadi.

Biologiya va unga aloqador boshqa fanlar (jumladan, tibbiyot) boʻyicha bakalavriatdan keyingi taʼlimni olishni hamda karyera qilishni xohlovchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot sanasi: 2023-yil 6-iyundan 31-iyulgacha.

Imtiyozlar:
– Bepul turar joy
– 250 000 JPY (1770 dollar) stipendiya
– Yaponiyaga borish-kelish uchun aviachipta
– Dastur simpoziumiga (Singapurda, avgust, 2023) borish-kelish uchun aviachipta

Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utokyo-amgen-scholars-program-bakalavrlar-uchun-yaponiyada-8-haftalik-amaliyot/

@grantlar
👍51🔥5
Oʻqish bepul universitetlar: Gamburg universiteti (Germaniya)

Gamburg universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 132-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Aksariyat dasturlarda oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 337 yevro 50 sent haq toʻlanadi. Bu toʻlov jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin.

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 31-mart yoki 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Baʼzi yoʻnalishlarda qabul muddati farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-gamburg-universiteti-universitat-hamburg/

@grantlar
👍87🔥21❤2
Fargʻona vodiysida qishloq korxonalarini rivojlantirish boʻyicha startaplarni jadallashtirish dasturi uchun tanlov – 20 ming dollargacha sarmoya olish mumkin

Tanlovda Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi 3 yoshdan katta boʻlmagan loyihalar / kompaniyalar ishtirok etishi mumkin.

Manfaatli jihati:
– Tanlangan startaplar 20 ming dollargacha sarmoya olishi mumkin
– Muayyan innovatsion markazlarda tegishli obyektlardan foydalanish imkoniyati

Arizalar oʻzbek tilida 2023-yilning 23-yanvaridan 20-martigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/fargona-vodiysida-qishloq-korxonalarini-rivojlantirish/

@grantlar
👍32🔥3
Canada/USA Mathcamp: 13-18 yoshli oʻquvchilar uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud!

Oromgohda ingliz tilini biladigan va matematikaga qiziqadigan 13-18 yoshli maktab, oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Oromgoh mashgʻulotlari 2023-yil 2-iyuldan 6-avgustgacha Burlington shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadi.

Moliyaviy yordam

Dastur bir necha turdagi toʻliq va qisman grantlarni taklif etadi. Ularning eng katta miqdorlisi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Dasturda qatnashish haqi, jumladan turar joy, oziq-ovqat, ichki transport xarajatlari qoplanadi
– Borish va kelish uchun mablagʻ ajratiladi

Arizalar 2023-yil 9-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/canada-usa-mathcamp-for-13-18-year-olds/

@grantlar
👍112🔥16❤14
HZB International Summer Student Programme: Talabalar uchun Germaniyada 8 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Dastur bakalavriat talabalariga 2023-yil 3-iyuldan 28-avgustgacha HZB kampuslarida tadqiqot (amaliyot) olib borish imkonini beradi (ingliz tilida).

izika, kimyo, moddashunoslik, strukturaviy biologiya, matematika, muhandislik, hayot haqidagi yoki atrof-muhit fanlari yoxud shularga aloqador mutaxassisliklar boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi.
– 1900 yevrogacha ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun 500 yevrogacha mablagʻ.

Arizalar 2023-yil 7-fevralgacha yoki arizalar soni belgilangan miqdorga yetguncha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hzb-international-summer-student-programme/

@grantlar
👍43🔥11❤1
Oʻqish bepul universitetlar: Agder universiteti (Norvegiya)

Agder universiteti Norvegiyada AACSB xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyalangan 2 ta universitetning biri hisoblanadi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Har semestr 800 NOK (77 dollar) semestr badali toʻlash kerak
– Norveg va ingliz tilida bakalavriat, magistratura, PhD va boshqa turdagi dasturlar taklif etiladi

Til talabi:
– Bakalarvait uchun kamida IELTS 5.0
– Magistratura uchun kamida IELTS 6.0
– Doktorantura uchun aniq belgilanmagan

Qabul
– Bakalavriat uchun har yili 1-noyabrdan 1-dekabrgacha
– Magistratura uchun odatda har yili 1-martgacha (dasturga qarab farq qiladi)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-agder-universiteti-university-of-agder/

@grantlar
👍121❤17🔥6
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 26 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 26 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (16 000 yevro emas, 2209 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar
👍42❤4
Turkiyada taʼlim olish uchun 5 sabab

Oxirgi yillarda turk tilini oʻrganish va Turkiyada oʻqishga qiziquvchilar soni oshib bormoqda. Bu jarayon faqat Oʻzbekistonda emas, dunyoning bir qancha boshqa mamlakatlarida ham kuzatilyapti.

Navbatdagi maqolamizda talabalar oʻqish uchun Turkiyani tanlashiga asosiy 5 sabab haqida soʻz yuritamiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/turkiyada-talim-olish-uchun-5-sabab/

@grantlar
❤41👍28🔥5
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 5000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 1250 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 250 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 100 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2023-yil 27-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍74❤11🔥7
Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Technical University of Munich (TUM)

Bu universitet dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatida 49-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Aksariyat dasturlarda oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 62 yevrodan 138 yevrogacha haq toʻlanadi. Bu toʻlov semestr badali va jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin.

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Baʼzi yoʻnalishlarda qabul muddati farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-technical-university-of-munich-germaniya/

@grantlar
👍89❤12🔥10
Woods Hole: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 12 haftagacha haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturda oxirgi kursdan bitta oldingi kursda oʻqiyotgan bakalavriat talabalari qatnashishi mumkin. Talabalar tabiiy fanlar va muhandislikka oid loyihalarda ilmiy xorim boshchiligida tadqiqot olib boradi.

Dastur imtiyozlari:
– Haftasiga 680 dollar stipendiya
– Bepul turar joy
– Safar xarajati uchun 700 dollar mablagʻ
– Viza uchun yordam

Arizalar 2023-yil 6-fevral, soat ertalabki 9:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/woods-hole-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-12-haftagacha-haq-tolanadigan-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
👍54🔥14❤2
Juru Energy kompaniyasidan bakalavr, magistrlar va OTMni bitirganiga 2 yildan oshmaganlar uchun Toshkentda haq toʻlanadigan amaliyot!

Quyidagi lavozimlardan birida amaliyot oʻtash mumkin:
– Renewable Energy Engineer (solar, wind)
– Electrical engineer
– Power System Engineer
– SCADA/Automation Engineer
– Mechanical/Thermal engineer
– Civil Engineer
– HVAC Engineer
– Water Supply / Wastewater/ Drainage
– Engineer
– Environmental Specialist
– Biodiversity Specialist
– Socio-Economic Specialist
– Energy Analyst/ Economist
– Low Carbon Specialist
– Business Development Assistant
– HR Assistant

Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi.

Amaliyot 3 oy davom etadi va amaliyot davomida haq toʻlanadi.

Arizalar 2023-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/juru-energy-paid-internship/

@grantlar
👍51🔥12❤5
O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Nukusdagi yangi loyiha bo‘yicha “Loyiha menejeri” bo‘sh ish o‘rinlariga ochiq tanlov e’lon qiladi.

Loyiha boshqaruvi bo‘yicha talab etiladigan tajriba – 3+ yil.

Ish masofaviy, nomzod bilan 1 yilga fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi.

Nomzodlar tarjimai holi va qiziqishlari asoslangan maktubni education@acdf.uz elektron pochtasiga “Nukusda loyiha boshqaruvchisi” sarlavhasi bilan yoʻllashi lozim.

Arizalar 2023-yilning 10-fevraligacha qabul qilinadi.
___

Фонд развития культуры и искусства Узбекистана объявляет открытый конкурс на вакансию «Проджект-менеджер» для нового проекта в г. Нукусе.

Требуемый опыт в управлении проектами – от 3-х лет.

Работа удаленная, с кандидатом будет оформлен договор гражданско-правового характера на 1 год.

Для отклика на вакансию кандидаты должны отправить CV с сопроводительным письмом с пометкой «Проджект-менеджер в Нукусе» на имейл адрес education@acdf.uz

Заявки принимаются до 10 февраля 2023 г. включительно.
👍37❤4🔥2
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar – 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 2000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 500 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 100 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 50 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2023-yil 27-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍50🔥3
Hozirda ko'plab grantlarga arizalar qabul qilinmoqda.

Shu sababli grant yutish boʻyicha qisqa maslahatlar haqidagi postimizni qayta ulashmoqchimiz.

👉 QISQA MASLAHATLARNI O'QISH

@grantlar
👍47❤3🔥3