Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
CV nima: qanday, qayerda tayyorlayman? Ko'rinishi qanaqa bo'ladi?

Koʻpgina dasturlarda nomzodlardan CV soʻraladi. Bunda nomzodlarda “CV nima oʻzi?”, “Uni qanday tayyorlayman?” va shu kabi boshqa savollar tugʻilishi mumkin.

Grantlar.uz jamoasi CV va uni EuroPass formatiga (eng ommabop formatlardan biri) tayyorlash haqida maqola tayyorlagan. Undan CVʼga oid eng muhim maʼlumotlarni topishingiz mumkin.

Maqola bilan quyida tanishing👇
https://grantlar.uz/blog/cv-nima-qanday-qayerda-tayyorlayman-korinishi-qanaqa-boladi/

@grantlar
👍18🔥8❤7
OSCE Akademiyasidan Qirgʻizistonda 4 haftalik yozgi maktab – barcha xarajatlar qoplanadi!

Yozgi maktab mashgʻulotlari 2023-yilning 1-26-avgust kunlari Bishkek va Issiqkoʻlda oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Iqtisod, xalqaro munosabatlar, siyosiy fanlar yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda bakalavrlik darajasiga ega yoki bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 450 yevro stipendiya
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Viza va registratsiya yordami

Arizalar 2023-yil 16-iyun 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-akademiyasidan-qirgizistonda-4-haftalik-yozgi-maktab-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍61❤6🔥3
Leadership Academy for Development Program in Central Asia: Qozogʻistonda yetakchilik boʻyicha 5 kunlik dastur — barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga ingliz tilini biluvchi yetakchilik va kasbiy tajribaga ega barcha ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2023-yil 21-25-avgust kunlari Olmaota shahrida boʻlib oʻtadi.

Moddiy taʼminot:
– Ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
– Safar (borish-kelish) va turar joy xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 5-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leadership-academy-for-development-program-in-central-asia/

@grantlar
👍57❤9
Zip Code nima? Uni qanday topaman?

Koʻp dasturlarga ariza toʻldirishda biror manzilni yozishda “Zip Code” yozish soʻraladi.

Navbatdagi postimizda "Zip Code" nima ekani va uni qanday topish haqida bilib olasiz.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍42❤8🔥1
Italiyaning mashhur Milan universitetida magistraturani oʻqish uchun 155 ta toʻliq va qisman grant!

Grantlar Milan universitetidagi istalgan magistrlik kursida oʻqish uchun beriladi (ingliz yoki italyan tilida oʻqish mumkin).

Grant imtiyozlari:
– 100 nafar talabaga toʻliq grant beriladi: talaba universitetdagi barcha badallardan (toʻlovi, kitoblar haqi va hk) toʻliq ozod qilinadi.
– 55 nafar talabaga qisman grant beriladi: universitetdagi barcha badallar uchun 6000 yevro chegirma qilinadi.

Arizalar 2023-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-milan-excellence-scholarships/

@grantlar
👍64❤10🔥1
International Summer University: Qozog'istonda barcha bosqich talabalari uchun xarajatlari toʻliq qoplanuvchi yozgi maktab!

Yozgi maktab mashgʻulotlari 2023-yil 31-iyul – 11-avgust kunlari Olmaotada Nemis-qozoq universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab mavzusi: Intermodal transport: an Environmentally Friendly and Profitable Future Concept for Kazakhstan?

Maktab mavzusi boʻyicha qiziqish va tajribaga ega bakalavr, magistr va PhD talabalari ariza topshirishi mumkin.

Moddiy taʼminot:
– Safar xarajati qoplanadi
– Bepul oziq-ovqat (kechki ovqatdan tashqari)
– Bepul turar joy

Maktabga oʻz hisobingizdan ham qatnashishingiz mumkin (1 mln 300 ming soʻm).

Arizalar 2023-yil 24-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-summer-university-qozogistonda-yozgi-maktab/

@grantlar
👍59❤11🔥3
Bepul yozgi maktab va qisqa dasturlari to'plami

Hozirda bir qancha yozgi maktab, konferensiya va qisqa dasturlarga arizalar qabul qilinmoqda. Ularning barchasida to'liq yoki qisman grantlar taklif etiladi.

Quyida ularning ro'yxatini keltirib o'tamiz:

1. Bucharest Summer University:
– Ruminiyada 2023-yil 13-27-avgust kunlari oʻtkaziladi.
Dedlayn: 20.05.2023
– Qatnashish badali uchun toʻliq va qisman grantlar mavjud
– Ingliz tilida boʻladi
– Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari qatnasha oladi.

2. Building for Peace Scholarship:
— Sammit Belfastda 2023-yil 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Dedlayn: 07.06.2023
— Jami 5 nafar yosh yetakchiga grant ajratiladi.
— Ingliz tilida bo'ladi.
— Mehmonxona taʼminlanadi.
— Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
— Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
— Sammit davomidagi transport xarajatlari qoplanadi.

3. World Heritage Young Professionals Forum:
— Forum 2023-yil 3-12-sentabr kunlari Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).
Dedlayn: 05.06.2023
— Xalqaro safar xarajatlari qoplanadi
— Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
— Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi
— Safarga tayyorgarlik koʻrishda va viza olish jarayonida yordam beriladi

4. “Young Turcologists” Summer School:
— Yozgi maktab 2023-yil 18-26-iyun kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi (turk tilida).
Dedlayn: 25.05.2023
— Borish-kelish uchun aviachipta xarajati qoplanadi
— Bepul turar joy, oziq-ovqat taʼminlanadi
— Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi

5. OSCE Summer School:
— Yozgi maktab mashgʻulotlari 2023-yilning 1-26-avgust kunlari Bishkek va Issiqkoʻlda oʻtkaziladi (ingliz tilida).
Dedlayn: 16.06.2023
— 450 yevro stipendiya
— Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
— Viza va registratsiya yordami beriladi

6. Leadership Academy for Development Program in Central Asia:
— Dastur mashgʻulotlari 2023-yil 21-25-avgust kunlari Olmaota shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).
Dedlayn
: 05.06.2023
— Ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
— Safar (borish-kelish) va turar joy xarajatlari qoplanadi

7. International Summer University:
— Yozgi maktab mashgʻulotlari 2023-yil 31-iyul – 11-avgust kunlari Olmaotada Nemis-qozoq universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).
Dedlayn: 24.05.2023
— Safar xarajati qoplanadi
— Bepul oziq-ovqat (kechki ovqatdan tashqari)
— Bepul turar joy bilan ta'minlanadi

Dasturlarning deyarli barchasida xarajatlar to'liq qoplanadi. Yozni bekor o'tkazmay, chet elga chiqib kelishga nima deysiz?😉

@grantlar_namuna
👍81❤21🔥17
Italiya: Milan Politexnika universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 10 ming yevrogacha stipendiya; joy – 136 ta!

Grantlar universitetdagi barcha Master of Science magistrlik kurslari uchun beriladi. Ingliz yoki italyan tilida oʻqish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.
– Grant turiga qarab, yiliga 10 ming yevrogacha stipendiya beriladi.
– Ayrim grantlarda bepul yotoqxona taʼminlanadi.

Arizalar 2023-yil 19-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/italiya-milan-politexnika-universitetining-magistratura-kurslarida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍45❤11🔥3
Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Contents Development
– Shuningdek, koreys tili va madaniyati kurslari

Magistratura kurslari uchun 35% grant taklif etiladi.

Qabul jarayonlari 2023-yil 22-maydan 7-iyungacha davom etadi.

Universitet saytiga kirib, agentlik yordamisiz, ya'ni hech qanday firma to'lovisiz ariza topshirishingiz mumkin.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar va grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

👉
Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
👍36🔥5❤3
Excellence Master Fellowships: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar!

Bu grantlar quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqish uchun beriladi: Astrophysics, Biochemistry, Biology, Chemical Biology, Chemistry, Computer Science, Earth Sciences, Environmental Science, Mathematics, Mathematics and Computer Science, Neuroscience, Pharmacy, Physics Prehistoric Archaeology.

Magistrlik dasturlari toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va fransuz tilida oʻtiqiladi.

Grant miqdori: Grantni qoʻlga kiritganlar yiliga 11-16 ming AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Bu universitetdagi kontrakt summasi miqdori 1 semestr uchun 560 AQSH dollari.

Arizalar qabuli 2023-yil oxirlaridan boshlanadi va 2024-yil 29-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-geneva-excellence-master-fellowships/

@grantlar
👍68❤10🔥6
Vistula University Merit Scholarship: Polshada bakalavriat va magistratura kurslari uchun 100% lik grant; joy - 70 ta!

Gantlar Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavonzlik maktabidagi ingliz tilida oʻqitiladigan istalgan bakalavriat yoki magistratura kursi uchun taqdim etiladi.

2023-2024 oʻquv yili uchun jami 70 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozi: Grantni qoʻlga kiritgan talabalar kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod etiladi.

Qabul muddatlari quyidagicha:
– 2023-yil 1-avgustgacha (2023-yil oktabrdan boshlanadigan oʻqish uchun)
– 2024-yil 15-yanvargacha (2024-yil martdan boshlanadigan oʻqish uchun)

Batafil👇
https://grantlar.uz/vistula-university-merit-scholarship-polsha/

@grantlar
👍56❤11🔥5
SDG Global Summer School: bakalavriat va magistratura talabalari uchun bepul onlayn yozgi maktab

Xitoydagi Zhejiang universiteti va boshqa oliygohlar hamkorligida tashkil etilayotgan bu yozgi maktab mashgʻulotlari 2023-yil 31-iyuldan 14-avgustga onlayn tarzda olib boriladi (ingliz tilida).

Ishtirokchilar barqaror rivojlanish maqsadlari tarkibiga kiruvchi muayyan modullar doirasida bilib olish va koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniga ega boʻladi.

Afzalliklari:
– Ishtirok etish bepul
– Dastur yakunida xalqaro sertifikat
– Xalqaro standartlar asosidagi kurslarda ishtirok etish imkoni
– Barqaror rivojlanish maqsadlari dorisida bilim va koʻnikmalarni oshirish imkoni

Arizalar 2023-yil 31-may 20:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/sdg-global-summer-school-bepul-onlayn-yozgi-maktab/

@grantlar
👍52❤21🔥11
ClimateScience Olympiad 2023: 12-25 yosh boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Dubayga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 12-16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-20 yoshlilar.
– 21-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 dollar
– 2-oʻrin: 3000 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-7-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– 8-10-oʻrinlarning har biri: 500 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– Eng yaxshi 10 ta ishtirokchi Dubayda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi.
– Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.

Qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 2023-yil 10-iyun.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

@grantlar
👍52🔥13❤2
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2023-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 100 ta sovrindor Londondagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, 25 ming nusxada kutubxona va maktablarga tarqatiladi

Sheʼrlar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍48❤10
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1690 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 921 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
👍36❤7🔥1
Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar!

55th World Gallery of Cartoons – Skopje 2023 tanloviga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 1500 dollar va maxsus haykalcha;
– 1-o’rin: 1000 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 2-o’rin: 500 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 5 nafar 3-oʻrin sohiblari va 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.
– Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi.

Ishlar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-gallery-of-cartoons-skopje-tanlovi/

@grantlar
👍44❤9
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍30❤7🔥1
IUCN Leaders Forum: 18-35 yoshlilar uchun Shveytsariyada barcha xarajatlari qoplanuvchi 3 kunlik forum

Dastur 2023-yil 11-13-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Bioxilma-xillikka va tabiat muhofazasiga hissa qoʻshayotgan yoki kelgusiga hissa qoʻshuvchi innovatsion loyihalar ustida ishlayotgan 18-35 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Forumda bepul ishtirok
– Bepul turar joy
– Borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul oziq-ovqat

Arizalar 2023-yil 16-iyun 22:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/iucn-leaders-forum-18-35-yoshlilar-uchun-shveytsariyada-3-kunlik-forum/

@grantlar
👍44❤11
Malaysian Technical Cooperation Programme: Malayziya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Bu dastur Malayziya universitetlarida deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani grant asosida oʻqish imkonini beradi (ingliz tilida).

Ariza topshirish vaqtida 45 yoshdan oshmagan va kamida IELTS 6.0 (yoki shunga teng daraja) sertifikatiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Imtiyozlar:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– Oyiga 763 AQSH dollari stipendiya
– Borish va qaytish uchun bepul aviachipta

Arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/malaysian-technical-cooperation-programme-malayziyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍38❤22🔥6
Qizlar uchun kreativ yozish boʻyicha 2 oylik bepul onlayn dastur!

Storily notijoriy loyihasi tomonidan tashkil etilgan bu dastur qizlarga moʻljallangan boʻlib, dastur seminarlari va mashgʻulotlari Zoom orqali olib boriladi.

Ingliz tilini kamida B2 darajada biladigan qizlar ariza topshirishi mumkin.

2 oy davomida jami 16 ta seminar mashgʻuloti oʻtkaziladi.

Dastur tarkibi:
– Turli yozish uslublari, texnikalarini oʻrganish va yozish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan kreativ yozish boʻyicha seminarlar
– Barqarorlik, sogʻliqni saqlash va texnologiyalar kabi global muammolarni hal qilishga qaratilgan yangi usullarni taqdid qilishga qaratilgan innovatsion seminarlar
– IVY ligasi tarkibiga kiruvchi universitetlarning talabalari bilan tadbirkorlik, ekologik muammolar va boshqa mavzularda suhbatlar

Dasturga arizalar 2023-yil 26-may 23:59 gacha qabul qilinadi.

👉 ARIZA TOPSHIRISH

@grantlar_namuna
👍52❤8🔥7