Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.4K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Qabul muddati 25-fevralgacha uzaytirildi

Turkiye Burslari: barcha bosqichlar va sohalar uchun toʻliq grantlar, yotoqxona, stipendiya va boshqalar!

Ushbu grant Turkiya universitetlarida barcha bosqichlar (bakalavr, magistr, PhD) va sohalarda, jumladan, tibbiyotga oid sohalarda ham oʻqish uchun beriladi.

Nomzodlar ingliz yoki turk tilida oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin. Har yili butun dunyodan taxminan 5000 kishi ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli qoplanadi.
– Oylik stipendiya.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Bepul turar joy.
– Bepul turk tili kursi.

Arizalar 2024-yil 25-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar
👍87❤23🔥14
Creative Writing Course: 13-22 yoshdagi shaxsiy rivojlanishni istovchi ayol-qizlar uchun 1 oylik dastur

Dasturda 13-22 yoshli ayol qizlar qatnashishi mumkin. Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida boʻlgani sababli ingliz tilini kamida B2 daraja bilish lozim.

Dastur mashgʻulotlari onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Manfaatli jihatlar:
– Kreativ yozish, jumladan, turli universitetlar va grantlar/dasturlar uchun motivatsiya xatini yozishni oʻrganish
– Nufuzli universitetlar (Ivy League) talabalari bilan suhbatlar
– Yangi tanishlar orttirish imkoniyati

Arizalar 2024-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/creative-writing-course/

@grantlar
👍65❤9🔥9
GKS dasturi uchun mentorlik kursi

Ko’pchilik talab va istagiga binoan Koreyada to’liq grant asosida o’qish imkoniyatini beruvchi GKS dasturi bo’yicha mentorlik kursini tashkil etmoqdamiz.

Kurs mentorlari:
— Kamola Hamidova - GKS granti g’olibasi);
— Ozodaxon O’ktamova - xalqaro grantlar bo’yicha mentor.

Kurs kimlar uchun: magistratura bosqichini Koreyada to’liq grant asosida o’qimoqchi bo’lganlar uchun.

Kurs davomida GKS dasturiga topshirish uchun kerakli barcha hujjatlar tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar beriladi, hujjatlar mentorlar tomonidan tekshiriladi.

Kursga qabul 2024-yil 28-fevralga qadar davom etadi.

ESLATMA: dasturda ishtirok etish uchun ingliz tilidan IELTS sertifikati va bakalavr diplom bali 80% dan yuqori bo’lishi kerak.

Kurs to'lovi, kurs haqida qo’shimcha savollar va kursga ro'yxatdan o'tish uchun @Ozodakhon_work hisobiga murojaat qiling

@grantlar_namuna
👍51❤9🔥7
World of 8 Billion: Maktab, kollej va/yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun videolar tanlovi

Tanlovda maktabning 6-sinf va undan yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/akademik litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Videoda belgilangan muammolarga yechim taklif qilish kerak. Videolar ingliz tilida yoki istalgan boshqa tilda (inglizcha subtitir bilan) yaratilishi mumkin.

Mukofotlar

Tanlov gʻoliblari 300 dollardan 1200 dollargacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2024-yil 6-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-of-8-billion-videolar-tanlovi/

@grantlar
👍47❤10🔥5
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2024- yoki 2025-yil bitiradiganlar yoki 2023-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2024-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
👍36🔥8❤6
Z Zurich Foundation Scholarship 2024: Kanadadagi 4 kunlik sammit uchun toʻliq grant!

Z Zurich jamgʻarmasi One Young World sammitida (2024-yil 18-21-sentabr) qatnashish imkonini beruvchi ruhiy farovonlikni yaxshilash, iqlim oʻzgarishiga moslashish va ijtimoiy tenglikni taʼminlash bo'yicha loyihalar ustida ishlovchi yoshlar uchun grantlar eʼlon qildi. Grantlar jami 30 nafar nomzodga ajratiladi.

Sammit ingliz tilida olib boriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi qatnovlar uchun transport taʼminlanadi.

Arizalar 2024-yil 20-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/https-grantlar-uz-z-zurich-foundation-scholarship-2024/

@grantlar
👍51❤12🔥4
Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq!

Ushbu xalqaro insholar tanloviga 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– 14 yoshgacha boʻlganlar;
– 15-25 yoshlilar.

Bu yilgi tanlov mavzusi: My Experience of Overcoming Conflict (Ziddiyatni yengish boʻyicha tajribam)

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (660 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2024-yil 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/goi-peace-foundation-25-yoshgacha-bolganlar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍56❤11🔥6
Qabul boshlandi

Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 650-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2024-yil 30-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

👉 Shu grant boʻyicha mentorlik kursi

@grantlar
👍62🔥15❤10
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2024-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
👍76❤5
Jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun Germaniyada 2 haftalik bepul yozgi maktab; transport, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!

Yozgi maktab Germaniyadagi Dortmund shahrida 2024-yil 14-27-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Dastur mashgʻulotlari rus va ingliz tilida olib boriladi.

Dasturga kamida 18 yosh boʻlgan jurnalist, bloger va siyosiy fanlar, jurnalistika, sotsiologiya kabi sohalardagi tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.

Moddiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Transport, turar joy, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 16-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-summer-school-of-journalism-and-socio-cultural-research/

@grantlar
👍54❤11🔥1
EducationUSA Academy Connects: 15-17 yoshli oʻquvchilar uchun AQSH universitetlariga kirish boʻyicha tayyorlov kursi!

Dastur maktabning yuqori sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, ingliz tilida, onlayn tarzda boʻlib oʻtib. Kurslar AQSH universitetlari tomonidan olib boriladi.

Foydali jihatlar:
– Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi
– AQSH universitetlariga qabul jarayoni bilan tanishish
– Universitetlarga virtual tashrif
– Madaniy mashgʻulotlar

Arizalar 2024-yil 1-mart 15:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/educationusa-15-17-yoshlilar-uchun-aqshda-oqish-imkoniyatlari-haqida-onlayn-dastur/

@grantlar
👍53❤10🔥7
Yozgi/qishki maktablar: Chet elga chiqishning kam eʼtibor beriladigan usuli

Biror xorijiy tilni oʻrgangan koʻpchilik chet elga borishni, u yerdagi odamlar va hayot tarzi bilan tanishishni xohlaydi. Yozgi/qishki maktablar bu uchun qulay, ayrim hollarda hamyonbop va hatto bepul imkoniyatdir.

Bugungi postda bunday maktablarning afzalliklari haqida maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/yozgi-qishki-maktablar-chet-elga-chiqishning-kam-etibor-beriladigan-usuli/

@grantlar
👍62🔥6❤3
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2024-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍70❤14
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar berilgan mavzu boʻyicha ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍32❤13🔥1
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2024-yilda o'qishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar
👍80❤18🔥16
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 5000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 1250 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 250 dollar;

Insholar 2024-yil 25-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍32❤6🔥6
France Excellence: Magistraturani Fransiyada oʻqimoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar uchun maxsus grant!

France Excellence (sobiq BGF granti) – magistraturani Fransiyada oʻqimoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar uchun ajratildigan Fransiya hukumati grantidir. Grant istalgan soha boʻyicha oʻqish uchun ajratiladi.

Nomzodlar ingliz yoki fransuz tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Dastur imkoniyatlari (1 yil uchun):
– 860 yevro oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Sugʻurta xarajati qoplanadi
– Viza toʻlovi qoplanadi
– Yotoqxonadan joy olishda ustunlik beriladi

Arizalar 2024-yil 22-martgacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL 👈

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimizning grant uchun topshirgan hujjatlari

@grantlar
👍55❤7🔥1
Bakalavriat va magistratura uchun Koreya milliy san’at universitetining AMA+ toʻliq granti!

Arizalarni koreys yoki ingliz tilida topshirish mumkin. Grantlar ushbu universitetda mavjud sanʼatga oid yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi
– Koreyaga borish va qaytish uchun aviachipta beriladi
– 600 dollar oylik stipendiya
– Oʻqish boshlanishidan oldin 6 oylik bepul koreys tili kursi
– Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi
– Joylashib olish uchun 150 dollar mablagʻ
– Koreya tili malakasi puli (oyiga 75 dollar)
– Bitiruv ishi uchun mablag' (750 dollar)

Qabul 2024-yilning 21-martidan 31-martigacha davom etadi.

MUHIM: Onlayn ariza topshirish muddati qisqa (10 kun). Shu sababli, qabul boshlanishini kutmasdan, hujjatlarni hozirdan tayyorlashga kirishish tavsiya etiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koreya-bakalavriat-va-magistratura-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-borish-kelish-xarjatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍41❤7🔥7
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 2000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 500 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 100 dollar.

Insholar 2024-yil 25-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍34❤2🔥2
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega va ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
👍55🔥13❤6