Grantlar.uz
79.5K subscribers
8.38K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– PhD darajasi yoki muqobil kasbiy malakaga va 10 yillik tajribaga ega nomzodlar.

Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
– AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2025-yil 20-sentabrgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
❤18👍5🔥4
Excellence Master Fellowships: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar!

Bu grantlar quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqish uchun beriladi: Astrophysics, Biochemistry, Biology, Biomedical Sciences, Chemical Biology, Chemistry, Computer Science, Earth Sciences, Environmental Science, Mathematics, Mathematics Computer Science and Numerical Sciences, Neuroscience, Pharmacy, Physics, Prehistoric Archaeology.

Magistrlik dasturlari toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va fransuz tilida oʻtiqiladi.

Grant miqdori: Grantni qoʻlga kiritganlar yiliga 12 500-18 750 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Bu universitetdagi kontrakt summasi miqdori 1 semestr uchun taxminan 624 AQSH dollari.

Arizalar qabuli 2025-yil sentabrdan 2026-yil 28-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-geneva-excellence-master-fellowships/

@grantlar
❤34👍12
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
– 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
– 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
– Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 500 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2025-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
❤23🔥5👍3
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Har yili taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi taxminan 9-12 ming yevro.

Qabul muddatlari:
- 2025-yil 15-oktabrdan 2026-yil 1-fevralgacha
- 2026-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
❤25🔥7👍4
International Local Authorities Internship: Bakalavrlar va bakalavriatni yaqinda bitirganlar uchun Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot!

Amaliyot 2025-yil 31-avgust – 7-sentabr kunlari Turkiyada boʻlib oʻtadi. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak (til sertifikati talab etilmaydi).

Ishtirokchilar dastur davomida mahalliy boshqaruv bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladi.

Dastur imtiyozi: dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish va kelish, turar joy, oziq-ovqat, viza va h.k.) tashkilotchilar tomonidan toʻliq qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 30-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-local-authorities-internship/

@grantlar
❤47👍14
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2025-yil 10-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
❤24👍23
International Computer Science Competition – barcha yoshdagi o’quvchi va talabalar uchun xalqaro tanlov

Bu tanlovda maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari qatnashishi mumkin. Tanlov onlayn tarzda va ingliz tilida oʻtkaziladi.

Ishtirokchilardan tegishli masalalarni yechib talab etiladi.

Mukofotlar: Sovrindorlar turli miqdordagi pul mukofotlari va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 24-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-computer-science-competition/

@grantlar
❤24👍11
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 1250 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun yiliga 310 yevro mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2025-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar
❤33👍5🔥1
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2025-yil 15-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
❤38👍10🔥5
Future For Nature Awards 2026 tanlovi: mukofot – 50 ming yevro va Niderlandiyaga sayohat!

Bu tanlovdan yovvoyi tabiatni muhofaza qilishga oid loyihalar bilan shugʻullanuvchi 18-35 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 3 nafar gʻolibning har biriga oʻz loyihasiga ishlatish uchun 50 000 yevrodan mukofot
– Gʻoliblar Niderlandiyadagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi, turar joy va safar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 26-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/future-for-nature-awards/

@grantlar
❤45🔥7👍5
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Data Science
– Media and Human-Centered Computing
– Software Engineering and Internet Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 7000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
❤33👍18
Worldpackers: Dunyo bo'ylab sayohat qilishning kamxarj usuli

Qanday qilib kamroq pul sarflab, ko'proq sayohat qilsam ekan, deb o'ylanayotganlar uchun maxsus maqola.

Ushbu maqolada Yevropa va Osiyo bo'ylab deyarli bepul sayohatga chiqqan o'zbek qizi oʻzining shaxsiy tajriba va tavsiyalari bilan bʻ'lishadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/worldpackers-dunyo-boylab-bepul-sayohat/

@grantlar
❤43👍20
🚀 Uzum to‘lov bilan 50 000 so‘m va 5% gacha keshbek oling


Uzum ilovasida QR orqali to‘lang — va foyda oling:
• Uzum kartadan to‘laganda 5% gacha keshbek
• 30 kungacha ortiqcha to‘lovlarsiz nasiya

Shunchaki onlayn rasmiylashtiring, kamida 50 000 so‘mga xarid qiling — va bonusingizni oling
📍Kartani rasmiylashtirish
❤21👍4
Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari

DAAD tomonidan taqdim etiladigan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi (ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin).

Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2026-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.

Grant imtiyozlari:
– Oyiga 992 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.

Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Oʻqish 2026-yil kuzidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grantlar
❤40👍14🔥3
Kanada: Dunyoning 21-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan Lester B. Pearson International Scholarship granti ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2026-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar 2025-yil 10-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

Maʼlumot uchun: Toronto universiteti nufuzi boʻyicha Kanadada 1-oʻrinni, dunyoda 21-oʻrinni egallab turibdi.

@grantlar
👍30❤28
Maktab oʻquvchilari uchun “Jadid bobomga maktub” nomli insholar tanlovi: mukofot jamgʻarmasi 37 mln soʻm!

“Jadid” gazetasi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda oʻtkazayotgan bu tanlovda maktab oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilardan daftar varagʻining 80 qatoridan oshmagan inshoni qoʻlda xatosiz yozish va tahririyat manziliga yuborish talab etiladi.

Mukofotlar

Tanlov g‘oliblari diplom, jadid bobolar qalamiga mansub kitob jamlanmasi va quyidagicha pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
– 1 ta birinchi o‘rin: 5 mln soʻm
– 2 ta ikkinchi o‘rin: har biri 4 mln soʻm
– 3 ta uchinchi o‘rin: har biri 3 mln soʻm
– 10 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin: har biri 1 mln soʻm

Insholar 2025-yil 20-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsiil👇
https://grantlar.uz/jadid-bobomga-maktub/

@grantlar
❤27👍17
Expatrio Scholarship tanlovi: Germaniyada o’qish uchun 15 ming yevrogacha grant

Bu tanlov 2025-yil oktabrdan boshlab Germaniyada istalgan bosqichda oʻqishni rejalashtirayotganlar uchun moʻljallangan.

Ishtirokchilardan berilgan mavzuda 2 daqiqadan oshmaydigan video tayyorlash va topshirish talab etiladi (ingliz, nemis yoki ona tilida).

Mukofotlar: Sovrinli oʻrinlar – 10 ta. Sovrindorlar 300 yevrodan 15 000 yevrogacha pul mukofotlari va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/expatrio-scholarship/

@grantlar
❤24👍7🔥5
“SILK ROAD ACADEMY”da hali ham kuzgi qabul E-VISA uchun imkon bor!

🎉E- VISA 2-KUNGA QOLMAY CHIQADIGAN MOKWON UNIVERSITETI (Koreya) — KUZGI SEMESTER UCHUN QO‘SHIMCHA QABULNI ELON QILADI! 🎉

📍 Daejeon shahri markazida joylashgan nufuzli universitet!

Qabul bosqichlari:
🔹 Til kursi (TOPIK 1 + 3 oylik bank shoti bo'lishi kerak)
🔹 Magistratura / PhD (faqat TOPIK 3 darajasi bilan)

Asosiy yo‘nalish:
Koreys tili fakulteti

💸 Stipendiya: 50% grant (bitirgunga qadar saqlanib qoladi!)

Afzalliklar:
✅ Kontrakt narxi arzon
✅ Kuchli E-visa bilan chiqish imkoniyati
✅ Darslar haftasiga atigi 1 kun
✅ Ishlash uchun yaxshi sharoit
✅ Arzon va xavfsiz yotoqxona
✅ Qizlar uchun xavfsiz muhit
✅ Yuqori sifatli ta’lim kafolati

DIQQAT!
Faqat Topik bilan qabul bor, IELTS bilan imkonsiz.

⏰ Vaqt juda oz qoldi!

Murojaat uchun:
@KnuF_3
+998-95-106-28-80
❤27👍6🔥6
Future Leaders Program 2025: Vengriyada xalqaro siyosatga qiziqqan yoshlar uchun 3 oylik amaliyot

Ushbu dastur 2025-yil 15-sentabrdan 15-dekabrgacha Vengriyaning poytaxti Budapesht shahrida joylashgan HIIA bosh ofisida oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Dasturga 30 yoshdan oshmagan va tegishli yoʻnalishlardan birida bakalavrlik diplomiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul.
– Dastur davomida belgilangan vazifalar bajarilgach, stipendiya shaklida umumiy mablag‘ to‘lab beriladi.
– Budapeshtga borish-kelish xarajatlari qoplab beriladi
– Har oy  555 dollari turar joy uchun ajratiladi

Arizalar 2025-yil 8-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/future-leaders-program/

@grantlar
❤24👍15🔥4
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 16,5 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 3-6 oy davom etadi.

Arizalar 2025-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
❤22👍10