Grantlar.uz
79.5K subscribers
8.38K photos
49 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Webinarga tayyormisiz: NSP — hujjat topshirish, formal talablar, baholanish tartibi, "rejection" sabablari

Agar siz NSP dasturi bo'yicha hujjat topshirayotgan bo'lsangiz, 24-oktyabr kuni bo'lib o'tadigan onlayn webinarga taklif qilamiz.

Webinat tashkilotchilari: Grantlar.uz hamkorligida NSP bo'yicha mentorimiz, ushbu dastur 3 karra g'olibasi Ozodaxon O'ktamova tomonidan olib boriladi.

Webinar kimlar uchun?
Webinar NSP dasturiga topshirayotgan barcha kategoriyadagilar — talabalar, PhD talabalari, tadqiqotchilar, universitet o'qituvchilari uchun. Qabul xati olgan va olmaganlar ham qatnasha oladi

Nimalar o'rgatiladi:
Dasturga hujjatlarni yuklashda yuzaga keladigan eng ko'p muammolar va ularning yechimlari, motivatsion xat, tavsiyanoma va boshqa hujjatlarni tayyorlashda muhim omillar: hajmi, mazmuni. Bahonalish tartibi haqida.

NSP dasturiga hujjat topshirganingizda hujjatlar 2 bosqichda tekshiriladi:
1-bosqich: formal talablar, ya'ni dastur uchun boshlang'ich talablar, imzo, pechat, sanalar, diplom, transkriptlar va boshqa muhim jihatlatlar.

Shu bosqichdan o'tsagina, hujatlar keyingi bosqichda tekshiriladi, aks holda hujjatingiz, profilingiz qanchalik zo'r bo'lmasin, hujatlaringiz tekshirilmaydi va avtomatik "rejection" olasiz

2-bosqich: bunda tayyorlangan hujjatlar, yutuq va maqsadlarga qarab ballik tizimda baholanadi. Bafurja webinarda aytiladi.

Eng asosiysi: Dasturga ro'yxatdan o'tish, hujjatlarni to'liq yuklash va topshirish ko'rsatiladi. Webinarda qatnashish istagidagilar @gn_work ka murojaat qilishi mumkin.

Webinar so’nggida ishtirokchilar dastur bilan bog’liq savollarga havib olishlari mumkin!

Qatnashish narxi atigi 100 ming so’m!

@Grantlar_namuna
❤18👍14🔥11
Shvetsiya: Uppsala universitetining magistratura dasturlarida o'qish uchun 100% lik grant!

Nufuzi boʻyicha dunyoda 93-oʻrinda turuvchi Uppsala universiteti magistraturada oʻqish uchun Uppsala University Global Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantlarni Uppsala universitetidagi istalgan magistrlik dasturi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: bu grant talabani kontrakt summasini toʻlashdan 100% ozod qiladi.

Arizalar 2026-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/sweden-uppsala/

@grantlar
❤28👍14
SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturga biologiya, tibbiyot yoki biologiyaga kuchli diqqat qaratiladigan boshqa aloqador soha boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2026-yil iyul-avgust oylarida Lozanna universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Dasturga jami 15 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Iqtisdoiy imtiyozlar:
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1870 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1500 dollargacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Arizalar 2025-yil noyabr oyidan 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summer-undergraduate-research-sur/

@grantlar
❤23👍10🔥4
Justus & Louise van Effen Scholarships: Gollandiyada magistratura uchun to'liq grant va stipendiya!

Gollandiyadagi Tu Delft universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlaganlarga The Justus & Louise van Effen Scholarships grant dasturini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.
– Shaxsiy rivojlanish mashgʻulotlari, seminarlar, treninglar va h.k.larda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Dastur doirasida har bir fakultet uchun 2 nafar talabaga grant ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tu_delft_grant_msc/

@grantlar
❤30👍5🔥2
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar
– 2-oʻrin: 750 dollar
– 3-oʻrin: 500 dollar

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2025-yil 31-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
❤37🔥7👍4
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2025-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
❤26🔥5👍1
Open Doors onlayn olimpiadasi; 400 nafar sovrindorlar Rossiyada bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida grant asosida oʻqiydi!

Open Doors olimpiadasida bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Olimpiada 14 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn tarzda boʻladi, unda ingliz yoki rus tilida ishtirok etish mumkin.

Sovrindorlarga beriladigan imkoniyatlar:
– Yoʻnalishiga mos istalgan magistrlik yoki PhD kursiga imtihonsiz va toʻlovlarsiz kirish.
– Oʻqishdagi toʻlov-kontrakt summasi Rossiya hukumati tomonidan toʻliq qoplanadi.
– Oylik stipendiya berilishi mumkin.

Odatda har yili 400 nafargacha ishtirokchi sovrindor boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2025-yil 16-noyabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-open-doors-onlayn-olimpiadasi/

@grantlar
❤38👍9🔥1
Youth and Climate Governance: Road to COP30 – Toshkentda iqlim siyosatiga qiziquvchilar uchun konferensiya

Ushbu konferensiyada iqlim boshqaruvi va siyosatiga qiziquvchi va ingliz tilini biluvchi nomzodlar qatnashishi mumkin. Konferensiya 2025-yil 4-noyabrda Toshkentda oʻtkaziladi.

Manfaatli jihatlari:
– COP sammitlarida qatnashgan yoshlar bilan muloqot
– O‘zbekiston milliy delegatsiyasi vakillari bilan bevosita muloqot
– Iqlim diplomatiyasi bo‘yicha mini-muzokaralarda qatnashish
– Iqlim siyosati va yoshlar faolligini amaliy tarzda o‘rganish

Arizalar 2025-yil 2-noyabr 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil 👇
https://grantlar.uz/youth-and-climate-governance/

@grantlar
❤21👍8🔥3
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤28🔥8👍3
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moliyaviy imkoniyatlari:
– 8056 dollar stipendiya.
– Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2025-yil 12-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/

@grantlar
❤28👍6🔥2
Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1800 CHF (taxminan 2261 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar qabuli 2025-yil 30-noyabrgacha davom etadi (2026-yilgi yozgi amaliyot uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

@grantlar
❤12🔥11👍9
UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot Yaponiyadagi 1-raqamli oliygoh – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Jami 10 nafar atrofida bakalavr qabul qilinadi.

Biologiya va unga aloqador boshqa fanlar (jumladan, tibbiyot) boʻyicha bakalavriatdan keyingi taʼlimni olishni hamda karyera qilishni xohlovchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot sanasi: 2026-yil 4-iyundan 6-avgustgacha.

Imtiyozlar:
– Bepul turar joy
– 280 000 JPY (1818 dollar) stipendiya
– Yaponiyaga borish-kelish uchun aviachipta

Arizalar 2026-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utokyo-amgen-scholars-program-bakalavrlar-uchun-yaponiyada-8-haftalik-amaliyot/

@grantlar
❤36👍7🔥4
Shveytsariya: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

ETH Student Summer Research Fellowship – ETH Zurich universitetining Kompyuter fanlari fakulteti tomonidan taklif etiladigan 2 oylik amaliyot dasturi.

Dasturda kompyuter fanlari va unga yaqinda aloqador sohalar (elektrotexnika, matematika, fizika va h.k) bo'yicha o'qiyotgan bakalavriat va magistratura talabalari qatnasha oladi.

Amaliyot 2026-yil 1-iyuldan 28-avgustgacha boʻlib oʻtadi va ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Yashash va turar joy xarajatlari uchun 4800 dollar stipendiya.
– Viza va safar xarajatlari qoplanadi.
– Viza olish masalalari boʻyicha maʼlumot va maslahatlar beriladi.

Arizalar 2025-yil 16-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eth-student-summer-research-fellowship-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-2-oylik-amaliyot/

@grantlar
🔥28❤25👍4
Lucerne Summer University: Magistratura talabalari uchun Shveytsariyada 1 haftalik yozgi maktab; barcha xarajatlar qoplanadi!

UNESCO homiyligidagi ushbu dasturda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlari 2026-yil 8-13-may kunlari Shveytsariyda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish mutlaqo bepul
– Toʻliq moliyaviy yordam mavjud: borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-lucerne-summer-university-ethics-in-a-global-context-lsue/

@grantlar
❤29👍13
World of 8 Billion: Maktab, kollej va/yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun videolar tanlovi

Tanlovda maktabning 6-sinf va undan yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/akademik litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Videoda belgilangan muammolarga yechim taklif qilish kerak. Videolar ingliz tilida yoki istalgan boshqa tilda (inglizcha subtitir bilan) yaratilishi mumkin.

Mukofotlar

Tanlov gʻoliblari 300 dollardan 1200 dollargacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2026-yil 4-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-of-8-billion-videolar-tanlovi/

@grantlar
❤27👍3
Barcha bosqichlar uchun Vengriya hukumati grantlari

Vengriya hukumatining Vengriya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Oʻzbekistonliklar dastur doirasida quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Bir bosqichli magistratura
– Doktorantura (PhD)
– Yuqoridagi barcha bosqichlar boʻyicha 1 yoki 2 semestrlik talaba lamashinuvi dasturi

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Bepul turar joy beriladi.
– Oylik stipendiya (110-460 yevro).
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2026-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vengriya-bakalavriat-magistratura-va-tayyorlov-kurslari-uchun-toliq-grantlar-bepul-turar-joy/

@grantlar
❤24👍20
“INSON” loyihasi doirasida tadqiqotlarni boshqarish bo‘yicha bepul oʻquv kursi

Ushbu oʻquv kursida tadqiqot olib borishni rejalashtirayotganlar va tadqiqot olib borayotganlar qatnashishi mumkin. Kurs davomiyligi 40 soatdan iborat va mashgʻulotlar Toshkentda oʻtkaziladi.

Manfaatli jihatlari:
– Ishtirok etish bepul
– Zamonaviy ilmiy-tadqiqot va loyiha boshqaruvi ko‘nikmalarini o‘rganish imkoniyati

Arizalar 2025-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tadqiqotlarni-boshqarish-boyicha-bepul-o%ca%bbquv-kursi/

@grantlar
❤26👍12
MCW Young Leaders Fellowship: Yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha 1 yillik dastur; 10 kuni AQSHda oʻtkaziladi – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda 18-26 yoshli, ingliz tilini yaxshi biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar taʼlim, sogʻliqni saqlash yoki iqtisodiy xavfsizlik sohasiga oid muammo boʻyicha ish olib boradi.

Dasturda qatnashish bepul. Asosiy mashgʻulotllar onlayn tarzda olib boriladi, 10 kun (2026-yil 21-30-iyul) AQSHda malaka oshiriladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– AQSHga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Dastur yuzasidan mahalliy qatnovlar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 3-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-leaders-fellowship-program/

@grantlar
❤23👍10🔥1
CV nima: qanday, qayerda tayyorlayman? Ko'rinishi qanaqa bo'ladi?

Koʻpgina dasturlarda nomzodlardan CV soʻraladi. Bunda nomzodlarda “CV nima oʻzi?”, “Uni qanday tayyorlayman?” va shu kabi boshqa savollar tugʻilishi mumkin.

Grantlar.uz jamoasi CV va uni EuroPass formatiga (eng ommabop formatlardan biri) tayyorlash haqida maqola tayyorlagan. Undan CVʼga oid eng muhim maʼlumotlarni topishingiz mumkin.

Maqola bilan quyida tanishing👇
https://grantlar.uz/blog/cv-nima-qanday-qayerda-tayyorlayman-korinishi-qanaqa-boladi/

@grantlar
👍22❤19🔥2
Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi

Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin.

Gʻoliblar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi:
– AQSHda 3 haftalik kursda oʻqish puli qoplab beriladi.
– G'olib maqolalar belgilangan talablarga mos bo'lsa, rasmiy nashrda chop etiladi

Maqolalar qabuli 2026-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/human-rights-essay-award-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
❤31👍7🔥1