Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.38K photos
49 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
UTRIP: Bakalavrlar uchun Yaponiyaning Tokio universitetida haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Bu dasturga tabiiy fanlar yoki ularga aloqador sohalarda tahsil olayotgan bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot mashgʻulotlari 2026-yil 24-iyundan 4-avgustgacha davom etadi (ingliz tilida). Amaliyot davomida ishtirokchilar tegishli laboratoriyalardagi tadqiqotlarda qatnashadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 1088 dollargacha bir martalik mablagʻ
– Bepul turar joy taʼminlanadi

Arizalar 2026-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrip-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤30👍6🔥4
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Har yili taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi taxminan 9-12 ming yevro.

Qabul muddatlari:
- 2026-yil 1-fevralgacha
- 2026-yil 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
❤34👍13🔥11
Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Kioto universitetida barcha xarajatlari qoplanuvchi 8 haftalik amaliyot!

Bu dasturda ishtirokchilar tabiiy fanlar (jumladan, tibbiyot) va biotexnologiyaga oid bir qancha sohalar boʻyicha tadqiqotda qatnashadi.

Mashgʻulotlar 2026-yil 5-iyundan 6-avgustgacha Yaponiyaning Kioto universiteti laboratoriyalarida olib boriladi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Borish-kelish xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1170 dollar stipendiya beriladi

Arizalar 2026-yil 1-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/amgen-scholars-program-kyoto-university/

@grantlar
❤17👍10🔥9
Are you a 9th grader with ideas you want to turn into real impact?

Not sure where to start?

✨ Applications for the Oxiana Fellowship are now open!

The Oxiana Fellowship is a 4-month international program designed to help motivated students develop and implement their own projects. Fellows gain practical skills, work alongside driven peers, and receive guidance from experienced mentors from around the world.

Who can apply?
✅ 9th-grade students
✅ Open to students from all countries
✅ Functional English proficiency

Fellows build real projects, develop leadership skills, and learn from experienced mentors!

📌 Apply here:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeGU4omJsCPDcyxDdy0N1kwY6WbkI14SeRyHypa74MM0NuyIw/viewform?usp=header

🗓 Application deadline: 18.01.2026
❤49🔥14👍10
AScI internship programme: Bakalavr, magistr va bitirivchilar uchun Finlandiyada xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot 2026-yil iyun-avgust oylarida 12 hafta davomida Aalto universiteti kampuslaridan birida oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.

Dastur doirasida amaliy fizika, kompyuter fanlari, muhandislik, nevrologiya, biotibbiy muhandislik kabi bir qancha sohalarga oid tadqiqot loyihalarida qatnashish mumkin.

Moddiy taʼminot:
– Kamida 2000 yevro oylik maosh toʻlanadi.
– Safar xarajatlari uchun bonuslar ajratiladi.

Arizalar 2026-yil 7-yanvardan 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/asci-internship-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-finlandiyada-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤32👍8🔥4
Bank Internship Program (BIP): Barcha bosqichlar talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Ushni dastur Jahon bankining Vashington ofisi yoki boshqa ofislarida kamida 4 hafta amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Bu dasturga bakalavriatning oxirgi kursida, magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olayotgan talabalar ariza berishi mumkin.

Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab etiladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Soatbay ish haqi toʻlanadi.

Arizalar 2026-yil 19-yanvardan 17-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bank-internship-program-bip-magistratura-va-phd-bosqichi-talabalari-uchun-jahon-bankida-haq-tolanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤47👍14🔥7
Stipendium Hungaricum grantiga uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 8 kun qoldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi farmatsevtika, kimyo, biologiya va biotexnologiya yo‘nalishidagi eng iqtidorli 100 ta nomzodni saralab oladi va Stipendium Hungaricum grant uchun ularga MAXSUS TAVSIYANOMA beradi.

Agentlikning ushbu tavsiyanomasi:
– Vengriya universitetlariga (Szeged va Debrecen) qabul qilinish imkoniyatini keskin oshiradi.
– Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga grant gʻolibi bo‘lishingiz uchun sizni “ustuvor nomzod” sifatida ko‘rsatadi.

Talablar:
– IELTS kamida 5.5
– Baholar (Transcript) tayyor bo‘lishi kerak
– Yo‘nalish: farmatsevtika, kimyo, biologiya va biotexnologiya

Eng birinchi bo‘lib hujjat topshirgan va talabga javob beradigan 100 ta nomzod tanlab olinadi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://forms.gle/oDGAsiBzSUGcbU2eA
❤33👍12🔥3
ETH Robotics Student Fellowship: Talabalar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga robototexnika yoki shunga yaqin sohalarda (mashinazoslik, elektrotexnika kabi) oʻqiyotgan magistrlar yoki bakalarviatning oxirgi bosqich talabalari ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot ingliz tilida, 2026-yil 30-iyundan 28-avgustgacha boʻladi.

Imkoniyatlar:
– 5011 dollar stipendiya
– Safar va viza xarajatlari qoplanadi
– Turar joy tashkillashtiriladi

Arizalar 2026-yil 14-yanvardan 27-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eth-robotics-student-fellowship-talabalar-uchun-shveytsariyada-2-oylik-amaliyot/

@grantlar
❤27👍9🔥2
Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Grantlar.uz jamoasi xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalardan iborat material tayyorlagan.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
❤29🔥12👍7
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
❤33👍15🔥9
15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Bu dasturda qatnashish uchun 2008-yil 12-iyuldan 2011-yil 12-iyulgacha sanalar oraligʻida tugʻilgan boʻlish kerak.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– Viza toʻlovi qoplanadi.
– AQSHga borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy transport taʼminalandi.
– Favqulodda tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2026-yil 20-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/15-17-yoshli-qizlar-uchun-aqshda-techgirls-yozgi-oromgohi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

Foydali:

👉 Shu dastur gʻolibasi bilan suhbat

@grantlar
❤46👍17🔥7
Turkiya burslari boʻyicha mentorlik kursi uchun yangi guruh va individual darslarga qabul!

Koʻplab nomzodlarning talablariga binoan, @Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik kursi uchun yangi guruh ochilayotganini eʼlon qiladi.

Kurs kim uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kursni kim olib boradi?

Kurs Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Kurs mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 2026-yil 10-yanvar, soat 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi.

Kurs, kurs narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev
❤31👍3🔥2
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar
– 2-oʻrin: 750 dollar
– 3-oʻrin: 500 dollar

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2026-yil 31-martgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
❤36👍12🔥3
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2026-yil fevral oyidan 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
❤35🔥24👍6
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
❤23👍12🔥8
Italiyada grant asosida tahsil olishni xohlovchilar uchun mentorlik kursi!

Maʼlumot uchun: Italiyada bakalavriat va magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish mumkin. Foundation dasturi uchun grant mavjud emas.

Italiyada toʻliq grant asosida tahsil oluvchi mentor Erkinov Shoxbos “Italiyada taʼlim” mentorlik kursini tashkil qilmoqda.

Kurs kimlar uchun?
– Foundation, bakalavriat va magistratura bosqichini Italiyada oʻqishni xohlovchhilar uchun.

Kurs quyidagilarni qamrab oladi:
– Real maqsad qoʻyish (kirish ehtimoli asosida dastur tanlash)
– Profil tahlili (GPA, til, byudjet, diplom/attestat, tajriba)
– Qabul talablari, muddatlar, ehtimoliy ariza toʻlovi va boshqa toʻlovlar
– Diplom/transcript (tarjima + notarial tasdiqlash + apostil)
– Professional email yozish
– CV, motivatsiya xati, shaxsiy bayon, portfolio va tavsiyanoma kabi hujjatlarni tayyorlash
– Ariza topshirish jarayoni (akkaunt ochish, hujjatlarni yuklash, hujjatlarni nomlash tartibi, ariza toʻlovi boʻlsa qanday toʻlash va h.k.)
– Intervyuga tayyorgarlik (agar boʻlsa)
– Mos grantlarni topish, grant uchun hujjatlarni qanday tayyorlash
– Viza uchun ariza topshirish jarayoni (hujjatlar, intevyuga tayyorgarlik va h.k.)
– Ketish oldi tayyorgarligi va boshqalar

Bu kurs uchun qabul 2026-yil 20-yanvar, 23:59 gacha davom etadi.

Mentor haqida qisqacha
– Erkinov Shoxbos Italiyaning Tusha universitetida UNITUS Scholarship toʻliq stipendiyasi asosida oʻqiydi (magistr).
– Mentorlik kurslari orqali 200 dan ortiq oʻquvchini tayyorlagan
– IFWY International Forum (Shveytsariya), World Youth Festival (Rossiya), HPAIR Conference (AQSH), MCW Global Young Leaders Fellowship (AQSH) va boshqa dasturlar gʻolibi.
– Rektor stipendiyasi va Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi granti sohibi.
– Erasmus+ doirasida Turkiya, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Xorvatiya va Fransiyada almashinuv dasturlarida qatnashgan.

Roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qiling:
@MrAsgo_admin

☝️MUHIM: Murojaat qilishdan oldin USHBU QOʻLLANMA bilan batafsil tanishib chiqing. Unda kurs tarkibi, ayrim talablar va narxlar haqida batafsil maʼlumot berilgan.
❤29🔥8👍4
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2026-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
❤24👍14🔥11
Fulbright TEA: Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga ingliz tili, xorijiy til sifatida ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, xorijiy tillar, jurnalistika yoki kommunatksiyalardan dars beruvchi oʻqituvchilar qatnashishi mumkin. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak, lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza olishda yordam.
– AQSHga borish va kelish, AQSH ichida harakatlanish uchun aviachiptalar.
– Akademik dasturga qatnashish haqlari toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Qoʻshimcha xarajatlar uchun kunlik mablagʻ.
– Yuk uchun mablagʻ.
– Dastur yakunlangach kichik grantlarga ariza berish imkoniyati.

Arizalar 2026-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-tea/

@grantlar
❤42👍11🔥8
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2026-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 2 oy davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik, matematika yoki shu sohalarga aloqador soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 115 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2026-yil 26-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤30👍11🔥5
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 15,36 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 3-6 oy davom etadi.

Arizalar 2026-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
❤40🔥5👍4