Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.38K photos
51 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2026-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2027-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2026-yil 15-noyabrdan 2027-yil 11-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
❤23👍3
🇰🇷 Koreyada o'qib, qonuniy ishlash mavzusida onlayn vebinar!

Kimlar uchun:
2027-yil bahorgi qabulda Janubiy Koreyada o'qimoqchi yoki o'qib ishlamoqchi bo'lganlar uchun

📅 5–6-oktabr, soat 20:30
🎥 Onlayn, jonli efirda
🏫 20 ga yaqin universitetlarni talablari va ularga kirish tartibini koreyadagi vakillarimiz bilan birgalikda BEPUL master-klassimizda tushuntirib o'tamiz

Jonli efirda nimalarni bilib olasiz:

🎁 Koreya Universtetlarini tanlashdan boshlab 4 yillik online supportgacha 16 bosqich bo'yicha ma'lumot
🎁 Qaysi universitet aynan sizga mos va tanlashda nimaga tayanish kerak
Til kurslari | Bakalavr | Magistratura | PhD
🎁 O'qish davomida qonuniy ishlab, oyiga qancha daromad qilish mumkin, aniq raqamlar bilan
🎁 Yetib borgach nima bo'ladi: universitet vakillari bilan uchrashuv, SIM-karta, yotoqxona yoki ijara uy, ID karta, sug'urta
🎁 Qaysi ishlarda ishlash mumkin emasligigacha



⚠️ Master-klass faqat jonli efirda o'tadi va yozib olinmaydi. Qayta ko'rish imkoni bo'lmaydi.

👇 Joyingizni band qilish uchun kanalga qo'shiling:
https://t.me/sam_inter_silk_road
https://t.me/sam_inter_silk_road

⏳ Joylar cheklangan bo'lishi mumkin, kechikmang!
❤11👍4🔥2
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2026-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
❤16👍8
Hansen Leadership Institute: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik yozgi maktab!

Dasturga 20-25 yoshli bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlar AQSHdagi San Diego universitetida 2027-yil iyun–iyul oylarida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi.
– Viza uchun barcha kerakli hujjatlar yuboriladi.

Arizalar 2027-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hansen-leadership-institute/

@grantlar
❤23👍11🔥6
🚪 3 ta "YO'Q" – lekin eshik baribir ochiladi!

❌ IELTS yo'q
❌ TOPIK yo'q
❌ Katta bank balansi yo'q
(Lekin koreys yoki ingliz tilida qanchadurbdarajada gaplasha olasiz)
…va shunga qaramay eshik ochilyapti 👀

Ko'p talabalar "sertifikatim yo'q", "hisobimda pul yo'q" deb Koreyaga topshirishni yillab keyinga suradi. Vaqt esa o'tib ketaveradi ⏳

Bizning yo'nalishda bu talablar yo'q, hamkor universitetlardan biriga qabul kafolatlanadi ✅

🎓 Ortiqcha talablarsiz Koreyada talaba bo'lishni xohlaysizmi?

👇 Bepul Master-klass o'tadigan kanalimizga hoziroq qo'shiling:

https://t.me/+cXxZZds7wLs1YWM1
https://t.me/+cXxZZds7wLs1YWM1
https://t.me/+cXxZZds7wLs1YWM1
❤17👍1
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar
– 2-oʻrin: 750 dollar
– 3-oʻrin: 500 dollar

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2026-yil 31-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
❤18👍6🔥2
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2026-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
❤17👍2🔥1
O'qish bepul bo'lgan Berea kolleji (AQSH)

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish taklif qilinadi.

Ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro hujjat talab etiladi.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar 2026-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqish-bepul-bolgan-berea-college-oliygohiga-hujjatlar-qabul-qilinmoqda/

Foydali:

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

@grantlar
❤27👍5🔥2
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi!

Dastur 2027-yil yoz fasli holatiga ko'ra, kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 hafta uchun 4345 dollar stipendiya;
– Yoʻl xarajatlari uchun 1206 dollargacha yordam puli.

Dasturga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi.

Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.

Arizalar qabuli 2026-yil 5-oktabrdan 15-noyabgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
❤21👍6🔥3
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1400 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– Taxminan 10 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1287 dollardan 1409 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2026-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
❤12👍11🔥4
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura talabalari hamda shu yoʻnalishlardan birida bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1583 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
❤20👍5🔥2
FLEX dasturiga qabul boshlandi!

FLEX dasturi maktabning 9-10-sinf o'quvchilari hamda litsey va kollejning 1-kurs oʻquvchilari uchun 1 yil davomida AQSHda yashash va AQSH maktabida oʻqish imkoniyatini beradi.

Manfaatli tomonlari:
– AQSHga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Mezbon oilada bir yil mobaynida bepul yashash imkoniyati
– Amerikadagi oʻrta maktabga roʻyxatga olinadi va 1 yil davomida oʻqiladi
– Oldidan tayyorlov mashgʻulotlari
– AQSHda tashkil etiladigan mahalliy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati
– Bepul tibbiy sug‘urta

Arizalar 2026-yil 22-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilari-uchun-toliq-grant-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍37❤25🔥7
Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 875 dollargacha oylik stipendiya!

Rotary Yoneyama
stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.

Stipendiya istalgan soha boʻyicha yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi.

Har yili taxminan 10 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yil davomida 875 dollargacha oylik stipendiya.
– Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 1564 dollargacha yordam puli.

Arizalar 2026-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rotary-yoneyama-scholarship-yaponiyada-bakalavriat-magistratura-va-doktoranturada-oqish-uchun-1230-dollargacha-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤28👍12
International Winter Camp 2027: Xitoyda ilmiy va madaniy tajriba orttirishni istaganlar uchun qishki oromgoh

Bu dasturga bakalavrlar, magistrlar yoki shu bosqichlarni yaqinda tamomlagan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur davomida ishtirokchilar Xitoyning ilmiy ekotizimi, texnologik yutuqlari, milliy laboratoriyalari, Xitoy tili va madaniyati bilan yaqindan tanishadi (ingliz tilida). Dastur davomiyligi – 14 kun.

Dasturning moliyaviy jihatlari:
– Dasturga qatnashish toʻlovi 3000 CNY (447 dollar); bu toʻlov mashgʻulotlar, turar joy va joylarga safarlar xarajatini qoplaydi.
– Koʻrsatkichlari yuqori nomzodlarga toʻliq yoki qisman moliyaviy yordam ajratiladi (safar, turar joy, tibbiy sugʻurta xarajatlari toʻliq yoki qisman qoplanadi va stipendiya beriladi)

Arizalar 2026-yil 8-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-winter-camp-ustc/

@grantlar
❤29👍8🔥5
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤33👍9
Gates Cambridge Scholarships: Dunyoning 6-raqamli universitetida oʻqish uchun 70 ta toʻliq grant!

Bu grantga Kembrij universitetida PhD, magistratura (MLitt) bosqichi yoki 1 yillik aspirantura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlar topshira oladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– Yillik stipendiya beriladi (12 oy uchun 23 152 funt-sterling).
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Kiruvchi viza xarajatlari va immigratsion tibbiy yigʻim toʻlovi qoplanadi.
– Farzandi borlar yiliga 12 793 funt-sterling (1 nafar farzand uchun) yoki 18 244 funt-sterling (2 yoki undan koʻp farzand uchun) qoʻshimcha yordam mablagʻi ham olishi mumkin.

Arizalar qabuli 2026-yil 8-dekabr yoki 2027-yil 6-yanvarda tugaydi (qabulning oxirgi muddati dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gates-cambridge-scholarships-university-of-cambridge/

@grantlar
❤45👍5
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 238 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2027-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2026-yil 22-sentabrdan 22-oktabrgacha (oʻqish 2027-yil bahorgi semestrdan)
– 2026-yil 10-noyabrdan 2027-yil 14-yanvargacha (oʻqish 2027-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
❤24👍14
SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturga biologiya, tibbiyot yoki biologiyaga kuchli diqqat qaratiladigan boshqa aloqador soha boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2027-yil iyul-avgust oylarida Lozanna universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Dasturga jami 15 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Iqtisdoiy imtiyozlar:
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1800 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1440 dollargacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Arizalar 2026-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summer-undergraduate-research-sur/

@grantlar
❤20👍12
Justus & Louise van Effen Scholarships: Gollandiyada magistratura uchun to'liq grant va stipendiya!

Gollandiyadagi Tu Delft universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlaganlarga The Justus & Louise van Effen Scholarships grant dasturini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.
– Shaxsiy rivojlanish mashgʻulotlari, seminarlar, treninglar va h.k.larda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Dastur doirasida har bir fakultet uchun 2 nafar talabaga grant ajratiladi.

Arizalar 2026-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tu_delft_grant_msc/

@grantlar
❤13👍4🔥1
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
– 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
– 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
– Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 500 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2026-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
❤11👍8