Ergasheva Gulya - Ваша налоговая защита
8.13K subscribers
4.13K photos
133 videos
200 files
3.56K links
Download Telegram
#TTY

Soliq toʻlovchilarga aprel-avgust oylari uchun elektron TTYlarni 1-sentabrgacha rasmiylashtirish imkoniyati berildi


Xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar, 1-iyuldan barcha xo‘jalik subyektlari uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.

Tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirilmoqda.

Soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘p sonli soliq to‘lovchilarning murojaatlari inobatga olinib, aprel-avgust oylarida rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan elektron TTYlarni joriy yilning 1-sentabrigacha (01.09.2024 y.) rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

Bundan avval, yirik soliq to‘lovchilarning murojaatlariga asosan, o‘tgan oylar uchun ikki marta – 1-iyungacha va 1-avgustgacha elektron TTY rasmiylashtirish imkoniyati taqdim etilgan edi.

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, Sizlardan o‘tgan davrda rasmiylashtirilmasdan qolgan elektron TTYlarni berilgan muddatda to‘liq rasmiylashtirish choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.
_____________
#ТТН

Налогоплательщикам предоставлена возможность оформить электронные ТТН за апрель-август до 1 сентября

Как сообщалось, с 1 апреля для крупных налогоплательщиков, а с 1 июля для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

Исходя из предложений субъектов предпринимательства система оптимизируется.

Налоговым комитетом приняты во внимание многочисленные обращения налогоплательщиков и создана возможность оформления электронных ТТН за апрель-август до 1 сентября текущего года.

Ранее по запросам крупных налогоплательщиков уже дважды был предоставлен доступ к оформлению электронных ТТН за прошедшие месяцы: до 1 июня и до 1 августа.

❗️Уважаемые налогоплательщики, просим принять меры по полному оформлению электронных ТТН, которые не были оформлены за предыдущий период.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads