GulDU.uz | Rasmiy kanal
7.57K subscribers
41.4K photos
3.56K videos
469 files
7.39K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston şahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4-mavze yönalişdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
“Bir Vatan, bir xalq, bir bayroq!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
2026-yil 18-noyabr kuni Guliston davlat universiteti Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir xalq, bir bayroq!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar ongida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat va ehtiromni yuksaltirish, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sadoqat va tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
🌐 Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti dekani B.Toshboyev hamda tyutorlar tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi.

🔸 Tashrif davomida talabalarga isitish tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish, sovuq kunlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

🔸 Talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishilib, ularning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda zarur ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi.
#GULDU
#TTJ

🔹Joriy yilning 18-noyabr kuni Guliston davlat universiteti Psixologiya markazi direktori S.Djabbarova, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Sultonova hamda
Tabiiy fanlar fakulteti tyutori I.Sultonova tomonidan talabalar turar joyida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari o'rganib chiqildi.

⚡️Tashrif davomida talabalar bilan samimiy muloqot o'tkazilib, ularning turmush tarzi, yashash muhiti koʻzdan kechirildi.

⚡️Shuningdek, TTJ ichki tartib-qoidalariga amal qilish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish holatiga
alohida e'tibor qaratildi.

⚡️Tashrif davomida
talabalarning bo'sh vaqtni mazmunli o'tkazish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
📢 DIQQAT, IJODKOR VA IQTIDORLI YOŞLAR!
“ISTIQLOL ĞUNÇALARI” RESPUBLIKA IJOD VA INTELLEKTUAL KÖRIK-TANLOVIGA MARHAMAT!

🇺🇿 Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bağişlab, “Ziyoli avlod” madaniyat va maʼrifat markazi tomonidan “Istiqlol ğunçalari” respublika ijod va intellektual körik-tanlovi taşkil etilmoqda!

Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” boş ğoyasi asosida ötkazilib, yoşlarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etiş, intellektual salohiyatini yuksaltiriş, yangi isteʼdodlarni kaşf etiş hamda milliy sanʼatimizni keng tarğib qilişga xizmat qiladi.

🎯 TANLOV YÖNALIŞLARI:
🎵 Musiqa va sanʼatning barça turlari;
📐 Matematika;
🇬🇧 Ingliz tili;
📝 Inşolar;
✍️ Şeʼriyat;
📚 Kitobxonlik.

👥 KIMLAR IŞTIROK ETIŞI MUMKIN?
6 yoşdan 35 yoşgaça bölgan iqtidorli öquvçi va talabalar, jumladan:
Umumtaʼlim maktablari öquvçilari;
Oliy taʼlim muassasalari talabalari;
“Kelajak” markazlari tarbiyalanuvçilari;
“Barkamol avlod” bolalar maktablari öquvçilari.

🏆 BOŞ SOVRIN — COBALT AVTOMOBILI!

Tanlov ğoliblari pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi!

✨ Bu tanlov — öz isteʼdodingizni namoyon etiş, yangi imkoniyatlarni kaşf qiliş va katta yutuqlarga erişiş sari muhim qadam!

📌 Tanlov haqida batafsil maʼlumot:
📲 Telegram: @ijodiy_tanlovlar
📸 Instagram: @tanlovlar_uz
🌐 Veb-sayt: www.ziyoliavlod.com

☎️ Telefon: +998 97 852 66 66
Aziz yoşlar! Öz isteʼdodingizga işoning, ijodingizni namoyon eting va “Istiqlol ğunçalari” respublika körik-tanlovida faol iştirok eting!

Isteʼdodingiz — kelajagingiz, yutuğingiz — Vatanimiz faxri!

#IstiqlolGunchalari #35Yillik #IqtidorliYoshlar #IjodVaIntellekt #ZiyoliAvlod #Yoshlar