GulDU.uz | Rasmiy kanal
7.62K subscribers
41.1K photos
3.52K videos
469 files
7.37K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston şahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4-mavze yönalişdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
Hurmatli talabalar!

Guliston davlat universiteti talaba-yoshlari o’rtasida 21 oktabr – O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan yoshlar qalbida ona tilimizga mehr-muhabbat hissini yanada kuchaytirish maqsadida “Til millat ko’zgusi” rukni ostida “Eng yaxshi maqola”, “O’zbek tilim – faxrim mening” mavzusida “Eng yaxshi intervyu”, nutq madaniyati va notiqlik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan “Eng yaxshi notiq”, “Eng mazmunli va ta’sirchan ijtimoiy rolik” nominatsiyalari bo’yicha masofaviy tanlovlar o’tkazilmoqda.
Mazkur tanlov 2020 yil 14-24 oktabr kunlari bo’lib o’tadi.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan materiallar telegramm orqali (97-277-24-37, 99-594-89-05) qabul qilinadi va hakamlar Hay’atiga taqdim etiladi.
Tanlovda g’olib bo’lgan (har bir yo’nalish bo’yicha 1, 2, 3 o’rin) talabalar universitet ma’muriyati tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.
Barcha talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz.
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OTM_янгиликлари

Янгиликлар 24 | Самарқанд давлат чет тиллар институтида хорижлик талабалар ўзбек тилини ўрганишмоқда.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEj41EOgo4JF8DB1sQ
Forwarded from Edu.uz
#Ona_tilim_faxrim

Танлов ғолиблари 21 октябрь – Ўзбек тили байрами арафасида эълон қилинади.

Вазирлик каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
O'zbek tili bayrami kuniga tuhfa.
GulDU professori R.Mahmudovning 21-oktabr-"O'zbek tili kuni bayrami" arafasida mamalakatimizda birinchi marta barcha Oliy o'quv yurtlarining nofilologiya yo'nalishlari bo'yicha "Notiqlik san'ati va nutq madaniyati" darsligini yaratdi.
21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi" berilgan kun munosabati bilan GulDU talabalari tomonidan o'ziga xos sovg'a!
Forwarded from Нилуфар Ибрагимова
GulDU professori R.Mahmudovning O'zbek tilining ahamiyati haqida ''Millat va g'uru" nomli maqolasi Yangi Sirdaryo gazetasining 2020-yil 10-oktabr №68-69 sonida e'lon qilindi.
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
2020-yil 16-oktabr kuni Guliston shahrida joylashgan “Bilimdonlar maskani”da “Davlat tili haqida”gi Qonunning 31 yilligini munosib nishonlash hamda 21-oktabr “O’zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati bo’yicha Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Guliston davlat universiteti hamkorligida “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va badiiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati bo’yicha Milliy gvardiya boshqarmasi rahbarlari, harbiy xizmatchilari, Guliston davlat universiteti mas’ul xodimlari, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida bayramga bag’ishlangan she’rlar, kuy-qo’shiqlar ijro qilindi, yosh ijodkor talabalar ijrosida baxru-bayt aytildi, badiiy kitoblar ko’rgazmasi namoyish qilindi.
https://guldu.uz/uz/yangilik/18201-qadring-baland-bolsin-ona-tilim.html