GulDU.uz | Rasmiy kanal
7.53K subscribers
41.7K photos
3.58K videos
469 files
7.41K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston şahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4-mavze yönalişdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
Medallar topshirildi

Guliston davlat universitetining navbatdagi ilmiy Kengashida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori asosida tashkil etilgan “Mehr-sahovat” ko’krak nishoni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Xodjiyevga, filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muzaffar Mamatqulovga “Ma’naviyat fidoiysi” ko’krak nishonlari topshirildi. Shuningdek, Guliston davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Yormat Tojiyev va filologiya fanlari nomzodi, dotsent, adabiyotshunos olim Umrzoq O’ljaboyevlar ham “Ma’naviyat fidoiysi” ko’krak nishoniga sazovor bo’ldilar.
Forwarded from Edu.uz | Кирилл
#Qabul2020

Sirdaryo viloyatidagi kollej va texnikumlarga 2020/2021-o‘quv yili uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish muddati va manzillari to‘g‘risida ma’lumot.

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFczx0DBI6Hy5OPafg
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️2020 ЙИЛГИ КОНТРАКТ НАРХЛАРИ (барчаси биттада!)

Ушбу суратда давлат олий таълим муассасаларидаги контракт нархлари билан батафсил танишишингиз мумкин. Бунда бакалавр ва магистратура, шунингдек барча таълим шаклларидаги тўлов-контракт нархлари акс этган.

Расмни каттароқ ҳажмда юклаб олиш

Изоҳ: кундузги таълим шаклидаги нархларда 10% чегирма қўшиб ҳисобланган. Яъни талабалар тўлайдиган сумманинг ўзи кўрсатилган.


👉 @xushnudbek 👈
Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash

Guliston davlat universiteti faollar zalida “Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muhsin Xodjiev kirish so’zi bilan ochdi. Professor Ravshanbek Mahmudov “Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbirda Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyori Otabek Haqberdiev, yosh futbolchi Talgat Mavlonov, Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi, shoir Yorqin Hayitboev, Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi, 17 karra O’zbekiston, Osiyo chempioni Muhayyo Sirojiddinovalar so’zga chiqdilar. San’atshunoslik fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi mehmonlarda, professor-o’qituvchilarda, yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

R.Mahmudov,
Matbuot kotibi
Tashakkurnoma

Guliston davlat universiteti rektori professor Muxsin Xodjiev nomiga Rossiya Federatsiyasining “Bizga birgamiz” (Mo’ vmeste) xalqaro festival-tanlovi hay’ati ma’muriyati tomonidan Tashakkurnoma taqdim qilindi. E’tiborli jihati Guliston davlat universitetining quyidagi talaba-yoshlari ham mazkur tanlov-festivalda ishtirok etishib, 1-darajali diplomni qo’lga kiritishdi:
Raxmonova Go’zal Ilxom qizi- “Xalq cholg’uchiligi” nominatsiyasi bo’yicha 1-darajali laureat diplom sohibasi
Rasulova Sevara Ikromjon qizi-“Xalq cholg’uchiligi” nominatsiyasi bo’yicha 1-darajali laureat diplom sohibasi
Universitet ma’muriyati g’oliblarning keyingi ijodlariga muvaffaqqiyatlar tilaydi.
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETINING 2020/2021 O’QUV YILI QABULI UCHUN MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA BAZAVIY TO’LOV-KONTRAKT BO’YICHA QO’SHIMCHA QABUL PARAMETRLARI
Izoh: Magistraturaga tavsiya etilgan abiturientlar 23.11.2020y sanasidan boshlab universitet Marketing bo’limiga to’lov-shartnoma bo’yicha murojaat qilishlari mumkin.