Xotirjam bo'lish - beparvolik emas.
Tashvishlanish - g'amxo'rlik emas.
Ko'p tashvishlanish sizni ko'proq mas'ul qilmaydi.
- Uxlamay tashvishlanish - ishni oldinga bermaydi
- Doim xavotirda yurish - natijani yaxshilamaydi
- Ich-ichdan kuyish - g'amxo'rlikning isboti emas
Siz xotirjam bo'lib ham, sodiq bo'lishingiz mumkin.
Tinch bo'lib ham, mas'uliyatli bo'lishingiz mumkin.
Tashvish - his-tuyg'u.
Sodiqlik - harakat.
Ularni aralashtirmang.

❤🔥43👍19🔥13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz qaysi tilda o'ylaydi?
Bir savol bering o'zingizga. Farzandim qaysi tilda kitob o'qiydi? Qaysi tilda tush ko'radi? Qaysi tilda fikrlaydi?
Ko'p ota-onalar farzandini rus tilida o'qitadigan maktabga beradi.
Odatda men ko'rgan sababi ikkita bo'ladi:
1️⃣ Rus tilini o'rganib olsin.
2️⃣ Rus tilida ta'lim sifati yaxshiroq.
Ikkala sabab ham asossiz. ❌
Til uchun butun ta'limni berish shart emas
Rus tili - bitta fan. Uni kuchli qo'shimcha darslar orqali bemalol o'rganish mumkin. Buning uchun matematikani, tarixni, adabiyotni - butun dunyoqarashni boshqa tilga topshirish kerak emas.
Ta'lim sifatini til belgilamaydi. Sifatni dastur, ustoz va tizim belgilaydi. Bugungi kuchli o'zbek maktablarida ta'lim rus tilidagi maktablardan kam emas, kerak bo'lsa ustun.
Ilmiy tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi. Ona tilida o'qigan bola bilimni chuqurroq o'zlashtiradi va tanqidiy fikrlash (critical thinking) qobiliyati kuchliroq rivojlanadi.
(Bu haqida pastda manbalar berilgan)
Asosiy xavf boshqa yerda ⚠️
17 yillik tajribamizda bir holatni ko'p kuzatdik. Ta'limi faqat rus tilida bo'lgan bola sekin-asta boshqa muhitga ko'chib o'tadi.
O'qiydigan kitoblari rus tilida. Ko'radigan ko'rsatuvlari rus tilida. O'rnak oladigan insonlari rus tilida so'zlaydiganlar. Do'stlari ham shu muhitdan.
Natija nima bo'ladi?
Bola o'zbek tili bor joydan qocha boshlaydi. O'z tilida gapirishdan uyaladi. Eng og'riqlisi - qadriyatli, tarbiyali insonlar suhbatidan ham uzoqlashadi. Chunki u muhit unga begona tuyulib qoladi.
Til shunchaki muloqot vositasi emas. Til bolaning kayfiyatini, fikrlash tarzini, qadriyatlarini shakllantiradi. Bola qaysi muhitda yashasa, o'sha muhitning ahloqini oladi.
"Endi kech" demang
Ba'zi ota-onalar aytadi: "Boshlab qo'yidik, endi shu tilda tugatsin".
Bu xato yondashuv.
Qancha erta o'zgartirsangiz, moslashish shuncha oson kechadi. Eng qulay davr - 5-6-sinf. Bu yoshda bola yangi muhitga tez kirishadi va o'qishda yo'qotishsiz davom etadi. Fanlardagi fundamental terminlar ham aynan shu sinflarda boshlanadi
Xavotir olmang. Dastlabki 3-4 oy moslashish davri bo'ladi. Shundan keyin bola umuman qiynalmaydi. Bu bizning ko'p yillik amaliyotimizda yuzlab o'quvchi sinovdan o'tgan.
Bu shunchaki bizning fikrimiz emas. UNESCO (2025) va Jahon banki (2021) tadqiqotlari buni tasdiqlaydi: bola ona tilida o'qiganda bilimni chuqurroq o'zlashtiradi, hatto ikkinchi tilni ham tezroq o'rganadi.
Manba 1
Ona tilidagi ta'lim savodxonlik poydevorini yaratadi, boshqa tillarni o'rganishga yordam beradi va matematika, fan kabi fanlarda natijalarni yaxshilaydi. Tanish tilda o'qigan bolalar tushunib o'qish bo'yicha 30% yuqori natija ko'rsatgan.
Manba 2
Ona tilidagi ta'lim sifatli o'qish uchun kalit omil. Akademik natijalarni yaxshilaydi va boshlang'ich sinflarda bilim bo'shliqlarini oldini oladi.
Manba 3
Bola tushunadigan tilda o'qisa ko'proq o'rganadi va maktabda qolish ehtimoli yuqori bo'ladi. Tavsiya: kamida dastlabki 6 yil ta'lim ona tilida bo'lsin, ikkinchi til esa avval fan sifatida o'rgatilsin.
Manba 4
Ona tilida chuqur o'zlashtirilgan bilim ikkinchi tilga ko'chadi. Ona tilida kuchli o'qigan bola ikkinchi tilni ham tezroq va chuqurroq egallaydi.
Xulosa 🎯
Rus tilini bering - lekin qo'shimcha dars sifatida.
Ta'limni, tarbiyani va qadriyatni ona tilida bering.
Farzandingiz hozir qaysi muhitda ulg'aymoqda - bir kuzatib ko'ring.

❤🔥27👍9🔥1
Ajoyib statistika o'qib qoldim:
AQSH Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, oliy taʼlim bitiruvchilarining atigi 27 foizi oʻz sohalari boʻyicha faoliyat yuritishar ekan. Uyda qolib bola parvarishi bilan band boʻlganlarning 29 foizini oliy maʼlumotlilar tashkil etar ekan. Ularning deyarli hech biri oʻqiganliklaridan afsuslanishmaydi, albatta. Ammo shuni ham aytib oʻtish kerakki, 30 yoshlardagi endigina ota yoki ona boʻlish sharafiga muyassar boʻlgan kishi kelajakdagi rejalari haqida uning oʻzi oʻn sakkiz yoshida boʻlganida hatto tasavvur qilolmaydigan turfa yoʻsinda fikr yuritar ekan.

👍36❤🔥19
Hayotdagi eng murakkab muvozanat - ehtiyotkor va jasur bo'lish.
Bir vaqtning o'zida.
Ehtiyotkor - ahmoqona xatolardan qochish uchun.
Charchab qolmaslik uchun.
Xavfsizlik chegarasini saqlash uchun.
Jasur - o'zingizga ishonch qo'yish uchun.
Qilmasangiz afsuslanadigan ishlarni qilish uchun.
Qisqa muddatda noqulaylikka chidash uchun - uzoq muddatda o'sish uchun.
- Faqat ehtiyotkor bo'lsangiz - hech qachon sakramaysiz
- Faqat jasur bo'lsangiz - tez kuyib qolasiz
- Ikkalasi birga bo'lsagina - haqiqiy o'sish boshlanadi
Ehtiyotkorlik sizni himoya qiladi.
Jasorat sizni oldinga olib boradi.
Ikkalasini birga tuting - va hayot sizni kutmagan joyga olib boradi.

🔥36👍14❤🔥8🤩5🎉3
Muvaffaqiyat haqidagi 5 ta xato ishonch
Ali Tamaseb 30 000 dan ortiq startapni o'rganadi. Milliard dollarlik kompaniyalarni tahlil qiladi. Natijalarni "Super Founders" kitobida chop etdi. Ma'lumotlar biz ishongan ko'p narsani rad etdi.
1. "Asoschi yosh bo'lishi kerak"
Noto'g'ri. Milliard dollarlik kompaniya asoschilarining o'rtacha yoshi 34. Ko'plari 40 va undan katta yoshda boshlagan. Zuckerberg istisno, qoida emas.
2. Nufuzli diplom kerak
Haqiqat: oddiy universitet bitiruvchilari ham Stanford bitiruvchilari kabi yirik kompaniya qurgan. Diplom emas, ish hal qiladi.
3. "O'qishni tashlaganlar muvaffaqiyatli bo'ladi"
Noto'g'ri. Aksariyati oliy ma'lumotli. Lekin muhim jihati: universitet nufuzi ham hal qiluvchi omil emas. Oddiy universitet bitiruvchilari ham Stanford bitiruvchilari kabi unicorn qurgan.
4. "Sohada tajriba shart"
Noto'g'ri. Asoschilarning yarmidan ko'pi o'zi kirgan sohada umuman ishlamagan. Tashqaridan kelgan odam sohani yangicha ko'radi.
5. "G'oya original bo'lishi kerak"
Noto'g'ri. Ko'p unicornlar mavjud g'oyani yaxshiroq bajargan. Google birinchi qidiruv tizimi emas edi. Facebook birinchi ijtimoiy tarmoq emas edi. Ijro g'oyadan muhim.
6."Xato qilmaslik kerak"
Haqiqat: bu eng muhim topilma. Avval kompaniya qurib, muvaffaqiyatsiz bo'lgan odam keyingisida yutish ehtimoli bir necha barobar yuqori. Xato to'siq emas. Xato tajriba
7. "Raqobatsiz bozor tanlash kerak"
Noto'g'ri. Aksariyat unicornlar kuchli raqobatli bozorga kirgan. Raqobat bor joyda talab ham bor. Muhimi - mahsulot mavjudlaridan sezilarli yaxshi bo'lishi.
8. "Yolg'iz asoschi omadsiz bo'ladi"
Noto'g'ri. Unicornlarning sezilarli qismi yolg'iz asoschi tomonidan qurilgan. Hammuassislar soni muvaffaqiyatga ta'sir qilmaydi.
Muvaffaqiyatni yosh, diplom yoki tug'ma iste'dod belgilamaydi. Uni qilish, xato qilish va qayta qilish belgilaydi.
Muvaffaqiyatni eng katta ta'sir qiluvchi omil: avval kompaniya qurgan bo'lishi. Hatto o'sha kompaniya muvaffaqiyatsiz bo'lsa ham. Avval startap qurgan odam ikkinchisida unicorn yaratish ehtimoli bir necha barobar yuqori bo'ladi. Tajriba diplomdan, yoshdan, sohadan kuchli hisoblanadi.
Farzandingiz xato qilsa, uni to'xtatmang. U hozir eng qimmat darsni olmoqda.
"Super Founders" kitobidan olgan xulosalarim

👍29❤🔥15🔥11
Har qanday kompaniyada nomutanosiblik manbalarini oldindan bilish uchun uchta tushunchani farqlab olish foydalidir:
Mulkdorlik: kompaniya kapitaliga qonunan kim egalik qiladi?
Egalik: kompaniyani har kuni amalda kim boshqaradi?
Nazorat: kompaniyaga oid qarorlarni rasman kim qabul qiladi?

👍21🔥7❤🔥3
Maktab egasi bo'lgan tanishim bor - o'z sohasida eng yaxshilardan biri.
Undan sirini so'radim
Javobi oddiy edi: "Har yili bitta boshqaruv kitobini o'qiyman. Xolos."
- Hammaga bu kam tuyuladi, lekin sir shu
- Ko'pchilik direktor lavozimga o'tirgach kitob ochmaydi
- U esa - yiliga bittasini o'qiydi. Va bu uni boshqalardan ustun qo'yadi
Sir murakkab emas.
Sir - intizom.
Boshqalar to'xtaganda davom etish - farq shu yerda boshlanadi.
Bitta kitob. Sohangizga oid.
Yiliga bir marta.
Va siz allaqachon ko'pchilik CEO lardan ustunsiz.

🔥48👍15❤🔥5🤩2🥰1
Ta'limni isloh qilishni ilk bosqichi haqida
Aholi soni maktablar soniga nisbatan juda tez oshgan
1991–2023 yillar oralig‘ida:
Aholi soni ~78.6% ga oshgan
Maktablar soni faqat ~25.6% ga oshgan
Bu shuni anglatadi: Har bir maktabga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni ortmoqda, bu esa haddan tashqari gavjumlik (perenapolnennost) va sifat pasayishiga olib keladi.
2. Ta’lim tizimi infratuzilmasi demografik portlashga tayyor emas
Maktablar soni aholining o‘sish sur’atiga yetisha olmayapti.
Ayniqsa, qishloq joylarda maktablar yetishmasligi yoki eski maktab binolari dolzarb muammoga aylangan.
3. Maktab sifati va soni orasida bog‘liqlik bor
Aholi soni o‘sib borayotgan bir paytda maktab yetarli bo‘lmasa:
O‘qituvchi boshiga o‘quvchi ortadi
Sifatli darsga vaqt kam bo‘ladi
Bolalarning individual ehtiyojlari ko‘zdan qochadi
4. Kelajakda bu tendensiya kuchaysa – salbiy oqibatlar yuz beradi
Universitetga kirishdagi raqobat ortadi
Shaxsiy rivojlanishga e’tibor kamayadi
Repetitorlik va shaxsiy maktablar bozori haddan tashqari kuchayadi
Ijtimoiy tengsizlik kuchayadi (puling bo‘lsa o‘qiysan, bo‘lmasa – yo‘q)
Strategik tavsiyalar (amaliy yechimlar):
1. Har yili barpo etiladigan maktablar sonini 2 baravar oshirish
– Hozir yillik o‘sish 150–200 ta atrofida. Bu kamida 300–400 taga chiqishi kerak.
2. Bo‘sh turgan binolarni ta’mirlab, maktablarga aylantirish
– Tez va byudjetga nisbatan arzonroq yechim
3. Shaxsiy maktablar (nodavlat sektor)ni qo‘llab-quvvatlash
– Davlat yetolmagan joylarda xususiy sektorni rag‘batlantirish tezlikni oshiradi
4. O‘qituvchilar soni va sifati bo‘yicha favqulodda chora-tadbirlar
– Ko‘plab yangi maktablar ochilsa ham, ularni sifatli o‘qituvchilar bilan ta’minlash uchun reja zarur
Xulosa:
"Agar biz 1991 yildagi infratuzilma bilan 2025 yildagi aholi sonini o‘qitmoqchi bo‘lsak — sifatli ta’lim emas, qog‘ozdagi statistika olamiz."
Haqiqiy islohot – bu maktablar soni va sifati o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishdan boshlanadi.

❤🔥22👍11🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sodiqning sodiqlari kerak! 😎
🤩 Sodiq school kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda 3 ta kampusimizda 2000 dan ortiq o’quvchi ta’lim oladi va bu son tobora oshib boryapti.
👀 Agar siz o’z ishingizning ustasi, yangi g’oyalar va tashabbuslarga boy, jamoada ishlashni, rivojlanishni istasangiz unda aynan siz bizga keraksiz.
👉 Murojaat uchun: @SS_recruit_bot
Jamoamizga qo’shiling va sodiqlardan biriga aylaning.
🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Erkakning eng katta jangi tashqarida kechmaydi. Uning ichida kechadi.
Bir tomonda o'z xohishi. Ikkinchi tomonda esa yaqinlarining xohishi. U aynan shu ikki olov orasida qoladi.
Yaqinlarimiz qanchalik aziz bo'lmasin, ular ham inson. Ba'zan hissiyot bilan qaror qiladi. Ba'zan adashadi. Ba'zan vaziyatni to'liq ko'ra olmaydi.
Shunday paytda erkak nima qiladi?
"Bu safar adashyapsiz", deydimi?
Ko'p hollarda yo'q. Chunki u yaqinini xafa qilishni istamaydi. Shuning uchun sukutni tanlaydi. Shikoyat qilmaydi. Ayblamaydi. Faqat ichiga yutadi.
"Bugun bormay qo'ya qolinglar."
"Buni keyin qilasizlar."
"Shunday qilganingiz ma'qul."
Bu gaplar ko'pincha mehrdan tug'iladi. Lekin me'yoridan oshgan mehrning boshqa nomi nazoratdir. Nazorat ostidagi erkak esa o'zini baxtsiz his qila boshlaydi, Shu paytdan boshlab halovat asta sekin kamayishni boshlaydi.
Eng oddiy istak ham izoh yoki rozilik talab qiladigan masalaga aylansa, erkak o'z uyida erkin emasligini his qiladi. U buni hech kimga aytmaydi. Na onasiga. Na ayoliga. Na do'stiga.
Har bir aytilmagan e'tiroz qalbida qoladi. Har bir yutilgan og'riq ichida yig'iladi. Sukut erkakni bir kunda sindirmaydi. U tomchilab ishlaydi. Yildan yilga. Avval ko'zidagi chaqnash so'nadi. Keyin uydagi suhbati kamayadi. Keyin esa orzulari ham sukutga cho'kadi.
Tashqaridan qaraganda esa hammasi joyida. U ishlaydi. Mas'uliyatini bajaradi. Kuladi. Hech kim hech narsani sezmaydi. Lekin tili sukut saqlagan joyda qalbi sukut saqlamaydi. Chunki inson halovatsiz yashay olmaydi. Qalb baribir halovat izlaydi.
Agar uni o'z uyida topa olmasa, uni boshqa joydan izlay boshlaydi. O'sha yo'llar har doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Ammo ko'p xatolar yomon niyatdan emas. Uzoq vaqt davom etgan halovatsizlikdan boshlanadi.
Ko'pchilik faqat oxirgi qarorni ko'radi. Lekin o'sha qarorning ortida yillar davomida aytilmagan e'tirozlar, ichga yutilgan dard va tomchilab so'ngan halovat yotganini ko'rmaydi.

👍63🔥20❤🔥17
Hasankhoja Muhammad Sodiq pinned «Erkakning eng katta jangi tashqarida kechmaydi. Uning ichida kechadi. Bir tomonda o'z xohishi. Ikkinchi tomonda esa yaqinlarining xohishi. U aynan shu ikki olov orasida qoladi. Yaqinlarimiz qanchalik aziz bo'lmasin, ular ham inson. Ba'zan hissiyot bilan…»
Siz:
- turmush qurishdan oldin oilali hayotni to‘liq tushuna olmaysiz.
- tadbirkorlikni boshlashdan oldin biznes egasi bo‘lish qandayligini bilmaysiz.
- ota yoki ona bo‘lishdan oldin farzand tarbiyalashni to‘liq his qila olmaysiz.
- rahbar bo‘lishdan oldin rahbarlikning haqiqiy mas'uliyatini anglay olmaysiz.
Chunki ayrim xulosalarni kitob emas, faqat tajriba beradi.
Qaytaraman: faqat tajriba beradigan xos ilmlar bor

🔥108👍22🤩6❤🔥4
Farzandingiz bilan munosabatingizni o’lchaydigan bitta savol.
Farzandingiz sizga tushlarini aytib beradimi?
Ba’zan shu bitta savolning javobi, yuzlab savollardan ko’proq narsani bildiradi.
Agar aytsa, demak u sizga murojaat qilyapti.
U sizni tinglaydigan inson deb biladi.
U sizni tushunadigan inson deb o’ylaydi.
Hatto o’ziga mantiqsiz tuyulgan narsalarni ham siz bilan bemalol ulasha oladi.
Agar aytmasa, sizga signal bo'lsin...

❤🔥45🔥14🤩4
Matematikadan Milliy sertifikatga tayyorlanayotganlar bormi? 👀
Sizlarga foydali bepul jonli efir topdim!
20 yillik tajribaga ega matematika ustozi Jamol Xo‘jayev Milliy sertifikat imtihonida yuqori ball olish strategiyasi bo‘yicha ochiq dars o‘tkazar ekan.
Efirda:
— tayyorgarlikni nimadan boshlash;
— tenglama va tengsizliklar;
— funksiya va grafiklar;
— logarifm va trigonometriya kabi muhim mavzular tushuntiriladi.
Faqat o‘quvchilarga emas, matematika ustozlariga ham foydali bo‘ladi.
📅 2-avgust | 20:00
🎁 Ishtirok etish bepul.
Qatnashmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi kanalga qo‘shiling 👇
https://t.me/+Le1_U6N02MZhOTJi
Milliy sertifikatga tayyorlanayotgan do‘stingiz bo‘lsa, unga ham yuborib qo‘ying! 🙌

❤🔥2
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yap-yangi kampusimiz deyarli tayyor 😍
Sodiq school Istirohat kampusi qurilishining 90% ishlari yakunlandi.
😎 Videoda bo’lajak kampusimizning qanday barpo etilayotganini o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz. O’quvchilarning qulayligi uchun loyihalashtirilgan sinfxonalar, sport maydonlari va har bir detal puxta o’ylangan zamonaviy ta’lim muhiti.
👀 Farzandingizni ushbu kampusimizda o’qitmoqchimisiz? 20-avgustdan so’ng ota-onalar uchun to’liq ochiladi. Lekin ungacha joylar to’lib qolishi mumkin.
⏪️ Shu sabab farzandingiz stulini tezroq band qilib qo’ying. Buni boshqa filiallarimizga tashrif buyurib ham amalga oshiringiz mumkin! ⏩️
🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Sodiq school Istirohat kampusi qurilishining 90% ishlari yakunlandi.
😎 Videoda bo’lajak kampusimizning qanday barpo etilayotganini o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz. O’quvchilarning qulayligi uchun loyihalashtirilgan sinfxonalar, sport maydonlari va har bir detal puxta o’ylangan zamonaviy ta’lim muhiti.
👀 Farzandingizni ushbu kampusimizda o’qitmoqchimisiz? 20-avgustdan so’ng ota-onalar uchun to’liq ochiladi. Lekin ungacha joylar to’lib qolishi mumkin.
🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥17❤🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
So'nggi yillarda O'zbekistonda xususiy maktablar soni tez o'sib bormoqda. Ota-onalar farzandiga sifatli ta'lim izlayapti, tadbirkorlar esa ta'limga investitsiya qilishni rejelashtiryapti. Lekin bu yo'lda qanday qiyinchiliklar bor? Xususiy va davlat maktablari bir-biriadan nimasi bilan farq qiladi? Va eng muhimi – AI davri maktablarni qanday o'zgartiryapti?
Bu savollarga javob izlab, "Bee Podcast"ning ikkinchi soniga ikki maktab asoschisini taklif qilgan edik:
Hasanxo'ja Muhammad Sodiq – Sodiq School asoschisi
Doniyorbek Nasriddinov – Colba Maktabi asoschisi
Suhbatda ochiq gaplashilgan mavzular:
Farzandingiz ta'limi kelajagi yoki o'z ta'lim loyihangizni qurish haqida o'ylayotgan bo'lsangiz – bu suhbat aynan siz uchun
"Suhbat foydali bo'lgan bo'lsa, obuna bo'lib bizni qo'llab-quvvatlashni unutmang!"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥6
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nihoyat, Grant imtihoniga qabul ochildi! 😍
Har yili yuzlab iqtidorli o‘quvchilar aynan shu kunni kutadi. Va siz ham bu kunni intiqlik bilan kutgansiz aniq.
❤️ Sodiq school uchun iqtidorlarni kashf qilish, qo‘llab-quvvatlash asosiy missiya. Shu kungacha iqtidorli o‘quvchilar ta’limiga 14 milliard so’mdan ortiq grant mablag‘i yo‘naltirdik.
Endi navbat sizniki…
Bu grant imtihonimiz 9, 10 yoki 11-sinflar uchun. 12-avgust kuni, soat 10:00 da Labzak filialimizda bo’lib o’tadi.
👉🏻 Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/s13JF7ixxv8JBhyh8
👉🏻 Grant imtihoni tafsilotlari: Imtihon tartibi
⬇️ Iqtidorli do‘stingiz yoki tanishingiz bormi? Bu imkoniyat haqida unga ham xabar bering.
🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Har yili yuzlab iqtidorli o‘quvchilar aynan shu kunni kutadi. Va siz ham bu kunni intiqlik bilan kutgansiz aniq.
❤️ Sodiq school uchun iqtidorlarni kashf qilish, qo‘llab-quvvatlash asosiy missiya. Shu kungacha iqtidorli o‘quvchilar ta’limiga 14 milliard so’mdan ortiq grant mablag‘i yo‘naltirdik.
Endi navbat sizniki…
Bu grant imtihonimiz 9, 10 yoki 11-sinflar uchun. 12-avgust kuni, soat 10:00 da Labzak filialimizda bo’lib o’tadi.
👉🏻 Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/s13JF7ixxv8JBhyh8
👉🏻 Grant imtihoni tafsilotlari: Imtihon tartibi
🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Grant e'lon qildik
Munosiblarga jo'natib qo'ying
Munosiblarga jo'natib qo'ying
❤🔥19👍8🔥8