O'rganganlarim| Bintu Feruz
75 subscribers
304 photos
138 videos
4 files
64 links
Birgalikda ilm oʻrganamiz
Hayot tajribari
Bu kanal uzun postlarni oʻqiy oladiganlar uchun.
📌 @hasanovablog
Download Telegram
Kimga bosh egibdi, osmondagi oy,
Ishqimga bas kelar qalbingdagi joy.
Biroz adashibsan tanlashda qiyos,
Men asli hilolmas, Quyoshman quyosh.
❤1
Men unaqa qoyillatib rasm ola olmayman. Lekin qoʻldan kelganicha bu goʻzallikni boʻlishgim keldi.

Bugun har kungi tongga nisbatan ancha salqin boʻldi va isimay terlamay 2soat aylanib keldik Alhamdulillah.

Bu yil qish qishligini, bahor bahorligini qilib va shukrki, yoz yozdek oʻtyapti. Qandaydir bu yilni har yilgidan koʻp sevdim.
👍3
Koʻpchilik kabi mening ham yaqinlarim orasida, biror ish qilsam oddiyku, unaqa yaxshimas yana qil, oʻzi oʻqishmikan dars oʻtish tizimi gʻalati, kiyimingizni hech yarashtirib kiyolmaysiz, meni bolam(jiyanim) senikidan yaxshi gapiradi, tarbiyali va hkz aytadiganlari bor.

Avvalam bor insonning gapirish ohangidan toʻgʻri maʼnoda tanqid qilyaptimi yoʻqmi seza olaman. Bu maqtanish emas chunki juda koʻp ish almashtirganman va juda koʻp insonlar bilan ishlaganman. Koʻpincha qalbimda yaqin olmayman gaplarni, lekin baʼzida shunchaki oʻylamay xayollariga nima kelsa gapirishadi. Shunda aytar gapimning 1/10 qismini aytaman yoki indamayman,lekin qalbim ogʻriydi. Hamma qatori sizlardagi kabi menda ham koʻngil bor.

Toʻgʻri yarashtirib kiyolmasman,bolaligimdan nima yoqsa kiyib ketaverganman. U birovning kiyimi deb nozlanib yurmaganman, endi -endi oʼzimning kiyimlarim koʻpaygach astalik bilan oʻrganyapman. Boshqa ishlarda ham shunday. Oʻqishim esa Alhamdulillah yaxshi tugagan hatto koʻp joyga ikkilanmay olishgan. Bolam masalasida esa har bir bola individual xarakter bor. Oʻgʻlim biroz qaysar va serharakat, lekin hali endi 2yosh boʻladi. Birovlar solishtirsa ham oʻz bolamni oʻzim solishtirmayman va boshqalarning uning ustidan hukm qilishlariga qarab turmayman.

Vaqt oʻtyapti, har xil vaziyat boʻladi va koʻramanki,har safar oddiy boshlagan ishim yoki ular shunchaki yerga urishgan harakatlarim yaxshi natija bergan. Bu mening ishim ham emas, albatta, Allohning rahmatidan bari.

Toʻgʻri har xil gaplardan ranjiyman, lekin meni ranjitganlarga ustozimning aytganlari bor. " Endi uning xarakteri tabiati shunday, u shunday munosabatda boʻlmasa tura olmaydi. Biroz qalbi xasta Allohga duo qilamizda derdilar". Bu toʻliq jim yuring degani emas, shunchaki oʻrnida qoʻllash kerak.
Nima demoqchiman, shunchaki, oʻzingizni solishtirishni bas qiling. Oʻzingizdek boʻling. Oʻzingizni solishtirishni toʻxtatgan kuningizdan oddiy narsalarga shukringiz oshib boradi.
Juda kech tushungan holatlar.

1. Ayb, ko’rganniki.
2. Muammo, savol berganniki.
3. Ko’z faqat o’zi xohlaganini ko’radi.
4. Ota-ona omonat. Olimlar undan ham omonatroq.
5. Biror odamga baho berishchalik boshga balo chaqiradigan ish yo’q.
6. Bolalar tez katta bo’ladi.
7. Izlagan topadi. Aynan nimani izlasa o’shani topadi.

M.H.

@rovitalk | Instagram | YouTube
👍2
“Hajga borgan tuyani hoji demaydilar. Masjidga borgani bilan eshak mullo bo’lib qo’lmaydi.”

Bu aytilinganini ko’p takror eshitaman va eslayman, lekin hikmatlari har safar yangidan yangi chiqaveradi.

Eshakligimcha qolib ketishdan qo’rqaman.

M.H.

@rovitalk | Instagram | YouTube
👍1
Bu rahmatdir, Allohning rahmati.

Biz yashayotgan joy renavatsiya hududiga toʻgʻri kelgani sababli juda katta qurilish va taʼmirlash ishlari boʻlmoqda. Allergiyam tufayli bu changdan ancha qiynalib turgan edim.

Lekin Alhamdulillah 2kundan buyon changlar bosildi
👍2
Bugun oʻqib qoldim.

"Ba'zilar uylanib olsam tarbiya qilib olaman deb o'ylaydi.

Bir mashhur qori aka shunday qilgandi ham. Qarindoshimiz unga quda bo'lgani uchun bilaman.

Yigirma yil o'tdiki, tarbiya samara bermadi.

Bu bir tomon ikkinchi tomoni, tarbiyalamoqchi boʻlsangiz shunchaki kichkina hayvon sotib olgan maʼqul".

Bugungi kundan olgan hikmatim.
🔥3👍1
Savol!

Hozir xayolimga bir savol keldi. green tea- nega yashil choy emas, koʻk choy deyiladi?

Kechqurun bolang uxlatmaganidan keyin miyangga har balo kelar ekanda😂
😁4
Disgidrotik ekzema va allergiyam sabab ehtiyot bo‘ladigan narsalar:
❌ Shokolad va kakao mahsulotlari
❌ Yong‘oqlar (ayniqsa yer yong‘oq)
❌ Loviya, no‘xat, yasmiq kabi dukkaklilar
❌ Soya mahsulotlari, qoʻy goʻshti
❌ Ba'zi don mahsulotlari (suli va boshqalar)
❌ Tuxum va sut mahsulotlari (allergiya kuzatilsa)
❌ Dengiz mahsulotlari
❌ Achchiq va kuchli ziravorli taomlar, palma yogʻi
❌ Kimyoviy tozalash vositalari
❌ Oqartiruvchi va yuvish vositalari
❌ Nikel saqlovchi buyumlar
❌ Kobalt saqlovchi buyumlar
❌ Mis (copper) buyumlari
❌ Bijuteriya va sun'iy taqinchoqlar
Shuningdek maʼlum turdagi antibiotiklar.
Snek va chipslar
Gazli ichimliklar
Qo‘llarimdagi disgidrotik ekzema va allergiya sabab ushbu mahsulotlar hamda moddalar bilan ehtiyotkor munosabatda bo‘laman.

Baʼzilarini umuman yeya olmayman, baʼzilaridan cheklangan miqdorda yeyman. Masalan: qoʻy goʻshti, yeryongʻoqni umuman yeya olmayman. Qolganlaridan cheklangan miqdorda yeyman lekin, yeb boʻlgach, albatta, allergiya uchun dorilar ichilishi shart .
Baʼzilarini umuman ishlata olmayman: mis, bijuteriya, perchstkasiz tozalash vositalari.

Dietadek gap desa ham boʻladi. Bu haqida eshitganlar hech narsa yemas ekansanda deydi. Yoʻq hamma narsa yeyman. Sunʼiy narsalar kam yeyman.

Yangi kelinlik paytimda qaynotam qoʻy goʻshtidan shoʻrva qilgan edilar. Bilmay 1choy qoshiq suvidan ichib goʻshtidan yeganman. Keyin buni yeyolmayman deb sababini aytganimda koʻnglizga keltirmasa giz hech nima boʻlmaydi deganlar.haliyam keyin yemaganman va oʻsha kecha umuman uxlay olmay hamma yogʻimga allergiya toshib nafasim siqilib qolgan. Erim buni koʻrib shundan buyon unaqa narsalar yemayman desam qoʻllab quvvatlaydi😁 Allergiya oʻylamasangiz oʻtadigan narsa emas. Shuni tushuninglar.

Shuni angladimki, sunʼiy narsalarga shu darajada qaram boʻlibmiz, goʻyo ularsiz yashay olmaymiz.
👍1
Bolamga 1 yosh 7 oylikkacha multfilm qoʻymaganmiz.( Hozir 15-20min koʻradi) 1yosh 9oylikkacha shirinlik bermaganmiz.
Ammo garshokka oʻrgatishni boshladim va oʻtirgani uchun taqdirlash qilib chupa- chups olib bordik. Bitta chupa-chupsni 4martada tugatar edi. 1oyda toʻliq garshokka oʻrgandi va umumiy 7ta chups yedi. Lekin keyin tishida kareys paydo boʻldi. Yaqinda umuman har qanaqa konfet berishni taqiqladim va quruq pecheniya beraman haftada 1yoki 2marta.
Menda allergiya va dadasida surunkali tonzilit tufayli bolamda Allergiyaga moyillik juda kuchli. Shirinliklar meyoridan koʻp esa tomogʻi boʻgʻilib, burni bitib nafas olishga qiynaladi.
Bolamga shirinlik bermanglar desam, oʻzinglar ham berasizlarku,boshqa bolalar yeyaptiku gaplarni eshitaman. Har doimgidek asabiylashib ketaman. Chunki bolamga kelib bir kecha qaray olmagan odamlar,unda nima borligini, sogʻligi nimadan yomonlashishi bilmaydi va oʻtirgan joyidan bola katta qilayotgan senmi deydi. Toʻgʻri bolam bundayligini berib koʻrgach bildik, boʻlmasam qayoqdan bilar edim.

Bolaga onasidan yashirib, onasi taʼqiqlangan narsalarni berish bolani yoqtirish emas, balki yomon koʻrishdandir. Har bir bolani yoqtirgan odam unga nima foydaliligidan kelib chiqib narsa hadya qiladi. Sogʻligiga zarar yetkazuvchi narsalar bilan emas.
Shu sabab koʻcha chiqsak ham boshqa bolalar kabi shirinlik emas balki, mevalar va non olib chiqamiz.
Bu bolam va uning doʻstlari uchun ham ancha xavfsiz va yaxshi yechim deb oʻylayman.

Xullas bugun shunaqa fikrlar bilan boʻlishgim keldi.
👍3
Tasodiflar yoʻq bu dunyoda,
Uchrashmadik ikkimiz bekor.
Allohimning rejalarida
Biz anglamas buyuk hikmat bor.

Sen qaydayu men qayda edik?
Goʻyo quyosh,goʻyo oy ayro.
Buni xudo istamaganda,
Boʻlarmiding qarshimda paydo.

Charchagandim yoʻllaring kutib,
Muhabbatning koʻzlari ojiz.
Mana endi bir lahza oʻtib,
Goʻyo eski tanishlardekmiz...

Sen qismatga ishonasanmi?
Koʻrganmisan meni qaydadir?
Bilsang, bu moʻjiza emas,
Taqdir derlar azizim taqdir..)
👍5❤3
"Topganing toʻyga buyursin" naqadar goʻzal qargʻish...
😁4
Bolangni otasi bilan bemalol soatlab oʻynab yurishiga ishona olsang, demak, u chindan yaxshi ota.

Yaʼni bolangdan xavotir olmaysan:
"ovqatlandimi, hojatga chiqa oldimi, pampersi toʻlmadimi, uyqusi kelib yigʻlamadimi, birov xafa qilmadimi ?" kabi savollar qiynamaydi.
Sababi bilasanki, otasi uni barchadan koʻproq yaxshi koʻradi, eʼtibori telefonda emas bolasida boʻladi, unga xuddi oʻzingdek gʻamxoʻrlik qila oladi.

Bu oʻzgacha baxt.
❤4
Forwarded from OTA & ONALAR KLUBI
iPhone фожиаси: истеъмолчилик жамиятининг ёшлар тафаккурига таъсири

18 ёшли Кунал Чандгуде iPhone сотиб олган. Бироқ телефон учун бўлиб-бўлиб тўлаш (EMI) тўловларини ота-онаси кўтара олмаслиги ортидан оилада жанжал келиб чиққан. Куналнинг отаси ҳайдовчи бўлиб, оиланинг ягона боқувчиси эди.

Кунал ота-онасига қоядан сакраб, ўз жонига қасд қилиш билан таҳдид қилган. У жар ёқасига бориб турган, отаси эса уни бу фикридан қайтаришга уринган. Натижада Кунал мувозанатини йўқотиб, отасини ҳам ўзи билан тортиб кетган ва иккаласи қоядан қулаб, ҳалок бўлган.

Ёнида турган онаси эса бу оғир мусибатга чидай олмай, ўзини ҳам қоядан ташлаган.

Шу тариқа бир оила қиммат телефонни сотиб олиш ва унинг тўловларини амалга ошириш масаласидаги низо сабаб ҳалок бўлган.

Бу воқеа бизга яна бир бор истеъмолчилик психологияси қанчалик хавфли нуқтага бориши мумкинлигини кўрсатади.

Марказий банк маълумотларига кўра, юртимизда 2026 йил 1 январь ҳолатига тижорат банкларида микроқарз олувчилар сони қарийб 2,7 миллион кишига етган ва бир йилда 37 фоизга ошган. Бир қарз олувчига тўғри келадиган шартномалар сони 1,7 тадан 1,9 тага кўпайган. Энг муҳими: 2025 йилда кредит олган аҳолининг 53 фоизида бир вақтнинг ўзида бир нечта қарз мажбурияти мавжуд — бир йил аввал бу кўрсаткич 43 фоиз бўлган.

Юқоридаги фактлар социолог олимлар учун бир муҳим саволни ўртага ташлаши керак: бугун ёшларнинг қадриятларини ким ва нима шакллантирмоқда?
Дунёда ёшлар орасида смартфон ва ижтимоий тармоқлардан фойдаланиш кескин ошган. Айниқса, қиммат гаджет, бренд кийим, тренер ва «статус» намойиши орқали ўзини бошқалар билан таққослаш истеъмолчилик кайфиятини кучайтирмоқда.

Муаммо телефонда эмас. Муаммо — инсон қадрини нарх, бренд ва ташқи кўриниш билан ўлчай бошлашда. Агар ёш авлод «мен кимман?» деган саволдан кўра «менда нима бор?» деган саволни муҳимроқ деб билса, бу фақат оила эмас, бутун жамият учун жиддий ижтимоий хавфдир.

Гаджет восита бўлиши керак, ҳаётнинг мақсади эмас, тафаккур қилайлик!

Социолог, Сухробхўжа Хидиров
🤯1
Bir ustozim aytgandilar:

"Ogʻriqlar jannatda boʻlmaydi. Jannatga kirishga harakat qil. Noumid boʻlma.
Ogʻriqlarsiz hayotni emas, ogʻriqlarsiz qabrni ista."

Allohim bizni yomon xotimadan asra!.

©Rumayniso
📌 @hasanovablog
❤3
Forwarded from YAQIN
BESH YOSHLI BOLANI KIM HIMOYA QILISHI KERAK EDI?

Namangandagi davlat bog‘chalaridan birida besh yoshli qizaloq jinsiy zo‘ravonlikka uchragani haqida xabar berildi.

Bu ishda faqat gumonlanuvchining jinoiy javobgarligi haqida so‘rash kamlik qiladi. Chunki ota-ona farzandini begona odamga emas, uni himoya qilishi kerak bo‘lgan davlat muassasasiga topshirgan.

Shuning uchun asosiy savollardan biri:

BESH YOSHLI QIZALOQ QANDAY QILIB KATTA YOSHLI ERKAK BILAN NAZORATSIZ QOLISHI MUMKIN?

Gumonlanuvchi 52 yoshda bo‘lib, 2022 yildan buyon bog‘chada xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul lavozimda ishlagani xabar qilingan. Qizaloqning yaqinlari zo‘ravonlik bir necha marta sodir bo‘lganini aytmoqda. Bu hozircha yaqinlarning versiyasi bo‘lib, uning haqiqiyligi tergov va sud tomonidan aniqlanishi kerak.

Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, savol yanada og‘irlashadi: bir marta nazoratdan chiqib ketishni tasodif deb izohlash mumkin bo‘lsa, takroriy holatlarni qanday tushuntirish mumkin?

Bunda gap faqat bir shaxsning ehtimoliy jinoyati haqida emas, balki bolani himoya qilishi kerak bo‘lgan xavfsizlik tizimi ishlamagani haqida ham borishi mumkin.

TARBIYACHI QAYERDA EDI?

Bu savol ayblov emas, tergov savoli bo‘lishi kerak.

Tarbiyachi bolalarni hatto bir daqiqa ham qarovsiz qoldirmaganini aytgan va hodisa bog‘cha hududida bo‘lgani haqidagi versiyani rad etgan. Endi qarama-qarshi ko‘rsatmalar tekshirilishi lozim.

Bola qayerda va qaysi vaqtda bo‘lgan? Tarbiyachi va yordamchi tarbiyachi qayerda bo‘lgan? Gumonlanuvchi bolalar hududiga erkin kirish imkoniyatiga ega edimi? Bolani alohida xonaga olib kirishi mumkinmidi? Kameralar qayerda edi, ko‘rinmaydigan nuqtalar bormi? Yozuvlar va kirish-chiqish qaydlari saqlanganmi?

Agar zo‘ravonlik takroriy bo‘lgan bo‘lsa, nega birorta katta odam bolaning holatidagi o‘zgarishni sezmagan?

Besh yoshli boladan «Nega avval aytmadi? Nega baqirmadi? Nega qochmadi?» deb kattalarcha harakat kutish noto‘g‘ri. Bola qo‘rqishi, voqeani to‘liq tushunmasligi yoki tahdid ostida qolishi mumkin.

Shuning uchun «nega darrov aytmadi?» degan savol jabrlanuvchining ko‘rsatmasini avtomatik ravishda shubha ostiga qo‘ymasligi kerak.

BOGʻCHAGA KIMLARNI ISHGA OLYAPMIZ?

Bolalar muassasasida xavfsizlik faqat tarbiyachilarga qo‘yiladigan talablar bilan cheklanmasligi kerak.

Omborchi, qorovul, haydovchi, elektrik, santexnik, farrosh va boshqa xodimlarning ham bolalarga yaqinlashish imkoniyati nazorat qilinishi lozim.

Bola uchun lavozimning nomi ahamiyatsiz. U bog‘chada ishlaydigan har qanday katta odamni ishonchli shaxs deb qabul qilishi mumkin.

Shuning uchun bola bor joyda ishlaydigan har bir katta odam xavfsizlik tizimining bir qismi bo‘lishi kerak.

Kameralar, albatta, kerak. Ammo kameraning o‘zi yetarli emas. Haqiqiy xavfsizlik tizimida:

- xodimlarni ishga qabul qilishda tekshirish;
- bolalar bilan yolg‘iz qolish imkoniyatini cheklash;
- zarur holatlarda «ikki katta» yoki ochiq eshik tamoyili;
- xavfli va ko‘rinmas joylarni aniqlash;
- tarbiyachilarni boladagi keskin o‘zgarishlarni tanishga o‘rgatish;
- ota-onalar uchun maxfiy murojaat kanali;
- bolalarga yoshiga mos xavfsizlik ta’limi;
- shubha paydo bo‘lganda tezkor xabar berish tartibi bo‘lishi kerak.

BOLAGA «UYAT» DEB O‘RGATISH YeTARLI EMAS

Bolaga jinsiy munosabat haqida dars berish shart emas. Ammo unga o‘z tanasiga nisbatan oddiy xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish mumkin:

«Tanang senga tegishli. Ichki kiyim yopib turadigan joylar shaxsiy. Kimdir senga noqulay tarzda tegsa, “yo‘q” deyishing mumkin. Katta odam “bu sir bo‘lsin” desa ham, ishonchli kattaga aytishing mumkin. Kimdir qo‘rqitsa ham, aytishing kerak».

Eng muhimi, bola:

«Sen aytsang, men seni urishmayman. Men senga ishonaman» degan gapni eshitishi kerak.

QIZALOQNI JAMOATCHILIKDAN HAM HIMOYA QILISH KERAK

Jinoyat haqida jamiyat gapirishi mumkin, ammo bolaning shaxsini ochish shart emas. Uning surati, manzili yoki tibbiy ko‘rikning intim tafsilotlari tarqatilmasligi kerak.

Jurnalistikaning vazifasi bolaning tanasini muhokama qilish emas, balki uni himoya qila olmagan tizimni tekshirishdir.

ENDI NIMANI O‘ZGARTIRAMIZ?

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 12 sentyabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumonlanuvchi ushlangan va qamoqqa olingan. Bolalar ombudsmani bolaning manfaatlarini himoya qilishni nazorat qilmoqda. Qizaloq va uning onasiga psixologik, tibbiy, huquqiy hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Bu zarur choralar. Ammo ish shu bilan tugamasligi kerak.

Jinoyat ishi bir bolaga nima bo‘lganini aniqlaydi. Tizimli tahlil esa:

Bunday voqea boshqa bola bilan takrorlanmasligi uchun nimani o‘zgartiramiz , degan savolga javob berishi kerak.

Bu odam bolalar muassasasiga qanday ishga qabul qilingan? U bolalar bilan yolg‘iz qolish imkoniyatiga ega bo‘lganmi? Bog‘chaning xavfsizlik protokoli qanday edi? Kameralar va xodimlar nazorati qanday amalga oshirilgan? Boshqa bolalar ham xavf ostida qolgan-qolmagani tekshirildimi? Ma’muriyat harakatlariga xizmat tekshiruvi o‘tkaziladimi? Bog‘chalar xavfsizligi respublika miqyosida audit qilinadimi?

«Aybdor qamoqda» degan javobning o‘zi kam.

Agar ayb sudda isbotlansa, jazoni sud belgilaydi. Ammo jamiyat uchun yana bir muhim vazifa bor: bu fojia boshqa bolalarni himoya qiladigan saboqqa aylanishi kerak.

Besh yoshli qizaloq davlatdan mashina, uy yoki pul so‘ramagan.

Onasi uni ertalab bog‘chaga olib borganda davlatdan bitta oddiy narsani kutgan:

«Kechqurun bolamni sog‘-omon qaytarib ber».Xolos.

Besh yoshli bolani o‘zini o‘zi himoya qilishga majbur qilib bo‘lmaydi. Uni himoya qilish — kattalarning vazifasi.

Shuning uchun savol:

Uchqo‘rg‘ondagi besh yoshli qizaloqni kim himoya qilishi kerak edi?

Javob oddiy:

HAMMAMIZ.

✍Muazzam Ibrohimova

https://t.me/YaqinOzbek
❤1
Bu qurib buzishlar hech tugamaydida🤦‍♀
😁1