Huquqiy axborot | Lotin
6.26K subscribers
3.31K photos
154 videos
2 files
7.22K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#So‘ragan_edingiz

2014 yil fevral oyida tug‘ilgan farzandimni hududimizdagi maktabga qabul kilishmayapti, shunga qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? (I.L. Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani)

🧾 Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, maktabning I sinfiga 6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

Farzandingiz joriy yilning 31 avgust kuniga qadar 6,5 yoshga to‘lishini inobatga olsak, tegishli hujjatlarni maktab maʼmuriyatiga taqdim etish huquqiga egasiz.

🏢 Hududiy xalq taʼlimi boshqaruv organlari maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta taʼlimga to‘liq qamrab olish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishi shart.

🔍 Shu bois, ushbu masala yuzasidan tuman Xalq taʼlimi bo‘limiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, bolalar umumtaʼlim muassasasining 1-sinfiga tayyorgarlik darajasidan qatʼi nazar, tanlovsiz qabul qilinadi (musiqa va sanʼatga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari bundan mustasno).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So‘ragan_edingiz

Men ishlayotgan korxonada shtatlar qisqarganligi sababli ogohlantirish xati berib, meni ishdan bo‘shatishdi. Mening ikki yoshli farzandim borligi sababli menga boshqa ish berishi kerak emasmidi? Qayerga murojaat qilsam bo‘ladi? (R. S. Samarqand shahri)

Mehnat kodeksiga muvofiq, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Bunda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi.

Shu bilan birga, Kodeksda homilador va bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda ayrim kafolatlar belgilangan.

Jumladan, homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, korxonaning butunlay tugatilishi hollarida mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinishi mumkin.

Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonun hujjatlarida belgilangan tegishli ijtimoiy to‘lovlar bilan taʼminlagan holda amalga oshiradi.

Ushbu holatda Siz mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab 1 oy muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishga haqlisiz.

Mazkur bir oylik muddat uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, sud tomonidan qayta tiklanishi mumkin.

Maʼlumot uchun, daʼvogarlar mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar yuzasidan sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So‘ragan_edingiz

📲 Assalom alaykum. Men xotinim bilan ajrashganman. Ikki nafar farzandim ham u bilan birga yashaydi. Hozirda sobiq xotinim boshqa turmush qurganligi sababli bolalarimni menga ko‘rsatmayapti. Bolalarimni ko‘rishim va ularning maktabdagi o‘qishi haqida maʼlumot olishim mumkinmi? (K.A. Qarshi shahar)

Oila kodeksiga muvofiq, boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va taʼlim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.

📝 Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish (shu jumladan bola bilan ko‘rishish) tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir.

📌 Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi.

⚖️ Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda sud boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning talabiga binoan bola manfaatlarini va uning fikrini hisobga olgan holda bolani unga berish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

ℹ️ Boladan alohida yashayotgan ota (ona) tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa shunga o‘xshash muassasalardan o‘z bolasi to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega.

Yuqoridagilarga asosan, bolalaringiz bilan ko‘rishish masalasida sobiq turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘zaro kelishuvga erisholmagan taqdiringizda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishga haqlisiz.

Shu bilan birga, bolalaringizni maktabdagi o‘qishi to‘g‘risida taʼlim muassasasidan axborot olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So‘ragan_edingiz

“Issiq suv” issiq bo‘lmasa...

📲Biz ko‘p kvartirali uyda turamiz. Kunlar sovishi bilan issiq suv harorati pasayib qoladi. Krandan oqayotgan issiq suv harorati o‘zi qancha bo‘lishi kerak? Shu haqda maʼlumot bersangiz. (B.X. Toshkent shahar)

🌡 Qonunchilikka ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarda markaziy tizimlar orqali issiq suv bilan taʼminlashda issiq suv harorati suv olish nuqtasida 50-75°С bo‘lishi lozim.

♻️ Bunda meʼyordan chetga chiqishlarda har bir –3°С uchun to‘lov miqdori 0,1 foizga kamaytiriladi.

🚰 Suv olish nuqtasida harorat 40°С dan past bo‘lganda, isteʼmol qilingan suv uchun to‘lov sovuq suv tarifi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So‘ragan_edingiz

📲 Avtomobillarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari qanday, yaʼni 2020 yil mart oyida xarid qilgan shaxsiy avtomashinamni 2021 yil texnik ko‘rikdan o‘tkazishim kerakmi (T.N. Navoiy viloyati, Zarafshon shahri)

🔰 Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra:

🔹 ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ko‘p bo‘lmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari — 2 yilda bir marta;

🔹 ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ortiq bo‘lgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari — 1 yilda bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.

Shuningdek, transport vositasi texnik ko‘rikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq haydovchilarning majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini boshqarishi 111 ming 500 so‘m miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So‘rovnoma

Hurmatli fuqarolar!

📝 Adliya vazirligi tomonidan respublika miqyosida ekologiyaga oid munosabatlarda inson huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkaziladigan so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

⚠️ So‘rovnomani o‘tkazishdan maqsad fuqarolarning ekologiya sohasiga oid huquqlarini himoya qilish, shuningdek, ekologiya sohasidagi qonunchilikning ijrosi qay darajada ekanligini baholashdan iborat.

📌 Sizning ishtirokingiz kelgusida ekologiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

➡️ So‘rovnoma anketasi mana bu yerda 👇
https://bit.ly/30wUOgg_lotin
#So‘rovnoma

Hurmatli kanalimiz obunachilari!

Kanalimizda Sizga kerakli huquqiy maʼlumotlarni Siz istagan vaqtda va shaklda yetkazish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.

Mazkur soʻrovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'rovnoma

O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasining funksional imkoniyatlarini, shuningdek, qidiruv tizimi imkoniyatlarini takomillashtirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunga ko'ra, ushbu yo'nalishda anonim so'rovnoma o'tkazilmoqda.

So'rovnomada ishtirok etish uchun havola: bit.ly/3xIApVM

So'rovnoma natijalari Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi Lex.uz tizimini qulaylashtirish yuzasidan takliflar olishga xizmat qiladi.

So'rovnomada faol ishtirok etishingizni so'raymiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM