Huquqiy axborot | Lotin
6.32K subscribers
3.28K photos
150 videos
2 files
7.15K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Xalqaro_kun

🗓 7 dekabr – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni

📝 1944 yil 7 dekabr kuni Chikago (AQSH)da 52 davlat ishtirokida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risida konvensiya imzolangan.

1996 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 51-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyasiga ko‘ra, bu sana Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi kuni deb eʼlon qilingan. Mazkur xalqaro hujjatga ko‘ra, barcha hukumatlar, milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarga ushbu sanani munosib tarzda nishonlash uchun tegishli choralarni ko‘rish tavsiya etiladi.

➡️ Bundan maqsad fuqaro aviatsiyasining, global tezkor transport xizmatining dunyo mamlakatlari ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi o‘rni haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat.

♻️ Mazkur sanani har besh yilda muayyan masalalarga bag‘ishlash anʼanaga aylangan. 2019–2023 yillar davomida ushbu sana “Aviatsiyaning global rivojlanishi uchun innovatsiyalarni joriy etish” shiori ostida o‘tmoqda.

☑️ Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) maʼlumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda havo qatnovlari orqali 4 milliard nafardan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Aviaqatnovlar har yili dunyo iqtisodiyotiga 2,7 trln AQSH dollari miqdorida daromad keltiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

🗓 9 dekabr – Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni

➡️ 2003 yil 9 dekabr kuni Merida shahri (Meksika)da Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya imzolangan edi. Ayni paytga qadar ushbu konvensiyaga 172 davlat qo‘shilgan.

📌 2003 yil BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, ushbu kun Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni deb eʼlon qilingan.

Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti tomonidan 2016 yilda ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi joriy qilingan.

🧾 Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 7 sentyabr kuni Adliya vazirligi O‘zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bo‘lib ISO 37001:2016 faoliyatining barcha yo‘nalishi “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiq deb baholanib, xalqaro reyestrga kiritildi hamda tegishli sertifikatga ega bo‘ldi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

10 dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni

📋 1948 yil 10 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 3-sessiyasidagi rezolyutsiyaga binoan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan.

➡️ 1950 yili BMT tomonidan ushbu kunni Inson huquqlari kuni sifatida nishonlash belgilandi. Deklaratsiya insonlarning barchasiga birdek tegishli bo‘lgan huquqlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, shu kungacha dunyoning 500 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.

☑️ Mazkur xalqaro hujjat har bir insonning shaxsiy daxlsizligi, mulk, eʼtiqod va so‘z erkinligini, fuqarolik, davlat boshqaruvida qatnashish, saylash va saylanish, oila, mehnat va dam olish, taʼlim, tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, madaniyat va sanʼat asarlaridan bahra olish huquqlarini himoya qiladi.

📌 BMT shafeligida ushbu kun har yili muayyan mavzu doirasida o‘tadi. 2020 yilda bu kun "Inson huquqlari himoyasining taʼminotida yana-da samarali tiklanish” shiori ostida o‘tmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

🗓 12 dekabr – Sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish Xalqaro kuni

📌 2012 yil 12 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assamblesining 67-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyada barcha mamlakatlarda sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish, har bir inson dunyoning qaysi mintaqasida yashashidan qatʼi nazar, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga chaqirilgan.

➡️ 2017 yil 12 dekabr kuni Bosh Assambleyaning 72-sessiyasidagi qarorga asosan, ushbu kun Sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish Xalqaro kuni deb eʼlon qilingan va bu sanani BMTga aʼzo barcha mamlakatlar hududida davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

♻️ Har yili 12 dekabr kuni dunyo bo‘ylab Sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish tarafdorlari nochor hududlarda yashayotgan aholining yashash sharoitini, ularning muammolarini keng jamoatchilikka yetkazish, tibbiy xizmat sifati va malakasini oshirish, bu borada hamkor tashkilotlar va homiylarni ko‘proq jalb etish maqsadida targ‘ibot ishlarini olib boradilar.

🦠 Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi hukm surayotgan joriy yilda ushbu xalqaro kun “Har bir insonni himoya qilamiz!” shiori ostida o‘tmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

🗓 22 dekabr – Xalqaro energetiklar kuni

📌 Xalqaro energetiklar kuni yilning 22 dekabrida bir qator MDH va Yevropa mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham keng nishonlanadi.

➡️ 1917 yil 22 dekabr kuni ilk bor Rossiya hukumatining mamlakatni elektrlashtirish bo‘yicha davlat rejasi e’lon qilingan. Shu munosabat bilan sobiq ittifoq Oliy Kengashining 1966 yil 23 maydagi qaroriga muvofiq, har yilning 22 dekabr kuni energetiklarning kasb bayrami sifatida nishonlana boshlagan.

Xalqaro Energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda 25 trln kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo miqyosida 2020 yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 25%ga kamaygan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

24 dekabr – Xalqaro optimizm kuni

Optimizm
lotincha “optimus” so‘zidan olingan bo‘lib, “eng yaxshi” degan maʼnoni beradi. Istilohda bu so‘z voqelikning ijobiy yakun topishini taxmin qilish, atrofda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning yaxshi tomonlarini ko‘ra olish, bir so‘z bilan aytganda, xayrixohlikni bildiradi.

Bu atama fanga nemis faylasufi va matematigi Gotfrid Leybnis tomonidan kiritilgan. 1758 yil dekabrda fransuz adibi Volterning “Kandid yoki optimizm” romani sotuvga chiqqach, bu so‘z o‘quvchilar orasida juda ommalashib ketgan.

Bu kun dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida xursandchilik va ko‘tarinki ruhda nishonlanadi. Psixologlar tomonidan kun davomida xush kayfiyatda bo‘lish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

27 dekabr – Xalqaro epidemiyaga qarshi hozirlik ko‘rish kuni

📌 2020 yilning 13 noyabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, har yilning 27 dekabr sanasi Xalqaro epidemiyaga qarshi hozirlik ko‘rish kuni deb eʼlon qilindi.

🦠 Maʼlumki, 2019 yilning oxirida aniqlangan COVID-19 infeksiyasi butun sayyoramizga misli ko‘rilmagan ofat olib keldi. Bir yil ichida ushbu kasallik dunyoning deyarli barcha mamlakatiga yoyilib ulgurdi. Koronavirus bilan og‘riganlar soni bugungi kunda 80 million kishidan oshdi. 1,8 milliondan ortiq kishi vafot etdi.

➡️ Mazkur hujjatda BMT va boshqa xalqaro, mintaqaviy, hududiy tashkilotlar, xususiy sektor vakillari, ommaviy axborot vositalariga ushbu kunni keng nishonlash, aholining bu boradagi bilim darajasini oshirish, epidemiya yuzaga kelgan taqdirda zarur choralar ko‘rish tavsiya etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

28 dekabr – Xalqaro kino kuni

🎞 1895 yilda Fransiyaning Parij shahrida, Kaputsin maydonidagi “Grand-kafe”da aka-uka Lui va Ogyust Lyumerlar tomonidan suratga olingan ilk kino namunasi tomoshabinlarga namoyish qilingan edi.

📌 Komediya janrida yaratilgan ushbu ovozsiz film “Shalabbo bo‘lgan sug‘oruvchi” deb atalar, unda bog‘bon rolini ilk fransuz aktyori Fransua Kler ijro etgan. Mazkur sana dunyoning bir qator mamlakatlarida Xalqaro kuno kuni sifatida namoyish etiladi.

☑️ O‘zbekistonda kinematografiyaning dunyoga kelishi mashhur o‘zbek fotografi va rejisseri Xudoybergan Devonov nomi bilan bog‘liq. U 1910 yilda o‘zbek kinosi tarixidagi ilk hujjatli videolavhalarni tasvirga olgan. Unda Xiva xoni Asfandiyorxonning poytaxt ko‘chalaridagi sayohati aks etgan.

📽 Ilk o‘zbek badiiy filmi “Ajal minorasi” 1925 yilda suratga olingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

4 yanvar – Butunjahon Brayl alifbosi kuni

📓 Brayl alifbosi bo‘rtiq nuqtalarga asoslangan maxsus alifbo bo‘lib, ko‘zi ojiz insonlarning savod chiqarishi uchun 1824 yilda fransuz tiflopedagogi Lui Brayl tomonidan yaratilgan.

🌎 BMT Bosh Assambleyasining 2006 yil 13 dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasida Brayl alifbosi ko‘z ojizlar va zaif ko‘ruvchilar uchun asosiy yozma muloqot vositasi ekanligi qayd etilgan.

📌 Mazkur xalqaro kun Brayl alifbosining ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasida savod chiqarish, taʼlim olish, maʼrifiy savodxonlikni oshirishdagi ahamiyatini xalqaro miqyosda eʼtirof etish, bu yozuvda o‘quv, ilmiy, siyosiy va badiiy adabiyotlarni nashr qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida nishonlanadi.

🖨 Ayni paytda mamlakatimizda ham Brayl alifbosida turli nashrlar, jumladan huquqiy adabiyotlar chop etilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

11 yanvar – Xalqaro minnatdorlik kuni

📌 Har yilning 11 yanvar kuni dunyoning turli mamlakatlarida xalqaro minnatdorlik kuni keng nishonlanadi. Bu kunni bayram qilishdan maqsad insonlar orasidagi samimiy munosabatlarni, do‘stona rishtalarni yana-da mustahkamlashdan iborat.

☑️ Garchi dunyoning turli xalqlarida va tillarida minnatdorlik turli ko‘rinishda ifodalansa-da, chin dildan aytilgan tashakkur har bir insonga xush kayfiyat baxsh etadi. Psixologlar samimiy minnatdorlik inson salomatligiga ham ijobiy taʼsir o‘tkazishini tasdiqlashgan.

🧾 BMT, YUNESKO singari nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotgan bu bayram tobora ommalashib bormoqda. Qator mamlakatlarda bu kunda turli qiziqarli tomoshalar, aksiyalar, fleshmoblar o‘tkaziladi, bayram tadbirlari, tanlovlar tashkil etilib, sovg‘alar, turli tillarda bitilgan bezakli tashakkurnomalar tarqatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin