Huquqiy axborot | Lotin
6.32K subscribers
3.28K photos
150 videos
2 files
7.15K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Xalqaro_kun

24 sentyabr – Butunjahon dengiz kuni

📌 Yer yuzining to‘rtdan uch qismi suv bilan qoplangan. BMT maʼlumotlariga ko‘ra xalqaro savdoning 80 %dan ortig‘i dengiz transporti orqali amalga oshiriladi. Shu bois Xalqaro dengiz tashkiloti (International Maritime Orgazation)ning 1975 yildagi 10-sessiyasida sentyabr oyining uchinchi payshanba kuni “Butunjahon dengiz kuni” deb eʼlon qilingan.

☑️ Ushbu sana dengizda yuk tashishning ekologik xavfsizligini taʼminlash, biologik zaxiralarni asrab-avaylash, bu yo‘nalishga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan. Shuningdek, har bir davlat ushbu sanani o‘z imkoniyatlari doirasida qaysi kun nishonlashni o‘zi belgilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
❗️ 2020/2021 o‘quv yili darsliklar to‘plami uchun ijara narxlari belgilandi

Umumtaʼlim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun darsliklar ijarasi – bepul

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–637, 23.09.2020) Prezident tomonidan imzolandi.

🔰 Qonunga muvofiq, taʼlim turlari quyidagilardan iborat:
• maktabgacha taʼlim va tarbiya;
• umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim;
• professional taʼlim;
• oliy taʼlim;
• oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
• kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
• maktabdan tashqari taʼlim.

☑️ Umumiy o‘rta taʼlim I–XI sinflarni o‘z ichiga oladi.

🗓 O‘rta maxsus taʼlim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta taʼlim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.

📌 Professional taʼlim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim darajalariga ajratiladi.

🔸 Boshlang‘ich professional taʼlim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi taʼlim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.

🔸 O‘rta professional taʼlim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.

🔸 O‘rta maxsus professional taʼlim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.

📋 Qonunga ko‘ra, davlat oliy taʼlim, o‘rta maxsus, professional taʼlim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.

➡️ Nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish ularning taʼsischilari tomonidan amalga oshiriladi.

🏢 Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.

❗️ Shuningdek, mazkur Qonun bilan,1997 yil 29 avgustdagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.

▫️ Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 25 sentyabr (2014 yil)

“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

Qonunga ko‘ra, ijtimoiy sheriklik sohasida nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida davlat mulki tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

25 sentyabr – Xalqaro farmatsevtlar kuni

📌 25 sentyabr xalqaro farmatsevtlar kuni (World Pharmacists Day) sifatida nishonlanadi. 1912 yil 25 sentyabr kuni Xalqaro farmatsevtika federatsiyasi (FIP) tashkil topgan. Tashkilotning shtab-kvartirasi Gaaga shahrida joylashgan. 2009 yildan Federatsiyaning tashabbusi bilan shu kun xalqaro farmatsevtlar kuni sifatida nishonlash yo‘lga qo‘yilgan.

☑️ Mazkur sanani nishonlashdan maqsad farmatsevtlarning insoniyat hayotidagi o‘rni va rolini keng jamoatchilikka ko‘rsatish, xalqaro miqyosda farmatsevtlarning o‘zaro tajriba almashishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek dunyo aholisining turmush farovonligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Navoiy viloyatida G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etildi

“Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (584-son, 24.09.2020 y.).

🏢 Qarorga muvofiq, Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etildi.

💼 Qaror bilan, G‘ozg‘on shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining bo‘linmalari va boshqaruv xodimlari soni tasdiqlandi.

⚠️ Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qarorlari bilan Navoiy viloyati Nurota tumanidagi G‘ozg‘on shaharchasi G‘ozg‘on shahri etib o‘zgartirilib, G‘ozg‘on shahri viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

26 sentyabr – Yadro qurolini butunlay yo‘qotish bo‘yicha kurash kuni

📌 BMT Bosh assambleyasining 68-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga asosan 26 sentyabr Yadro qurolini butunlay yo‘qotish bo‘yicha kurash kuni deb eʼlon qilingan.

♻️ Mazkur hujjatda yadro qurolini butunlay yo‘qotishni targ‘ib etish, uning mudhish oqibatlaridan insoniyatni yana-da chuqurroq ogoh etishga daʼvat etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4842, 25.09.2020 y).

📝 Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning elektron yuk xatiga oid Qo‘shimcha bayonnomasiga (Jeneva, 2008 yil 20 fevral) qo‘shildi.

🏢 Transport vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul organ etib belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️1 oktyabrdan alkogol mahsulotlari narxi oshadi

“Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3188-1, 29.09.2020 y).

🔰 Hujjatga muvofiq, quyidagi narxlar belgilandi:

👉 vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 9 400 so‘m (ilgari 8 600 so‘m);
• eng kam chakana narx – 11 200 so‘m (ilgari 10 200 so‘m).

👉 konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 33 000 so‘m (ilgari 31 000 so‘m);
• eng kam chakana narx – 39 000 so‘m (ilgari 36 600 so‘m).

👉 aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 24 000 so‘m (ilgari 22 000 so‘m);
• eng kam chakana narx – 28 500 so‘m (ilgari 26 000 so‘m).

🗓 Mazkur qaror 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇

https://t.me/huquqiyaxborot
#Xalqaro_kun

2-oktyabr – Xalqaro kuch ishlatmaslik kuni

📌 BMT Bosh Assambleyasining 2007 yil 15 iyundagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 2 oktyabr Xalqaro kuch ishlatmaslik kuni sifatida nishonlanadi.

☑️ Mazkur rezolyutsiyaga ko‘ra, ushbu kunda muammolarni kuch ishlatmasdan hal qilishga targ‘ib etish belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Sôragan_edingiz

📲 Maktabda o‘qiydigan farzandimning telefonini o‘qituvchisi olib qo‘yibdi. Shaxsiy mulk bo‘lsa, uni olishga haqqi bormi? (E.D. Toshkent shahri)

🔰Qonunchilikka asosan, o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin taʼlim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda sumkasiga solib qo‘yishi shart.

❗️TAQIQLANADI

Taʼlim oluvchilarga quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi:
👉telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
👉telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun taʼlim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

telefoni yordamida:
👉 atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
👉 taʼlim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;

o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:

👉 telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
👉 telefonni stol ustiga qo‘yish;
👉 musiqa tinglash;
👉 surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
👉 suratga olish va video tasvirga tushirish;
👉 telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

❗️RUXSAT ETILADI

📌 Taʼlim muassasasida taʼlim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, taʼlim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

❗️TARTIBNI BUZSA

Ushbu talablar buzilgan taqdirda taʼlim muassasasining har qanday pedagog xodimi taʼlim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga taʼlim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Demak, taʼlim muassasasida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilgan taqdirda, o‘qituvchi uning telefonini muassasa rahbariyatiga yoki ota-onasiga berish sharti bilan olib qo‘yishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

27 oktyabr – Xalqaro audiovizual meros kuni

📌 1980 yil 27 oktyabrda YUNESKOning Harakatlanuvchi tasvirlarni saqlab qolish va himoyalash bo‘yicha Tavsiyanomasi qabul qilingan. Unda eng yaxshi kino va video asarlarni madaniy meros namunalari sifatida saqlab qolish va ularni kelgusi avlodlarga yetkazish choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

🎦 Mazkur sananing 25 yilligi munosabati bilan 2005 yil 20 oktyabr kuni ushbu tashkilotning 33-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga asosan, 27 oktyabr Xalqaro audiovizual meros kuni deb eʼlon qilindi. Ayni paytda tashkilot tomonidan video va audiotasmalarda yozib olingan nodir ovozlar va videotasvirlarni raqamlashtirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra (O‘RQ–643-son, 26.10.2020 y.) endi epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish (54-modda) bilan bog‘liq maʼmuriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

🦠 Bunda, ichki ishlar organlari ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda maʼmuriy jazoni qo‘llashga faqat tegishli hududlarda yoki obyektlarda karantin joriy etilgan taqdirda, haqlidir.

Shuningdek, endilikda karantin sharoitida haydovchilar tomonidan Kodeksning 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan maʼmuriy ish ko‘rilguniga qadar ushlab turilishi mumkin.

❗️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Transport vositalariga davlat raqami belgilarini berganlik uchun to‘lovlar miqdori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Maktablarda ona tili soatlari ko‘paytiriladi

Batafsil ushbu rolik orqali tanishing 👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Sôragan_edingiz

Men maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman, maktab maʼmuriyati tomonidan malaka oshirishga yuborishayapti. Malaka oshirishga ketgan vaqtimda menga ish haqi to‘lanadimi? (Andijon viloyati E.I.)

Ha, bu davrda Sizga ish haqi to‘lanadi.

🔰Qonunchilikka ko‘ra, maktab o‘qituvchilari malaka oshirishga yuborilganda o‘qishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha egallagan lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi, ularning o‘quv yuklamasi esa boshqa aʼzolar o‘rtasida taqsimlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Hukumat qarori (655-son, 27.10.2020 y)ga muvofiq, 2021 yil 1 martga qadar transformatsiya qilish uchun 5 ta OTM ochiq tanlov asosida saralab olinadi.

🏢 2021/2022 o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida transformatsiya qilinadigan oliy taʼlim muassasalarida:

👉 bakalavriat va magistratura uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari ularning o‘zlari tomonidan belgilanadi;

👉 bakalavriatga kirish imtihonlari mustaqil o‘tkaziladi;

👉 taʼlim jarayoniga hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy OTM professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

28 oktyabr – Xalqaro animatsiya kuni

📌 1892 yil 28 oktyabr kuni fransuz rassomi va ixtirochisi Emil Reyno Parij shahridagi Greven muzeyida harakatlanuvchi suratlar ketma-ketligi – ilk multfilm namunasini tomoshabinlarga namoyish qilgan.

Mazkur sananing 110 yilligi munosabati bilan 2002 yil 28 oktyabr kuni Xalqaro animatsion filmlar assotsiatsiyasi (ASIFA) tashabbusi bilan ushbu kun “Xalqaro animatsiya kuni” deb eʼlon qilingan.

Ushbu sana munosabati bilan har yili yuzdan ortiq mamlakatda turli uchrashuvlar, festivallar, film taqdimotlari o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

"O‘zbekiston asalarichilari" uyushmasiga rais tasdiqlandi

Hukumat qarori (656-son, 27.10.2020 y.) bilan Sharofiddin Baxriddinov "O‘zbekiston asalarichilari" uyushmasining raisi etib tasdiqlandi.

Hozirga qadar ushbu lavozimda Sherali Rustambekovich Suyarkulov faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin