Huquqiy axborot | Lotin
6.46K subscribers
3.34K photos
154 videos
2 files
7.27K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Xalqaro_kun

🗓 12 dekabr – Sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish Xalqaro kuni

📌 2012 yil 12 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assamblesining 67-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyada barcha mamlakatlarda sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish, har bir inson dunyoning qaysi mintaqasida yashashidan qatʼi nazar, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga chaqirilgan.

➡️ 2017 yil 12 dekabr kuni Bosh Assambleyaning 72-sessiyasidagi qarorga asosan, ushbu kun Sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish Xalqaro kuni deb eʼlon qilingan va bu sanani BMTga aʼzo barcha mamlakatlar hududida davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

♻️ Har yili 12 dekabr kuni dunyo bo‘ylab Sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish tarafdorlari nochor hududlarda yashayotgan aholining yashash sharoitini, ularning muammolarini keng jamoatchilikka yetkazish, tibbiy xizmat sifati va malakasini oshirish, bu borada hamkor tashkilotlar va homiylarni ko‘proq jalb etish maqsadida targ‘ibot ishlarini olib boradilar.

🦠 Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi hukm surayotgan joriy yilda ushbu xalqaro kun “Har bir insonni himoya qilamiz!” shiori ostida o‘tmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

🗓 22 dekabr – Xalqaro energetiklar kuni

📌 Xalqaro energetiklar kuni yilning 22 dekabrida bir qator MDH va Yevropa mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham keng nishonlanadi.

➡️ 1917 yil 22 dekabr kuni ilk bor Rossiya hukumatining mamlakatni elektrlashtirish bo‘yicha davlat rejasi e’lon qilingan. Shu munosabat bilan sobiq ittifoq Oliy Kengashining 1966 yil 23 maydagi qaroriga muvofiq, har yilning 22 dekabr kuni energetiklarning kasb bayrami sifatida nishonlana boshlagan.

Xalqaro Energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda 25 trln kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo miqyosida 2020 yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 25%ga kamaygan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

24 dekabr – Xalqaro optimizm kuni

Optimizm
lotincha “optimus” so‘zidan olingan bo‘lib, “eng yaxshi” degan maʼnoni beradi. Istilohda bu so‘z voqelikning ijobiy yakun topishini taxmin qilish, atrofda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning yaxshi tomonlarini ko‘ra olish, bir so‘z bilan aytganda, xayrixohlikni bildiradi.

Bu atama fanga nemis faylasufi va matematigi Gotfrid Leybnis tomonidan kiritilgan. 1758 yil dekabrda fransuz adibi Volterning “Kandid yoki optimizm” romani sotuvga chiqqach, bu so‘z o‘quvchilar orasida juda ommalashib ketgan.

Bu kun dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida xursandchilik va ko‘tarinki ruhda nishonlanadi. Psixologlar tomonidan kun davomida xush kayfiyatda bo‘lish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

27 dekabr – Xalqaro epidemiyaga qarshi hozirlik ko‘rish kuni

📌 2020 yilning 13 noyabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, har yilning 27 dekabr sanasi Xalqaro epidemiyaga qarshi hozirlik ko‘rish kuni deb eʼlon qilindi.

🦠 Maʼlumki, 2019 yilning oxirida aniqlangan COVID-19 infeksiyasi butun sayyoramizga misli ko‘rilmagan ofat olib keldi. Bir yil ichida ushbu kasallik dunyoning deyarli barcha mamlakatiga yoyilib ulgurdi. Koronavirus bilan og‘riganlar soni bugungi kunda 80 million kishidan oshdi. 1,8 milliondan ortiq kishi vafot etdi.

➡️ Mazkur hujjatda BMT va boshqa xalqaro, mintaqaviy, hududiy tashkilotlar, xususiy sektor vakillari, ommaviy axborot vositalariga ushbu kunni keng nishonlash, aholining bu boradagi bilim darajasini oshirish, epidemiya yuzaga kelgan taqdirda zarur choralar ko‘rish tavsiya etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

28 dekabr – Xalqaro kino kuni

🎞 1895 yilda Fransiyaning Parij shahrida, Kaputsin maydonidagi “Grand-kafe”da aka-uka Lui va Ogyust Lyumerlar tomonidan suratga olingan ilk kino namunasi tomoshabinlarga namoyish qilingan edi.

📌 Komediya janrida yaratilgan ushbu ovozsiz film “Shalabbo bo‘lgan sug‘oruvchi” deb atalar, unda bog‘bon rolini ilk fransuz aktyori Fransua Kler ijro etgan. Mazkur sana dunyoning bir qator mamlakatlarida Xalqaro kuno kuni sifatida namoyish etiladi.

☑️ O‘zbekistonda kinematografiyaning dunyoga kelishi mashhur o‘zbek fotografi va rejisseri Xudoybergan Devonov nomi bilan bog‘liq. U 1910 yilda o‘zbek kinosi tarixidagi ilk hujjatli videolavhalarni tasvirga olgan. Unda Xiva xoni Asfandiyorxonning poytaxt ko‘chalaridagi sayohati aks etgan.

📽 Ilk o‘zbek badiiy filmi “Ajal minorasi” 1925 yilda suratga olingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

4 yanvar – Butunjahon Brayl alifbosi kuni

📓 Brayl alifbosi bo‘rtiq nuqtalarga asoslangan maxsus alifbo bo‘lib, ko‘zi ojiz insonlarning savod chiqarishi uchun 1824 yilda fransuz tiflopedagogi Lui Brayl tomonidan yaratilgan.

🌎 BMT Bosh Assambleyasining 2006 yil 13 dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasida Brayl alifbosi ko‘z ojizlar va zaif ko‘ruvchilar uchun asosiy yozma muloqot vositasi ekanligi qayd etilgan.

📌 Mazkur xalqaro kun Brayl alifbosining ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasida savod chiqarish, taʼlim olish, maʼrifiy savodxonlikni oshirishdagi ahamiyatini xalqaro miqyosda eʼtirof etish, bu yozuvda o‘quv, ilmiy, siyosiy va badiiy adabiyotlarni nashr qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida nishonlanadi.

🖨 Ayni paytda mamlakatimizda ham Brayl alifbosida turli nashrlar, jumladan huquqiy adabiyotlar chop etilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

11 yanvar – Xalqaro minnatdorlik kuni

📌 Har yilning 11 yanvar kuni dunyoning turli mamlakatlarida xalqaro minnatdorlik kuni keng nishonlanadi. Bu kunni bayram qilishdan maqsad insonlar orasidagi samimiy munosabatlarni, do‘stona rishtalarni yana-da mustahkamlashdan iborat.

☑️ Garchi dunyoning turli xalqlarida va tillarida minnatdorlik turli ko‘rinishda ifodalansa-da, chin dildan aytilgan tashakkur har bir insonga xush kayfiyat baxsh etadi. Psixologlar samimiy minnatdorlik inson salomatligiga ham ijobiy taʼsir o‘tkazishini tasdiqlashgan.

🧾 BMT, YUNESKO singari nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotgan bu bayram tobora ommalashib bormoqda. Qator mamlakatlarda bu kunda turli qiziqarli tomoshalar, aksiyalar, fleshmoblar o‘tkaziladi, bayram tadbirlari, tanlovlar tashkil etilib, sovg‘alar, turli tillarda bitilgan bezakli tashakkurnomalar tarqatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

🗓 24 yanvar — Xalqaro taʼlim kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, Yer yuzida bugungi maktab yoshidagi 617 million nafar bolalar va o‘smirlar taʼlim olish imkoniga ega emas. Ularning asosiy qismi Afrikaning markaziy qismida, shuningdek, qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgan hududlarda istiqomat qiladi.

Inson huquqlari Butunjahon deklaratsiyasining 26-moddasida har bir inson bilim olishga haqli ekanligi, eng kamida boshlang‘ich va o‘rta umumiy taʼlim bepul bo‘lishi lozimligi alohida qayd etiladi.

2018 yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 24 yanvarni butun dunyoda Xalqaro taʼlim kuni sifatida nishonlash belgilangan. Bundan ko‘zlangan maqsad sayyoramizda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlashda taʼlimning o‘rni qanchalik yuqori ekanligiga eʼtibor qaratishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

27 yanvar – Xalqaro Xolokost qurbonlari kuni

1945 yil 27 yanvar kuni natsistlarning Osvensim (Polsha) konsentratsion lageri ozod qilingan edi. BMT Bosh Assambleyasining 2005 yil 1 noyabrda qabul qilingan rezolyutsiyasiga ko‘ra, ushbu sanani Xalqaro Xolokost qurbonlari kuni sifatida nishonlash belgilangan.

“Xolokost” so‘zi qadimgi yunon tilida “butunlay yoqib yuborish, mahv etish, qirg‘in” singari maʼnolarni beradi.

Natsistlar Germaniyasi tomonidan bunyod etilgan Osvensim lagerida 1,5 milliondan 4 millionga qadar insonlar vahshiyona usullarda o‘ldirilgan. Qurbonlar orasida ko‘plab sovet harbiy asirlari, yahudiylar, polyaklar, lo‘lilar, qora tanlilar bo‘lgan.

Xalqaro Xolokost qurbonlari kuni munosabati bilan dunyoning turli davlatlarida genotsid va ommaviy qirg‘inga qarshi hamjihatlikni kurashni targ‘ib etishga qaratilgan anjumanlar, xayriya tadbirlari, ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

28 yanvar – Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish kuni

⚠️ Shaxsga doir maʼlumotlar har bir insonning shaxsiy huquq va erkinliklarini taʼminlash, mehnat munosabatlari, sog‘liqni saqlash, mahsulotlar harid qilish, sayohat va internetdan foydalanishda muhim o‘rin tutadi.

🗓 2006 yil 28 yanvar kuni Yevropa Kengashi tomonidan “Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida”gi Xalqaro konvensiya imzolandi. Shundan beri bu kun dunyoning qator mamlakatlarida Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish kuni sifatida nishonlab kelinadi.

☑️ Ushbu sana munosabati bilan har yili hukumatlar, parlamentlar, inson huquqlari bo‘yicha idora va tashkilotlar shaxsiy hayot va shaxsga doir maʼlumotlarni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar, anjumanlar o‘tkazishadi.

📋 2019 yil 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

🗓 29 yanvar – Yadro urushi tahdidlariga qarshi safarbarlik kuni

1985 yil 29 yanvar kuni Dehli shahrida Hindiston, Gretsiya, Meksika, Argentina, Tanzaniya va Shvetsiya vakillari ishtirokida yadro qurolidan voz kechish bo‘yicha deklaratsiya imzolangan. Shundan so‘ng bu kunni Yadro urushi tahdidlariga qarshi safarbarlik kuni sifatida nishonlash anʼanaga aylangan.

Qayd etish lozim, yadro qurolining ishlatilishi maʼlum davlatlar emas, balki butun sayyoramiz uchun katta xavf tug‘dirishi o‘z isbotini topgan. Undan tarqaladigan radiatsiya ham tabiiy muvozanatga, insonlar hayotiga misli ko‘rilmagan darajada zarar keltirishi mumkin. Shu bois, jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar dunyo mamlakatlarini yadro qurolidan foydalamanmaslikka, insoniyatni uning xatarli oqibatlaridan ogohlikka chorlab kelmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

22-sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun

📌 Bugun dunyodagi avtomobil va mototsikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko‘plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.

☑️ 1995-yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.

☝️ Maʼlumot uchun: Hukumat qarori bilan 2021-yildan boshlab 22-sentyabr respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kunsifatida eʼlon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

ℹ️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e’tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992 yillar Xalqaro nogironlar o‘n yilligi deb belgilangan edi. Mazkur o‘n yillik yakunida (1992 yilning 14 oktabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilingan.

📋 Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a’zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning to‘laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta’lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

➡️ 2003 yil 9 dekabr kuni Merida shahri (Meksika)da Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya imzolangan.

📌 2003 yil BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, ushbu kun Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni deb eʼlon qilingan.

Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti tomonidan 2016 yilda ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi joriy qilingan.

🧾 Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 7 sentyabr kuni Adliya vazirligi O‘zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bo‘lib ISO 37001:2016 faoliyatining barcha yo‘nalishi “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiq deb baholanib, xalqaro reyestrga kiritilgan hamda tegishli sertifikatga ega bo‘lgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

22-sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun

📌 Bugun dunyodagi avtomobil va motosikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko'plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ'ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o'tkaziladi.

☑️ 1995-yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o'tkazib kelinmoqda.

☝️ Ma'lumot uchun: Hukumat qarori bilan 2021-yildan boshlab 22-sentyabr respublika bo'yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e'lon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

ℹ️ Nogironligi bo'lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e'tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992 yillar Xalqaro nogironlar o'n yilligi deb belgilangan edi. Mazkur o'n yillik yakunida (1992 yilning 14 oktabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e'lon qilingan.

⚠️ Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a'zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning to'laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta'lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

➡️ 2003 yil 9 dekabr kuni Merida shahri (Meksika)da Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya imzolangan.

📌 2003 yil BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, ushbu kun Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni deb eʼlon qilingan.

Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti tomonidan 2016 yilda ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi joriy qilingan.

🧾 Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 7 sentyabr kuni Adliya vazirligi O‘zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bo‘lib ISO 37001:2016 faoliyatining barcha yo‘nalishi “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiq deb baholanib, xalqaro reyestrga kiritilgan hamda tegishli sertifikatga ega bo‘lgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

22-sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun

📌 Bugun dunyodagi avtomobil va motosikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko'plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ'ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o'tkaziladi.

☑️ 1995-yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o'tkazib kelinmoqda.

☝️ Ma'lumot uchun: Hukumat qarori bilan 2021-yildan boshlab 22-sentyabr respublika bo'yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e'lon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

ℹ️ Nogironligi bo'lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e'tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992-yillar Xalqaro nogironlar o'n yilligi deb belgilangan edi. Mazkur o'n yillik yakunida (1992-yil 14-oktabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e'lon qilingan.

⚠️ Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a'zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning to'laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta'lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM