ISFT Instituti
13.6K subscribers
2.4K photos
889 videos
13 files
1.8K links
ISFT institutining rasmiy telegram kanali.

Ro'yxatdan o'tish uchun: http://admission.isft.uz

Sayt: http://isft.uz

Instagram: https://www.instagram.com/isft_institute

Qabul bo'limi : 55-506-17-17
Aloqa markazi: 55 508 37 37
Download Telegram
🇺🇿🇮🇩ISFT Institutida Indoneziya universitetlari bilan xalqaro ilmiy tadqiqot va yangi hamkorlik istiqbollari!

2026-yil 19–21-oktyabr kunlari ISFT Institutida Indoneziyaning Universitas Negeri Padang (UNP) va Universitas Pendidikan Indonesia (UPI) universitetlaridan tashrif buyurgan 7 nafar professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar ishtirokida xalqaro ilmiy tadqiqot o‘tkazildi.

🔬Tadqiqot sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida talabalarning statistik tafakkurini rivojlantirish, ehtimollar nazariyasini loyihaga asoslangan ta’lim modeli orqali o‘qitish mavzusiga bag‘ishlandi.


📚Uch kun davom etgan tadqiqot jarayonida ISFT Institutining 75 nafardan ortiq talabalari faol ishtirok etib, amaliy mashg‘ulotlar, test sinovlari va ilmiy tajribalarda o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Faollik ko‘rsatgan talabalar indoneziyalik mehmonlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Hamkorlikning muhim natijalaridan biri — Indoneziya universitetlari bilan ISFT Institutining Psixologiya va pedagogika kafedrasi hamkorligida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan memorandumi (MoU) imzolandi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida hamkorlikni ilmiy tadqiqotlar bilan cheklab qolmasdan, quyidagi yo‘nalishlarda kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi:
✅ Student Exchange — talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
✅ Short-term Academic Exchange — talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish;
✅ Staff Training — professor-o‘qituvchilarning xalqaro malaka oshirish va tajriba almashish imkoniyatlarini rivojlantirish;
✅Joint Research — qo‘shma ilmiy loyihalar va xalqaro ilmiy nashrlar ustida hamkorlik qilish.


🎓 Barcha talaba va professor-o‘qituvchilarimizni bunday xalqaro imkoniyatlardan unumli foydalanishga va kelgusi loyihalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
🚀 ISFT bitiruvchisidan The CarGo startapi asoschisigacha!

ISFT bitiruvchisi Ziyobek Turdiyev o‘zining The CarGo startapini yaratish tarixi, ilk qadamlari va maqsadiga erishish yo‘lida orttirgan tajribasi bilan bo‘lishdi.

🎥 Hammasi qanday boshlangan va muvaffaqiyat sari yo‘l qanday kechgan? Batafsil videoda!

🎬https://youtu.be/zeYykSckZqg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5😎2❤1
Audio
Bir muammo, har xil qarash!

Javobini izohlarda qoldiring ♥️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Forwarded from ISFT Samarqand filiali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩ISFTning ohangini eshityapsizmi?

​Turniket ovozi... kutubxonadagi sahifalarning shiviri... maydondagi to‘p zarbasi... tanaffusdagi o‘sha qadrdon shovqin...

​Aynan shu sadolar yoshlikning oltin lahzalarini unitilmas taassurotga aylantirib, xotiralarga mangu muhrlaydi.

🤩 ​Videodagi qaysi ovoz sizga ko‘proq qadrdon: tanaffuslarning shovqinimi yoki turniketning "ruxsat"i? Izohlaringizni kutamiz!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2😍1
Forwarded from ISFT Samarqand filiali
🌐INTERNATIONAL CYBER FORUM 2026: XALQARO TAJRIBA VA YANGI IMKONIYATLAR!

ISFT Instituti xalqaro hamkor universitetlaridan biri — Belarus Respublikasidagi Yefrosiniya Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universiteti 2026-yilning 29-oktabr kuni III Xalqaro kiberxavfsizlik forumi — International Cyber Forum 2026ni o‘tkazadi.

Forum kiberxavfsizlik sohasidagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishish, xalqaro tajriba almashish va akademik hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Forum doirasida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
❤️Axborot xavfsizligi va zamonaviy kiberxavflar;
❤️Sun’iy intellekt davrida kiberxavfsizlik imkoniyatlari va tahdidlari;
❤️Kiberxavfsizlik sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash;
❤️IT sohasida kasbiy rivojlanish va karyera imkoniyatlari;
❤️Amaliy namoyishlar va axborot xavfsizligi bo‘yicha kiberturnir.


📅Sana: 2026-yil 29-oktabr
🕐 Vaqt: 11:00 (Belarus vaqti) | 13:00 (Toshkent vaqti)
🌐 Format: onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud
🏛 Tashkilotchi: Yefrosiniya Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universiteti, Belarus Respublikasi


🎓 ISFT Instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda IT va kiberxavfsizlik sohasiga qiziquvchilarni ushbu xalqaro forumda ishtirok etishga taklif qilamiz!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2😍1
🇺🇿🇰🇷ISFT Instituti va Jeonbuk National University o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda!

ISFT Instituti va Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Jeonbuk National University (JBNU) o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Koreyada boshlangan hamkorlik tashabbuslari endilikda ISFT Instituti da davom etib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida Talabalar almashinuvi to‘g‘risidagi bitim (Student Exchange Agreement) imzolanishi bilan muhim amaliy natijaga aylandi.

ISFT Institutida JBNU rahbariyati va vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shma ta’lim dasturlari, ikki diplomli (Double Degree) dasturlarni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Imzolangan bitim ISFT Instituti talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish, xalqaro akademik tajriba orttirish hamda grant va stipendiya asosida o‘qish imkoniyatlarini yaratadi. Shu bilan birga, JBNU talabalari ham ISFT Institutida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Rasmiy uchrashuvdan so‘ng JBNU vakillari ISFT Instituti talabalari bilan alohida uchrashuv o‘tkazdilar. Taqdimot davomida talabalar universitet, uning ta’lim imkoniyatlari va almashinuv dasturlari bilan tanishdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mazkur tashrif va imzolangan bitim ISFT Instituti hamda Jeonbuk National University o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish va ta’lim hamda ilm-fan sohasidagi aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

🎓 ISFT Instituti talabalar uchun xalqaro ta’lim, grant va stipendiya imkoniyatlarini kengaytirish hamda nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni rivojlantirishda davom etadi.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7😍5🏆3❤‍🔥2🔥2😎2🕊1
🌍BIR TALABA — IKKI UNIVERSITET, XALQARO TAJRIBA VA KATTA IMKONIYATLAR!

🇺🇿🇵🇱ISFT talabasi Azizjon Abrorov bugun ta’lim yo‘lini xalqaro maydonda davom ettirmoqda!

📚ISFT instituti Samarqand filialining 3-kurs Management yo‘nalishi talabasi Azizjon ayni paytda Polshaning Rzeszów University of Technology universitetida exchange dasturi asosida tahsil olmoqda.


Eng muhimi, u ISFTdagi ta’limini davom ettirgan holda xorijda ham bilim va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

🚀ISFTda o‘qib, xalqaro tajriba orttirish — dunyo sari ochilayotgan imkoniyat!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🎉1🕊1😍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤‍🔥1
Forwarded from ISFT Samarqand filiali
ISFTNING KOREYA BILAN YANGI KELISHUVI: KATTA REJALAR, MUHIM QADAMLAR!

🇺🇿🇰🇷Xalqaro hamkorlikda eng muhimi — imzo emas, uning ortidan keladigan imkoniyatlar. ISFT Institute Janubiy Koreyaning Daejeon University bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida ana shunday muhim qadamni tashladi!

Tashrif doirasida ikki universitet Hamkorlik memorandumi (MoU) va Talabalar almashinuvi to‘g‘risidagi bitim (SEA)ni imzoladi.

Xo‘sh, bu hamkorlik ortida qanday rejalar bor?
✅2+2 qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari;

✅ISFT kampuslarida Sejong koreys tili markazini tashkil etish tashabbusi;

✅Talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro konferensiyalar.


Bularning barchasi — ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari. Endi asosiy vazifa ushbu tashabbuslarni amaliy natijalarga aylantirishdir.

✅ ISFT xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda. Maqsad esa aniq: ta’lim sifatini yuksaltirish, akademik tajribani boyitish va yangi imkoniyatlar uchun yo‘l ochish!

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

🏛 Tashkilotchi: “International School of Finance, Technology and Science” (ISFT) instituti “Iqtisodiyot va kompyuter injiniringi kafedrasi”

📌 Konferensiya mavzusi:
“Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishning intellektual tizimlarini modernizatsiya qilishning nazariy va amaliy asoslari”

📋 Ishtirok etish shartlari va talablar: https://drive.google.com/drive/folders/1LpMpIUPTs4lT5t-AObUwepEPtC3f5W4P

📅 Sana: 2026-yil 27–28-noyabr
💸To’lov miqdori: 200 000 so’m
Karta raqami: ⁠8600332966764908⁠ (Xaydarov Rustambek) 

⏰ Materiallarni qabul qilish oxirgi muddati 9-noyabrgacha davom etadi
 
Konferensiya materiallari to’plami elektron shaklda institut veb-saytida e’lon qilinadi

Barcha maqola va arizalarni Telegram orqali yuboring:
➡️ @rustamxaydarov89 (Rustambek Xaydarov)

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2🔥1