ISFT Instituti
13.6K subscribers
2.41K photos
890 videos
13 files
1.81K links
ISFT institutining rasmiy telegram kanali.

Ro'yxatdan o'tish uchun: http://admission.isft.uz

Sayt: http://isft.uz

Instagram: https://www.instagram.com/isft_institute

Qabul bo'limi : 55-506-17-17
Aloqa markazi: 55 508 37 37
Download Telegram
Forwarded from ISFT Samarqand filiali
ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

🇺🇿🇰🇷 Avval xabar berganimizdek, ISFT Instituti delegatsiyasining Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishilmoqda.

Navbatdagi manzil — Woosuk University. Universitet rahbariyati va fakultetlar vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar yakunida Hamkorlik memorandumi (MoU) hamda Talabalar almashinuvi to‘g‘risidagi kelishuv (SEA) imzolandi. Ushbu hujjatlar akademik aloqalarni mustahkamlash va talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.


🌍Kelishuvlar ISFT talabalariga Woosuk University’da tahsil olish, xalqaro tajriba orttirish va xorijiy ta’lim muhitida o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.


Muzokaralar davomida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va fakultetlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda xalqaro konferensiyalar tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉5❤1👨‍💻1
✅5️⃣🔤🔠🔤🔠🔤🔤❗🎂

🎂 Besh yil — tarix uchun bir tomchi. Ammo uni yaratishni boshlash uchun yetarli

12-oktabr, ISFT instituti 5 yoshda.🎂


Bugun oliygohimiz Toshkent va Samarqandda faoliyat yuritib, 30 000 dan ortiq talabani kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllarini, xalqaro hamkorlik, akademik hamda professional rivojlanishda birlashtirib, imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda.

Bu vaqt davomida ISFT nafaqat ko‘lam jihatidan o‘sdi. Ta’lim yo‘nalishlari va shakllari, xalqaro aloqalar hamda talabalarning bilim olishi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi va karyeradagi ilk jiddiy qadamlarini qo‘yishi uchun imkoniyatlar ham kengaydi.

🎂 5 yil avval bu — boshlanish nuqtasi edi. Bugun esa bu — minglab talabalar, yangi imkoniyatlar va institut bilan birga yuksalib borayotgan maqsadlar bilan o‘lchanadigan natija.

Bu yo‘lni birgalikda bosib o‘tdik. Oldinda — yangi maqsadlar, yangi yutuqlar va ISFT tarixining navbatdagi sahifasi.

🎂 5 yoshing muborak, ISFT!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉30❤21🔥6⚡1🕊1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ ISFT: 5 yillik taraqqiyot va yutuqlar!

5 yil avval boshlangan yo‘l bugun 30 000 dan ortiq talaba, Toshkent va Samarqanddagi ta’lim faoliyati, kengayib borayotgan xalqaro hamkorlik va yangi imkoniyatlar bilan davom etmoqda.

🎥 5 yil davomida qanday natijalarga erishdik? Barchasi maxsus videolavhamizda!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13😍3⚡2
Forwarded from ISFT Samarqand filiali
ISFT xalqaro imkoniyatlarni taqdim etadi!

⚡️2026–2027-yil bahorgi semestr uchun Turkiyaning Istanbul Aydin Universitetida ikki tomonlama talabalar almashinuv dasturiga arizalar qabuli boshlandi!

Istanbulda tahsil olish, xalqaro akademik muhitni yaqindan his qilish va yangi tajribalar orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

👩‍🎓 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
✅Xalqaro aloqalar
✅ Biznes boshqaruvi
✅ Ingliz tili filologiyasi

📄 Asosiy talablar:
🔹 GPA — kamida 2.50/4.00
🔹 Ingliz tilini bilish darajasi


⏳Shoshiling deadline yaqin!

Dastur shartlari, kerakli hujjatlar, ariza topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qiling!

🚀Telegram: @IR_office_0_1| @urishoff


✅ ISFT — ta'lim va tarbiyada o‘zgacha yondashuv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from ISFT Samarqand filiali
Samarqanddan Gwangjugacha: ISFT talabalari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar

🇺🇿🇰🇷 ISFT Instituti rahbariyati delegatsiyasining Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida Gwangju shahridagi Honam University vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❤️ Muzokaralarda turizm, mehmonxona boshqaruvi, menejment va koreys filologiyasi yo‘nalishlarida akademik almashinuvni rivojlantirish, aviatsiya sohasi bo‘yicha yangi ta’lim imkoniyatlarini o‘rganish hamda ISFT professor-o‘qituvchilari uchun 144 soatlik malaka oshirish treningini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Chet tilini o‘rganayotgan talabalar uchun ajoyib yangilik!

Honam University’da xalqaro aviatsiya sohasi uchun bort kuzatuvchilarini tayyorlash dasturlari ham mavjud. Muzokaralarda ushbu yo‘nalishga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa kelgusida xorijiy tillarni puxta egallagan ISFT yoshlari uchun aviatsiya, turizm va xalqaro servis sohalarida yangi kasbiy istiqbollarni yuzaga keltirishi mumkin.


ISFT uchun xalqaro hamkorlikning asosiy maqsadi — erishilgan kelishuvlarni talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun real ta’lim hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlariga aylantirishdir.

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🎉1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤️ Bir koridorda bo‘lajak IT mutaxassisi, psixolog, bankir va pedagog uchrashsa…

Yo‘q, bu — biror latifaning boshi emas. Bu — ISFT kampusidagi odatiy manzara. ☺️

ISFT oliygohida axborot texnologiyalari va moliyadan tortib pedagogika, psixologiya va xorijiy tillargacha bo‘lgan 3 ta fakultet tarkibida 16 ta yo‘nalish mavjud.


⬆️Batafsil ma’lumot — videoda.

❤️ Hozir oramizda kim ko‘proq? Bo‘lajak marketologlar, psixologlar, bankirlar, pedagoglar yoki IT mutaxassislarimi?

O‘z kasbingizni izohlarda yozib qoldiring, ISFTning eng faol yo‘nalishi kimligini ko‘ramiz!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6😍2⚡1😱1🕊1💯1
🚀 ISFT Startup Club ochilish marosimi!

Barcha talabalarni Startup Club’ning rasmiy ochilish marosimiga taklif qilamiz!

Klub imkoniyatlari bilan tanishing, hamfikrlar toping, jamoa tuzing va o‘z loyihangiz sari ilk qadamni qo‘ying!

📅 14-oktabr | 10:00–11:00
📍 Asosiy bino, 509/A-xona

✨ Hamjamiyatimizning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

___

🚀 Открытие ISFT Startup Club!

Приглашаем всех студентов на официальное открытие Startup Club!

Узнайте о возможностях клуба, познакомьтесь с единомышленниками, найдите команду и сделайте первый шаг к собственному проекту!

📅 14 октября | 10:00–11:00
📍 Главное здание, аудитория 509/A

✨ Не упустите возможность стать частью нашего сообщества!

Instagram || Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤6🎉3🕊2😍1🏆1
Forwarded from ISFT Samarqand filiali
ISFTNING KOREYA SAFARI: TALABA-QIZLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILMOQDA

🎓 Har bir talabaning o‘z orzusi bor: kimdir xorijda tahsil olishni, kimdir yangi tajriba orttirishni, yana kimdir o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni istaydi. Institutimizning xalqaro hamkorlik yo‘lidagi navbatdagi qadami ana shu orzularga yanada yaqinlashtiradigan imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan.

Janubiy Koreyaning Busan shahrida institut delegatsiyasi Busan Women’s University bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Uchrashuv yakunida ikki muhim hujjat — Hamkorlik memorandumi (MoU) va Talabalar almashinuvi to‘g‘risidagi kelishuv (SEA) imzolandi.


Bu kelishuv ISFT talaba-qizlari uchun qanday imkoniyatlar eshgini ochadi?
Endilikda talabalar almashinuvi dasturlari, yozgi va qishki maktablar hamda qisqa muddatli akademik dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish uchun zamin yaratildi. Bu esa yangi bilimlar, boshqa ta’lim muhiti va xalqaro tajriba sari muhim qadamdir.

🌏Yana bir istiqbolli yo‘nalish — turizm! Busan Women’s University’da Global Tourism Management bakalavriat dasturini ingliz va koreys tillarida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus kelgusida turizm va xalqaro xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘z yo‘lini topmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Hamkorlik faqat talabalar bilan cheklanmaydi.


Professor-o‘qituvchilar uchun ham malaka oshirish va tajriba almashish imkoniyatlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤6🎉1