Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
47 subscribers
385 photos
87 videos
446 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Download Telegram
Jamg’arma hisobi 16 mln so’mdan oshdi.

Siz ham kamida 50 ming so’mdan hissa qo’shib, tp.uz ro’yxatiga qo’shilishingiz mumkin. Tushgan mablag’larni ehtiyojmand talabalarning kontraktini to’lashga sarflaymiz.


🔘 @kabul_dusov
❗️1 mlrd so’mlik ta’lim granti: kontraktdagi talabalar uchun kabul_dusov kanali "Mustaqillik-35" grantini e’lon qildi

Bir necha yil avval yaxshi niyatlar bilan Metsenat.uz loyihasini boshlagandik. Loyihadan asosiy maqsad ta’limga investitsiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi. Bugunga qadar loyihamizda salkam 7 mlrd so’mlik grant va stipendiyalar e’lon qilindi.

Allohga shukr, mamnuniyat bilan navbatdagi ta’lim grantini e’lon qilmoqchimiz.

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan kabul_dusov Telegram kanali e’lon qilgan ta’lim grantida 100 nafar talabaga 10 mln so‘mdan, jami 1 milliard so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.

ℹ️ Ma’lumot uchun: mazkur ta’lim granti Yoshlar ishlari agentligining Ibrat farzandlari, Mutolaa, UzChess, Ustoz AI, Ko‘mak, Yoshlar Ventures, UzCombinator kabi loyihalari bilan kelishuv asosida e’lon qilinmoqda. Kelishuvimizga ko‘ra, men 1 yil davomida ushbu ijtimoiy loyihalarni tekinga targ’ib qilaman, evaziga esa ular 100 nafar talabaning kontrakti uchun 10 million so’mdan to’lab berishadi.

❗️Ariza topshiring hamda 100 nafar g‘olibdan biriga aylaning.

📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat, nodavlat, diniy oliygohlar uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, kechki, masofaviy va sirtqi

👥 Necha kishiga beriladi: 100 nafar (shundan kamida 5 nafari TDYU talabalari uchun)

💰Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 10 mln so‘mdan (jami 1 mlrd so‘m)

❓
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar. Shuningdek, anketa oxirida yoziladigan esse ham juda muhim.

📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

⏳Hujjatlar 15-sentyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

Eslatma: arizalar to‘liq elektron tizim orqali qabul qilinishi tufayli, mabodo hujjat topshirishda texnik muammo yoki tushunmovchilik bo‘lsa, mana shu post ostida izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.



🔘 @kabul_dusov
Korzinka supermarketlar tarmog’i TalabaPay jamg’armasi uchun 10 mln so’m badal kiritdi!

Ajoyib🤩 Baraka topishsin.

Qaysi saxiy brend rekordni urarkin endi, nima deb o’ylaysiz?


🔘 @kabul_dusov
Forwarded from ️Mona Lisa
Noul meu videoclip 🚨😂🚨
🎵Mona Lisa - Smile Police
Urmărește pe YouTube ▶️⤵️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Blits nemis tili markazi TalabaPay (tp.uz) jamg‘armasi uchun 10 mln 1 ming so‘m badal kiritdi va Korzinka rekordini yangiladi. Qoyil!

Keyingi rekordchi kim bo‘larkin, qiziq? 🤔


🔘 @kabul_dusov
Mustaqillik kuni munosabati bilan kichkinagina kanalimizda o’tgan tanlov (giveaway) g’oliblari aniqlandi.

5 kishiga 6 oylik Telegram Premium hamda uning yoniga har bir g‘olibga Asaxiy’ning xonadon uchun “Kutubxona” to‘plami, ya’ni ellikta (50ta) mashhur kitobdan iborat to’plam sovg’a qilinadi.


🔘 @kabul_dusov
Har safar giveaway o’tgandan keyin bir xil gapni tushuntirishga to’g’ri keladi.

1) G’olib bo’lish uchun Telegram Premiumi bor yoki yo’qligining umuman ahamiyati yo’q. Shunchaki, g’oliblarga avtomat ravishda birdan Premium yoqiladi, shuning uchun barcha profillar oldida Premium belgisi paydo bo’ladi;

2) G’olib bo’lish uchun kanalni boost qilish kerak emas, bu hech qanaqa yordam bermaydi. Shunchaki, men obunachilarga Premium sovg’a qilinganim evaziga Telegram boost sovg’a qiladi. Kanallar o’zining bir nafar obunachisiga Premium sovg’a qilish orqali 4 ta boost ishlab topsa bo’ladi.


🔘 @kabul_dusov
Kichkina kanalimda asosan yoshlar, talabalar borligi uchun bu yerga ham shu postni tashlay.

Iltimos, hurmatli yoshlar, Sizlar biz kattalar qilayotgan xatolarni qilmanglar. Bizdan o‘rnak olmanglar. Yo‘llarda odamga o‘xshab yuringlar, bir-biringizni hurmat qilinglar, qoidalarni muqaddas deb bilinglar. Atrofdagi xayplarga uchmanglar, miyangizni bo‘lmag‘ur gap-so‘zlar bilan kir qilishmasin.

Bir narsani unutmanglar, Yo‘l qoidalari butun dunyoda qon bilan yozilgan. Har bir qoida yozilishi uchun minglab, balki millionlab insonlarning qoni to‘kilgan. Bu hazil gap emas.

Mashina ruliga o‘tirsa mol yoki maymunga aylanib qoladigan toifadan bo‘lmang. Bunaqalarni ko‘rsangiz, to‘g‘ri yo‘lga boshlang, ammo aslo o‘zingiz ularning safiga tushib qolmang.

Men ishonaman, albatta bir kun kelib O‘zbekiston yo‘llari xavfsiz, tinch va osoyishta bo‘ladi, bir kun kelib haydovchilar madaniyati bo‘yicha biz eng oldi davlatlar qatorida bo‘lamiz, bir kun kelib yo‘llardagi o‘limlar bo‘yicha dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biriga erishamiz, bir kun kelib qoidalarga ongli bo‘ysunadigan, qoidabuzarlikdan nafratlanadigan avlod yetishib chiqadi.

Bunga ishonaman.



🔘 @kabul_dusov
Mustaqillik-35 ta’lim granti uchun 1 ming 767 ta ariza kelib tushdi. Ariza yuborish uchun yana 1 hafta vaqt bor.

👉 ARIZA YUBORISH

Saytdagi ayrim texnik xatoliklar to'g'rilandi. Mabodo fayl yuklagandan so'ng, ariza yubora olmagan bo'lsangiz, qayta urinib ko'rishingiz mumkin.



🔘 @kabul_dusov
TalabaPay (tp.uz) saytida 42 mln so'mdan ko'proq pul yig'ilibdi.

Dastlabki marramiz 100 mln so'm. Siz ham hissa qo'shsangiz bo'ladi.


🔘 @kabul_dusov
Iltimos, mana shunaqa bo’lmanglar.

Afsuski, ko’pchilik internetdagi ijtimoiy odoblar nima ekanligini bilmaydi. Ochig’i, nima deyishga ham hayronman.


🔘 @kabul_dusov
Agar rostdan qoraqalpog'istonlik yoshlarga qachon qo'shimcha grant e'lon qilishi kimnidir qiziqtirayotgan bo'lsa, unda oddiy mantiq bilan javob topishga harakat qilish ham mumkin.

O'tgan yili ushbu qo'shimcha kvotaga qabul 22-sentyabr kuni ochilgan. Bugun 9-sentyabr. Demak, hali taxminan yana 10 kuncha vaqt bo'lishi mumkin.

Asosiysi, qoraqalpog'istonlik yoshlarga qo'shimcha kvota aniq ochiladi, faqat sabr qilishni o'rganishimiz kerak. Bitta savolni yuz marta yozib yurish shart emas, bu odobsizlik.


🔘 @kabul_dusov
Asaxiy’ning xonadon uchun “Kutubxona” to‘plami giveaway g'oliblariga yetib boribdi.


🔘 @kabul_dusov