Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
47 subscribers
385 photos
87 videos
446 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Download Telegram
Yana yoshlarga murojaatim: Siz ba’zi kattalar qilayotgan xatolarni qilmanglar. Farzandingizni albatta emlating. Shifokor qaysi vaksinani yozib bersa, o’shani oxirigacha olishini qat’iy nazorat qiling.

Eshitsa odamning kulgisi keladigan afsonalarni gapirib yuradigan kattalarning gapiga ishonmanglar. Vaksinaga Bill Geyt chip o’rnatgan emish, vaksina bepusht qilarmish, vaksina odamlarni qirish uchun o’ylab topilgan va hk.

Tarix kitoblarida o’qigansiz-a, ilk vaksinani ingliz shifokori Eduard Jenner chechakka qarshi o’ylab topgan. U sigir sog’uvchi ayollarning chechakdan tuzalganini ko’rib, vaksina yaratgan. Lekin o’sha davrdagi omi insonlar “bizni sigirga aylantirmoqchi” degan afsonalar bilan vaksinaga qarshi bo’lishgan.

Lekin bu voqea 18-asrda bo’lgan. U davrda odamlar ongi va dunyoqarashi keng bo’lmagan. Bugun 21-asr. Internet emas, sun’iy intellekt asri. Shunaqa davrda ham 18-asrdagi omi insonlar darajasida yurmanglar, iltimos.

Kattalarning qaysarligi, omi va savodsizligi jabrini farzandlar ko’radi. Unaqa ota-ona bo’lmanglar, iltimos.


🔘 @kabul_dusov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarga murojaat: mana shunaqa bo’lmanglar, iltimos.

Atrofimiz mana shu videodagi kabi yolg’on, safsata va cho’pchaklarga to’la.

Chalg’ituvchi faktlar orasida aqlga sig’adiganini tanlab olish uchun esa sizda miya bo’lishi kerak. Salgina kengroq fikrlay oladigan darajaga chiqmasangiz, hayotda hamma sizni duch kelgan tomonga sudrab yuraveradi. Siz ham u shoxdan bu shoxga sakrab, sarson bo’lasiz.

Ko’proq o’qinglar, iltimos. Birovlarga emas, o’z ilmingizga tayaning. Ilmingizni oshirish uchun esa har kuni o’qing, izlaning.

Ana shunda yuqoridagi videoda aytilgan cho’pchaklarning oddiy safsata gap ekanligini ajrata olasiz.


🔘 @kabul_dusov
Shaxmat bo’yicha ham giveaway qivordik. Omadi kelgan 10 kishi mashhur shaxmatchilarimiz dastxati bilan sovg’alar oladi. Sovg’alarni Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston shaxmat federatsiyasi taqdim qilmoqda.

Ma’lumot uchun: 15-27-sentyabr kunlari Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo’lib o’tadi. Bu eng katta olimpiada bo’lib tarixga kirishi kutilmoqda.


🔘 @kabul_dusov
❗️Yana bir firibgarlik: Har bir fuqaroga 30 mln so‘m ijtimoiy to‘lov to‘lanadi
#firibgar

Telegram guruhlar va kanallarda hammaga 30 mln so‘m ijtimoiy to‘lov berilmoqda, degan yolg‘on xabar tarqalmoqda. Bu firibgarlarning ishi, bunaqa yolg‘onlarga ishonib qolmang.
Firibgarlar odamlarni aldashning oson usulidan foydalanmoqda. “Sizga davlat pul beryapti, sizga qancha pul chiqqanini tekshiring” deyilgan xabar ostida gov.uz rasmiy saytining havolasi turibdi. Lekin havola ustiga bossangiz, umuman boshqa soxta saytga yo‘naltiradi.

Soxta saytga kirsangiz, “sizga 30 mln so‘m beramiz”, degan yozuv chiqadi. Yordam pulini rasmiylashtirish uchun esa avval 101 ming 400 so‘m mablag‘ni bitta plastik kartaga o‘tkazib berishni so‘rashadi.

Hozirda Milliy bankda ochilgan Valijonova Rayhona ismli jismoniy shaxsning plastik kartasiga o‘tkazishni so‘rashmoqda.

Soxta sayt yanada ishonchliroq chiqishi uchun soxta odamlarning fikrlarini ham yaratishgan. “Men pul oldim” deb yozilgan gaplar ham yolg’on.

Bunaqa firibgarlik holatlariga aldanmaysiz, degan umiddaman. Yaqinlaringizni ham ogohlantirib qo‘ying.

Kiberxavfsizlik tuzilmalari esa tegishli choralar ko’rishi zarur.


🔘 @kabul_dusov
Kadr muammosi juda aktual deyishmoqda.

Oliy ta’limga kira olmagan, hozir bekor yurgan yoshlar kasb-hunar o’rganishga qunt qilinglar, iltimos. Kasb-hunar orqali ham uncha-muncha oliy ma’lumotlidan ko’proq pul topishni boshlaysizlar.


🔘 https://t.me/kabul_dusov
Bugun soat 21:00 da kanalimiz obunachilari orasida giveaway g’oliblari aniqlanadi.

10 nafar g’olibga mashhur shaxmatchilarimiz imzosi bilan maxsus futbolka hamda shaxmat doskalari topshiriladi. Sovrinlar tayyor, dastxatlar olingan.

Barchaga omad!


👉 @xushnudbek 👈
Bugun soat 21:00 da kanalimiz obunachilari orasida giveaway g’oliblari aniqlanadi. 10 nafar g’olibga mashhur shaxmatchilarimiz imzosi bilan maxsus futbolka hamda shaxmat doskalari topshiriladi. Sovrinlar tayyor, dastxatlar olingan. Barchaga omad! 👉 @xushnudbek…
G'oliblar ro'yxati chiqdi. Izohlarda qay darajada omadsizligi haqida noliydiganlar mavsumini ochiq deb e'lon qilamiz😂 🔘 @kabul_dusov
Qishloqdagi itlarda bu usulni takrorlamaslik tavsiya qilinadi😂

📸 Manba


🔘 @kabul_dusov
Kun qahramoni Nodirbek Yakubbayevdan kanalimiz uchun eksklyuziv video

Grossmeysterimiz ularni duo qilib turgan xalqimizga minnatdorlik bildirdi.


👉 @xushnudbek 👈
Andijonning poyezdi rostdan 4 soatda manzilga boradimi yoki yo’qmi, shuni tekshirgani yo’lga chiqdik


🔘 @kabul_dusov
Andijonning poyezdi rostdan 4 soatda manzilga boradimi yoki yo’qmi, shuni tekshirgani yo’lga chiqdik 🔘 @kabul_dusov
Shaxmatni doimiy kuzatmaydigan obunachilarimiz kecha qanaqa dramatik va hayajonli bahs bo’lganini sal tushunmay qolishdi.

Shu sababli sizlar uchun izohlari bilan alohida video tayyorladim. Videoda shaxmatchilar, sharhlovchilar, kuzatuvchilarning emotsiyasi va hayajonini ko’rishingiz mumkin.


🔘 @kabul_dusov
O’ta shaxsiy kichkina kanalda 121 ming odam, uning muhokama guruhida salkam 9 ming odam.

“Mutlaqo shaxsiy” degan mitti kanal ochishim kerakmikin, nima deysizlar?


🔘 @kabul_dusov
Shaxmatchilarimiz bugun ham yorvorishdi!!! 🔘 @kabul_dusov
Unaqa qilmanglar, iltimos


🔘 @kabul_dusov
Shaxmat olimpiadasining bugungi bahslari boshlanishidan oldin asosiy qizlar jamoamizning vakilasi Guldona Karimova bilan uchrashib qoldik.

Bugun qizlarimiz amaldagi chempionlar Hindiston jamoasi bilan o’ynaydi. Guldona 4-doskada dona suradi.

Omad tilaymiz!


🔘 @kabul_dusov