Khan Academy Oʻzbek
8.71K subscribers
909 photos
278 videos
4 files
1.29K links
Khan Academy Oʻzbek loyihasining rasmiy Telegram kanali

Videodarslar: @kau_kurslar


Telegram: @khanacademyuzbek_admin
Sayt: xanakademiyasi.uz
Telefon: 71 231-9050 | 97 130-9050
Download Telegram
​​🤩 Tuk-tuk, bizda yangilik! Endi differensial tenglamalarni birga oʻrganamiz.

🆕 Bu boʻlimda biz differensial tenglama turlari, ularni yechish usullari va hayotiy masalalar tatbiqini koʻrib chiqamiz. Ular yordamida biologik jarayonlarning va fizik sistemalarning modelini yaratishni oʻrganamiz. Siz differensial tenglamalarga fizika, muhandislik, biologiya, iqtisod va albatta matematikaning boshqa sohalarida koʻp duch kelasiz.

Endi dars va imtihonlarga tayyorlanish hamda nisbatan qiyinroq boʻlgan mavzular bilan tanishish oson. Ishonmaysizmi? Hoziroq sinab koʻring:

→ Telegramda: @kau_differensial_tenglamalar
→ YouTubeʼda: bit.ly/33ajnNq
→ Saytimizda: bit.ly/3m4cXIk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐙 Gʻavvos plastikka tiqilib qolgan sakkizoyoqqa yordam berib unga yangi boshpana sovgʻa qildi.

😉 Ularning suhbatini oʻzbek tilida tomosha qiling.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_gif
🎉 12-sentabr – Xalqaro dasturchilar kuni muborak boʻlsin!

🧑‍💻 Umuman olganda, aynan 12-sentabr dasturchilar kuni emas, balki yilning 256-kuni dasturchilar kuni sifatida nishonlanadi. Bu 256 (2⁸) raqami bejiz tanlanmagan, chunki bu dasturchilarga yaxshi maʼlum boʻlgan bayt bilan ifodalanadigan aniq qiymatlar sonidir.

 Dasturlashni hoziroq BEPUL oʻrganing va keyingi yil ushbu kunni dasturchilar safida nishonlang:

» Telegramda: @kau_dasturlash
» YouTubeʼda: bit.ly/31448Gz
» Saytimizda: bit.ly/2Rkg2WC
👋 Salom, Mover.uz!

▶️ Biz Xan akademiyasi videodarslarini mover.uz saytiga joyladik. Endi siz sevimli darslaringizni TAS-IX tarmogʻida koʻrishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun, TAS-IX tarmogʻidagi saytlar biroz tezroq ishlaydi va koʻplab internet provayderlarda trafik hisoblanmaydi (yoki trafik bepul), buni esa oʻzingiz sinab koʻrishingiz mumkin 😉

👉 mover.uz/channel/KAUzbek
​​Dasturlashdan 100 ga yaqin yangi videodarslarni kutib oling!

🤳 Kecha eʼlon qilingan videodarslar endi Telegramʼda. Har doimgidek, barchasi mutlaqo BEPUL!

😎 JavaScript va ProcessingJSʼdan foydalanib rasmlar, animatsiyalar va oʻyinlarni yaratishni, HTML va CSS yordamida esa veb-sahifalarni dasturlashni oʻrganing. Bir-biridan qiziqarli loyihalarni yarating va ularni boshqalar bilan baham koʻring.

👉 @kau_dasturlash
📖 “Taʼlim kelajak uchun yoʻllanma demakdir, chunki ertangi kun bugun unga tayyorlanuvchilarga tegishli.”

Malkolm X — afroamerikalik lider va vazir.

Kuningiz xayrli oʻtsin!

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_iqtibos
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanishing, aqlli poʻlat arra ;)

🧭 U toʻliq qurollangan paytda teri yuzasiga tegishi bilan 0,02 millisoniya ichida oʻz-oʻzini ishdan chiqaradi.

😉 Nima ham derdik, endi rejissyorlar dahshatli filmlarning oʻlim sahnasi uchun yangi usul oʻylab topishlariga toʻgʻri keladi.

👉 @kau_fizika | #kau_videofakt
🎓 Taʼlim ijodkorlikni oʻldiradimi?

🏫 Nima uchun eskirgan “modellar” innovatsiyaga toʻsqinlik qiladi? Nima uchun akkreditatsiya va nizomlar asosida qurilgan taʼlim tizimi ish bermaydi? Shu kabi dolzarb savollarga biznes va moliya boʻyicha professor, raqamli iqtisodiyot huquqshunosi va sayohatchi Erik Vermeulen bilan bugungi maqolada javob topishga harakat qilamiz.

📎 Maqolani oʻqish »

💬 Maqola haqidagi fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
🧬 1 gramm DNK'da 215 petabayt (215 million gigabayt) maʼlumot saqlanishi mumkin. Odam tanasida esa 1,15 gramm DNK mavjud.

💬 Xoʻsh sizda oʻz DNK'ingizdan flesh-disk sifatida foydalanishga imkon boʻlganida unga nimalarni joylagan boʻlar edingiz? Izohlarda fikrlaringiz bilan boʻlishing ;)

Manba: Sciencemag

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
​​🤔 DNK oʻzi nima?

🧬 Kuni kecha eʼlon qilingan faktdan soʻng koʻpchiligingiz DNKʼga qiziqib qolgan boʻlsangiz kerak?

👨‍👩‍👧‍👦 Nima uchun insonlarning aksar xususiyatlari ota-onasinikiga oʻxshash? Koʻz, qadam tashlash, boʻy-bast-chi? Shu kabi savollarga Xan akademiyasining biologiya kursida javob topishingiz mumkin.

👉 https://youtu.be/ww1gxhXjSZo

Biologiyani oʻzingizga qulay platformada oʻrganing:

@kau_biologiya | YouTube | Vebsayt
🤓 Matematikani yaxshi tushunmaslik hissi qanday?

🎒 Oʻquvchilarning dars qoldirishi, dangasalik va yalqovlik qilishlari sababi nimada? Ularning savollar bermasliklari, kerakli joylarni yozib olmasliklari nimadan kelib chiqadi? Matematika yoki umuman qaysidir fanni tushunmaslik hissi oʻquvchilarda qanday kechadi?

Oʻqituvchi va bloger Ben Orlin bugungi maqolada ushbu his qanday ekanligi haqida hikoya qiladi.

🔗 Maqolani oʻqish » (4 daq.)

💬 Nima deb oʻylaysiz, balki biz kattalar bolalarni yetarlicha tushunmasmiz? Izohlarda fikrlaringiz bilan boʻlishing.

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
​​🌚 Xoʻsh, qani oʻsha qiziqarli videodarslar?

Kechagi maqolamizdan soʻng koʻplab ota-onalar farzandlari haqiqatan ham matematikada qiynalishayotgani va ularga qiziqarli darslar kerakligini aytib murojaat qilishdi.

⚡️ Xan akademiyasida esa maktab yoshidagi bolalar uchun boshlangʻich matematika, arifmetika, geometriya va trigonometriya fanlari boʻyicha 500 dan ortiq videodars bor. Quyida sizga arifmetika kursidan ayrim videodarslarni taqdim qilamiz.

Qoʻshish va ayirish (boshlangʻich sinflar)
Oddiy qoʻshish amali
Oddiy ayirish amali
Ogʻzaki ayirish
Koʻp xonali sonlarni ayirish: 389 002 – 76151

Koʻpaytirish va boʻlish, manfiy sonlar (5–6-sinf)
Koʻpaytirish mavzusiga kirish
Obyektlar guruhi sifatida koʻpaytirish
Boʻlish tushunchasi
Manfiy sonlar mavzusiga kirish
Qarama-qarshi sonlar

Kasrlar (5–6-sinf)
Kasrlar mavzusiga kirish
Kasrga oid masala: pianino
Aralash sonlarni koʻpaytirish
Kasrlarni boʻlish haqida tushuncha

Oʻnli kasrlar (5–6-sinf)
Oʻnli kasrlar mavzusiga kirish
Oʻnli kasrlarni soʻzlarda ifodalash
Oʻnli kasrlarni oddiy kasr koʻrinishiga keltirish: 0,36
Oʻnli kasrlarni toʻliq boʻlish
Koʻp xonali oʻnli kasrga boʻlish

Bundan tashqari, arifmetika kursida 200 ga yaqin boshqa videodarsni ham bepul BEPUL oʻrganishingiz, oʻrgatishingiz va ulashishingiz mumkin.

#SizBuniUddalaysiz
“Test javoblari soat 15:00 da eʼlon qilinadi”, - deyishdi.

👉 Khan Academy Oʻzbek
🧠 Oson topiladigan bilim

👨🏻‍💻 Yuqori texnologiyalar davrida har bir kishi qaysi kasb vakili boʻlishidan qatʼi nazar, muntazam ravishda oʻz bilim va malakalarini oshirib borishi lozim. Onlayn darslarga yozilish yoki biror-bir korxonada amaliyot oʻtash yangi koʻnikmaga ega boʻlishning eng oson usullaridan biridir.

Pro-Vision Communications agentligining kadrlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Natalya Ageeva bugungi maqolada qoʻshimcha koʻnikmalarni egallashning eng yaxshi yoʻllari haqida hikoya qiladi.

🔗 Maqolani oʻqish » (3 daq.)

💬 Sizningcha, qaysi biri bilim olishning eng oson usuli: onlayn darslarga yozilish yoki korxonada amaliyot oʻtash? Fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring ;)

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
​​Fizika & Sanʼat (video)

🌈 Polaj (polage) – polarizatsiyalangan (nurlangan) qogʻoz va sellulozadan foydalanib, oʻzgaruvchan ranglar va shakllar chizish sanʼati hisoblanadi. Ranglar jilosining oʻzgarib turishi (filtrning aylanib turishi) rassomga bitta sanʼat asarida bir necha tasvir yaratish imkonini berib, rangli metamorfozlar hosil qiladi.

🌹 Ushbu asar “Yosh atirgul 1987/50” deb nomlanib, bu sanʼat turining asoschilaridan biri boʻlmish Ostin Vud Kamarov tomonidan chizilgan. Yorugʻlik nurlari maʼlum yoʻnalishda harakatlanadi. Muayyan yoʻnalishlarni toʻsib, yorugʻlikning harakatini oʻzgartirish uchun polarizatsiya filtrlari ishlatiladi. Polajdagi ranglarning hosil boʻlishi plastikning molekular tuzilishi qay holda yorugʻlikni qaytarishiga bogʻliq.

Ayrim ranglar: 🟡 sariq va 🟢 yashilga xos yorugʻlik nurlari hech qanday muammosiz plastikdan qaytsa, koʻk va qizil nurlarning qaytishi kam hollarda kuzatiladi. Polaj yorugʻlikni aylantirishda turli xil plastik qatlamlaridan foydalanadi. Soʻngra faqatgina belgilangan yorugʻlik oqimi (ranglar)ni qaytarish uchun polarizatsiyalangan filtrlar ishlatiladi.

Video: /physicsfun

👉 @KhanAcademyUzbek | @kau_fizika
🥳 Bugun xalqaro #tarjimonlar kuni!

#Bilasizmi? Eng koʻp tilga tarjima qilingan asar – Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari. 16 534 ta soʻzdan iborat bu asar dunyoning 382 tiliga tarjima qilingan.

Khan Academy Oʻzbek loyihasi tarjimonlari esa ingliz tilidan oʻzbek tiliga 7 milliondan ortiq soʻzni tarjima qilishgan.

🌎 Translaton.uz marafoni doirasida esa rus va ingliz tillaridan bir hafta ichida 700 mingdan ortiq soʻzli maqolalar tarjima qilindi.

Aziz tarjimon, sizni ushbu kun bilan tabriklaymiz!
🎉 Bayram ortidan bayram

👩‍🏫 Kecha tarjimonlarimizni tabriklagan edik. Bugun esa navbat oʻqituvchilarga. Bayramingiz muborak boʻlsin!

🎈 Mustahkam sogʻlik, baxt va omad bilan birga Wacom ruchkangiz har doim toʻgʻri yozishini tilab qolamiz ;)

📃 Fursatdan foydalanib, boʻsh ish oʻrinlarini ham eʼlon qilsak: bizga quyidagi fanlar boʻyicha malakali mutaxassislar kerak:

• Oliy matematika;
• Statistika;
• Iqtisodiyot;
• Tibbiyot;
• Organik kimyo.

Agar oʻzingiz yoki tanishingiz yuqoridagi fanlar boʻyicha mutaxassis boʻlsa va Toshkent shahrida istiqomat qilsa, hoziroq ariza topshiring »

Batafsil maʼlumot: havola »
Videodars yaratish jarayoni »

📞 Bogʻlanish: 97 262-40-30 | 71 231-90-50
📥 Telegram: @khanacademyuzbek_methodist

Telegram | Instagram | Facebook
🌌 Koinotning kelib chiqishi, tarixi va buguni haqida bir qancha muhim maʼlumotlar mavjudki, ularni aqlga sigʻdirish oson emas. Bulardan biri Katta portlash — koinotning bir muncha vaqt oldin, aniqroq aytganda, 13,8 milliard yil avval paydo boʻlgani toʻgʻrisidagi gʻoya.

🧮 Xoʻsh, agar koinot 13,8 milliard yoshda boʻlsa, 46 milliard yorugʻlik yilini qanday koʻrishimiz mumkin?

Ushbu savolga bugungi maqolada javob topishimiz mumkin boʻladi.

🔗 Maqolani oʻqish »

💬
Fikr-mulohazalaringizni, har doimgidek izohlarda qoldiring ;)

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
​​🌎 Algebra dunyosiga sayohatimizni boshlashning vaqti keldi!

Khan Academy Oʻzbek’da boshlangʻich algebra! Yoʻq, bu siz bilgan oddiygina arifmetika emas, bu boshlangʻich algebra.

🛫 Siz professionallar bilan poygaga chiqish arafasidasiz, bunda boshlangʻich algebra saboqlarini samolyotning uchish yoʻlagi deb tasavvur qiling. Siz samolyotsiz, algebra esa siz borishni maqsad qilgan quyoshli dam olish maskanidir. Siz ushbu uchish yoʻlagisiz hech qayerga bora olmaysiz.

💡 Bundan tashqari, barcha oliy matematika bilimlarining poydevori biz bu yerda sizga taqdim etadigan koʻpgina tushunchalarga asoslanadi: manfiy sonlar, modul, koʻpaytuvchilar, koʻpaytmalar, oʻnli va kasr sonlar shular jumlasidandir.

Shunday qilib, xavfsizlik kamarini bogʻlang va oʻrindiqqa yaxshilab joylashib oling. Biz parvozga tayyormiz!

🔗 Boshlangʻich algebradan videodarslarni @kau_boshlangich_algebra Telegram kanalida yoki xanakademiyasi.uz saytida koʻrishingiz mumkin.

Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. #SizBuniUddalaysiz
🪓 Taʼlim ildiziga bolta urayotgan imtiyozlar

📑 Test natijalari eʼlon qilingan kuni ijtimoiy tarmoqlarda eng koʻp muhokama qilingan mavzulardan biri abituriyentlarning javob varaqalari boʻldi. Ularda eng yuqori natijalar qayd etilgan (bu yil ikkita fan boʻyicha test sinovlari oʻtkazilganligi va natijalarni hisoblash tartibi oʻzgarganligi sababli eng yuqori ball 189 ni tashkil etgan), ammo oʻquvchi toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga tavsiya etilgan. Bu esa 2020-yilgi imtihon mavsumi “hatto 100 foiz natija bilan ham talaba boʻla olmaslik mumkin”ligini isbotladi.

✍️ Konstitutsiya va testologiya fani talablariga toʻgʻri kelmaydigan bu imtiyozlar haqida Gazeta.uz kolumnisti Komil Jalilov hikoya qiladi.

🔗 Maqolani oʻqish »

💬 Fikr-mulohazalaringizni, har doimgidek izohlarda qoldirishingiz mumkin.

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog