Khan Academy Oʻzbek
8.57K subscribers
910 photos
283 videos
4 files
1.29K links
Khan Academy Oʻzbek loyihasining rasmiy Telegram kanali

Videodarslar: @kau_kurslar


Telegram: @khanacademyuzbek_admin
Sayt: xanakademiyasi.uz
Telefon: 71 231-9050 | 97 130-9050
Download Telegram
Samsung kompaniyasining dastlabki mahsulotlaridan biri quritilgan baliq edi

🐟 Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 1938-yilda tashkil etilgan. Ammo u dastlab oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga ixtisoslashgan. Xususan, u Xitoyga quritilgan baliq va un yetkazib bergan, keyinchalik toʻqimachilik mahsulotlarini sotish va hayotni sugʻurtalash ishi bilan shug‘ullanishni boshlagan. 1969-yilda esa Samsung brendi ostida televizor ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Manba: factourism.com

Siz yana qanday faktlarni bilishni xohlaysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
Leonardo da Vinchi ikkala qo‘lida ham chiza olardi

👨‍🎨 Leonardo da Vinchi mashhur ambidekstlardan biri edi, yaʼni u ikkala qo‘lda ham teng darajada ishlay olardi.

Florensiya instituti mutaxassislari Uffisi galereyasini taʼmirlash jarayonida shu xulosaga kelishdi. Ular buyuk usta manzaralarini tahlil qildilar hamda rasmning orqa va old qismlarida ikkita imzoni topdilar. Imzolardan biri oʻng, ikkinchisi esa chap qo‘li bilan yozilganligi maʼlum bo‘ldi.

Manba: factourism.com

Bundan-da qiziqarli faktlar bilan 👉 Khan Academy Oʻzbek

#kau_fakt
Sevimli musiqam

🎼 Yangi haydovchilar yoʻl qoidasini koʻpincha sevimli musiqalarini tinglayotganlarida buzishadi.

Tajriba davomida 85 ta yangi haydovchilar 3 xil tarzda sinaldi:
1. O‘zlarining sevimi musiqalarini tinglayotganda;
2. Tadqiqotchilar tomonidan qo‘yilgan musiqalarni tinglayotganda;
3. Musiqasiz.

🚗 Yoʻlda eng koʻp qoidabuzarlik tanish musiqani eshitib ketgan haydovchilarda, eng kami esa tadqiqotchilar tomonidan tuzilgan roʻyxatni tinglagan haydovchilarda kuzatildi. Oʻrta darajaga esa hech qanday musiqa eshitmaganlar kiritildi.

Sizda ham shunday holat yuz berganmi? Barchani yoʻl-harakati qoidalariga amal qilishga chaqirib qolamiz, oʻz hayotingiz xavfsizligiga beeʼtibor boʻlmang. 😊

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
Bizga maʼlum bo‘lgan eng qadimgi mijoz shikoyati 4000 yil oldin Mesopotamiyada loy taxtachaga yozilgan

📝 Yaqinda tarixchilar xaridorlarning taxminan 4000 yillik shikoyatlarini topishdi. Bu Mesopotamiyaning Ur shahri hududida aniqlangan. Unda qandaydir Ea-Nasir yetkazib beruvchi xizmatidan shikoyat qiladi.

Uning shikoyati quyidagilardan iborat edi:
– sifatsiz mahsulotlar;
– buyurtmalarning kechikishi;
– buyurtma qabul qiluvchi Nanni bilan qo‘pol muomala.

🔗 Manba: factourism.com

Bundan-da qiziqarli faktlar bilan 👉 Khan Academy Oʻzbek.

#kau_fakt
3:44 – bu aksariyat odamlarning kechasi uygʻonadigan vaqti

😴 Britaniyalik 3000 nafar kishining uyqu odatlarini oʻrgangan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, ularning koʻpchiligida uyqu bilan bogʻliq muammolar bor va yarim tunda uygʻonib ketishlarning aksariyati soat 3:44 ga toʻgʻri keladi.

🔗 Manba: factourism.com

Siz ham tunda uygʻonib ketasizmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
🏃‍♂️ Olimlar Pompey qoldiqlarida restoranlarning yetkazib berish xizmati bo‘lganini aniqlashdi

Bunday muassasalar “termopoliy” deb nomlangan. Birgina Pompeyda 80 ga yaqin shunday restoran bor edi. U yerda ichimliklar va issiq taomlar tarqatilgan.

🔗 Manba: factourism.com

Siz ham yetkazib berish xizmatidan foydalanib turibsizmi? Izohlarda fikrlaringizni kutib qolamiz. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
🤩 Faktlarni sogʻinib qolganmidingiz?

Uygʻoq paytimizning taxminan 10% qismida koʻzimiz yumuq boʻladi

👀 Biz ko‘zlarimizni bir daqiqada 15–20 martagacha yumib-ochamiz. Bu esa, ko‘zlar namlanishi uchun haddan ziyod ko‘p. Xo‘sh, nima uchun biz ko‘zlarimizni tez-tez yumamiz?

🧠 Yaponiyaning Osaka universiteti olimlari miyaga haddan tashqari ogʻirlik tushmasligi uchun shunday qilishimizni aniqladilar. Ko‘zlarimizni yumgan vaqtda, miyamiz avtomatik ravishda ishlamay qoladi.

🔗 Manba: factourism.com

Bundan-da qiziqarli faktlar bilan 👉 Khan Academy Oʻzbek

#kau_fakt
XVIII asrning 30-yillarida ketchup oshqozon buzilishining davosi sifatida sotilgan

🍅 Ketchupning vatani Xitoy hisoblanadi. O‘sha davrlarda dudlangan baliq va chig‘anoqli qaylalar bo‘lgan. 1817-yilga kelib uni pomidordan tayyorlay boshladilar.

Ogayolik vrach Jon Kuk Bennett ketchup hazm qilish muammolariga eng yaxshi davo ekanligini taʼkidladi. Shundan so‘ng ushbu mahsulot dorixonalarda ko‘p miqdorda sotila boshladi.

🔗 Manba: factourism.com

Siz ketchupning shunday xususiyatlari borligi haqida bilarmidingiz? Javoblaringizni izohlarda kutib qolamiz. 😉

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
📈 Rivojlanayotgan mamlakatlarda taʼlim uchun sarflangan qoʻshimcha har bir yil inson daromadini oʻrtacha 10% ga oshiradi.

🧠 Buning sababi sifatida “inson qancha koʻp oʻqisa, uning kelajak uchun toʻgʻri sarmoya kiritish ehtimoli shunchalik koʻp boʻladi” degan fikr ilgari suriladi.

👩 Maʼlum boʻlishicha, dunyo boʻyicha ayollar oʻz daromadlarining taxminan 90% ini oilasi va ishiga sarflagan holda, juda kam miqdorni qoʻshimcha darslar uchun ishlatar ekan. Erkaklarda esa ushbu koʻrsatkich oylik maoshning oʻrtacha 30% ini tashkil etadi.

📚 Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra, agar har bir bola oʻqishni oʻrganganda edi, hozir qashshoqlikda yashayotganlar soni 170 millionga kam boʻlar edi.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
🧬 1 gramm DNK'da 215 petabayt (215 million gigabayt) maʼlumot saqlanishi mumkin. Odam tanasida esa 1,15 gramm DNK mavjud.

💬 Xoʻsh sizda oʻz DNK'ingizdan flesh-disk sifatida foydalanishga imkon boʻlganida unga nimalarni joylagan boʻlar edingiz? Izohlarda fikrlaringiz bilan boʻlishing ;)

Manba: Sciencemag

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
🤓 Lekin bu fakt

🔫 Agar fazoda quroldan oʻq otilsa, u koinot boʻylab abadiy sayohat qiladi, chunki koinot oʻq tezligidan koʻra tezroq kengayadi.

💬 Yana qanday qiziqarli faktlardan xabardorsiz? Keling, izohlarda faktlar bilan boʻlishamiz ;)

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt