#hamma_oʻqisin
2018-yili davlatimiz rahbariga Prezident maktablari ochilishi haqida taklif berilgan. Prezident maktablari kelajakdagi rahbarlar - menejerlar yetkazib berish vazifasini bajarishi maqsadida ochildi. Shundan keyin aynan kimlarni bu maktabga qabul qilish savoli yuzaga chiqdi. Mutasaddi rahbarlar xalqaro tajribani o‘rganib, tanqidiy fikrlash va muommali masalalar (bu bo‘yicha kitobimiz ham bor ) bo‘yicha imtihon orqali qabul qilishga qaror qilingan. Rivojlangan davlatlarda yuqori lavozimlarga aynan tanqidiy fikrlash va IQ si yuqori kadrlar qabul qilinadi. Xullas, tanqidiy fikrlash juda muhim va afsuski ko‘pchilikda yetishmayotgan qobiliyat hisoblanadi.
Hurmatli ustozlar, hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar (uka-singillarim)!
Ortiqcha savollar paydo bo‘lmasligi uchun har bir e'londa ko‘p beriladigan savollarga (inglizchada F.A.Q - Frequently Asked Questions) javob berib ketamiz. Quyidagicha holatlar juda ko‘p kuzatiladi.
1. Vakilimizga telefon qilinib, olimpiada qachon yoki shunga o‘xshash savollar berilishi. Buni e'tiborsizlik deb hisoblayman. Chunki vakilimiz raqamini e'londan olgan inson nahot e'lonni o‘qib olishi qiyin?
2. Kanalda vakilimiz raqami yoniga 10:00 dan 17:00 oralig‘ida telefon qilish mumkinligi yozilgan. Lekin istalgan vaqtda telefon qilib, javob bermasa yoki o‘chiq bo‘lsa e'tiroz qiladiganlarga uchraydi. Bularni nima deymiz?
3. Natijalar e'lon qilinadi. Ro‘yxatda qanday to‘ldirgan bo‘lsa yoki javoblar varaqasiga qanday yozgan bo‘lsa shunday e'lon qilamiz. Biz sehrgar emasmiz. Ma'lumotlarni o‘quvchi yoki ustozi bexato to‘ldirishga bevosita javobgardir.
Shunga o‘xshash yana bir qancha muommalarni keltirishimiz mumkin. Azizlar, biz buyuk xalqmiz. Har birimizning tomirlarimizda Al Xorazmiy, Najmiddin Kubro, Abu Rayxon Beruniy, Zamaxshariy va sulton Jaloliddinning hech bo‘lmasa bir tomchi qoni bor. Biz bunday e'tiborsizlikni o‘zimizga ravo ko‘rmasligimiz kerak. Farzandlarimizga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Nahot e'lonlarni batafsil, diqqat bilan o‘qib chiqish qiyin ish. Axir, Alloh taolo bizga shunday qobiliyat berganku.
Shu o‘rinda bexato va tartibli ro‘yxatdan o‘tadigan, qatnashadigan o‘quvchi va ularning ustozlari, ota-onalarga tashakkur aytaman. Umid qilaman va ishonamanki kun sayin fikrlashimiz yaxshilanib boradi.
Aziz xalqiga ta'zim qilib, Xorazmning oddiy farzandi Sardor Bozorboyev
Tanqidiy fikrlash nega muhim?
2018-yili davlatimiz rahbariga Prezident maktablari ochilishi haqida taklif berilgan. Prezident maktablari kelajakdagi rahbarlar - menejerlar yetkazib berish vazifasini bajarishi maqsadida ochildi. Shundan keyin aynan kimlarni bu maktabga qabul qilish savoli yuzaga chiqdi. Mutasaddi rahbarlar xalqaro tajribani o‘rganib, tanqidiy fikrlash va muommali masalalar (

👍29🔥6💯3❤2🥴2🏆1