Laziza Allayorova | HR
1.25K subscribers
1.85K photos
949 videos
12 files
1.58K links
Qashqadaryo viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi HR bosh mutaxassisi
Download Telegram
«Inson organizmida olib tashlanishi taqozo etilganda, uning vazifasini boshqa a’zolar bajara olishi mumkin bo‘lgan a’zolar haqida nimalarni bilasiz?»

Batafsil infografikada👆

VSSB matbuot xizmati


Telegram/Telegram
❤1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari hosil yig‘ishtirish ishlari qizg‘in kechayotgan kunlarda qashqadaryoliklar bilan uchrashib turganidan mamnunligini bildirdi.

Mamlakatimiz yetakchisi yig‘ilish ishtirokchilarini O‘zbek tili bayrami bilan tabriklab, Qashqadaryo farzandi, O‘zbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni yodga oldi.

Bir necha yil avval eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri bo‘lgan Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilingan. Davlatimiz rahbari bu natijaga erishish uchun aniq hisob-kitoblar mavjudligini qayd etdi.

– Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib, tadbirkor, investor, yoshlarning ko‘zlaridagi shijoatni ko‘rib, juda katta kuch oldim,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir qator qashqadaryoliklar medal va uylar bilan taqdirlanishdi.!

@LazizaAllayorova
❤1
⚠️Noto‘g‘ri ovqatlanish nimasi bilan xavfli?

Ko‘pchilik nosog‘lom ovqatlanish 2-tur qandli diabet rivojlanish xavfini oshirishini biladi. Ammo uning salbiy oqibatlari bu bilan cheklanmaydi.

Noto‘g‘ri ovqatlanish qon bosimining oshishi, yurak-qon tomir kasalliklari, jigarning yog‘lanishi, ayrim turdagi onkologik kasalliklar va boshqa salomatlik muammolari rivojlanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Unutmang❗️Sog‘lom ovqatlanish — kasalliklarning oldini olish va hayot sifatini yaxshilashning muhim omilidir! 🥗


VSSB matbuot xizmati

Telegram/Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya


🦠Gripp va shamollash ko‘plab o‘xshash belgilarga ega. Biroq ularning kechishi va asoratlar xavfi turlicha.


❔ Xo‘sh, bu farqlar nimalarda namoyon bo‘ladi?

❔ To‘g‘ri davolanishda ularni bilish qanchalik muhim?

📹 Ushbu vidolavhada shifokor-pulmonolog Shoira Matrizayeva bu haqda batafsil ma’lumot beradi.

@LazizaAllayorova
Qashqadaryolik bir guruh tibbiyot xodimlari davlatimiz rahbarining Farmoniga muvofiq yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Axmedova Oliya Mamatqulovna - Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining allergologiya bo‘limi mudiri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Boboqulova Oysanam Raxmatovna - Yakkabog‘ tumanidagi “Salomatlik” xususiy klinikasi rahbari, Qashqadaryo viloyati

“Jasorat” medali bilan

Mirzayeva Shohzoda Berdiyorovna - Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Botirov Meyli Turayevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Koson tumani bo‘limi haydovchisi, Qashqadaryo viloyati


VSSB matbuot xizmati

Telegram/Telegram
📣 Diqqat e'lon

🟢 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi quyidagi lavozimlar bo'yicha ishga taklif etadi:

Qashqadaryo viloyat tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga
(TIEK):
➖ vrach-metodist;

Dehqonobod tuman (TIEK):
➖ nevropatolog;

Qarshi shahar TIEK
:
➖ nevropatolog.

📞 Murojaat uchun aloqa raqamlari:
+99897-312-88-69

Imtiyoz tariqasida davolash ishini tamomlagan bitiruvchi umumiy amaliyot shifokorlari ham ishga qabul qilinadi.


@LazizaAllayorova
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bagʻishlangan film suratga olinayotgan pavilyonda bo‘ldi.
—
Президент нашей страны посетил павильон, где снимается фильм о детстве Абу Али ибн Сины.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ona sutining Siz bilmagan mo'jizasi❗️

VSSB matbuot xizmati


Telegram/Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi.

Davlatimiz rahbari ularni yaqinlaşib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, mehnati uçun minnatdorlik bildirdi.

👉@LazizaAllayorova
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda inson salomatligini asrash, tibbiyotga ilg‘or ilmiy ishlanmalar va zamonaviy davolash usullarini joriy etish yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgan soha vakillarini rag‘batlantirish maqsadida Ibn Sino nomidagi alohida davlat mukofotini ta‘sis etish tashabbusini ilgari surdi.


@LazizaAllayorova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️RASMIY BAYONOT

Ma’lumki, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudining ijro hujjatlariga ko‘ra, “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli natijasida jabrlangan oilalarga Majburiy ijro byurosi tomonidan 90 nafar jabrlanuvchi foydasiga jami 82 milliard so‘m kompensatsiya to‘lovi undirilishi belgilangan edi.

Biroq aybdorlarning xatlangan mol-mulkini sotish jarayoni belgilangan muddatdan cho‘zilgani sababli bugungi kunga qadar ushbu mablag‘ning 20 foizi, ya’ni 16,8 milliard so‘m to‘langan, xolos. Kompensatsiyaning qolgan qismi esa bir necha yildan buyon to‘lanmay kelgan.

Shu bois Prezidentimiz tomonidan jabrlangan oilalarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘liq qoplab berish ishlarini tezlashtirish bo‘yicha tegishli topshiriq berildi.

Shunga asosan davlat budjetidan 65,2 milliard so‘m ajratildi. Shu tariqa bugunga qadar 88 nafar jabrlanuvchiga jami 80 milliard so‘m, shu jumladan, vafot etgan 72 nafar bola oilalariga 72,2 milliard so‘m, davolangan va davolanayotgan 16 nafar bola oilalariga esa 7,8 milliard so‘m to‘landi.

Bank kartalari bilan bog‘liq texnik masalalar hal etilgandan so‘ng 2 nafar bola oila azolariga ham qolgan 2 milliard so‘m to‘liq to‘lab beriladi.

Budjetdan ajratilgan 65,2 milliard so‘m mablag‘ aybdor shaxslarning mol-mulkini sotishdan tushgan va ulardan undirilgan mablag‘ hisobidan respublika budjetiga qaytariladi.

Ayni paytda Sog‘liqni saqlash vazirligi, tegishli davlat tashkilotlari va idoralari mas’ullari respublika tibbiyot markazlari shifokorlari bilan birgalikda jabrlangan oilalarning holidan xabar olib, bolalarga qo‘shimcha zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM