Yamakasi
617 subscribers
29 photos
2 files
88 links
Каналда асосан муаллифнинг тарих ва бошқа ижтимоий-гуманитар фанлар доирасида айни воқеликка боғлиқ таҳлиллари ва фикрлари бериб борилади. Муаллиф қизиққан, фандан бошқа йўналишларда ҳам таҳлиллар ёки фикрлар берилиши мумкин.
Download Telegram
Forwarded from Tarjima va Tanqid
Okkupatsion iqtisodiyotdan – genotsid iqtisodiyotigacha

2025 yil iyun oyida BMTning 1967 yildan buyon okkupatsiya qilingan Falastin hududlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francesca Albanese «Okkupatsion iqtisodiyotidan — genotsid iqtisodiyotiga» nomli hisobotini taqdim etdi. Hujjatda qurol-aslaha, texnologiya, moliya, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, fan va turizmgacha bo‘lgan sohalardagi korporatib tuzilmalar falastin xalqini tizimli ravishda ezish, o’z hududlaridan siqib chiqarish va yo‘q qilish mexanizmlarida qanday faol ishtirok etayotgani batafsil ochib berilgan.

Biz, ushbu matn tarjimonlari, bu hisobotni o‘zbekzabon o‘quvchilarga yetkazish muhim, deb hisobladik.


Tarjimonlar: Manzura Xusnidinova, Nozima Olimova, Bobur Muratov, Javohir Nematov

Manba: United Nations Human Rights Office of the High Commissioner. A/HRC/59/23 — From economy of occupation to economy of genocide.

https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/okkupatsion-iqtisodiyotdan---genotsid-iqtisodiyotigacha
👍9❤4
Forwarded from Tarjima va Tanqid
O‘zbek o‘zligining arxeologiyasi

2002-yilda Toshkentda chop etilgan “O‘zbekistonning etnik atlasi” oddiy ilmiy loyiha emas, balki mamlakatning o‘tmishi va buguniga oid qarashlarga jiddiy chaqiriq bo‘ldi. “Ochiq jamiyat” jamg‘armasi ko‘magida tayyorlangan va sotsiolog Alisher Ilhomov tahrir qilgan mazkur nashr o‘zbeklar kim va ularning o‘zligini shakllanishi qanday kechgan degan savolning naqadar bahsli, siyosiylashtirilgan va og‘riqli ekanini oshkor qildi.

Atlas katta tanqidga uchradi. An’anaviy yondashuvdagi olimlar o‘zbek xalqining qadimiyligi va avtoxtonligini ta’kidlab, sovet davridan qolgan etnogenez nazariyalariga tayandilar, bu nazariyalarda millat “tabiiy” va “obyektiv” tarixiy jarayon mahsuli sifatida tasvirlanar edi. Ilhomov esa tamoman boshqa qarashni ilgari surdi: u milliy ong shakllanishida elitalar, institutlar va davlatning hal qiluvchi rolini ko‘rsatib, G‘arb olimlari, jumladan Benedikt Andersonning “tasavvur qilingan jamoalar” g‘oyasiga tayandi. Uningcha, o‘zbek millati “azaliy” tarix mahsuli emas, balki XX asr siyosiy va madaniy loyihasidir. Bunday radikal qarash nafaqat ilmiy dogmalarga, balki siyosiy barqarorlikka ham tahdid sifatida qabul qilindi. Hokimiyat Atlasda jamiyatni “bo‘lib tashlash” urinishini ko‘rib, ko‘p o‘tmay Soros jamg‘armasi yopildi.

Shu fon’da “O‘zbek o’zligining arxeologiyasi” Atlasning bir qismi o’laroq alohida ahamiyat kasb etadi. Muallif unda milliy tarix kanonini qayta ko‘rib chiqishga, sovet merosini tanqid qilishga va muhim burilish nuqtalarini ko‘rsatishga urinadi: Shayboniylar sulolasining roli, 1920-yillardagi hududiy bo‘linish va adabiy tilning kodifikatsiyasi, shuningdek jadidlar, milliy-kommunistlar va partiya apparatining milliy ongni shakllantirishdagi o‘rni. Sizga havola qilinayotgan ushbu matn shuni ko‘rsatadiki, o‘tmish haqidagi bahs aslida kelajak haqidagi bahsdir va o‘zbek milliy o‘zligiga oid munozaralar hanuz keskin va dolzarbdir.

Tarjimon: Odilxon Orifjonov
Tahrirchi: Feckro Felix
Asl manba: Ilkhamov, Alisher. "Archeology of Uzbek identity." Anthropology & archeology of Eurasia 44.4 (2006): 10-36.

https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/o-zbek-o-zligining-arxeologiyasi
👍7❤3👎1
Forwarded from Tarjima va Tanqid
O‘zbekiston: Ixtiro qilingan millatda milliyatchilikning ixtiro qilinishi

Dekolonizatsiya haqida o‘qiganimizda, ko‘pincha xalqlarning imperiyalarga qarshi kurashini, ommaviy harakatlarni, ozodlik bayrog‘ini ko‘targan qahramonlarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Ammo O‘zbekiston va boshqa postsovet respublikalarda tarix boshqacha kechdi. Bu yerda mustaqillik xalq tomonidan pastdan boshlab qo‘lga kiritilmadi — u yuqoridan e’lon qilindi. Davlat milliyatchilik natijasida tug‘ilmadi, aksincha — davlatning o‘zi milliyatchilikni yaratdi: tilni, ramzlarni, tarixiy xotirani shakllantirib, o‘z mavjudligini tushuntirishga harakat qildi.

Hindiston, Indoneziya yoki Jazoirdan farqli o‘laroq, bu yerda milliy g‘oya mustaqillikdan oldin emas, keyin paydo bo‘ldi. O‘zbekistonda aksil-mustamlakachilik harakati yoki ozodlik kurashiga asoslangan mif mavjud emas edi. Shu sababli “millat” g‘oyasi kurash natijasi emas, balki boshqaruv loyihasiga aylandi. XX asr boshlarida sun’iy ravishda chizilgan chegaralar va respublikalar qanday yaratilgan bo‘lsa, 1990-yillarda ham yangi davlat o‘z tarixini, qahramonlarini, tilini va yozuvini qaytadan “kashf etishga” majbur bo‘ldi.

O‘zbekiston tajribasining o‘ziga xosligi ham shunda: bu yerda mustaqillik hissiy portlash emas, balki ma’muriy fakt sifatida yuz berdi. Shu bois O‘zbekistondagi milliyatchilik — isyon emas, balki me’morchilikdir; u ommaviy ko‘cha shiori emas, balki davlat qurilishining bir qismidir. Va, ehtimol, shuning uchun ham u bizga bugun tabiiy ko‘rinadi — chunki yuqoridan yaratilgan, uzoq nazorat qilingan va asta sekin singdirilgan hodisa, oxir-oqibat, tabiiy tuyilishi muayyan ma’noda tabiiy.

Tarjimon: Feckro Felix
Tahrirchi: Odilxon Orifjonov
Asl manba: Charles Kurzman (1999) Uzbekistan: The invention of nationalism in an invented nation, Critique: Critical Middle Eastern Studies, 8:15, 77-98.

https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/o-zbekiston-ixtiro-qilingan-millatda-milliyatchilikning-ixtiro-qilinishi
👍5🔥2👎1🥱1
🖋 Onlayn so‘rov: O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatlar

👥 Biz ijtimoiy himoya tizimi faoliyati haqida aholining fikrini o‘rganmoqdamiz. Sizning fikringiz juda muhim. U ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam beradi.

🕒 So‘rov atigi bir necha daqiqa vaqt oladi.

👮‍♂️ So‘rov anonim bo‘lib, shaxsingiz oshkor bo‘lmaydi. Javoblaringiz faqat tahlil uchun ishlatiladi.

🔗 Quyidagi havola orqali so‘rovda ishtirok eting:
https://ee.kobotoolbox.org/x/qiZjgpTv

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Tarjima va Tanqid
“Tasavvur qilingan” va “haqiqiy” millat qurilishi o‘rtasida: postsovet Markaziy Osiyoda o'zliklar va milliylik

Markaziy Osiyoda davlat qurilishi bo‘yicha mavjud adabiyotlarning aksariyatida siyosiy elitalar tasavvuridagi millat va davlat tushunchasiga urg‘u berilgan, ya’ni “yuqoridan quyiga” yondashuvini taklif etadi. Ushbu maxsus son muqaddimasida mualliflar Markaziy Osiyodagi davlat qurilishi jarayonlarini davlat–jamiyat munosabatlarining boshqa qatlamlariga e’tibor qaratgan holda tadqiq qilishga urinadilar.

To‘plamdagi tadqiqotlar davlat tomonidan ishlab chiqilayotgan “tasavvur qilingan” va “haqiqiy” siyosatlar hamda diskurslar o‘rtasidagi “kulrang zona”ni va bu jarayonning hududiy, milliy va xalqaro darajadagi turli auditoriyalar tomonidan qanday qabul qilinishini tahlil qiladi.

Mualliflar Markaziy Osiyo davlat qurilishining bahsli, ko‘p qatlamli xususiyatiga urg‘u beradilar hamda davlat qurilishini o‘rganishda kino, qurilish loyihalari va saylov jarayonlari kabi yangi, noan’anaviy tahlil vositalaridan foydalanadilar.

Ushbu maxsus son o‘z ichiga O‘zbekistonga bag‘ishlangan maqolani kiritmagan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyodagi boshqa milliy davlatchilik jarayonlari tahlili orqali qiyosiy tadqiqotlar uchun muhim asos yaratadi.

Tarjimon: Ismoil Ilxomzoda
Tahrirchi: Bobur Muratov
Asl manba: Isaacs, R., & Polese, A. (2015). Between “imagined” and “real” nation-building: Identities and nationhood in post-Soviet Central Asia. Nationalities Papers, 43(3), 371-382.

https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/tasavvur-qilingan-va-haqiqiy-millat-qurilishi-o-rtasida-postsovet-markaziy-osiyoda-o-zliklar-va-milliylik
🔥3
Forwarded from Tarjima va Tanqid
Millatlar Imperiyasi: Etnografik bilim va Sovet ittifoqining tashkil etilishi

Quyida sizga taqdim etilayotgan tarjima Francine Hirschning "Millatlar Imperiyasi" kitobidagi ‘’Chegaralarning belgilanishi va Sovet milliy o’zliklarning shakllanishi’’ bobi bo’lib, unda muallif e'tiborni bevosita Markaziy Osiyodagi 1924-yilgi milliy-hududiy chegaralanishga qaratadi va anʼanaviy adabiyotlarning bu jarayonni Moskva "boʻlib tashla va hukmronlik qil" tamoyili asosida mahalliy ishtiroksiz amalga oshirgan, degan qarashini rad etadi. Arxiv maʼlumotlari chegaralanish faqat markaziy buyruq bilan emas, balki Moskva, mahalliy kommunistik elita (ular millatni modernizatsiya vositasi deb bilgan) va etnografik mutaxassislar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va muzokaralar mahsuli ekanligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, Hirsch iqtisodchilar va etnograflar Markaziy Osiyoga nisbatan kompleks etnografik yondashuvni qoʻllash orqali (bu yondashuv Yevropa respublikalari uchun ishlatilgan lingvistik mezonlardan tubdan farq qilardi) siyosiy qarorlarga taʼsir oʻtkazganliklarini aniqlaydi.

Markaziy Osiyo xaritasidagi ‘’dog’lar’’ sifatida ko’riladigan anklav va ekslav hududlarning mavjudligi, ba’zi o’zbek tilli hududlarning qo’shni davlatlar tarkibiga o’tib ketishi kelajakda bu hududlarda muammolar yaratish va shu orqali doimiy ta’sir o’tkazib turish maqsadida emas, balki iqtisodiy omillarni hisobga olib bajarilganligi ushbu bobda ta’kidlanadi.
 
Tarjimon: Bilolxo’ja
Tahrirchi: Ismoil Ilxomzoda
Asl manba: Hirsch, F. (2005). Empire of Nations: Ethnographic Knowledge and the Making of the Soviet Union. Ithaca, NY: Cornell University Press. 160-187.

https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/millatlar-imperiyasi-ethnografik-bilim-va-sovet-ittifoqining-tashkil-etilishi
Insonning yovuz tabiati

“Pashshalar hukmdori”dagi qahramonlar hali bola bo‘lsalar-da, ularda yovuzlik qilishga moyillik bor. Asarda sodir bo‘ladigan har bir ko‘ngilsiz voqea kattalar dunyosidagi voqealar bilan parallel ravishda rivojlanadi. Orolda bolalar ikkiga bo‘linib bir-biri bilan urushishyapti. Vaholanki, oroldan tashqarida ham ikki katta guruh o‘rtasida yadroviy urush bo‘lyapti. Orolda begunoh bolalar bir kishining hukmronlikka bo‘lgan chanqog‘ini qondirish uchun o‘ldirilyapti, xuddi kattalar dunyosidagidek.

Bolalarning ikkita alohida guruhida ikki xil hukumat amal qilyapti: biri tenglik, plyuralizm va erkinlikka asoslangan bo‘lsa, ikkinchisi totalitar, zo‘ravon va qo‘rquv ustiga qurilgan tizim. Kattalar dunyosida ham mana shunday turli xil xarakteristikalarga ega hukumatlar faoliyat yuritishadi. Demak, asar xulosasiga ko‘ra yovuzlik inson tabiatiga xos fenomen va undan bolalar ham holi emas degan fikr paydo bo‘lyapti. Bu haqida o‘zingiz uchun o‘ylab ko‘rishga harakat qiling. (#)

Manba: @leyamakasi blogi


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1
Forwarded from Tarjima va Tanqid
Yangi tarjima!

“Yangi” imperializm: mulkdan mahrum etish orqali jamg‘arish


Ushbu maqola zamonaviy tanqidiy siyosiy iqtisodning eng nufuzli vakillaridan biri bo‘lgan Devid Harvining maqolasidir. Maqola Harvining "The New Imperialism" ("Yangi imperializm", 2003) nomli kitobi bilan deyarli bir vaqtda chop etilgan va uning markaziy tushunchasi — "mulkdan mahrum qilish orqali jamg‘arilish" (accumulation by dispossession) g'oyasining jamlangan bayonidir. Maqola XXI asr boshidagi global iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan ko‘plab g‘oyalar bugungi dunyoni anglash uchun ham dolzarbligini saqlab qolmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchaygan geosiyosiy raqobat, iqtisodiy sanksiyalar, savdo urushlari, energiya resurslari uchun kurash va xalqaro moliyaviy tizim atrofidagi bahslar fonida ushbu maqola yangi mazmun kasb etadi.

Harvi imperializmni faqat kuchli davlatlarning harbiy bosqinchiligi yoki hududlarni egallashi sifatida talqin qilmaydi. Uning fikricha, imperializm kapitalizmning ichki rivojlanish mantig‘idan kelib chiqadigan jarayon bo‘lib, u ortiqcha kapital va ortiqcha mehnat resurslarini doimiy ravishda yangi hududlarga, yangi bozorlarga va yangi investitsiya imkoniyatlariga yo‘naltirish zaruratidan tug‘iladi. Shu ma'noda, imperializm iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning uzviy birlashgan shakli sifatida namoyon bo‘ladi.

Maqolaning asosiy nazariy tayanchini ikki muhim tushuncha tashkil etadi. Birinchisi - "makon-vaqt yechimi" (spatio-temporal fix). Bu tushuncha kapitalizm ichida yuzaga keladigan ortiqcha jamg‘arilish muammosini yangi hududlarga investitsiya qilish, yangi bozorlarni ochish yoki uzoq muddatli infratuzilma loyihalariga mablag‘ yo‘naltirish orqali vaqtincha yumshatish usulini anglatadi. Ikkinchi muhim tushuncha - "mulkdan mahrum qilish orqali jamg‘arilish" (accumulation by dispossession). Bu jarayon davlat mulkini xususiylashtirish, tabiiy resurslarni nazorat qilish, umumiy resurslarni xususiy mulkka aylantirish, qarz mexanizmlari yoki moliyaviy bosim orqali mavjud boyliklarni qayta taqsimlashni o‘z ichiga oladi.

Aynan shu yerda maqola bizning yillik mavzuimiz — farq bilan uchrashadi. Harvi ko'rsatadiki, kapital faqat ishlab chiqarish orqali emas, balki allaqachon mavjud bo'lgan narsani o'zlashtirish orqali ham daromad keltiradi: xususiylashtirish, qarz, garovga olingan uy, loyiha uchun buzilgan turar joy. Neft, imperiyalar va jahon banklari haqida o'qir ekanmiz, bularning barchasi begona ishlar, biz esa chetdan kuzatuvchimiz deb o'ylash oson. Ammo xususiylashtirish, qarz va buzish Londonda emas — bizning ko'chamizda sodir bo'lmoqda. Sezmasligimiz sababi – bu yerda o'sha voqealar boshqacha nom oladi: buzish obodonlashtirish deb ataladi, yerni tortib olish investitsiya jalb qilish, ortda qolish esa “o'tish davri”. Nomlash biz uchun hal qiladi: bu ish rivojlanishga tegishlimi yoki tortib olishga. Shu tariqa nomlashdagi farq "u yer" bilan "bu yer" o'rtasidagi farqni yaratadi: biz o'zimizni global kapitalizmdan ajralgan deb his qilamiz — undan uzoq bo'lganimiz uchun emas, balki bizda kerakli lug’at bo’lmagani uchun.

Ushbu tarjimaning maqsadi Harvining nazariy qarashlarini o‘zbek tilidagi kitobxonga imkon qadar aniq va tushunarli shaklda yetkazishdir. Tarjima davomida ayrim murakkab iqtisodiy va falsafiy atamalar uchun o‘zbek tilida izchil terminologiya qo‘llashga harakat qilindi. Matn oxirida berilgan lug‘at aynan shu maqsadda tuzilgan bo‘lib, o‘quvchiga maqolada uchraydigan asosiy tushunchalarni yaxshiroq anglashda yordam beradi. Tarjima jarayonida SIdan foydalanildi.
 
Tarjimon: Feckro Felix
Tahrirchi: Maxfiratbegim Azizi
Asl manba: Harvey, D. (2004). The 'New' Imperialism: Accumulation by Dispossession. Socialist Register, 40.

Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/yangi-imperializm-mulkdan-mahrum-etish-orqali-jamg-arish

Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
👍6
Forwarded from Tarjima va Tanqid
Meritokratiya zulmi: Umumiy manfaatga nima bo‘ldi?

O'zgartirdim o'zimni, atrofim yoqmaganda
Foyda yo'q boshqalarni ayblab, o'zimni oqlagandan

Konstaning bu qo‘shig‘i so‘nggi yillarning o‘ziga xos madhiyasiga aylandi. Qo‘shiq qahramoni atrofdagilarni ayblashni bas qilib, o‘zini o‘zgartirgan va endi tinglovchiga ham shuni uqtiradi: o‘zingga ishonsang, seni hech narsa to‘xtata olmaydi, qiyinchiliklar esa bahona, xolos. Intilish go‘yo qonimizga, milliy tabiatimizga xos, nolish va taslim bo‘lish esa bizga yot.

Qo‘shiq klipi bu mantiqni yanada yaqqolroq ko‘rsatadi. Unda muvaffaqiyat namunasi sifatida asosan hayotni boshidanoq katta imkoniyatlar bilan boshlagan, xorijda yutuqlarga erishgan odamlar ko‘rsatiladi. Ularning yonida esa yeridan ajragan, begona yurtlarda nasibasini jimgina terib yurgan migrantlar turadi. Klip ularni «o‘zbekistonlik» degan bitta so‘z ostida birlashtiradi, lekin bu ikki guruh o‘rtasida umumiy narsa deyarli yo‘qligini payqamaydi: ularning boshlang‘ich imkoniyatlari ham, hayot yo‘li ham, ba’zida hatto gaplashadigan tili ham boshqa-boshqa. Natijada birinchilarning muvaffaqiyati ikkinchilar uchun o‘lchovga aylanadi: ular uddalagan bo‘lsa, sen nega uddalay olmading? Klip migrantlarga ilhom bermoqchi bo‘ladi, ammo aslida ularni yana bir bor aybdor qilib qo‘yadi.

Bu qo‘shiq va uning klipi bo‘shliqda paydo bo‘lmadi. Ular so‘nggi o‘n yilda shakllangan butun bir ommaviy diskursni bir necha satrga jamladi, xolos. Bu diskurs hammamizga tanish: kouchlar, shaxsiy rivojlanish treninglari va «muvaffaqiyat sirlari» haqidagi kitoblarning ko‘payishi, shaxsiy mas’uliyat ritorikasi. «Hammasi o‘zingning qo‘lingda», «davlatdan noliyvermasdan, o‘zing harakat qil», «hamma o‘z aravasini o‘zi tortsin» va, albatta, «boqimandalik» haqidagi gaplar. So‘nggi o‘n yilda bu so‘zlar motivatsion zallardan rasmiy minbarlarga, ijtimoiy tarmoqlardan televideniye va deputatlar nutqlariga ko‘chdi. Biroz avvalroq «boqimandalik» deyarli tashxisga aylandi: go‘yo jamiyatning asosiy dardi odamlarning dangasaligi va davlatga qaram bo‘lib qolgani. Hatto nogironligi bo‘lgan insonlar haqidagi ko‘rsatuvlar ham ba’zida shu xulosaga xizmat qildi: boshqalar uddalagan bo‘lsa, sen nega uddalay olmaysan?...

Bularning barchasi meritokratiyaga qanday aloqador? Biz Maykl Sandelning «Meritokratiya zulmi» kitobidan «Yuksalish ritorikasi» bobini tarjima qildik. Bu kitob o‘zimiz haqimizda nimani tushunishga yordam berishi haqida tarjimonning kirish so‘zini va tarjimani o‘qing.

Tarjimon: Javohir Nematov

Asl manba: Sandel, M. J. (2020). The rhetoric of rising. In The tyranny of merit: What’s become of the common good? (pp. 59–80). Farrar, Straus and Giroux.

Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/meritokratiya-zulmi-umumiy-manfaatga-nima-bo-ldi

Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
❤4
Koinot adolatni bilmaydi, chunki u õlik – oğriqni his qilmaydi. Adolat yõq, lekin oğriq bor va u haqiqiy. Boshqalarning azob chekayotganini kõrib, biz ham iztirob chekamiz. Ularning oğriğini his qila olmasak-da, tushunish va kamaytirish qobiliyatiga egamiz.

Biz koinot qonuniyatlarini, ularning insonlarga ta’sirini va õzimiz keltirib chiqaradigan oqibatlarni anglay olamiz. Buning asosida Egoizm yotadimi? Ehtimol, tõğridir. Shaxsiy manfaatlarimizni ustun qõyish va õzimizni oğriqdan asrash hayotimizni osonlashtiradi. Biroq boshqalar uchun qayğurishimizning sababi nima?

Evolyutsion jihatdan buni qisman hamkorlik va hamjihatlik orqali tur sifatida uzoqroq yashab qolishimiz bilan tushuntirish mumkin. Shu yerda Egoizmga muvozanat sifatida Empatiya (sodda aytganda, boshqalarning oğriğini anglash qobiliyati) kirib keladi. Antropolog Margaret Meadning singan suyak haqidagi hikoyasi buni yaxshi kõrsatib beradi. Yoki besh yoshli qizchaning zõrlanishi butun Õzbekistonni larzaga keltirganini eslang.

Empatiya hamkorlik va hamjihatlik uchun zamin yaratadi. Ular esa ijtimoiy birdamlikni shakllantiradi. Birdamlikka tahdid soluvchi sabab va oqibatlarni bartaraf etishga qaratilgan axloqiy qoidalar va me’yorlar rivojlanib, Adliya tizimlarini vujudga keltiradi.

Kosmik qonuniyatlar orasida adolatning yõqligi turli jabhalardagi adolatni inkor etmaydi. Bu õz boshqaruvimizda bõlmagan hodisalar yoki õzimiz keltirib chiqaradigan adolatsizliklar oqibatida yuzaga keladigan azob-uqubatlarni kamaytirish imkoniyati õzimizda qolishini anglatadi.

Nigilistik nuqtayi nazardan qarasak, kosmik miqyosda insoniyatning yashab qolishi ham hech qanday ma’noga ega bõlmasligi mumkin. Bir kun kelib, Quyoshdagi kattaroq portlashlar yoki tasodifiy yirik asteroid Yerda hayotni yõq qilishi mumkin. Bizning mavjudligimiz abadiy emas. Xõsh, shunday ehtimollar haqida õylab, tushkunlikka tushish va hamma narsani inkor etish kerakmi? Menimcha, yõq. Kosmik miqyosda hech qanday ahamiyatga ega bõlmagan jonzot bõlsak, qobiliyatlarimiz tõxtatishga yetmaydigan voqea-hodisalardan qayğurish ham ma’nosiz bõlib qoladi.

«Shoushenkdan qutilish»¹ filmidagi mashhur iqtibos bu paradoksni yaxshi ifodalaydi:
«Yo yashash bilan band bõlamiz, yo õlish bilan».

Koinot miqyosida arzimas zarradek bõlsak-da, oğriqlarimiz haqiqiy. Bu oğriqlarni boshdan kechirayotganimizda, kosmik masshtab haqida õylab õtirmaymiz. Oğriqdan tezroq qutulish asosiy vazifamizga aylanadi. Biroz Empatiya global hamjamiyat uchun ham adolat (oğriqlarni kamaytirish) qilish Zaruratini paydo qiladi.

Kosmik shkalada inson umri aqlga siğmaydigan darajada qisqa. Shunday ekan, qisqa umrimiz davomida õzimiz va boshqalarning oğriqlarini kamaytirishimiz eng sharafli ishlardan biri bõlsa kerak. Bu yõlda kosmik befarqlikka ozroq befarq bõlish talab etiladi :)

Izoh:
1. Film nomi "Shoushenkdan qochish" emas "Shoushenkdan qutilish" bõlishi kerak, chunki har qanday qamoqdan qochish mumkin, lekin har doim ham qutilib bõlmaydi.
👍6❤3