LIDERLAR
17.9K subscribers
3.54K photos
1.6K videos
200 files
3.58K links
Ҳақиқий лидер - янги лидерни кашф қилади! Отабек Хасанов Фикрларингизни шу ерга жўнатинг
Download Telegram
QADRLI OBUNACHILAR!

Siz bilan birga o'sish, sizga kerakli va foydali kontent tayyorlash biz uchun eng katta mas'uliyatdir. 🤝
Shu maqsadda kanalimiz auditoriyasini yaqinroq bilish niyatidamiz: qaysi soha vakillari biz bilan birga?

✍️ Atigi bir soniyada ovoz bering. Sizning javobingiz keyingi mavzularimiz yo'nalishini belgilaydi.
Faol ishtirokingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz! 🙏
👍26❤7
LIDERLAR pinned «Qaysi sohada faoliyat yuratasiz?»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Дам олиш — бу вақтни бой бериш эмас, кучни қайта тиклаш
Кўпчилик раҳбарлар якшанбани ҳам иш куни каби ўтказади: телефон қўлдан тушмайди, хаёл эса доим ишхонада. Аммо тажриба шуни кўрсатади: дам олишни билмаган одам узоқ масофага чидамайди. Чарчаган раҳбар тўғри қарор қабул қила олмайди, жамоасига эса илҳом эмас, асабийлик улашади.
Стивен Кови буни «арани чархлаш» деб атаган: дарахтни тинимсиз кесаётган одам арасини чархлашга вақт топмаса, меҳнати кун сайин самарасиз бўлиб бораверади. Дам олиш — айнан шу чархлашдир.
Дам олиш кунини унумли ўтказиш учун 5 та тавсия:
1️⃣ Оилага вақт ажратинг. Ҳафта давомида энг кам эътибор берганимиз — энг яқинларимиз. Бир дастурхон атрофида телефонсиз ўтказилган бир соат кўп нарсани ўзгартиради.
2️⃣ Китоб ўқинг. Иш билан боғлиқ бўлмаган китоб тафаккурни янгилайди, янги ғоялар айнан шундай пайтда туғилади.
3️⃣ Танангизни ҳаракатга келтиринг. Сайр, спорт ёки табиат қўйнида юриш — ақлий меҳнат қиладиган одам учун энг яхши дори.
4️⃣ Ўтган ҳафтани таҳлил қилинг. 15–20 дақиқа ажратиб, ўзингизга савол беринг: нимага эришдим, нимани бой бердим, келаси ҳафта нимани бошқача қиламан?
5️⃣ Маънавий ҳаётга эътибор беринг. Ота-онани зиёрат қилиш, устозни йўқлаш, бемор дўстдан хабар олиш — булар инсонни ички жиҳатдан бойитади.
Менинг фикрим: ҳақиқий лидер фақат жамоасини эмас, ўз кучини ҳам бошқара олиши керак. Дам олишни режалаштира оладиган одам ишни ҳам режалаштира олади. Душанба куни қандай кайфиятда ишга келишингиз якшанбани қандай ўтказганингизга боғлиқ.
Сиз дам олиш кунингизни қандай ўтказасиз? Фикрларингизни ёзиб қолдиринг

#ЛидерликСабоқлари

📌 t.me/liderlar1
1👍63❤17🎉1🤓1
Forwarded from OYINA.UZ
“Nazorat jamiyati”, “...shirin yolg‘on yomon” – “Tafakkur” jurnalining yangi sonida nimalarni o‘qiymiz?

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/34964

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube
👍6❤2
#хайрли_тонг

Ассалому алейкум!
Бошланаётган яна бир мунаввар кун муборак бўлсин!

Саломлашишнинг етмишта  савоби бор бўлиб, ундан олтмиш тўққизтаси салом берганники, биттаси эса алик олганникидир!

Дунёда шундай бир неъмат борки, унинг исми меҳрдир! У фақатгина тарқатилганда кўпаяди.

Ўзингизга кўпроқ меҳр жалб этишнинг ягона йўли эса, кўпроқ меҳр улашишдир.

Атрофингизда қалби меҳрга тўла инсонлар кўпаяверсин!

Бошлаган янги кунингиз хуш хабар ва хуш дийдорлар ила файзли ўтсин!
🔥30👍21❤5🎉1
Assalomu alaykum, hurmatli «Liderlar» kanali a'zolari!
🚆 Samarqandga yo'l oldim. Oldinda poyezdda ikki soatlik yo'l bor. Har doimgidek, bu vaqtdan unumli foydalanib, «Mutolaa» loyihasidan navbatdagi kitobni boshlaymiz.
📚 Shu yil hisobidan 10 oyda 10-kitob mutolaasini yakunladik. Siz ham har bir daqiqangizdan unumli foydalaning.
Ushbu loyiha uchun Alisher Sa'dullayev va Sirojiddinga alohida minnatdorlik bildiraman. Endi kitob eshitmaslikka bahona yo'q. Izlagan imkon topadi!
❓ Savol: siz shu yil «Mutolaa»da nechta kitobni tugatdingiz?

@liderlar1
👏11👍6❤3😢3🔥1
Forwarded from "LIDERLAR KITOBI” fan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Barchangizni, ayniqsa, o‘zbek tilini ona tili deb biluvchi va uni qadrlovchi insonlarni bugungi bayram bilan samimiy tabriklaymiz!

Bugun kanalimizda ona tilimiz, uning qadri, jamiyatdagi o‘rni va unga bo‘lgan munosabatimiz haqida sizu bizni tafakkurga chorlovchi bir nechta kontentlarni taqdim etamiz.

Zero, tilga bo‘lgan munosabat — millatga, uning tarixi, madaniyati va kelajagiga bo‘lgan munosabatdir.

📌 Kuzatib boring!

Ko‘ring va tafakkur qiling! 🇺🇿
❤12👏11
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun O‘zbek tili bayrami kuni!

O‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni qadrini yuksaltirishda tarixda bobolarimiz, yozuvchi, shoirlar, har bir millat vakili o‘z jasoratini ko‘rsatgan.

Orada tilimiz kesildi, cheklandi. Lekin yana qayta dunyoga kuch, jasorat bilan kirib keldi. Bu jasorat har birimizning qonimizda bo‘lishi, uni avaylab-asrashimiz eng katta mas’uliyatimizdir.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami kuni belgilandi, jahon minbarlarida yangray boshladi. Ilm, texnika, raqamli tilga aylanmoqda.

Bayram arafasida biz o‘zbek tilining kechasi va bugunini shoirlarimiz satrlari orqali ifodalashga harakat qildik.

Alisher Navoiy, Rauf Parfi, Xurshid Davron, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf, Erkin Vohidovning satrlarini bir qo‘shiqqa jamladik.

Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yaratilgan qo‘shiq va videorolik zamonaviy texnologiyalar hamda ona tilimizning ko‘p asrlik taraqqiyoti uyg‘unligining go‘zal namunasidir.

Bugun bayram arafasi yaqinlaringizga bu media mahsulotimizni ulashing, bayram bilan tabriklang.

Sifatli formatda bu yerda ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=ipPyTus6LS4

@otabek_khasanov
❤13🎉1
Forwarded from Ma’rifat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Farzandlarga faqat ularni boqadigan emas, zarur payt yonlarida turadigan OTA kerak.

Ba’zan yaqinlarimizga yaxşi hayot yarataman deb, ularning hayotidan çiqib ketganimizni bilmay qolamiz…
👍32🔥7❤3
«Ақл — тўлдирилиши керак бўлган идиш эмас, балки аланга олдирилиши лозим бўлган машъалдир».

Плутарх
👍51❤16🔥14👏5⚡1
ТАРБИЯ

Дуогўй ота-онангизни эъзозланг, ҳурмат қилинг, қадрига тириклик чоғида етинг.
👍76❤30👏15🔥13⚡3🤝3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasida 2026–2027-öquv yili uçun Magistratura ta’lim dasturining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.

Ta’kidlaş joizki, bugungi kunda davlat boşqaruvi tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar davlat organlari faoliyatini takomillaştiriş bilan bir qatorda, zamonaviy bilim va könikmalarga ega, strategik fikrlaydigan, taşabbuskor va yuqori kasbiy salohiyatli rahbar kadrlarni şakllantirişni ham taqozo etmoqda.

Şu nuqtayi nazardan, Akademiyada magistratura dasturining yangi öquv yiliga start berilişi davlat xizmati uçun professional kadrlar tayyorlaş, rahbarlarning boşqaruv kompetensiyalarini rivojlantiriş hamda davlat boşqaruviga ilğor yondaşuvlarni joriy etiş yölidagi muhim qadamdir.

Magistratura dasturi doirasida tinglovçilarning professional salohiyatini oşiriş, ularda zamonaviy boşqaruv könikmalarini şakllantiriş hamda davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladigan samarali boşqaruv qarorlarini qabul qiliş qobiliyatini rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, professional va natijador davlat boşqaruvini şakllantirişning asosiy şartlaridan biri — inson kapitaliga sarmoya kiritiş, iqtidorli kadrlarni qöllab-quvvatlaş va ularning uzluksiz kasbiy rivojlanişi uçun zarur şaroitlarni yaratişdir.

Tinglovçilarning salohiyatidan samarali foydalaniş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va olgan bilimlarini amaliy faoliyatda qöllaşlariga şaroit yaratiş ham muhim vazifalardan biri sifatida belgilani qayd etildi.

Tadbirda söz olganlar magistratura tinglovçilariga ta’lim jarayoniga faol yondaşiş, yangi bilim va kompetensiyalarni egallaş, zamonaviy boşqaruv usullarini çuqur örganiş hamda kelgusida mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yölida öz salohiyatini töliq namoyon etiş muhimligini ta’kidladilar.
❤17⚡9👍2
#иқтибос

Буюк ишлар қилишнинг ягона йўли қилаётган ишингиздан роҳатланишингиздир.

✍ Стив Жобс
👍63🔥21❤10⚡1
Forwarded from Toşkentdan gapiramiz...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅
Otabek Hasanov:
“Yoşlarga bugun juda qiyin”


To‘liq intervyuni tez kunda 📱 YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.


✉️Telegram  📷Instagram  🗳Facebook  📱You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥7❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaqtni boshqariş san’ati haqida
👏26👍12⚡2🔥1