Matematikadan repetitor
Kanal faoliyati to‘xtatildi, hammaga rahmat!
Barcha yaxshi narsaning intihosi bo‘lganidek, kanalning ham o‘z intihosi bo‘lgani ma'qul degan fikrga allaqachonlar avval kelgan edim. Bu vaqt ichida men bilan bo‘lgan barcha obunachilarga rahmat. Aslida kanalning asosiy faoliyati 2020 yildayoq tugagan edi, lekin o‘chirgani ko‘z qiymay yana u-bu yozib davom etgan edi. Qimmatli materiallarga boy kanal o‘chirilmasligi lozim edi, buni tushunaman. Balki, keyinroq barcha matematikaga oid postlarni yangitdan kanal ochganimda joylarman ham. U vaqtda o‘zim ham ancha matematikani yaxshiroq bilib olgan bo‘laman. U vaqtda yanada jiddiyroq materiallar berilar balki, balki shogirdlarga, o‘quvchilarga yutirishni tayinlarman, kim biladi deysiz buni?! Hozir esa hech qayerga chalg‘imay, tinmay o‘z mahoratimni oshirib borishim eng to‘g‘ri yo‘ldir, menga gap-so‘zi borlar bo‘lsa @matematikadan_repetitor_bot ga yozishingiz mumkin.
👍13👎1💩1
Sevgi o‘tib ketmaydi, u boshqa shaklga o‘tishi mumkin. Hayotga bo‘lgan kuchli muhabbatning zarralari ham hayotning har bir jabhasida o‘z taʼsirini bildiradi.
❤2💩1
@Erkinjonaliyev kanaliga kiringlar bayda bekor o‘tirmay. Hayot faqat elementar matematikadan misol yechishdan iborat emas, kitoblaram o‘qish kerak, bo‘laqolinglar.
Forwarded from Erkinjon o‘qigan kitoblar
Bugun 21-yanvar, proletariatning buyuk dohiysi Leninning o‘lgan kuni.
Shu o‘rinda Eron shoirasi Jolaning Lenin mavzoleyini ziyorat qilgach olgan taassurotlarini ifodalagan sheʼrini o‘qiylik:
O‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim yaqindan,
Lenin uxlar edi tinch va ulug‘vor.
Inqilob ozodlik davrin dohiysi,
Yangi jahon qurgan buyuk ijodkor.
Bir olam ulug‘vorlik oldida asta
Boshim sokin etib turdim bir muddat.
Lenin siymosida jamligin ko‘rdim
Zako va muhabbat, shavkat va qudrat.
Lenin qo‘llariga ko‘z tikdim takror,
O‘yladim: bu qo‘llar mehnatkash xalqni boshlagan edilar ozodlik tomon
(Zulmga o‘t qo‘yib, go‘yo zo‘r chaqin)
Sovet davlatiga qo‘yib poydevor.
Bir orzum bor edi tamomi tanam
Ko‘zga aylansa-yu, Leninga boqsam
Bu umid dunyosi oldida bir dam
Tiz cho‘kib, mehridan dilga o‘t yoqsam.
Ammo men ko‘rdimki boshqalarning ham,
Dilini to‘ldirmish shu qutlug‘ orzu.
Hamma bir niyatla unga tikilgan,
Hamma tikilganning niyati bitta.
Qalbiga jo qilish Leninni mangu.
Lenin sokin uxlar, ammo jahonga
G‘olib leninizm sochmoqdadir nur!
Dohiymiz Leninning fikri va ishi
Oftobdek ko‘radi million yil umr.
Shu o‘rinda Eron shoirasi Jolaning Lenin mavzoleyini ziyorat qilgach olgan taassurotlarini ifodalagan sheʼrini o‘qiylik:
O‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim yaqindan,
Lenin uxlar edi tinch va ulug‘vor.
Inqilob ozodlik davrin dohiysi,
Yangi jahon qurgan buyuk ijodkor.
Bir olam ulug‘vorlik oldida asta
Boshim sokin etib turdim bir muddat.
Lenin siymosida jamligin ko‘rdim
Zako va muhabbat, shavkat va qudrat.
Lenin qo‘llariga ko‘z tikdim takror,
O‘yladim: bu qo‘llar mehnatkash xalqni boshlagan edilar ozodlik tomon
(Zulmga o‘t qo‘yib, go‘yo zo‘r chaqin)
Sovet davlatiga qo‘yib poydevor.
Bir orzum bor edi tamomi tanam
Ko‘zga aylansa-yu, Leninga boqsam
Bu umid dunyosi oldida bir dam
Tiz cho‘kib, mehridan dilga o‘t yoqsam.
Ammo men ko‘rdimki boshqalarning ham,
Dilini to‘ldirmish shu qutlug‘ orzu.
Hamma bir niyatla unga tikilgan,
Hamma tikilganning niyati bitta.
Qalbiga jo qilish Leninni mangu.
Lenin sokin uxlar, ammo jahonga
G‘olib leninizm sochmoqdadir nur!
Dohiymiz Leninning fikri va ishi
Oftobdek ko‘radi million yil umr.