MATH MENTOR | DAVRBEK
2.07K subscribers
452 photos
53 videos
164 files
257 links
Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik, MOCKlar, yozma ishlar va olimpiada masalalari.

Ta’lim haqidagi shaxsiy fikrlar va o‘quvchilar uchun amaliy maslahatlar.

Muallif: Oltiboyev Davrbek
Murojaat: @mathmentor_1
Download Telegram
Forwarded from Dr_Durmatova
Dilafruz Durmatova — 20 yillik pedagogik tajribaga ega ustoz. Faoliyatining 17 yilini abituriyentlarni tibbiyot oliygohlariga tayyorlashga bag‘ishlagan. Keyinchalik farzandlarining ixtisoslashtirilgan maktabga tayyorgarligi sabab bu tizimni chuqur o‘rganib, o‘z tajribasini shu yo‘nalishda ham davom ettirgan.

Bugun esa natijalar uning mehnatini o‘zi gapirib turibdi:

📌 2024-yilda — 14 nafar o‘quvchi
📌 2025-yilda — 12 nafar o‘quvchi
📌 2026-yilda — 21 nafar o‘quvchi

ixtisoslashtirilgan maktablarga muvaffaqiyatli qabul qilingan.

Ular orasida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Shayxontohur, Olmazor, Sergeli, Zangiota ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Abu Ali ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabining Chinoz filialiga kirgan o‘quvchilar bor.

2026-yildagi eng katta natijalardan biri esa alohida e’tirofga loyiq:

Al Beruniy xalqaro maktabining Tabiiy yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun respublika bo‘yicha ajratilgan 15 ta o‘rindan 6 tasini Dilafruz ustoz jamoasi tayyorlagan o‘quvchilar egalladi.

Bu — har 5 o‘rindan 2 tasi degani.

Yana bir e’tiborli jihat: Dilafruz ustozni aynan shu yo‘nalishga kirib kelishga undagan o‘z qizlari ham bugun yuqori natijalarga erishgan. Ulardan biri Al Beruniy xalqaro maktabining 9-sinfiga, ikkinchisi esa Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinfiga qabul qilingan.

Bu yerda gap shunchaki dars o‘tish haqida emas. Gap — tizimli tayyorgarlik, ko‘p yillik pedagogik tajriba va real natija haqida.

Farzandingizni ham ixtisoslashtirilgan maktablarga puxta tayyorlashni istasangiz, Dilafruz ustoz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

📩 Murojaat uchun: @dilafruz_ustozdan
🔗 Telegram: https://t.me/dilafruz_1829
❤9🔥2👍1
MATH MENTOR | DAVRBEK
Dilafruz Durmatova — 20 yillik pedagogik tajribaga ega ustoz. Faoliyatining 17 yilini abituriyentlarni tibbiyot oliygohlariga tayyorlashga bag‘ishlagan. Keyinchalik farzandlarining ixtisoslashtirilgan maktabga tayyorgarligi sabab bu tizimni chuqur o‘rganib…
2. Al-Beruniy maktabiga, Ibn Sino maktablariga yoki umuman tabiiy fanlar yo‘nalishiga tayyorlanmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun Dilafruz ustozni tavsiya qilaman!

Tajribali ustoz, natijalarini yuqoridagi postning o‘zida ham ko‘rishingiz mumkin. Ayniqsa bu yil Al-Beruniy maktabiga kirgan o‘quvchilari soni ham juda yaxshi.

Kanallariga kirib ko‘rsangiz, kuni kecha Al-Beruniy maktabida bo‘lib o‘tgan Ochiq eshiklar kunidan ham lavhalar joylaganlar.

Dilafruz ustoz nafaqat shu maktabga kirgan o‘quvchilarning ustozi, balki farzandlari ham Al-Beruniy maktabida tahsil olayotgani sabab tizimni ichidan ham yaxshi biladilar.

Aytishlaricha, bu yil o‘quvchilar aniq va tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilingan bo‘lsa ham, dastlab birga, umumiy tahsil olib, keyinchalik ! o‘z yo‘nalishlarini tanlashar ekan..

Shu sabab tabiiy fanlarga jiddiy tayyorlanmoqchi bo‘lganlar uchun juda yaxshi variant👌
❤9👍2🔥1
Forwarded from KHISO maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❓ “Xalqaro olimpiadalarga o‘zlaringiz tayyorlasangizlar bo‘lmaydimi?”

🔥 Siz so‘radingiz — biz yo‘lga qo‘ydik!

📚 Ko‘plab ota-onalarning talab va murojaatlariga binoan, KHISO maktabida xalqaro olimpiadalarning FINAL bosqichlariga matematika fanidan OFLAYN tayyorlov guruhlari ochilmoqda!

🌍 Farzandingiz AQSh, Angliya, Avstraliya, Germaniya va boshqa davlatlarda o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro olimpiadalarda yuqori natija ko‘rsatishini istaysizmi?

Endilikda buning uchun alohida tayyorgarlikni KHISO maktabining o‘zida olish mumkin!

🏆 Darslar eng yuqori darajadagi olimpiada tajribasiga ega ustozlar — IMO (International Mathematical Olympiad) g‘oliblari hamda boshqa xalqaro olimpiadalar sovrindorlari ishtirokida olib boriladi.

📌 Kurs davomida o‘quvchilar:
✅ xalqaro olimpiada darajasidagi murakkab masalalarni yechish;
✅ noodatiy va mantiqiy fikrlash;
✅ FINAL bosqichlari formatiga mos ishlash;
✅ vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va musobaqa strategiyasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

💥 Xalqaro olimpiadaga shunchaki borish emas — natija uchun tayyorlanish kerak!

🔥 Chempionlardan ta’lim oling va siz ham chempion bo‘ling!

⬇️ Guruhlarga yozilish va batafsil ma’lumot olish uchun:
📱 Telegram: @khiso_lc_admin
📞 Telefon: 55-515-80-88
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1
Forwarded from Sardor Bazarbaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchilar va ota-onalar uchun ajoyib yangilik!

Endilikda 3–4-sinflar uchun KHISO olimpiadasi savollarini Prezident maktabi, Al-Xorazmiy maktabi va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari savollariga yanada yaqinlashtiramiz.

Bu borada shogirdim, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha kuchli mutaxassis Abrorjon Farmonov bilan hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqyapmiz.

Abrorjon shu kungacha KHISO olimpiadasi savollarining video-yechimlarini tayyorlab kelayotgan edi. Endilikda esa aynan 3–4-sinflar uchun olimpiada testlarini tuzishda ham bevosita ishtirok etadi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — KHISO olimpiadasi natijalari orqali farzandingizning Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlariga tayyorgarlik darajasini oldindan obyektiv baholash imkonini yaratish.

Olimpiada natijalaridan o‘quvchi qaysi mavzularda kuchli ekanini, qaysi yo‘nalishlarda esa hali ishlashi kerakligini ko‘rib borish mumkin. Eng muhimi, kamchiliklar imtihon oldidan emas, oldindan aniqlanadi va ularni bartaraf etish uchun vaqt bo‘ladi.

Shu sababli ota-onalarga farzandlarini KHISO olimpiadalarida muntazam qatnashtirib borishni tavsiya qilaman.

⚡️ Navbatdagi KHISO olimpiadasi — 20-sentyabr kuni!

🇬🇧 Shu kuni TeenEagle Math Competition xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi ham bo‘lib o‘tadi. Ikki olimpiada bir kunda, ketma-ket tashkil etiladi.

📌 Batafsil: ➡️ https://t.me/khiso/6084

Olimpiadalarga oldindan ro‘yxatdan o‘ting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤1
Sardor Bazarbaev
O‘quvchilar va ota-onalar uchun ajoyib yangilik! Endilikda 3–4-sinflar uchun KHISO olimpiadasi savollarini Prezident maktabi, Al-Xorazmiy maktabi va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari savollariga yanada yaqinlashtiramiz. Bu borada…
Aziz o‘quvchilar👋

Yuqoridagi xabarni ham ko‘rgandirsizlar — KHISO testlari va olimpiadalarida bu yil yaxshi o‘zgarishlar bo‘ladi🔥

Bundan tashqari:

📘 5–6-sinflar topshiriqlari bosqichma-bosqich Mirzo Ulug‘bek maktabi,
📗 7–8-sinflar esa Al-Beruniy xalqaro maktabi darajasi va formatiga yaqinlashtiriladi.

🎙 Bugun soat 20:00 da @khiso kanalida ovozli chat bo‘ladi. Unda 2-KHISO, TeenEagle va yangi mavsum Nizomi haqida ham batafsil ma’lumot beriladi.

Qatnashinglar🔥
🔥11⚡3🫡1
Faoliyatimda yangi bosqich boshlanyapti 🙂

Ertadan 3 oyga Italiyadagi ICTP markazida ilmiy faoliyat olib borish uchun Triestega yo‘l olyapman.

Xudo yo‘limizni ochiq, safarimizni xayrli qilsin. Nasib qilsa, foydali ilmlarni egallab, yaxshi tajribalar orttirib qaytish nasib qilsin.

Duolaringizda eslab qo‘ysangiz xursand bo‘laman🤲

Xudo xohlasa, borgandan keyin moslashib olib, vaqt va imkon topilsa, kanal uchun foydali loyihalarni davom ettiramiz...
❤52👍35👏10
MATH MENTOR | DAVRBEK
Faoliyatimda yangi bosqich boshlanyapti 🙂 Ertadan 3 oyga Italiyadagi ICTP markazida ilmiy faoliyat olib borish uchun Triestega yo‘l olyapman. Xudo yo‘limizni ochiq, safarimizni xayrli qilsin. Nasib qilsa, foydali ilmlarni egallab, yaxshi tajribalar orttirib…
Avvalo, bir rahmat aytib olay 🙂

O‘sha safar haqidagi postimdan keyin izohlarda shuncha yaxshi tilaklar, duolar yozibsizlar. Hammasini o‘qidim, lekin o‘sha paytda bittalab javob berishga imkon bo‘lmadi.

Rostan ham juda xursand bo‘ldim! Shuncha odamning yaxshi niyat bilan duo qilib, omad tilab yozgani odamga boshqacha kuch berarkan.

Hammangizga katta rahmat! Alloh rozi bo‘lsin 🤲

Alhamdulillah, eson-omon yetib keldim. Bu yerda ham asta-sekin joylashib, ilmiy muhitga ham moslashib oldim.

Kanalni esa sal chang bosib ketdi 😅

Endi sekin-sekin bu yerdagi hayotdan, o‘qishdan, qiziq bo‘lgan voqealar va o‘zim foydali deb bilgan narsalardan ham yozib boraman.

Albatta, o‘zimizning Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik ishlarimiz ham davom etadi 🙂
❤20🔥10👏4
❗️ 5–6-sinf farzandi bor ota-onalarga bir fikrim bor..

“Farzandim 5-sinfda, Al-Beruniyga tayyorlamoqchiman”, “6-sinfdan boshlasak kech bo‘lmaydimi?” degan murojaatlar ko‘p kelgandi.


Maning bu masalada fikrim biroz boshqacha.


• 5-sinf - bola endi boshlang‘ich sinfni tugatib, matematikani jiddiyroq o‘rganishni boshlaydigan davr. Manimcha, shu yoshdan 3-4 yil keyingi bitta maktab imtihonini maqsad qilib, bolani faqat o‘sha imtihondagi fanlarga yo‘naltirib qo‘yish shart emas.

• Hali kelajakda ko‘p narsa o‘zgarib ketishi mumkin. Bolaning qiziqishi ham, qaysi fanlarga moyilligi ham, hatto maktablarning qabul va imtihon tartiblari ham. Balki keyinchalik kimyo yoki biologiyaga qiziqib ketar. Balki Al-Beruniy emas, boshqa maktab unga ko‘proq mos kelar.

❗️ Bu yoshda muhimi - bolaning bazasi va fikrlashi kuchli bo‘lsin.

• Matematikani yaxshi o‘rgansin, bo‘shliqlarini to‘ldirsin. Keyin esa, o‘z yoshiga mos, lekin o‘ylashga majbur qiladigan qiyinroq masalalar bilan ishlasin. Bitta masalada biroz qiynalishni, turli yo‘l izlashni, xato qilib yana urinib ko‘rishni o‘rgansin. Olimpiadalarda qatnashib ko‘rsin.

• Ingliz tilini ham yaxshi o‘rganib borsin. Boshqa fanlarni ham o‘z vaqtida o‘rganib, nimaga qiziqishini asta-sekin kashf qilib borsin.

Man 5–6-sinfda yuqori sinf mavzulari va testlarga shoshilishga unchalik tarafdor emasman.

➡️Maqsad bolani bitta imtihonga tayyorlashdan ko‘ra, kuchli o‘quvchiga aylantirish bo‘lishi kerak.

Shunda 7–8-sinfga borganda qaysi yo‘nalishni tanlamasin, yangi mavzularni o‘zlashtirishi ham, aniq bir imtihonga tayyorlanishi ham ancha oson bo‘ladi!

Al-Beruniyni ham variant sifatida bilib yuring, albatta. Lekin 5-sinfdanoq bolaning butun o‘qishini shu bitta maqsadga bog‘lab qo‘yish shart emas, menimcha 🙂

❗️
Avval zo‘r bo‘lishga harakat qilsin. Qayerga kirishi haqida keyin ham o‘ylashga ulguradi.

❓Siz qanday fikrdasiz?

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏17💯7👍6🔥4❤2🎉1
2 ta yaxshi yangilik bor 🙂

• Al-Beruniy maktabiga tayyorlanayotganlar uchun.
• Matematikani yaxshi ko‘radigan va chuqurroq o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun.

Ikkalasini ham ancha vaqtdan beri o‘ylab yurgandik. Endi sekin boshlasa bo‘ladi, degan qarorga keldik.

100 ta 🔥 bo‘lsa, ikkalasini ham ketma-ket e’lon qilamiz!
🔥145🤩4
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Olimpiadalarning haqiqiy foydasi muntazam ishtirokda ko‘rinadi!

💫Farzandingizdan 1–2 marta olimpiadada ishtirok etganidan so‘ng katta natija kutish har doim ham oʻrinli emas. Haqiqiy natijaga erishmoqchi boʻlgan o‘quvchilar muntazam qatnashib, xatolari ustida ishlashga va doimo o‘rganishga tayyor bo‘lishlari kerak!

📚Har yakshanba OFLAYN va ONLAYN tarzda o‘quvchilar uchun haqiqiy bilimlar bellashuvi o‘tkazilmoqda. 4-OKTYABRda ham o‘quvchilar uchun 2 ta OFLAYN olimpiada bo‘lib o‘tadi!

⚡️3-KHISO olimpiadasi (MATEMATIKA): 09:00

🌍 STEAM SPIRES xalqaro olimpiadasi (Matematika + Ingliz tili): 10:30

🔗Olimpiadalar haqida batafsil ma’lumotlar quyidagi havolalardagi xabarlarda berilgan:
➡️ https://t.me/khiso/6117
➡️ https://t.me/khiso/6122
➡️ https://t.me/khiso/6127

✏️Ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi:
➡️ t.me/khisofaq/55

🗺 Respublika bo‘ylab olimpiada o‘tkaziladigan manzillar:➡️ t.me/khiso/5630

❔Savollar va murojaatlar uchun:
➡️ @khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🔥3
MATH MENTOR | DAVRBEK
2 ta yaxshi yangilik bor 🙂 • Al-Beruniy maktabiga tayyorlanayotganlar uchun. • Matematikani yaxshi ko‘radigan va chuqurroq o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun. Ikkalasini ham ancha vaqtdan beri o‘ylab yurgandik. Endi sekin boshlasa bo‘ladi, degan qarorga keldik.…
📣 Diqqat 1-yangilik🔥

• 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga matematika va fizikadan tayyorgarlikni boshlaymiz.

Avval alohida yopiq kanalda:

• Imtihon formatidagi diagnostik test;
• undan keyin 1 hafta bepul demo darslar

➡️ Hozircha hech qanday qaror qilish shart emas. Avval testni ishlab, darslarda qatnashib, qanday ishlashimizni ko‘rib olasizlar🙂

➡️ Shundan keyin davom ettirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar bilan asosiy guruhlarni shakllantiramiz!

7-8 sinflar yopiq kanalga qo‘shiling👇


https://t.me/+CslkYhYZI8oyZmNi
https://t.me/+CslkYhYZI8oyZmNi
https://t.me/+CslkYhYZI8oyZmNi

🚀 Al-Beruniy maktabiga topshirmoqchi bo’lganlarga yuborib qo’ying!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16❤8🤩2👏1
MATH MENTOR | DAVRBEK pinned «📣 Diqqat 1-yangilik🔥 • 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga matematika va fizikadan tayyorgarlikni boshlaymiz. Avval alohida yopiq kanalda: • Imtihon formatidagi diagnostik test; • undan keyin 1 hafta bepul demo darslar ➡️ Hozircha…»
MATH MENTOR | DAVRBEK
📣 Diqqat 1-yangilik🔥 • 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga matematika va fizikadan tayyorgarlikni boshlaymiz. Avval alohida yopiq kanalda: • Imtihon formatidagi diagnostik test; • undan keyin 1 hafta bepul demo darslar ➡️ Hozircha…
Bir kunda yopiq kanalga 100+ o‘quvchi qo‘shilibdi 🔥

Diagnostik testni ham berdik. Hozir bolalar ishlab topshirishyapti!

Endi demo darslarni ham boshlaymiz. Va yangi guruhlar ham sekin-sekin shakllanib boradi 🔥


7–8-sinfda o‘qiydigan, Al-Beruniy yoki ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlanmoqchi bo‘lganlar ulgurib qoling👇

• https://t.me/+CslkYhYZI8oyZmNi
• https://t.me/+CslkYhYZI8oyZmNi
• https://t.me/+CslkYhYZI8oyZmNi

🚀 Al-Beruniy maktabiga topshirmoqchi bo’lganlarga yuborib qo’ying!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤6🔥5
MATH MENTOR | DAVRBEK
📣 Diqqat 1-yangilik🔥 • 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga matematika va fizikadan tayyorgarlikni boshlaymiz. Avval alohida yopiq kanalda: • Imtihon formatidagi diagnostik test; • undan keyin 1 hafta bepul demo darslar ➡️ Hozircha…
📣 Diqqat 2-yangilik🔥

Bir necha kun oldin: maqsad faqat biror imtihonga tayyorlanish emas, bolani kuchli o‘quvchiga aylantirish kerak deb yozgandim.

Shu sabab yangi yilgacha har yakshanba @math_mentor kanalida BEPUL matematika olimpiada darslari qilib boramiz🙂

📚 Har hafta bitta mavzu: video dars + shu mavzuga mos masalalar!

❗️Maqsad: masala ustida o‘ylashni, g‘oya topishni, yechimni asoslashni, qiyinroq masaladan qo‘rqmaslikni o‘rganamiz. Olimpiada matematikasiga kirib boramiz.

• Hamma olimpiadachi bo‘lishi shart emas. Lekin bunaqa masalalar bilan ishlash fikrlashni o‘stiradi va matematikani chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu keyinchalik boshqa yo‘nalishlarda ham asqotadi.


🎯 Asosiy daraja 8-sinf atrofida bo‘ladi. Lekin mavzularni boshidan boshlaymiz va imkon qadar yuqoriroq g‘oyalargacha chiqamiz.

Shu sabab qiziqqan kichikroq yoki kattaroq o‘quvchilar ham, ustozlar ham bemalol foydalanishi mumkin!

❓ Endi sizlar izohlarda yozinglar 👇

Qaysi mavzular qiziq? Qaysi turdagi olimpiada masalalarida ko‘proq qiynalasizlar?

Fikrlarni ko‘rib, qishgacha o‘tadigan mavzularimizni rejalashtirib olamiz 🔥

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23👍10❤6
Forwarded from π olimpiadasi (Karim Raximov)
Xalqaro maktab olimpiadalariga tayyorgarlik darslari!

Matematika instituti va AIFU hamkorligida matematikadan xalqaro maktab olimpiadalariga tayyorgarlik darslari yo'lga qo'yilmoqda. Darslar va ularni olib boruvchi professor o'qituvchilar:

1. Algebra va tengsizliklar (AT)- Homidov Muxriddin

2. Sonlar nazariyasi (SN)- Karim Raximov

3. Kombinatorika va logika (KL) - Farxod Haydarov

4. Geometriya (G) - Sardor Bazarbayev

5. Haftalik onlayn olimpiada (Seshanba kunlari)- Davrbek Oltiboyev, Sobir Boymurodov

Darslar haftaning shanba (SN va G) yakshanba (AT va KL) kunlari AIFUda bo'lib o'tadi. Darslar soat 9:50 da boshlanadi.


Darslar yozib olinib youtube tarmog'iga ham joylab boriladi. Darslarga qatnashish mutlaqo tekin.

Birinchi dars 17-oktyabr kuni boshlanadi.

@piolympiad
👍14🔥10❤4
Forwarded from KHISO maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿✈️🇮🇹 KHISO maktabining ustozlari ham o‘rganishdan to‘xtamaydi!

KHISO jamoasining ajralmas a’zosi, maktabimizning yetakchi ustozlaridan biri Davrbek Oltiboyevni Italiyaga kuzatib qo‘ydik! U ICTP markazida 3 oy davomida tahsil oladi.

🏆 Davrbek ustozning bugungacha bosib o‘tgan yo‘li ham faxrlanishga arziydi:

🥈 2014-yilda Janubiy Koreyada va 2021-yilda Bolgariyada o‘tkazilgan IMC olimpiadalarining kumush medal sovrindori;
🥇 2018-yilgi Respublika fan olimpiadasi g‘olibi;
🎓 Mirzo Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi (2022) va Prezident stipendiyasi (2024) sohibi;
📚 «Matematikadan olimpiada testlari», «Mantiqiy matematika–2» va «Mantiqiy matematika–3» kitoblari muallifi;
👨‍🏫 2022–2026-o‘quv yillarida 100 ga yaqin o‘quvchisi Prezident, Al-Xorazmiy, Al Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan!


😊 Aeroportda ham suhbatimiz ilm, darslar va olimpiadalar haqida bo‘ldi. Davrbek Italiyadan turib KHISO olimpiadalari uchun savollar va video yechimlar tayyorlashda davom etadi. Uch oydan keyin esa yangi bilim va tajribalar bilan KHISO maktabidagi darslariga qaytadi!

🏆 Uning sizga ham chaqirig‘i bor: olimpiadalarda qatnashing, bilimingizni sinang va katta maqsadlar sari intiling!

🤍 Oq yo‘l, Davrbek! Ilming yanada ziyoda bo‘lsin. Seni kutamiz!

🏫 KHISO maktabiga qabul davom etmoqda! Farzandingiz o‘z yutuqlari va shogirdlari natijalari bilan o‘rnak bo‘layotgan ustozlardan ta’lim olsin!

📚 Qabul va ta’lim jarayoni haqida batafsil ma’lumot olishni istaysizmi?
Quyidagi havola orqali ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring. Mas’ullarimiz siz bilan bog‘lanib, savollaringizga javob berishadi.

📝 Ma’lumot olish uchun shaklni to‘ldiring

📌 LOKATSIYA ➡️ MAKTAB JOYLASHUVI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥5👏3
Forwarded from π olimpiadasi
🏆 Xalqaro matematika olimpiadalariga tayyorgarlikni ertadan boshlang!

Matematika instituti va AIFU hamkorligidagi bepul tayyorgarlik darslari ertaga, 17-oktabr kuni boshlanadi!

📚 Birinchi kungi darslar:

🔢 Sonlar nazariyasi — Karim Raximov

📐 Geometriya — Sardor Bazarbayev

🕘 Boshlanish vaqti: 09:50

📍 Manzil: AIFU

🎁 Qatnashish mutlaqo bepul!

🎥 Darslar yozib olinib, YouTube’ga ham joylab boriladi.

Matematikaga qiziquvchi do‘stlaringiz va o‘quvchilaringizga ulashing — birgalikda tayyorlanamiz!

👉 @piolympiad
👍7❤2