Med puls
191 subscribers
1.43K photos
456 videos
388 files
414 links
11.09.2023
#iqtibos

"Din uchun fiqh, badanlar uchun tip ilmi bor, qolgani hammasi hunar"
"Din ilmlarning eng sharaflisi fiqh,
Dunyo ilmlarni eng sharaflisi tip"

© Imom Shofeʼiy

©İbn Muzaffar
https://t.me/abu_doktor
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Miya shishi
Va Gemaragik insult...

@med_puls
🚨 PULMONAR EDEMA — O‘PKA SHISHI

🫁 Bemor nima sababdan o‘z suyuqligiga «cho‘kib» qolishi mumkin?

Pulmonar edema — o‘pka to‘qimasi va alveolalarda suyuqlik to‘planishi natijasida gaz almashinuvi buzilishi bilan kechadigan hayot uchun xavfli patologik holat.

1. Rivojlanish mexanizmi (patogenez)

Normal holatda alveolalar havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Pulmonar edemada esa suyuqlik interstitsial to‘qima va alveolalarga o‘tadi.

Asosiy mexanizmlar:

1. O‘pka kapillyarlarida gidrostatik bosim oshishi.
2. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligining ortishi.
3. Qon plazmasining onkotik bosimi pasayishi.
4. Limfa drenajining buzilishi.

Eng ko‘p uchraydigan sabab — chap qorincha yetishmovchiligi natijasida o‘pka venalarida bosim oshishi.

2. Pulmonar edemaning turlari

A) Kardiogen pulmonar edema

Yurak faoliyati buzilishi natijasida rivojlanadi.

Sabablari:

- O‘tkir miokard infarkti.
- Chap qorincha yetishmovchiligi.
- Gipertenziv kriz.
- Og‘ir yurak klapanlari patologiyasi.


B) Nokardiogen pulmonar edema

Yurak yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lmagan mexanizmlar orqali rivojlanadi.

Sabablari:

- ARDS (o‘tkir respirator distress sindromi).
- Sepsis.
- Og‘ir pnevmoniya.
- Aspiratsiya.
- Toksik moddalar ta’siri.


3. Klinik belgilari

🚩 Asosiy simptomlar:

-
To‘satdan kuchli hansirash.
- Ortopnoe (yotganda nafas qisishi).
- Ko‘pik aralash, ba'zida pushti rangli balg‘am.
- O‘pkada nam xirillashlar.
- Taxikardiya.
- Sianoz.
- Kuchli bezovtalik va havo yetishmasligi hissi.


4. Diagnostika

- Pulsoksimetriya — SpO₂ pasayishi.
- Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi — o‘pkada dimlanish, infiltrativ o‘zgarishlar.
- EKG — yurak patologiyasini aniqlash.
- BNP yoki NT-proBNP — yurak yetishmovchiligini baholashda.
- ExoKG — yurak funksiyasini tekshirish.


5. Davolash tamoyillari

🚑 Pulmonar edema — shoshilinch tibbiy yordam talab qiladigan holat!

Davolash sabab va bemorning gemodinamik holatiga bog‘liq.

Asosiy yondashuvlar:

1. Bemorni o‘tirgan holatga keltirish.
2. Gipoksemiya sabab kislorod berish.
3. Nafas yetishmovchiligida CPAP yoki NIV qo‘llash.
4. Kardiogen edemada, arterial bosim yetarli bo‘lsa, nitratlar qo‘llash.
5. Suyuqlik ortiqchaligi mavjud bo‘lsa, furosemid kabi diuretiklardan foydalanish.
6.opioid analgetiklar
7. Qon bosimini tushurish.
8. Yurak glikozidlari.
9. Etanol 30%
9. Asosiy sababni bartaraf etish.
⚠️ Muhim:
Furosemid barcha pulmonar edema holatlarida avtomatik buyurilmaydi. Ayniqsa nokardiogen edemada asosiy davolash sababga qaratiladi.


6. Farmakologik jihatdan eslab qoling!

Preparat| Asosiy ta’siri
Furosemid| Diurezni oshiradi, dimlanishni kamaytiradi
Nitroglycerin| Venodilatatsiya, preloadni kamaytiradi.
Etanol 30% ko‘pikni bartaraf etish uchun...


🧠 Klinik savol

65 yoshli bemor to‘satdan kuchli hansirash, ortopnoe va pushti rangli ko‘pikli balg‘am bilan shifoxonaga olib kelindi. Auskultatsiyada ikkala o‘pkada ko‘plab nam xirillashlar eshitildi. Arterial bosimi 190/110 mm sim. ust.

Savollar:

1. Eng ehtimoliy tashxis nima?
2. Qaysi mexanizm asosida rivojlangan?
3. Birinchi navbatda qanday shoshilinch yordam ko‘rsatiladi?
4. Nitratlar nima uchun qo‘llaniladi?
5. Furosemidning ta’sir mexanizmi qanday?


📌 Xulosa: Pulmonar edema — bu oddiy hansirash emas. Bu alveolalarda suyuqlik to‘planishi va gaz almashinuvi buzilishi bilan kechadigan, tezkor tashxis va davolashni talab qiladigan hayot uchun xavfli holat.

#PulmonarEdema #

👉@med_puls
👉@med_puls
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pulmonar edema — o‘pka shishi va unda qo‘llaniladigan preparatlar...

Bizni qo‘llab-quvatlash uchun ulashing!🌎


Bizning guruh:https://t.me/+iph7SgXDm84wNThi

@med_puls
❤1
❤1
xolinomimetiklar-xolinoblokatorlar pdf (1)_261028_095742.pdf
6.5 MB
Xolinomimetiklar va xolinoblokatorlar farmakologiyasi

Bizni qo‘llab-quvatlash uchun ulashing!🌎

Bizning guruh:https://t.me/+iph7SgXDm84wNThi

@med_puls
Bronxo va krupoz pnevmoniya.pdf
200.5 KB
Bronxo va krupoz pnevmoniya


Bizni qo‘llab-quvatlash uchun ulashing!🌎


Bizning guruh:https://t.me/+iph7SgXDm84wNThi

@med_puls
Tuberkulyoz.pdf
308.5 KB
Tuberkulyoz

Bizni qo‘llab-quvatlash uchun ulashing!🌎


Bizning guruh:https://t.me/+iph7SgXDm84wNThi

@med_puls
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🩺 Klinik holat | Med puls
Qabul bo'limi.
Bemor: erkak, 24 yosh.
Shikoyat: 3 kundan beri epigastriyda achishuvchi og'riq, ovqatdan keyin kuchayadi. Ko'ngil aynishi, kecha 1 marta qusdi (ovqat massasi, qon aralashmagan). Qorni "dam bo'ladi", ishtaha pasaygan.
Anamnez:
4 kun oldin tish og'rig'i uchun 3 kun ketma-ket ibuprofen ichgan (kuniga 3-4 tabletka, och qoringa)
Ovqatlanish tartibsiz, ko'p choy-kofe ichadi, chekadi
Oldin oshqozon kasalligi bo'lmagan
Qora najas, qon qusish yo'q
Ko'rik:
Ahvoli o'rtacha og'irlikda, teri rangi normal
AB 120/80, puls 78/min, T 36,8°C
Til oq karash bilan qoplangan
Qorin yumshoq, epigastriyda paypaslaganda og'riq, peritoneal belgilar (-), Ortner, Merfi, Mayo-Robson belgilari (-)
Jigar va taloq kattalashmagan
Diagnostika bo'limi:
EKG: sinus ritm, ishemiya belgilari yo'q
Troponin: manfiy
Umumiy qon tahlili: Hb 142 g/l, leykotsitlar 8,2, ECHT 6 mm/soat
Amilaza, lipaza: normada
ALT, AST, bilirubin: normada
Qorin bo'shlig'i UTT: o't pufagi, jigar, oshqozon osti bezi o'zgarishsiz, erkin suyuqlik yo'q
FGDS: oshqozon antral qismida shilliq qavat giperemiyalangan, shishgan, bir nechta yuzaki eroziyalar, yara yo'q, faol qon ketish yo'q. O'n ikki barmoqli ichak o'zgarishsiz
Tezkor ureaza testi: manfiy
Eng ehtimoliy tashxis qaysi?
A) O'n ikki barmoqli ichak yarasi
B) O'tkir pankreatit
C) O'tkir eroziv gastrit
D) O'tkir miokard infarkti (pastki devor)
Javobingizni izohda yozing, javob ertaga 👇
#klinik_holat

👉@med_puls
Med puls
Eng ehtimoliy tashxis
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kechagi cese tahlili

Ertaga davolash haqida gaplashamiz bu kasalikni



Bizni qo‘llab-quvatlash uchun ulashing!🌎


Bizning guruh:https://t.me/+iph7SgXDm84wNThi

@med_puls
👍2
Yurak yetishmovchiligi preparatlar

@med_puls
❤1👍1
Eroziv_gastrit_davosi_Med_puls.pdf
194.2 KB
Bizni qo‘llab-quvatlash uchun ulashing!🌎


Bizning guruh:https://t.me/+iph7SgXDm84wNThi

@med_puls