Med puls
189 subscribers
1.42K photos
454 videos
382 files
406 links
11.09.2023
#iqtibos

"Din uchun fiqh, badanlar uchun tip ilmi bor, qolgani hammasi hunar"
"Din ilmlarning eng sharaflisi fiqh,
Dunyo ilmlarni eng sharaflisi tip"

© Imom Shofeʼiy

©İbn Muzaffar
https://t.me/abu_doktor
Download Telegram
Bu kuning fazli va barakasi sizga bo‘lsin!!!
Channel photo updated
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🩺 NIMA UCHUN FARMAKOLOGIYA O‘QISH KERAK?

Bir savol.

Siz vrach bo‘lmoqchimisiz yoki shunchaki oq xalat kiygan patanatom?

Kasallikni bilish — bu hali hammasi emas.

❌ Infarktni taniysiz, lekin qaysi dori birinchi berilishini bilmaysiz.
❌ Shokni ko‘rasiz, lekin qaysi preparat hayotni saqlab qolishini bilmaysiz.
❌ Bosim tushgan bemorni ko‘rasiz, lekin qaysi dori bilan ko‘tarishni bilmaysiz.

Unda nima qilish kerak?

Farmakologiya — bu shifokorning quroli.

Anatomiya seni tanaga olib kiradi.
Patofiziologiya seni kasallikni tushunishga o‘rgatadi....
Faqat farmakologiya — bemorni davolashni o‘rgatadi.

Birgina noto‘g‘ri dori:
⚠️ buyrakni ishdan chiqarishi mumkin
⚠️ yurak ritmini buzishi mumkin
⚠️ bemorni reanimatsiyaga olib kirishi mumkin

Birgina to‘g‘ri dori esa:
✅ og‘riqni to‘xtatadi
✅ hayotni saqlab qoladi
✅ insonni o‘limdan qaytaradi...

Savol oddiy:

Ertaga siz yozgan dori kimningdir taqdirini hal qilsa — tayyormisiz?

📌 Farmakologiyani “imtihon uchun” emas, hayot saqlab qolish uchun o‘rganing.


Bizning guruh
https://t.me/+9tdBSFDfFUM0NThi
Yurak fraksiyasini aniqlash.

Holat
55–70% Normal
40–49% Yengil pasaygan
<40% Sistolik yetishmovchilik
<30–35% Og‘ir
🕔5:05
Qur‘oni karimda "kitob yuklangan eshak"(28:5) iborasi keladi.Alloh bu iborani ahli kitoblar haqida keltiradi. Bu bilim va samara haqidadur. Ayrim vrachlar bilimli lekin samarasiz! Ayrimlari amalyot bilan band lekim ilmsizdur.
Ayrim kishilar kitob... bilan ovora
Ayrim kishilar kasalxonada vaqtlarini barini so‘virmoqda.
Ikkisi ham axmoqdur.
Misoli eshak. Biri kitob ortilgan, birida anashu kitob ham yo‘q.
Ajablanarlisi ikki toifa ham birini ayiblashi...
Alloh hammamizda ilm va samarani jamlasin!
Forwarded from Abu doktor (Ibn Muzaffar)
O'zingga nisbatan sadoqatli bo‘l, vafoga eng loyiq sensan!
💊 OMEPRAZOL — “OSHQOZONNI HIMOYA QILUVCHI” DORIYMI?

Ko‘pchilik oshqozon og‘rig‘i bo‘lsa:

— “Omeprazol ichib qo‘ya qolaman” deydi.

Lekin savol:

Omeprazol aslida nima qiladi?

🧪 U og‘riq qoldirmaydi.
🧪 Mikroblarni o‘ldirmaydi.
🧪 Lekin oshqozondagi kislota ishlab chiqarilishini kamaytiradi.

Qanday?

Omeprazol oshqozondagi:

⚙️ Proton pompa (H⁺/K⁺ ATPaza) ni bloklaydi.

Natija:

⬇️ Kislota kamayadi
⬇️ Oshqozon kuyishi kamayadi
⬇️ Yara bitishiga yordam beradi

📌 Qachon ishlatiladi?
✅ Gastrit
✅ Oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi
✅ GERD (refluks)
✅ NSAID (masalan aspirin, diklofenak) ichadiganlarda oshqozonni himoya qilish uchun

Ammo…

⚠️ Uzoq muddat noto‘g‘ri ichish:
❌ B12 vitamini kamayishi
❌ Magniy pasayishi
❌ Infeksiyalarga moyillik oshishi mumkin

Bir narsani eslab qoling:

«“Omeprazol simptomni emas, kislota ishlab chiqarish mexanizmini to‘xtatadi.”»

🩺 Kuchli vrach dori nomini emas, uning ishlash mexanizmini biladi.


https://t.me/+9G7hS8Z4prJhZTAy
Forwarded from Abu doktor (Ibn Muzaffar)
Vrach tomonidan aytiladigan eng xunuk so‘z

"Klent bazam"
Med puls
Voice message
#tavsiya@med_puls

Ilm olib kayf qilish😃
Asetilxolin sintezi
Suvdan intoksikatsiyani bilasizmi
Suvdan zaharlanish
📊 GIPERTONIYA – 2024 YIL GLOBAL STATISTIKASI
(Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlari)

---

🌍 Dunyo bo‘ylab 30–79 yoshdagi kattalarning 1.4 milliardi (yaʼni har 3 kattadan 1 nafari) gipertoniya bilan kasallangan.

⚠️ Asosiy raqamlar:
• 44% (taxminan 616 mln) kishi o‘z kasalligidan bexabar.
• Faqat 23% (taxminan 322 mln) bemorda qon bosimi nazorat ostida.
• Qolganlarda davolash samarasiz yoki umuman olib borilmayapti.

📍 Bemorlarning 3/2 qismi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda yashaydi.

---

💡 Xulosa:
Gipertoniya “sokin qotil” deb ataladi, chunki u ko‘pincha hech qanday alomatsiz kechadi. Yagona yo‘li – muntazam ravishda qon bosimini o‘lchab turish va shifokor bilan muntazam maslahatlashish.

🔹 O‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling – bugun bosimni tekshiring!


#Gipertoniya #QonBosimi #JSST