Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.37K subscribers
2.72K photos
150 videos
11 files
602 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
🧠 Bilim, zakovat va bayram shukuhi — barchasi bir sahnada!

🏛 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialida «Yoshlar — millat kelajagining hal qiluvchi kuchi» shiori ostida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda 7 ta jamoa bilim va topqirlikda o‘zaro kuch sinashdi. Ishtirokchilarni uch turdagi qiziqarli sinovlar kutdi: birinchi tur — erkin savollar, ikkinchi tur — 10 ta umumiy savol, uchinchi tur esa ko‘ngilochar o‘yinlardan iborat bo‘ldi.


☑️ Har bir tur oralig‘ida faol talaba-yoshlar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladilar: kuy-qo‘shiqlar yangradi, milliy va zamonaviy qo‘shiqlarga raqslar ijro etildi. Bilim, ijod va quvonch uyg‘unlashgan ushbu tadbir talabalarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

✨ Aziz talabalar, bayramingiz muborak!
Zakovatli fikringiz, tinimsiz izlanishingiz va jo‘shqin energiyangiz bilan yurtimiz kelajagini bunyod eting. Har bir savol yangi imkoniyatga, har bir g‘alaba esa katta marralarga eltuvchi qadam bo‘lsin!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Bilim, zakovat va bayram shukuhi — “Zakovat” bellashuvida!

🏛 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialida «Yoshlar — millat kelajagining hal qiluvchi kuchi» shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

☑️ Bellashuvda 7 ta jamoa uch turda bilim va topqirliklarini sinovdan o‘tkazdi. Dastur erkin savollar, 10 ta umumiy savol hamda ko‘ngilochar o‘yinlardan iborat bo‘ldi. Turlar oralig‘ida talaba-yoshlar kuy-qo‘shiqlar va milliy hamda zamonaviy raqslari bilan bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.

G‘oliblar:
🥇 “Ekonomistlar” jamoasi — 5 million so‘mlik vaucher
🥈 “Impuls” jamoasi — 4 million so‘mlik vaucher
🥉 “Paradoks” jamoasi — 3 million so‘mlik vaucher


👏 G‘olib jamoalarni munosib natijalari bilan, barcha ishtirokchilarni esa faol qatnashgani bilan samimiy tabriklaymiz! Barchangizga yangi bilimlar, yorqin g‘oyalar va ulkan zafarlar tilaymiz.

✨ Xalqaro talabalar kuni muborak bo‘lsin!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bir Vatan, bir el, bir bayroq!

Davlat bayroği — xalqimizni birlaştiruvçi milliy ramz va muqaddas timsoldir. Uning kökda mağrur hilpiraşi millatimizning faxri va ğururidir.

U har bir yurtdoşimiz, har bir bola, öquvçi va talabaning qalbidagi orzu-umidlarini tölqinlantiruvçi, unga qanot bölguvçi kuçdir. Yoş avlod erişgan barça ğalaba va yutuqlarda yöldoş, hayotiy maqsadlarga ruhlantiruvçi quvvat manbaidir.

Murğak qalblarda niş urgan orzularning katta qadamlarga aylanişida sen bizga madadkorsan, aziz bayroğim!

#BirVatan #BirEl #BirBayroq #Davlat_bayrogʻi #35_yilligi

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Bir Vatan, bir el, bir bayroq!

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Bu sana qalbimizda Vatanga muhabbat, milliy iftixor va birlik tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdiradi.

Davlat bayrog‘imiz — xalqimizning sha’ni, g‘ururi va ozodligining muqaddas timsoli. U ko‘klarda mag‘rur hilpirar ekan, yurtimizning ezgu orzu-intilishlari, bunyodkorlik ruhi va porloq kelajagiga ishonchni namoyon etadi.

Bugun yoshlarimiz ilm-fan, sport, san’at va hayotning barcha jabhalarida bor salohiyati bilan yuksak marralarni ko‘zlamoqda. Ularning har bir yutug‘i, har bir jasoratli qadami bayrog‘imizni yanada baland ko‘taradi. Chunki Vatan ravnaqi — bilimli, faol va fidoyi avlod qo‘lida.

Aziz bayrog‘im, murakkab qalblarda nish urgan orzularimizga qanot bo‘l, yutuqlarimizga hamroh bo‘l! Sen bilan faxrlanamiz, sen bilan birgamiz!

Bayrog‘imiz doimo baland hilpirayversin!
Vatanimiz tinch, xalqimiz birdam, yoshlarimizning qadami dadil bo‘lsin!


———————————————

🇺🇿 Одна Родина, один народ, один флаг!

18 ноября — день принятия Государственного флага Республики Узбекистан. Эта дата наполняет наши сердца ещё большей любовью к Родине, национальной гордостью и чувством единства.

Государственный флаг — священный символ чести, гордости и свободы нашего народа. Гордо развеваясь в небесах, он воплощает светлые устремления нашей страны, созидательный дух и веру в прекрасное будущее.

Сегодня молодёжь стремится к высоким достижениям в науке, спорте, искусстве и во всех сферах жизни, раскрывая свои способности в полной мере. Каждая её победа, каждый смелый шаг поднимают наш флаг ещё выше. Ведь будущее Родины — в руках образованного, деятельного и преданного ей поколения.

Дорогой наш флаг, окрыляй мечты, зарождающиеся в юных сердцах, и будь рядом с нами на пути к новым победам! Мы гордимся тобой и всегда с тобой!

Пусть наш флаг всегда гордо реет высоко!
Пусть в нашей стране царит мир, народ будет един, а молодёжь уверенно идёт вперёд!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 
#Tanlov

❗️ “Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” ötkaziladi


📝 Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” ötkaziladi.

Tanlovda iştirok etiş uçun talabgorlar 8-dekabr.adliya.uz platformasida röyxatdan ötişi lozim (22-noyabr 23:59 ga qadar).

📌 Tanlov şartlari bilan batafsil bu yerda tanişing.

Ğoliblar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM