Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.37K subscribers
2.72K photos
150 videos
11 files
602 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
🏛 Филиал моддий-техник базасининг асосий қисми ҳисобланган ўқув-лаборатория жиҳозлари билан тўлиқ таъминлаш бўйича долзарб масалалар атрофлича муҳокама қилинди

✅ 25 март куни Ўзбекистон Республикаси Энергетика вазирининг ўринбосари Қобилов Азизхўжа Очилович «МЭИ» миллий тадқиқот университети» Федерал давлат бюджети олий таълим муассасаси Тошкент шаҳридаги филиали фаолияти, келгусидаги ривожланиш режалари, 2024 йил май ойида тасдиқланган “Йўл харитаси”да белгиланган вазифалар ижроси юзасидан филиал директори М.В.Кравченко ҳамда ижрочи директор Х.С.Далиевни қабул қилди.

✅ Вазир ўринбосари А.О.Қобилов раислигида бўлиб ўтган учрашувда, Филиал фаолиятини янада такомиллаштириш учун, етишмаётган қўшимча ўқув-лаборатория жиҳозларини “МЭИ” миллий тадқиқот университети” Федерал давлат бюджети олий таълим муассасаси билан келишилган техник топшириқлар бўйича харид қилиш ишлари ҳам муҳокама этилди.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Подробно обсуждались актуальные вопросы по полной оснащенности учебно-лабораторным оборудованием, составляющим основную часть материально-технической базы филиала

✅ 25 марта состоялась встреча заместителя министра Энергетики Республики Узбекистан А.О. Кобилова с директором Филиала Национального исследовательского университета «МЭИ» в городе Ташкенте  М.В.Кравченко и исполнительным директором Х.С. Далиевым о задачах по дальнейшему развитию, а также реализации задач, обозначенных в «Дорожной карте», утвержденной в мае 2024 года.

✅ На совещании под председательством заместителя министра А.О. Кабилова также обсуждался вопрос приобретения дополнительного учебно-лабораторного оборудования в целях дальнейшего совершенствования деятельности Филиала в городе Ташкенте соответствии с техническим заданием, согласованным с ФГБОУ ВО «Национальный исследовательский университет «МЭИ»
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Toshkentdagi «MEI» Milliy tadqiqot universiteti faoliyati yangi bosqichda

⚡️25 mart kuni Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialiga Moskva shahridan amaliy tashrif bilan delegatsiya keldi. Institut ijrochi direktori X.S.Daliyev institut direktori, M.V.Kravchenko va “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi Xalqaro ta'lim direksiyasi direktori S.O.Makoyev dan iborat delegatsiyani kutib oldi.

⚡️Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-son Qarori yuzasidan institut faoliyatini yanada rivojlantirish va uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan, xususan, kadrlar tayyorlashga oid masalalar muhokama qilindi.

⚡️Moskvaga institut professor-o‘qituvchilarini stajirovkaga yuborish, malaka oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risida, shuningdek, sanoat ishlab chiqarishining boshqa tarmoqlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari, hamda, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiya va madaniyat sohalarida o‘zaro aloqa o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar natijasida ikki taʼlim muassasasi oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, barcha yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalar koʻlami va parametrlarini kengaytirish boʻyicha qaror qabul qilindi.

⚡️26 mart kuni direktori, M.V.Kravchenko va “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi Xalqaro ta'lim direksiyasi direktori S.O.Makoyev talabalar bilan ochiq muloqot o'tkazildi. Muloqot davomida filialda tashkil etilgan o'quv jarayoni hamda kelgusidagi rejalar bilan o'rtoqlashildi. Talabalar xoxish istaklariga muvofiq 4-kursni “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasida davom ettirish imkoniyatlari haqida suhbatlashildi.

⚡️Uchrashuvdan so'ng filial direktori M.V.Kravchenko hamda S.O.Makoyev kafedralar faoliyatini o'rgandilar. Kafedra professor-o‘qituvchilarini stajirovkaga yuborish, malaka oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish hamda hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish masalalari muxokama etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#teatrga_tashrif

🎭 26 mart kuni O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Sadoqat bilan...” spektakli namoyish etiladi.

😄Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining o‘rni beqiyos. Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.

😄Talaba-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 26 mart kuni filial talabalari O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Sadoqat bilan...” spektakli namoyishiga tashrifi uyushtirildi. Dramaturg Nurillo Abbosxon qalamiga mansub mazkur asarni ustoz sanʼatkor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Marat Azimov sahnaga olib chiqdi.

😄Spektaklda oila boshlig‘i Kamol Sodiqov Vatanga xizmat qilishni umrini bag‘ishlashga arziydigan muqaddas burch, deb biladi. To‘rt o‘g‘li ham otalik kasbini tanlagan. Ular ham otalari kabi Vatanni himoya qilishni o‘z hayotining mazmuni deb bilgan halol ofitserlardir. Tevarakda bo‘layotgan ilm olamining ishlari bu halol insonlarni ham bo‘ronga tortadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM