Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.35K subscribers
2.75K photos
152 videos
11 files
610 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_uchrashuvi

🎓🏆Bo‘lajak energetiklar bilan navbatdagi ochiq muloqot: Navro‘z ruhidagi uchrashuv keng qamrovli tadbirlar bilan o‘tdi.

Navro‘z bayramining ezgulik va yangilanish ruhida tashkil etilgan ushbu uchrashuv yoshlar o‘rtasida jamoaviylikni mustahkamlash, ularni bir maqsad yo‘lida birlashtirish hamda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

—————

🎓🏆Очередной открытый диалог с будущими энергетиками: встреча в духе Навруза с насыщенной программой мероприятий.

В атмосфере обновления и добрых традиций Навруза эта встреча была направлена на укрепление командного духа среди молодёжи, их объединение вокруг общей цели, а также на дальнейшее развитие атмосферы взаимного уважения, сплочённости и поддержки.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
🌱 Yoshlar – yashil kelajak bunyodkorlari!

📚 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 14-martdagi topshiriq xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida hasharning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida keng ko‘lamli tadbir tashkil etildi.

🏛 Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida 2026 yil 28 mart kuni “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi o‘tkazilib, unda Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filiali talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.

📍Yashnabod tumanida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida:
hududlar ko‘kalamzorlashtirildi
yuzlab ko‘chatlar ekildi
ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi


Ushbu tashabbus nafaqat atrof-muhitni asrash, balki yoshlar qalbida tabiatga mehr, mas’uliyat va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌳 Har bir ekilgan ko‘chat — kelajak uchun qo‘yilgan mustahkam poydevor!

🏛 Rasmiy sahifalari
🌐Web-sayt 📱Telegram 📱Instagram 🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✨YUKSAK E'TIROF — MUNOSIB MEHNAT SAMARASI!

🏛 Toshkent shahridagi "MEI" milliy tadqiqot universiteti filiali professor-oʻqituvchilari doimiy ravishda oʻz ustida ishlab, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallash, shu orqali kelajak avlod uchun raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash yoʻlida faol mehnat qilib kelmoqda.

📚 Xususan, ular Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda “Renessans” matbuot markazi hamkorligida tashkil etilgan “Renessans bunyodkorlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etib, munosib taqdirlandilar.

🏅 Ushbu nufuzli tadbirdagi faollik va jonkuyarliklari e'tirof etilib, filialning navbatdan tashqari Kengash yigʻilishida
RASHIDOVA DILFUZA GANIYEVNA va AMANOVA NODIRABEGIM FURKATOVNA alohida taqdirlandilar.

👏 Bunday yutuqlar — ilmga sadoqat, mehnatga mas'uliyat va ta'lim sifatiga boʻlgan yuksak e'tiborning yorqin ifodasidir!

🏛 Rasmiy sahifalari
🌐Web-sayt 📱Telegram 📱Instagram 🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛 СЕГОДНЯШНИЕ УСИЛИЯ — ЗАЛОГ ЗАВТРАШНЕГО УСПЕХА!

🎓 Создаваемые для студентов возможности — это не просто образование, а прочный фундамент будущего. Через плакаты (кластеры), отражающие выбранную специальность, изучаемые дисциплины и профессиональные цели, молодёжь демонстрирует свои знания, креативное мышление и практические навыки.

💡 Этот процесс формирует у студентов осознанное отношение к выбранной профессии, усиливает стремление к глубоким знаниям и вкладу в развитие нашей страны.

👨‍🏫 Самое главное — преданные своему делу преподаватели, продолжающие традиции «устоз–шогирд», вносят неоценимый вклад в развитие интереса молодёжи к инженерии, науке и современным знаниям.

🏅 По итогам первого семестра 2026–2027 учебного года такие инициативные и самоотверженные преподаватели были достойно отмечены руководством филиала — как знак высокой оценки их труда и доверия к будущему.

👏 Сегодняшние стремящиеся к знаниям студенты — завтрашние лидеры!
👍 Сегодняшние трудящиеся наставники — созидатели будущего!

🏛 Официальные страницы
🌐Web-sayt 📱Telegram 📱Instagram 🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Bilim — eng katta kuch! Kelajak esa bilimlilar qo‘lida!

📚 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 25 martdagi 04/61-1906-sonli topshiriq xati ijrosi doirasida, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi tashabbusi bilan “Havaskor zakovatchilar” intellektual o‘yini “Zakovat” arena binosida yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

🏛 Ushbu bilimlar bellashuvida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqda. Quvonarlisi, mazkur nufuzli intellektual o‘yinda bizning filial talabalari ham tyutor D.Nurtayev boshchiligida munosib ishtirok etmoqda!

🔥 Bu kabi intellektual o‘yinlar:
⚡️ fikrlash doirasini kengaytiradi
⚡️ tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgatadi
⚡️ kitobga, ilmga va o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi

📚 Unutmang: Har bir o‘qilgan kitob — bu sizning kelajagingizga qo‘yilgan yana bir mustahkam qadamdir!

🤵‍♂️ Aziz yoshlar!
Bugun bilimga qilgan harakatlaringiz — ertangi muvaffaqiyatingiz poydevoridir. O‘qing, izlaning, savol bering va hech qachon to‘xtamang!

👏 Bizning jamoa vakillariga esa omad tilaymiz! G‘alaba bilimlilar tomonida!

🏛 Rasmiy sahifalari
🌐Web-sayt 📱Telegram 📱Instagram 🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Tarixga hurmat — kelajakka e’tibor!

🏛 Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filiali talaba-yoshlari guruh murabbiysi Z.G. Po‘latova boshchiligida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hamda Shahidlar xotirasi maydoni ga tashrif buyurdilar.

📚 Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirish va yaqin o‘tmishimizga hurmat ruhini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

🕊 Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan qatag‘on davrining murakkab haqiqatlari, ajdodlarimizning jasorati va mardligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bu esa yoshlar ongida tarixiy haqiqatni chuqur anglash va undan xulosa chiqarishga xizmat qildi.

✨ Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar ongida Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🇺🇿 Biz o‘tmishni unutmaymiz — chunki u kelajagimiz poydevoridir! Tarixingizni biling, ajdodlaringiz bilan faxrlaning va yurt ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shing!

🏛 Rasmiy sahifalari
🌐Web-sayt 📱Telegram 📱Instagram 🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM