Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.36K subscribers
2.72K photos
150 videos
11 files
603 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
#energetika_haftaligi

Uglevodorod sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


“O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida uglevodorod sohasidagi xalqaro hamkorlik, investitsiya imkoniyatlari va yangi rivojlanish bosqichlariga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi.

Xalqaro investorlar, yetakchi energetika kompaniyalari, huquqiy va texnologik ekspertlar ishtirok etgan sessiya uglevodorod sanoatida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish masalalariga bagʻishlandi.

Muhokamalar davomida uglevodorod infratuzilmasini modernizatsiya qilish, investitsion platformalarni rivojlantirish, operatsion xavflarni samarali boshqarish hamda uglerod izini kamaytirishga qaratilgan integratsiyalashgan yondashuvlar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, mintaqada barqaror energetika ekotizimini shakllantirishda davlat va xususiy sektor hamkorligining oʻrni alohida taʻkidlandi.

—————
#энергетическая_неделя

Обсуждены вопросы развития углеводородной отрасли

В рамках «Энергетической недели Узбекистана – 2026» был организован диалог, посвящённый международному сотрудничеству, инвестиционным возможностям и новым этапам развития углеводородной отрасли.

Сессия с участием международных инвесторов, ведущих энергетических компаний, а также правовых и технологических экспертов была посвящена вопросам расширения международного сотрудничества в углеводородной отрасли, внедрения современных технологий и повышения конкурентоспособности на новых рынках.

В ходе обсуждений были рассмотрены комплексные подходы, направленные на модернизацию углеводородной инфраструктуры, развитие инвестиционных платформ, эффективное управление операционными рисками и снижение углеродного следа.

Также была подчеркнута роль государственно-частного партнёрства в формировании устойчивой энергетической экосистемы в регионе.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
👨‍👩‍👧‍👦 👨‍👩‍👧‍👦 ENERGETIKA KELAJAGI — ILMGA INTILAYOTGAN YOSHLAR BILAN!

CAEx Uzbekistan majmuasida o‘tayotgan “O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2026” haftalik “Yangi energetika: Innovatsiyalar. Barqarorlik. Mintaqaviy hamkorlik” shiori ostida dunyoning 31 davlatidan 537 ta kompaniya va brendlarni birlashtirdi.

🏛 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filialining iqtidorli talaba yoshlari ham mazkur xalqaro maydonda faol ishtirok etib, ilg‘or texnologiyalar, innovatsion loyihalar va zamonaviy energetika yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

✨ Ayniqsa, xorijiy kompaniyalar pavilionlari yoshlar uchun katta motivatsiya manbaiga aylandi.
🎓Talabalar:
⚡️ kelajakda xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritish,
⚡️ innovatsion startaplar yaratish,
⚡️ “yashil energetika” loyihalarini ishlab chiqish,
⚡️ ilmiy tadqiqot va texnologik ishlanmalarda qatnashish kabi ulkan maqsadlarni oldilariga qo‘ymoqdalar.

🌱 Bugungi energetika sohasi — bu faqat elektr yoki yoqilg‘i emas. Bu:
💡 sun’iy intellekt,
💡 ekologik barqarorlik,
💡 innovatsion tafakkur,
💡 global hamkorlik va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligidir.

“O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2026”da AQSH, Germaniya, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Fransiya, Italiya, Saudiya Arabistoni, BAA va boshqa ko‘plab davlatlarning yetakchi kompaniyalari o‘zining eng zamonaviy energetika texnologiyalari, innovatsion ishlanmalari va “yashil energetika” yechimlarini namoyish etmoqda.

👨‍👩‍👧‍👦 Haftalik doirasida Belarus, Germaniya, Xitoy va Turkiya kompaniyalari milliy pavilionlar bilan ishtirok etayotgani tadbirning xalqaro nufuzini yanada oshirmoqda. Ushbu pavilionlarda:
✅ qayta tiklanuvchi energiya manbalari,
✅ quyosh va shamol energetikasi,
✅ atom energetikasi,
✅ energiya tejovchi aqlli tizimlar,
✅ raqamlashtirilgan sanoat texnologiyalari,
✅ sun’iy intellekt asosidagi energetik boshqaruv yechimlari namoyish qilinmoqda.

🔄 Shuningdek, Power Uzbekistan 2026, OGU 2026 va GETCA 2026 ko‘rgazmalari doirasida dunyoning yirik energetika kompaniyalari, investorlar va xalqaro ekspertlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

⚡️ Kelajak energetikasi — bilimli, izlanuvchan va zamonaviy fikrlaydigan yoshlar qo‘lida!

🌐Web-sayt 📱Telegram
📱Instagram 🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⛽️ 🇺🇿 YOSHLAR VA ENERGETIKA: KELAJAK SARI ILM, INNOVATSIYA VA KATTA IMKONIYATLAR!

Toshkent shahridagi CAEx Uzbekistan majmuasida o‘tayotgan “O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2026” nafaqat yirik xalqaro energetika tadbiri, balki yoshlar uchun ulkan tajriba, ilhom va imkoniyatlar maydoniga aylandi.

🏛 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filiali talabalari ham mazkur nufuzli xalqaro maydonda faol ishtirok etmoqdalar.

Bugungi kun doirasida:
☑️ startap loyihalar,
☑️ innovatsion tanlovlar,
☑️ forum va taqdimotlar,
☑️ xalqaro kompaniyalar bilan muloqotlar

🎓 talabalar uchun katta tajriba maktabiga aylandi. Yoshlar energetikaning kelajagi aynan innovatsiya, raqamlashtirish va ekologik barqarorlik bilan chambarchas bog‘liq ekanini yana bir bor his qildilar.

✔️ Ayniqsa,Davlatimiz rahbarining Yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida haftaning har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilangani munosabati bilan tashkil etilgan Energetika vaziri hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti tadbirning eng muhim voqealaridan biri bo‘ldi.

Uchrashuvda talabalar:
😄 o‘z fikrlari,
😄 takliflari,
😄 kelajak rejalari,
😄 energetika sohasini rivojlantirishga oid tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar.

Quvonarlisi, filialimiz talabalari ham ushbu imkoniyatdan samarali foydalanib, o‘z innovatsion g‘oya va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar.

🟠 Uchrashuv yakunida Energetika vaziri tomonidan tizimdagi faol va iqtidorli yoshlar taqdirlandi.

📰 Barchamiz uchun faxrli jihati shundaki, taqdirlanganlar orasida filialining 2-bosqich talabasi Abduxalilov Abdulaziz Abdug‘affor o‘g‘li ham munosib o‘rin oldi.

Bu — nafaqat talabamizning, balki butun filial jamoasining yutug‘i va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasidir.

📖 Ilmga intilgan, innovatsiyadan qo‘rqmaydigan va yurt taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan yoshlar — Yangi O‘zbekiston energetikasining haqiqiy bunyodkorlaridir!

🏭 Kelajak energetikasi — bilimli, izlanuvchan va zamonaviy fikrlaydigan yoshlar qo‘lida!

🌐Web-sayt 📱Telegram
📱Instagram 🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#yoshlar_uchrashuv

“O‘zbekiston energetika haftaligi”: vazir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

14-may kuni “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida Energetika vazirligi tizim korxonalari hamda oliy ta’lim muassasalari yoshlari ishtirokida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.


Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, shuningdek, tizim korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari qatnashdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Ayniqsa, energetika sohasida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi, amaliyot va bandlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/165611

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram